O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti magistratura bo’limi



Download 349 Kb.
bet15/29
Sana31.12.2021
Hajmi349 Kb.
#207497
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
Bog'liq
Dissertatsiya. Z.Ahmadova. 13 апрель 2021.

Ishning tuzilmasining tavsifi. Tadqiqot kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan tarkib topgan.

I BOB. “TARIXI ANBIYO VA HUKAMO” ASARINING TARKIBI VA TUZILISHI.

1.1. Anbiyolar tarixi.

Navoiy asarlari ichida uning umumiy tarixga oid bir asari bor. Bu asarning nomi “Tarixi anbiyo va hukamo” deb yuritiladi. Navoiy asarlarining o`n besh tomlik nashrida “ Tarixi anbiyo va hukamo ”dan ba`zi narsalar e`lon qilingan .

“Tarixi anbiyo va hukamo”ni E.E.Bertel`s o`zining rus tilidagi “Navoiy” kitobida Navoiy asarlari orasida sanab o`tadi. O`sha ro`yxatda “Tarixi anbiyo va hukamo” Navoiyning “Tarixi muluki Ajam” kitobidan keyin keladi. N.M.Mallayevning “O`zbek adabiyoti tarixi” darsligida “Tarixi anbiyo va hukamo” Navoiyning diniy va axloqiy masalalarga doir asarlari qatorida ko`rsatilgan.

Keyingi yillarda Sharq adabiyotlarini chuqur o`rganish ularning ko`p tarmoqlari favqulodda murakkab tarzda o`zaro chatishib ketgani va o`ziga xos yaxlit bir butunlik kasb etganini ko`rsatmoqda. Tarixiy jarayondagi bu o`ziga xoslik turli davrlarda bir-biri bilan chambarchas bog`langan bir qator xalqlarning mushtarak mehnati samarasi bo`lgan Old Osiyo uslubiga xos xarakterli xususiyatlarni o`zida mujassamlashtirgan alohida madaniyatni vujudga keltirdi4.

“O`zbek adabiyoti tarixi”ning II-jildida Navoiyning “Tarixi anbiyo va hukamo” asari haqida maxsus maqola e`lon qilingan (muallifi T.G`afurjonova). Unda Navoiyning ushbu asari hanuzgacha ham o`rganilganligi qayt etiladi, uning asosiy xususiyatlari ochib beriladi va “Tarixi anbiyo va hukamo” Navoiyning sermazmun ijodi va fikr dunyosining murakkab bir tomoni sifatida adabiyotimiz tarixida ahamiyatli asardir, deb xulosa qilinadi.

Navoiy biror joyda o`zining “Tarixi anbiyo va hukamo” nomli asarni yozganligini xabar qilmaydi. Asarning o`zida ham bunday nom uchramaydi: faqat asarning oxirgi bobini Navoiy “Hukamo zikri” deb atagan.

Navoiy o`zining umumiy tarixga oid asar yozgani to`g`risida “Muhokamat ul-lug`atayn” da bunday yozgan: “Bu Xamsa shug`lidin chun farog`at topibmen, tahayyulu geti navardun salotun tarixi dashti chopibmen , chun noma savodi zulmatidin “Zubdat ut-tavorix” adosin tuzipmen, salotin otin bu hayvon suyi birla tirguzipmen”. Shu aytilganlar asosida Navoiy asarlarining XIV tomida (tuzuvchi P.Shamsiyev, muharrir S.G`anieva) “Tarixi anbiyo va hukamo” hamda “Tarixi muluki Ajam” nomlari bilan mashhur bo`lib yurgan ikki kitob bir-birining davomi bo`lib, ular o`sha aytilgan “Zubdat ut-tavorix” asaridir, degan fikr bildirilgan.

“O`zbek adabiyoti tarixi”ning II-jildida ham shu ikki asar “Zubdat ut-tavorix”dir degan fikrga e`tiroz bor. Ma`lumki, Sharq tarixshunosligida har bir tarix kitobi Odamning paydo bo`lishi, undan so`ng payg`ambmrlarning qilgan ishlari to`g`risidagi hikoyalardan boshlanadi. So`ngra Eronning afsonaviy sulolalari peshdodiylar, kayoniylar, ashkoniylar va sosoniylar sulolalariga oid voqealar tasvirlanadi va nihoyat muarrix bayon etmoqchi bo`lgan zamonaviy voqealarga o`tadi. Bu qat`iy o`rnashgan bir an`anadir.

Bertelsning navoiyshunoslik faoliyatida, birinchi navbatda, ulug` shoirning ijodiy faoliyati, undan keyin tarjimai holi va ijtimoiy-siyosiy faoliyati turadi. Bertels Navoiyga oid qaysi sohaga to`xtalmasin, buyuk shoir Navoiyni kashf qiladi. Shoirning hayoti avvalo she`riyat – adabiyot bilan bog`langanini har o`rinda ko`rsatib boradi5.

“Tarixi anbiyo va hukamo”da Navoiy ham so`zni Odamdan boshlaydi, so`ng nabiylar, ular ketidan obidlar va hakimlar to`g`risida so`zlaydi. “Tarixi muluki Ajam”da Eron malikalari sulolalari to`g`risida so`z boradi. Demak, Navoiy o`sha an`anaga to`la rioya qilgan holda voqealar tizmasini tuzgan.

Bundan tashqari “Tarixi anbiyo va hukamo”ni Navoiy quyidagi jumla bilan tugatadi: “Chun anbiyo alayhissalom so`zi va ubbod va hukamo tarixi alalijmol mazkur bo`ldi, endi Ajam muluki zikriga shuru qiloli. Va min olloqu tavfiq vallohu a`zam bissavob”. Ma`lum bo`ladiki, “Tarixi anbiyo va hukamo” kitobidan so`ng uning davomi sifatida “Tarixi muluki Ajam” kitobi keladi. Har ikkalasi bir bo`lib yaxlit bir asarni tashkil qiladilar. Shuning uchun ham bu yaxlit asarning nomi “Zubdat ut-tavorix” bo`lishi mumkin. Ammo kelgusi tadqiqotlar bu masalaga yana ravshanlik kiritar.

“Tarixi anbiyo va hukamo” anbiyo to`g`risidagi hikoyalar Odamdan boshlanib Jersis bilan tugaydi. Shundan keyn Navoiy quyidagi baytni keltiradi:


Chun mo`tabar anbiyo so`zi topti savod,

Ubbod ila hikmat ahlin ettuk bunyod.


Demak, bu kitob Navoiyning o`zi ko`rsatganiga binoan uch mustaqil bo`lakdan iborat. Birinchisi, anbiyo (payg`ambarlar) tarixi, ikkinchisi, ubbod (obidlar – ibodat qiluvchilar) to`g`risidagi hikoyalar. Uchinchisiga Navoiy “Hukamo zikri” (“Hakimlar to`g`risidagi so`z”) deb nom qo`ygan. Ammo (anbiyo) nabilar bobida nabi bo`lmagan yo`lboshchilar to`g`risidagi hamda yazdonparastlikka mustaqil o`tgan yetti kishi – ashobi kahf to`g`risidagi hikoyalar ham bor.

Shunday qilib, “Tarixi anbiyo va hukamo” deb atalmoqda bo`lgan kitob Navoiy yozgan yo yozmoqchi bo`lgan katta bir tarix kitobining boshlang`ich qismi bo`lib chiqadi. Unda tarixiy afsonalar navoiyona badiiyat bilan tasvirlangan. Bu kitobning tadqiqi ham Navoiy fikr dunyosi bilan to`laqon tanishmoqqa ham Navoiyning nasrnavislik va muarrixlik faoliyatini kengroq o`rganmoqqa yordamlashadi.

Turkiy tildagi adabiyotda Navoiydan oldin anbiyoga oid afsona va hikoyalar to`plamini tuzgan shoir Nosiriddin Burhoniddin o`g`li Rabg`uziydir. Uning “Qissai Rabg`uziy” (“Rabg`uziy qissalari”) asari o`zbek tarixchilariga yaxshi ma`lum. Navoiy o`z asarining manbalarini sanaganda “Qissai Rabg`uziy”ni tilga olmaydi. Bunga R.Komilov ham ahamiyat bergan edilar. Navoiy kitobidagi anbiyo bobi “Qissai Rabg`uziy”ning qissalariga o`xshab ketadi. Ammo Navoiy o`z kitoblarini samo va yer tasviridan emas, Odam tasviridan boshlaydi. Anbiyo hikoyalarini Jersisda tugallaydi.

Rabg`uziy esa Odamdan to Muhammad payg`ambarning nabirasi Husayngacha mufassal hikoya qiladi. “Anbiyo”ga aloqador bo`lmagan hikoyalardan Navoiy faqat “Ashob ul-kahf”ni olgan. Rabg`uziy esa shunga o`xshash boshqa voqealarni ham o`z kitobida bayon etadi. Rabg`uziyga Luqmon to`g`risidagi qissa anbiyolarga oid qissalar ichidagina berilgan. Navoiy Luqmonga oid hikoyalarni ham anbiyo, ham hukamo (hakimlar) bobida beradi. Navoiy asaridagi Ubbod (obidlar), hakimlar to`g`risidagi boblar Rabg`uziyda umuman yo`q.



Va Namrud kohinlar xabari bilakim, ul tifl bu yoqinda mutavallid bo`lur deb erdilar, hukm qilib erdikim, har tifl mutavallid bo`lg`och, o`ltursunlar.

Ba`zi yetmish ming, ba`zi yuz ming tiflni debdurlarkim, ul shumning hukmi bila o`lturdilar6.

Har bir Sharq tarixiga oid kitobda bo`lgani singari Navoiyning umumiy tarixga oid asari ham insonning paydo bo`lishi to`g`risidagi hikoyatdan boshlanadi. Navoiy bu hikoyatda “Odam salovatul – lohalayh xilqati” degan ifoda bilan kirishadi. Buning ma`nosi “Odam yaratilmog`i” demakdir.

Odamning kunyati Bulbashar, yagi bashar (inson)ning otasi, laqabi esa Safiullohdir. Bu hikoya har bir badiiy asarda bo`lajak ziddiyatli asosga ega. Odam tuproqdan paydo etiladi. Ammo bu tuproqni aytilgan yerdan olmoqchi bo`lganlarida yer ont ichib, o`z tuprog`ini bermaydi. Agar bu yaratiladigan odam nomunosib ish sodir qilgudek bo`lsa, men yaratuvchi yo`l qo`ygan xatoning sababchisi bo`lib qolaman, deb xavotir qiladi. Yog`in tilab Ka`baga yuborilganlar ichida Luqmon va od bor edi. Ular tilagan qora bulut keldi va kuchli shamol esib od qavmining uylarini buzdi va o`zlarini halok qildi.

Navoiy Od qavmining o`z kuchi va ulkan gavdasiga mag`rur bo`lib ketganini qoralaydi.Ular davr qudrati qarshisida baribir hashak kabi ojiz edilar.


Ul qavmi azim dedilar oni Od,

Sardorlari shadid yoxud shaddod.

Bir dam elidin oqibat ul ahli inod,

Xoshok kibi barchasi bo`ldi barbod.

Od qavmining yerlariga Simud qavmi o`rnashdi. Ular ko`p mol joh va farog`atga ega bo`ldilar. ”Bu jihatdin g`urur dimog`lariga yo`l topib jahlu g`aflatdin gumroh bo`lib” ketdilar:” .... azim fisqu fujurga ishtig`ol ko`rguzdilar”. Soleh ularni budparastlikdan voz kechib, imon yo`liga o`tkazmoqqa ko`p harakat qildi. Ammo hech kim unga ergashmadi. Nihoyat bu el yaratuvchining qahriga uchrab halok bo`ldi.

Navoiy bu hikoyaga bir necha maroqli lavhalar kiritgan. Chunonchi, simudlar talabiga ko`ra, Soleh mo`jiza ko`rsatib, ikki tog` toshi orasidan bir teva (tuya) va bo`ta chiqargan. Ammo simud ahli bu tevani o`ldirdilar, bo`tasi (tevasi) tog` sari qochib ketdi. Solehni ham o`ldirmoqchi edilar, ammo qahrga qolib o`zlari halok bo`lib ketdilar. Bir Zarpa otli ayol tirik qolgan edi, uham o`sha qavm halok bo`lgan joyda girdobga cho`kib o`ldi. Bu Zuol degan bir kishi Ka`ba qaramida bo`lib tirik qolgan edi. Keyin u ham o`ldi. Uni bir shoh oltinlari bilan birgalikda ko`mdilar.

Navoiy bu hikoyani ham umrning albat tugajagi to`g`risidagi xulosa bilan yakunlaydi.
Soleh keldi Simudning qavmi chog`i,

Toleh edilar bu qavmi boshdin oyog`i.

Bu turfaki charx zolining o`ynamog`I,

Tolehni dog`i qo`ymadi Solehni dog`i.


Xatla bin Sufvon Qahr bin Qahtonning o`g`li edi. Ra`s qavmiga yuborildi. Ra`s podshohi Simud naslidin bo`lib, yazdonparast edi, ammo “ Tuli umr va vas`ati saltanatdin dimog`iga g`urur yuzlandi, Tangrilik da`vosi qildi”. Ra`s qavmi yana ko`p noloyiq ishlar ham qilar edilar. Xatla ularni bu ishlardin qaytarmoqqa urindi, ammo ular bo`ysinmadilar. Xatla ularning suvlarini quritdi. Ular Xatlaga qarshi qo`shin tortdilar. Xatla ham o`z odamlari bilan qarshi chiqdi. Xatlaga biri o`q otgan edi, o`q toyib otuvchini halok qildi. Ra`s qo`shini jangda engilib bir qo`rg`onga berkingan edi, baribir so`ng halok bo`ldilar.

Ko`rinib turibdiki, Nuhdan keyingi avlodda bir qancha illatlar paydo bo`lgan. Od qavmi o`zining baland va kuchli gavdasiga ishongan, Simud ko`p mol-davlatga ega bo`lib undan g`ururlanib ketdilar. Ra`s qavmining podshohi uzoq umri va katta saltanati tufayli haddidan oshib ketib Tangrilik da`vo qila boshladi. Natijada ular hammalari halok bo`ldilar. Navoiy bu misollar orqali kishilarni behuda g`ururdan, manmanlik va o`zini baland tutishdan saqlanmoqqa chaqiradi. Umrning cheklangani, hammaning boradigan joyi bir ekanligi to`g`risidagi (hikoyalar) ruboiylar ham shu haqiqatni uqtiradilar.



Va Homning rangi qaro erdikim, hind ahli qaro voqe`durlar. Va aning jihati bu erdi. Debdurlarkim, Nuh a. s. O`yub erdi va avrat uzvi ochilib erdi, Hom ko`rub kuldi. Va Yofas va Som man` qilib yoptilar7.

Ibrohim to`g`risidagi hikoya maroqli sarguzashtlarga to`la. U ayni zamonda e`tiqodlar to`qnashuvi, zulm va zo`ravonlikka qarshi kurash, ezgulik va haqiqat g`alabasini ifodalaydi. Navoiy Ibrohim to`g`risida bunday ma`lumot beradi: ”Otasi Ozor erdikim oni Tarah ham derlar va bu Ozor Kufaning Kibsarmo otli kentidin erdi. Va Ibrohim alayhissalomning valodati simud binni Kan`on bin Qush binni Oram binni som binni Juh zamonida erdi va bu Simud tarix ahlining ittifoqi bila to`rt kishidinki, tamom olamda saltanat qildilar, biridur”. Bu to`rt saltanat egalari Iskandar, Sulaymon, Nimrud, Buxtunasarlar edi.

Hikoyaning qisqacha mazmuni bunday: Nimrud zamonasining munajjim va kohinlari Nimrudga bu yil bir bola tug`iladi va seni yo`q qiladi dedilar, bola paydo bo`ladigan kunni aytdilar. Nimrud poytaxti Bobildan o`sha kunni hamma odamni chiqib ketmoqqa buyurdi. Shaharda qolgan xotinlar sayrga chiqdilar. Ibrohimning otasi Ozar Nimrudning mulozimi edi.

U shaharning bir darvozasiga qo`yilgan edi. Ozar xotinining darvoza yonida sayrga chiqqanini ko`rib, unga mayl qildi. Xotin bo`yida bo`ldi. Buni yashirincha saqladilar. Nimrudning buyrug`i bilan yangi tug`ilgan bolalardan yetmish, yuz mingga yaqin o`ldirilgan edi. Ona Ibrohimni tuqqanda uni hatto Ozardan ham yashirdi. Bola o`lik tug`ildi, deb unga xabar qildi va bolasini o`ra ichida o`stirdi. Ibrohim o`sib ulg`aygach, bir kuni onasidan so`radi:

- Meni kim yaratgan?

Onasi javob berdi:

- Men.

- Sening yaratuvching kim?



- Otang Nimrud.

- Nimruding kim?

- U olam ahlining yaratuvchisi.

- Nimrud chiroylimi, otam?

- Otang.

- Otam chiroyliroqmi yo men?

- Sen.

- Sen chiroyliroqmi yo men?



- Sen.

Ibrohim dedi: - Yaratuvchi o`zidan yaxshiroqni yaratmaydi.

Ona hayron bo`lib qoldi. Bu gapni Ozarga etkazdi. Ozar Nimrud buyrug`iga ko`ra bolasini o`ldirmoq uchun kelgan edi. Ibrohimning yuzini ko`rgach, otalik mehri ustun chiqib uni o`ldirmadi.

Ibrohim u vaqtlardagi ma`budalar-butlarni yomon ko`rar, kishilarni yagona Tangriga ibodat qilishga undardi. Nimrud bu xabarni eshitib, uni o`z huzuriga chaqirdi va so`roq asnosida munajjimlar aytgan bola Ibrohim ekanini angladi. Nimrudning buyrug`iga ko`ra Ibrohimni o`tga otdilar. Ammo u o`t gulistonga aylandi va Ibrohimga zarar etkazmadi. Ibrohim bobildan surgun qilindi va Misrga bordi. Uning emzodasi va jufti Sora ham u bilan birga edi. Misr podshohi Sibon binni Alvon Sorani Ibrohimdan oldi, ammo so`ng qilmishidan o`kinib uzr qildi va Soraga Hojar degan kanizakni qo`shib qaytardi.

Sora bilan Ibrohim Misrdan Falastinga ketdilar. U yerda qahatchilik edi: Ibrohimning qo`llari ovqat topolmay qaytdilar. Bir qopcha qum to`ldirib quyilgan edi, u qum bug`doyga aylandi. Ibrohim bu bug`doydan ekin ekkan edi, boy hosil unda, Ibrohim undan elga mehmondorchilik qildi.

Tangrilik da`vo qilgan Nimrud Ibrohimning qarg`ishi bilan halok bo`ldi Sora hojarni Ibrohimga bag`ishladi. Sakson yashar Ibrohim Hojardan o`g`il ko`rdi. Uning ismi Ismoil qo`yildi. Ismoil Makka yerida istiqomat qildi. Bu yerda zamzam suvi paydo bo`ldi. Ibrohim Shomdan Makkaga kelib, ulardan xabar olib turar edi. Soradan bir o`g`il tug`ildi. U Ishoq edi. Bo`lg`usi Muhammad payg`ambar anashu ishoq naslidandir.



Ul qavmi azim dedilar oni Od,

Sardorlari Shadid yoxud Shaddod.

Bir dam yelidin oqibat ul ahli inod,

Xoshok kabi borchasi bo`ldi barbod8.
Ibrohim shukrona yuzasidan Makkada Ka`bani bino qildi. U imorat bitgach, Ibrohim uning devoriga suyanib turib qilgan ishidan faxrlandi. Shu payt birdan nido keldi: ”Bir ochnimu tuyg`aribsen, yo bir yalang`ochni butg`oribsenkim (tuzatibsenmi) faxrlanasen”. Ibrohim bildiki, Ka`ba qurmoq bunday xayr-ehson qarshisida ahamiyatsizdir. Shundan keyin elga ziyorat berishga boshladi. Bu narsa rasm bo`ldi. Ibrohimning laqabi Xalilulloh va Xalilurrahmon, Ibrohim degani Abdurahim, yani rahmli ota, demakdir.

Navoiy Ibrohim to`g`risidagi hikoyani quyidagi to`rtlik bilan tugallaydi:


Gar Ibrohim va agar Ismoil bo`lsin

Ki haq amrin qabul etmoq keraktur

Va foniy dayr aro chun qildi manzil

Turub bir necha kun ketmak keraktur.


Ibrohimning dunyoga kelishi Nimrud zulmkorligining bitirilishini anglatar edi. Navoiy Ibrohimning hayotini imkon boricha mufassal tasvirlaydi. Nimrudning yovuzligi tufayli necha o`n minglab bolalar o`ldirilayotgan bir sharoitda ona Ibrohimni saqlab qoldi va uni parvarish qilib o`stirdi. Bu onalik mehrining qotillik ustidan g`alabasi edi. Ona hatto otasiga ham bola haqida xabar bermaydi. Faqat bola ulg`ayib, jiddiy masalalarni yengishga intila boshlagandagina uning bergan savollari va qilgan xulosalaridan hayratga tushgan ona Ibrohim to`g`risida otasi Ozarga xabar yetkazadi.

Tangrilik da`vosini qilgan Nimrud og`ir azoblar ichida halok bo`ladi. Bu ham yovuzlikning (muqaddas) muhaqqaq mag`lubiyatini anglatadi.

Hikoyaning eng muhim bo`lagi Ibrohimning Ka`ba imoratini bitkazgandan so`ng qilgan ishidan faxr qilib turganda yuqoridan kelgan nidodir. Bir ochni to`yg`azmoq, bir yalang`ochni kiyintirmoq Navoiy nazdida Ka`ba bino qilmoqdan ortiqroq edi.

“Hayrat ul-abror”da:


Ka`baki, olamning erur qiblasi,

Qadri yo`q andoqki, ko`ngul ka`basi,-


deb yozgan Navoiydek insonparvar, insonparvar mutafakkirga eng yaqin fikr inson uchun qilingan xizmat, ezgulikning Ka`ba qadridan baland turajagi edi. Yana Navoiy Ibrohimning dehqonchilik bilan shug`ullanganligiga urg`u beradi. Qopdagi qum bug`doyga aylanib qolgach, u ana shu bug`doydan ekin ekadi va mo`l hosil yetishtiradi. Bu hosildan elga ziyorat beradi. Yuqorida Odamning ham dehqonchilik bilan shug`ullanganini o`qigan edik. Demak, dehqon mehnatiga Navoiy hamisha alohida diqqat qilgan, uni hamisha sharaflagan.

Ishoq Shomda imon tashviqoti bilan mashg`ul bo`ldi. Ko`zi ko`r bo`lib qoldi. Ishoqning ikki o`g`li bor edi: Ays ovchi, Ya`qub esa qo`ylari bor edi, shularni boqardi.

Ishoq ko`proq Aysni yaxshi ko`rar edi, ona Rifqa esa Ya`qubni. Bir kuni Ishoqning ko`ngli biryon tiladi. Ays o`q – yoyni olib toqqa yugurdi, Rifqa Ya`qubga bir “ulog`ni biryon qilib” otasiga keltirmoqni aytdi. Ya`qub keltirdi. Ishoq xursand bo`lib duo qildi. Anbiyo uyi saodatim Ya`qubga nasib bo`ldi. Ays ham o`sha taomni tayyorlab keltirganda Ishoq salotin sening naslingdan bo`lsin deb duo qildi. Ba`zilar aytadilarki, Sabir payg`ambar sening naslingdan bo`lsin, deb duo qilgan emish. Ayyub Ays avlodidandir. Aysda Ya`qubga dushmanlik paydo bo`ldi. Ya`qub Aysdan xavotir qilar edi.

Solih keldi Samudning qavmi chog`i,

Tolih edilar bu qavm boshtin ayog`i.

Bu turfaki, charx zolining o`ynamog`i,

Tolihni dog`i qo`ymadi, Solihni dog`i9.
Ya`qub bir kecha tushida bir muqaddas joyda Baytul muqaddas shahrini bino qilish haqida oliy topshiriq oldi. Uyg`onib Ishoq duosining mustajob bo`lganligini angladi. Ya`qub Fadog` degan joyga keldi. Lubnonning qizi Liyoga Ya`qub ko`ngil berdi. Ammo uylanmoq uchun mablag`i yo`q edi. Ya`qub yetti yil Lubnon qo`lida cho`ponlik qildi. Nihoyat, ozgina mablag` yig`gach, o`sha qizga uylanmoqchi bo`ldi. Lubnon Rohil degan katta qizini Ya`qubga berdi.

Ya`qub buning uchun Lubnonga gina qildi. Lubnon, ulug` egachi uyda qolib kichik xasm uyiga bormog`i nomunosibdir. Ko`ngling Liyoda bo`lsa, yana yetti yil xizmat qil, uni ham olasan, dedi. U vaqtda egachi-singilni bir kishiga bermoq mumkin edi. Muso vaqtida bu rasm man etildi. Ya`qub uning aytganini qilib, Liyoni ham oldi. Ya`qub Liyodan olti o`g`il ko`rdi, Rupal, Sham`un, Yahudo, Loviy, Zerbun, Yashpar.

Rohildan Yusuf va Benyamin dunyoga keldi. Filhadan Don va Nafkol, Zulfadan Gav va Ashira. So`ng Ya`qub Kan`onga bordi. Ya`qub vataniga qaytgach, Ays rumga ketdi. Uning besh o`g`li bor edi. Birining oti Rum edi. Bu mamlakat shu o`g`il nomi bilan ataladi. Ays va Ya`qub bir paytda biri Rumda. Biri Kan`onda dunyodan o`tdilar.
Ya`qubni ham sipehri purfan

Berdi necha kun jahonda maskan

Paymonai umr chunki to`ldi

Davron anga dog`i uzr qildi.


Yusuf odamlarning eng chiroylisi edi. U bir kuni o`z husnini oynada ko`rib, agar men qul bo`lganimda biror kishi mening bahomni bera olarmidi, deb ko`nglidan o`tkazdi. Yusuf bir tush ko`rsa quyosh, oy va o`n bir yulduz unga sajda qilar emishlar. Bu tushni otasi Ya`qubga aytdi. Ya`qub bu tushning ma`nosi shuki, otang va qarindoshlaring senga muhtoj bo`lajaklar, dedi. U Yusufga tushini og`alariga bildirmaslikni maslahat berdi. Ammo og`alari bundan xabardor bo`lib qoldilar va sayr bahonasi bilan Yusufni sahroga olib chiqib bir chuqurga tashladilar. Ular Yusufning ko`ylagini qo`yning qoniga bulg`ab otalariga olib kelib ko`rsatdilar va Yusufni bo`ri yeb ketdi, dedilar. Ya`qub motamda qoldi.

Yana biri: ko`ngulning yumshoqlig`ikim, dardmandona so`zdin va nazmdin va nag`madin mutaassir bo`lg`aylar va alarning ul hollari as`hob va yoronlarg`a asar qilg`ay va bu - majlisning tuzi va malohatidur10.

Yo`lda kelayotgan bir karvon o`sha chuqur oldida to`xtab, unda odam borligini bildi va Yusufning og`alari bundan xabardor bo`lib yetib keldilar va bu bizning qulimiz edi, qochgan ekan deb Yusufni karvonboshi Malik bin Ziar Hazashga o`n yetti yoki yigirma diramga sotdilar.

Misrga kelib karvonboshi Yusufni Malik Rayyonning xazinachisi va Misr aziziga katta pulga sotdi. Azizning xotini Zulayho Yusufni sevib qoldi va u bilan yaqin bo`lishga intildi. Ammo o`n yetti yashar Yusuf Zulayhoning bu taklifini rad qilib, unga pand-nasihatlar qildi. Shundan so`ng bu sirning ochilishidan qo`rqib, Zulayho Yusuf menga tajovuz qilmoqchi bo`ldi, deb eriga arz qildi. Ammo Aziz Zulayhoning gapi tuhmat ekanligini angladi.

Bu gaplar Misr ahliga yoyilgach, xotinlar Zulayho bir ka`onlik qo`lga oshiq bo`lib o`zini gap qildi, deb ta`na qildilar. Zulayho xotinlarni ziyoratga chaqirdi. Ular turunj (limon) to`g`rayotganida Yusuf uyga kirib oldi. Yigitning go`zalligidan hayron qolgan xotinlar turunj o`rniga o`z barmoqlarini to`g`rab yuborganlarini sezmay qoldilar. Shundan so`ng ular Zulayhoga tan berdilar.

Zulayhoning ig`vosi tufayli Yusuf zindonga solindi. Malik Rayyon suvchisi bilan dasturxonchisining uni zaharlab qo`yishlaridan qo`rqib, ularni ham zindonga tashlagan edi. Yusuf zindonda ekanida suvchi va bakovulning yolg`on tushlarini ta`bir qildi, suvchining tushini yaxshilikka yo`ydi. Uch kundan so`ng Malik Rayyon unga marhamat ko`rsatdi, dasturxonchini esa o`ldirmoqqa buyurdi. Suvchiga marhamat Yusufning yaxshilikka yo`yganining tasdig`i edi. Yusuf suvchiga Malik huzurida e`tibor tortganida meni eslatarsan degan edi. Ammo suvchi bu iltimosni unutib yubordi. Yusuf yana bir necha yil zindonda yotdi.

Bir kecha Malik tush ko`rdi. Yetti semiz qo`yni yetti oriq qo`y yeb qo`ydilar. Yetti bog` ko`k o`tni yetti bog` qurigan xashak chirmashib quritdi. Bu tushni hech kim ta`bir qilolmadi. Suvchi Malikka Yusufga ta`bir qildirishni aytdi. Yusuf tushni ta`bir qilib aytdiki, yetti yil serhosil bo`ladi. Shunga oshliq hozirlab qo`ymoq kerak. Malik Yusufni zindondan ozod qildi. Ammo Yusuf ko`nmadi. U barmog`ini kesgan xotinlar voqeasini tekshirishni talab qildi.

Malik bu ishni tekshirdi va barcha Yusufning pokligiga guvohlik berdilar. Aziz xijolatdan Zulayhoni taloq qildi. Yusuf zindondan chiqarilib, Misrga vazir qilib tayinlandi. Yusuf oshliqlarni hozirlab qahatchilikdan elni omon olib chiqdi. Nihoyat Yusuf Zulayhoga uylandi, Zulayho bokira edi, chunki oldingi eri unga noqobil bo`lgan. Zulayho va Yusuf ikki o`g`il ko`rdilar.

Qahatchilik yillari atrofdan ham odamlar Yusuf huzuriga kelib undan ko`mak tiladilar. Shular ichida Yusufning og`alari ham bor edi. Yusuf ularni tanidi, ammo o`zini tanitmadi. Hadyalar berib ularni jo`natdi va qolgan og`angiz ham kelsin dedi. U og`a ibn Yamin Ya`qub huzurida doim birga edi. Chunki Yaqub uchun ibn Yamindan Yusuf hidi kelganday bo`lar edi. Ikkinchi qatla ibn Yamin ham og`alari bilan Misrga keldi. Yusuf bir hiyla bilan Ibn Yashinni olib qoldi. Bundan xabar topgan Ya`qub Misr aziziga xat yo`llab, o`zining ikki o`g`lidan ajralganini bildirdi. Bu xatni Yahudo o`g`li Foriz olib kelgan edi.

Endi Yusuf og`alariga o`zini tanitdi. Yusuf Yahudo orqali otasiga o`z ko`ylagini jo`natdi. Ya`qub Yusufdan ayrilgach yig`lay-yig`lay ko`r bo`lib qolgan edi. Yusufning ko`ylagini Ya`qubning yuziga surganlarida ko`zi ochilib ketdi. So`ng Ya`qub Misrga keldi, Yusuf otasi va onasini hurmatlab kutdi. Oradan yo, yetti yil, yo yigirma to`rt yil o`tgach, Ya`qub vafot etdi. Biroz fursatdan so`ng Malik Rayyon ham dunyodan o`tdi. Yusuf Yahudoni Bani Isroilga boshliq etdi va o`zini Nil daryosi yoqasida Misrdan bir yig`och yerda ko`mishlarini vasiyat qilib ko`z yumdi. Bani Isroil Ya`qubning o`n bir o`g`lidandir.

Hikoya quyidagi bayt bilan yakunlanadi:


Bordi Yusuf, qolmadi Qobus ham bo`lmay adam,

Ichdilar jomi fano Siddiq ham, Zindiq ham.


Navoiyning “Yusuf va Zulayho” hikoyasi didaktik mazmunda. Shoir bu hikoyada yaxshilik, insof va afv g`oyalarini targ`ib etadi; manmanlik, kibru havoni qoralaydi.

Hikoyaning boshlanishida Yusuf o`z jamolini oynada ko`rib o`zini bebeho go`zal deb hisoblagan edi. Hayot esa bu fikrni rad qildi, u qul sifatida arzimagan pulga sotib yuborildi.

Hikoyadagi Ya`qub va Yusuf chizig`i ota va o`g`il o`rtasidagi mehr-muhabbatni ulug`laydi. Bu tuyg`ular barcha sinovlardan bardosh bilan o`tadilar.

Yana biri shafqati mufritki, borcha rindlarni aziz tutqaylar va mo-amkana rioyatlarini vojib ko`rgaylar va alardin har xato va zalal voqe` bo`lsa muvoxazasig`a mashg`ul bo`lmag`aylar va islohig`a ko`shish qilg`aylar va sahvlarin afv qilib, yuzlariga kelturmagaylar, to alarg`a xijolat voqe` bo`lmag`ay va alarni rifqu mudoro bila ul maqomdin o`tgaylar11.

Zulayhoning Yusufga muhabbati esa chin insoniy sevgi, go`zallik shaydosi bo`lgan ayolning fidokorona muhabbati timsolidir. Navoiy hikoyasida bu sevgi yordamchi o`rin tutadi. Zulayhoning ehtirosi Yusufning tuhmatga qolmog`i va zindonga tashlanmog`iga sabab bo`ldi. Navoiy o`z odatiga ko`ra, hikoyadagi voqealarning mantiqiy bog`liqligiga katta ahamiyat bergan. Zulayho o`ttiz yoshda edi. Demak, Zulayhoning o`n yetti yashar qul Yusufga muhabbati avj olgan yillarida qizning yoshi o`n beshda bo`lgan. Yana Navoiy Misr azizining (Zulayhoning oldingi eri) noqobil ekanini bildirdi. Shu bilan Zulayhoning pok saqlanganini shoir alohida uqtirib o`tadi.

