4-rasm. Yuksak umurtqalilar embrionida organogenez jarayoni.
1-nerv nayi; 2-somit; 3-xorda; 4-ichak; 5-yon mezoderma; 6-selom; 7-epidermis; 8-tomoq; 9-jabra yoriqlari; 10-ko‘z xaltasi; 11-bosh miya.
Ektodermadan bezlar, tuklar, teri tuzilmalari, nerv va sezgi organlari rivojlanadi. Entodermadan ichak kanalining ichki epiteliy qatlami, jigar va ovqat hazm qilish bezlari, nafas olish epiteliysi rivojlanadi. Mezodermadan skelet muskullari, ichki organlar muskullari va qon tomirlari, suyak va tog’aylar, qon hosil qiluvchi a’zolar, jinsiy sistema to‘qimalari, ichki organlarning bir qismi rivojlanadi.
Organlarning embrion qavatlaridan yoki varaqlaridan shakllanishi to‘g‘risidagi dastlabki tasavvurlarni K.F. Volf jo‘jada nerv sistemasi va ichak taraqqiyotini kuzatishi davrida aytgan. Keyinchalik X. Pander va K. M. Ber ishlarida embrion varaqlari degan tushunchalar paydo bo‘ldi. Ber birlamchi varalarni vegetativ va animal deb atadi. Ulardan keyinchalik ikkilamchi varaq paydo bo‘ladi. Ber organlarni ana shu varaqlar bilan bog’ladi. E. Gekkel embrion varaqlarini ektoderma, entoderma va mezoderma deb nomladi.
Embrion varaqlari to‘g‘risidagi ta’limot hayvonlar evolyusiyasini oydinlashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. A.O. Kovalevskiy barcha ko‘p hujayrali hayvonlar embrioni ikki qavatlilik davrni bosib o‘tadi, bu qavatlar kelib chiqishi va organlarni hosil qilishi bilan bir-biriga o‘xshashdir, degan xulosaga keldi. Bu fikrlar barcha hayvonlar kelib chiqishining birligini isbotladi. Shunday qilib, A.O. Kovalevskiy embrion varaqlari to‘g‘risidagi nazariyani yaratdi.
Implantatsiya. Sut emizuvchilarda bachadonning shilliq qavatiga trofoblastlarning yaqinlashishi bilan implantatsiya jarayoni boshlanadi. Embrionning bachadon shilliq qavatiga yopishishi implantatsiya deyiladi Implantatsiya lotincha im-ichkariga, plantare-yopishib joylashish degan ma’noni bildiradi. Implantatsiya tufayli embrion ona oganizmidan oziq modda bilan ta’minlanadi. Implantatsiya odam embrionida urug‘lanishdan keyin 7 kun ichida sodir bo‘ladi. Urug‘lanish sodir bo‘lgandan keyin zigota tuxum yo‘lllaridan bachadon tomonga harakatlanadi. Ana shu davrda embrion har xil noqulay sharoitlarga duch keladi. Bachadondagi bu noqulay sharoitlarni J. Ibert quyidagicha izohlaydi: "Embrion ona organizmining himoyasiga o‘tguncha, ya’ni trofoblast orqali bachadonning shilimshiq qavatiga yopishguncha, bir hafta davomida tuxum yo‘lllarida va bachadonda xavfli sayohat qiladi". Bu qiyinchiliklarni Ibert suv osti kemasining muzliklar orasida yurishi bilan tenglashtiradi. Embrionning atrofidagi sharoit esa muzli suvdan ham murakkabdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |