O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi chirchiq davlat pedagogika instituti gumanitar fanlar fakulteti


Shaho, lutfungni topqom deb duochi banda Sakkokiy



Download 80,16 Kb.
bet14/22
Sana18.03.2022
Hajmi80,16 Kb.
#500458
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
Sakkokiy – qasidanavis

Shaho, lutfungni topqom deb duochi banda Sakkokiy,
Belin joni bila bog’lab, bu xizmatga ravon keldi.
Erurman xonadoningning ko’ngul birla duochisi
Menga burhon tilosalar, so’zum xud chin ayon keldi.

Mamolik nazmi-yu, dinning qurug’idur sharif zoting,
Nabitek shar’iy ishingda, zamiring xurdadon keldi.

Jahonda qarnlar tirik bo’lub izzat bila turg’il,
Azal vaqtida chun oting, shahi sohibqiron keldi.

Mashhura Hasanova
SAKKOKIY (SAYRONIYMI, SABRONIY)


XV asr birinchi yarmida yashab ijod etgan nomdor shoirlardan biri – Sakkokiyning hayoti va adabiy faoliyati haqida juda oz ma’lumot saqlanib qolgan. Sakkokiyning o’z devoni, Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” va “Xutbai davovin” asarlari, Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog’a”si uning yashagan davri, adabiy faoliyati va XV asr adabiy hayotida tutgan o’rni xususida birmuncha ma’lumot beradi. Shayx Ahmad Taroziy shoirni “Majma’ ul aql”, “Zahir ul mutaaxxirin”, deb ulug’lasa; Yaqiniy o’zining “O’q va yoy” munozarasida Sakkokiyni “turk (o’zbek) shoirlarining mujtahidi (g’ayratlisi yoki yangilik yaratuvchisi)”, deb ta`riflaydi.
Sakkokiy – shoirning taxallusi bo’lib, uning asl ismi ma’lum emas. Sakkokiy so’zi “sakkok” (pichoqcha) so’zidan olingan bo’lib, “iy” shaxs oti yasovchi qo’shimchasi bilan “pichoqcha yasovchi” degan ma’noni bildiradi. Binobarin, shoir hunarmand oilada tug’ilgan bo’lishi mumkin.
Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog’a” asari sirasida o’zbek adabiyoti yangi shoirlarning nomlari, asarlari bilan boyib, ko’pgina ilmiy muammolar o’zining yechimini topdi. Ushbu asar orqali biz qo’limizdagi qo’lyozmalarda bo’lmagan Sakkokiyning bir necha baytlari, bir ruboiysi bilan tanishishga muyassar bo’ldik. Yana bir muhim tomoni shundaki, mazkur asarda Sakkokiy “Sayroniy” nisbasi bilan tilga olingan.
Biz tadqiqotlar jarayonida bu so’zning ma’nosini izohlash uchun bir nechta manbalarni qaradik. Bu so’zga yaqin “kezish”, “aylanish” ma’nosini bildiradigan “sayr” so’zidan boshqa so’zni topa olmadik.
Sakkokiy qasidalaridan to’rttasi Mirzo Ulug’bekning ishonchli amirlaridan biri, o’sha davrdagi Turkiston shahrining shimolida mavjud bo’lgan Sabron viloyati hokimi Arslon Xoja Tarxonga bag’ishlangan. Adabiyotshunoslar, jumladan, Ergash Rustamov Sakkokiyni ma’lum davr uning saroyida yashagan deb ma’lumot beradi. Qasidalardan birida shoir mamduhga qarata, “boyqushlar uyi bo’lgan xarob Turkiston sizning muborak himmatingizdan bog’i Eramga aylandi”, deb, yana bir qasidasida “Turkiston eli o’z xojasini topdi”, deb lutf etadi. Demak, Turkistonning xarobligi, shoirni iztirobga solganligi, uni obod etgan amir shoir tomonidan madh etilishi shunchaki bir tasodif emasga o’xshaydi. Chunki, bu baytlarni yurti taqdiridan tashvishga tushgan, voqealarni o’z ko’zlari bilan ko’rgan kishigina yozishi mumkin.
Biz “Funun ul-balog’a”ning Abduqodir Hayitmetov nashrga tayyorlagan varianti bilan kifoyalandik, mulohazalarni bayon etishda ham shu variantga tayanamiz.
“Sayroniy” so’zi arab alifbosida –
ﺳﻳﺭﺍﻧﻰ shaklida yozilsa, “Sabroniy” so’zi – ﺳﺑﺭﺍﻧﻰ shaklida yoziladi. Ya’ni, “yoy” va “be” harflarining bitta nuqta hisobiga farqlanishini hisobga olsak, bu so’z qo’lyozmada noto’g’ri yozilganligi (ya’ni, bir nuqta tushib qolganligi) oqibatida, “Sayroniy”ga “aylanib qolgan” bo’lishi mumkin. Demak, shoir nafaqat Sabronda ma’lum vaqt yashagan, balki shu yerda tug’ilgan va shuning uchun ham Sabroniy nisbasi bilan atalgan.
Sakkokiy devonida 810 hijriy, ramazon oyining qadr kechasi – milodiy 1407, yanvar` oyida Amir Temurning nabirasi podshoh Xalil Sultonga (1405-1409) bag’ishlab yozilgan bir qasida bo’lib, unda:
Tarixqa sakkiz yuz dog’i o’n erdiyu qadr axshomi,
Bir oy tug’uldi dunyoda kim mamlakatda xon erur,
degan bayt bor.
Qasida janri, birmuncha, og’ir, shoirdan mas’uliyat talab etadigan janr bo’lganligi bois, adabiyotshunoslar ushbu qasidani Sakkokiy ma’lum ijodiy tajriba to’plagan chog’ida, chamasi, o’ttiz yoshlarida yozgan degan fikrni bildirishadi. Bizningcha ham shunday, balki yoshi undan ham o’tganda yozgandir.
Shoirning Xalil Sulton va Mirzo Ulug’beklarga bag’ishlagan qasidalarining badiiy jihatdan pishiqligi mazkur temuriyzodalar hukmronlik qilgan yillarda Sakkokiy ijodining rivoj topganligini anglatadi. Uning Mirzo Ulug’bekka bag’ishlangan bir qasidasidagi:

Download 80,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish