24-modda. Fraksiyalarni tuzish tartibi
Qonunchilik palatasining kamida to‘qqiz nafar deputati fraksiya tuzish huquqiga ega.
Fraksiyalar ro‘yxatdan o‘tishi kerak. Qonunchilik palatasining majlisida fraksiya rahbari yoki boshqa vakili tegishincha fraksiya tuzilgani haqida palataga axborot beradi, bu Qonunchilik palatasi majlisining bayonnomasida qayd etiladi.
Qonunchilik palatasi fraksiya tuzilganligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
(24-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiardi)
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |