O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi chirchiq Davlat Pedagogika Instituti


II. QONUNChILIK PALATASINING VAKOLATLARI VA FAOLIYATINING TAShKILIY ShAKLLARI



Download 80,02 Kb.
bet10/37
Sana31.12.2021
Hajmi80,02 Kb.
#263052
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37
Bog'liq
Qnunchilik va uning bosqichlari

II. QONUNChILIK PALATASINING VAKOLATLARI VA FAOLIYATINING TAShKILIY ShAKLLARI

8-modda. Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatlari

Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatlari quyidagilardan iborat:

1) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish;

2) O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlarini hamda qonunlarini qabul qilish, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish;

3) O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazish to‘g‘risida va uni o‘tkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish;

4) O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish;

5) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining hokimiyat tarmoqlari tizimini hamda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlarining vakolatlarini belgilash;

6) O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va ularning O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlarni tasdiqlash;

7) boj, valyuta va kredit ishlarini qonun yo‘li bilan tartibga solish;

8) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qilish;

9) O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun yo‘li bilan tartibga solish, chegaralarini o‘zgartirish;

10) tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini hamda chegaralarini o‘zgartirish;

11) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini qabul qilish hamda uning ijrosini nazorat qilish;

12) davlat mukofotlari va unvonlarini ta’sis etish;

13) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruv organlarini tuzish hamda tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;

14) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish;



Oldingi tahrirga qarang.

15) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko‘rib chiqish va tasdiqlash, shuningdek mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va muhokama qilish.



Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi;



(8-modda birinchi qismi 15-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-martdagi O‘RQ-527-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 03/19/527/2706-son — 2019-yil 1-apreldan kuchga kiradi)

16) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili va uning o‘rinbosarini saylash;

17) O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish;

18) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda urush holati e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonini tasdiqlash;

19) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish yoki tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;

20) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya va denonsatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish;



Oldingi tahrirga qarang.

21) parlament nazoratini va O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.



(8-moddaning birinchi qismi 21-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 16-apreldagi O‘RQ-367-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 16-son, 177-modda)

Palatalarning birgalikdagi vakolatlariga kiradigan masalalar, qoida tariqasida, avval Qonunchilik palatasida, so‘ngra Senatda ko‘rib chiqiladi.




Download 80,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish