Mavzuga doir dars ishlanmalaridan namunalar Mavzu: Qo‘shishning hadlari (1-sinf, II chorak)
Maqsadlar:
ta’limiy: o‘quvchilarga qo‘shish amalining hadlari haqida tushuncha berish. Misol va masalalar yechish orqali ularning mustaqil fikrlash qobilyatlarini shakllantirib borish. O‘quvchilarning matematika faniga qiziqishini oshirish;
tarbiyaviy: estetik tarbiya berish, kattalarni hurmat qilishga, tabiatga ongli munosabatda bo‘lishga o‘rgatish, ingliz tiliga qiziqishlarini o‘stirish;
rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og‘zaki va yozma hisoblash malakasini rivojlantirish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: noan’anaviy, tushuntirish, savol-javob, yechim, musobaqa.
Dars jihozi: ko‘rgazmalar, klaster usulidagiko‘rgazma, savollar yozilgan mevalar maketi, kompyuter, guruhlarning nomi yozilgan konvertlar, uch xil rangdagi: qizil – 5, yashil – 4, sariq – 3, balni bildiruvchi kartochkalar, g‘olib guruh uchun yasalgan medalyon.
Do'stlaringiz bilan baham: |