Demak, Zulayhoning Misr azizidan ajralishi ham tabiiy edi. Bu tafsilotlar Navoiyning hayot ko`rinishlarini hamisha aniq va badiiy rostgo`ylik bilan tasvirlaganidan dalolat beradi. Hikoyada Yusuf bosh o`rinda turadi. U og`alarining o`ziga nisbatan ko`rsatgan hasad va jinoyatlariga insof va avj bilan javob qildi. Otasi Ya`qubga farzandlik mehri va sadoqatini namoyish qildi.

Ammo Yusufning xatti-harakatida ilohiy kuch tomonidan oldin belgilab qo`yilgan yo`l asosiy o`rin tutur, Yusuf undan hech qachon chekinmas edi. Umuman, Yusuf bu hikoyada Navoiy tasavvuridagi yuksak fazilatlarni o`zida mujassamlashtirgan izchil ijobiy qahramon sifatida o`quvchi ko`z oldida gavdalanadi.

Xizr Arfaxshid bin Som farzandlaridan bo`lib Iskandarning mulozimi bo`lganyu Navoiy Iskandarni Zulqarnayn deb yozadi. Iskandar Zulqarnayn hayot suvini izlab zulmatga kirganda Xizr uni boshlab kirdi. Ilyos ham ular bilan birga edi. Hayot suvi bu ikkoviga nasib bo`ldi. Iskandar esa quruq qaytdi.(Navoiy bu yerda Xo`ja Muhammad Porsoga asoslanib, Xizrning sabzavor viloyatining Ko`k degan joyidandir, deb yozadi).
Xizr umrin tilarlar ahli Hirot,

Yor vaslidurur hayoti abad.


Xizr Sharq adabiyotida juda mashhur obraz. Unga abadiy hayot nasib bo`lganligi qarshisida Iskandarning qaro yerga dafn etilishi hukmronlik havaslarining behudaligini anglatadi.

Yana bir abadiy hayot egasi bo`lgan shaxs Ilyosdir.Uni Bani Isroilga hidoyat uchun yuborildi. Ilyos Yunusni o`z nafasi bilan tiriltirgan emish. Ammo Ilyosning yazdonparastlikka tashviq etish yo`lidagi harakatlari benatija bo`ldi. But parastlar uning yo`lidan bormadilar, aksincha, uni o`ldirmoqqa ko`p qasd qildilar. Nihoyat, Ilyos odamlar ko`zidan berkindi. Ilyos “Bahru bar darmondalariga dastgirlik qilur va halo tirikdur, andoqki, xizr...”, deb xulosa qiladi Navoiy.


Ilyosga eldin chu ko`p o`ldiki tug`yon,

Elning ko`zidin chu ruhdek bo`ldi pinhon.

Har kimni xalos qilsa eldin yazdon

Netong anga umri abadiy bo`lsa nihon.


Sharq adabiyotida chidamning oliy timsoli Ayyubdir. Ayyub o`zi payg`ambarzodalardan. Navoiyning yozishicha, Ayyubning onasi Lutning qizi, otasi esa Ays va Is`hoq avlodidan edi. U juda badavlat kishi bo`lgan. Hamma narsa bor edi. O`nta o`g`li bor edi. Ayyub faqat Tangriga ibodat bilangina mashg`ul bo`lgan, boshqa hech narsaga ahamiyat bermagan. Maloika Tangriga, sen Ayyubga hamma narsani ato etgansan, shuning uchun u senga ibodat qiladi, dedilar. Tangri aytdiki, bular bo`lmasa ham uning ishi toatdir. Bu gapni isbotlamoq uchun Tangri Ayyubga ko`p balolar yubordi. Ayyubning mol-davlati barbod bo`ldi, parvo qilmadi. Ekkan ekinlari xarob bo`ldi, pisand etmadi. O`n o`g`lini tom bosib o`ldirdi. Tanasiga kasalliklar yuzlandi, jarohatlar bo`lib qurtlar tushdi. U jarohatlar hidlanib ketgani tufayli odamlar Ayyubdan jirkanib uni bir nomunosib yerga eltib qo`ydilar, tegrasida hech kim qolmadi. Xotini Ya`qub payg`ambar avlodidan edi, gadolig` qilib Ayyubni boqar edi.

Ayyub shularning hammasiga chidadi. Badanidagi qurtlarning birontasi tushib ketguday bo`lsa, Ayyub uni olib o`rniga qaytarib qo`yar edi. Shaytoni Lain Rahimani (Ayyubning rafiqasi) eriga parvarish qilishdan qaytarmoqqa ko`p urindi, lekin qo`lidan kelmadi. Bir kuni Rahima hech narsa topa olmay qaytayotganida shayton unga ayol sifatida uchradi. Menga sochingni bergin, sochimga ulayman va yaxshi haq to`layman, dedi.

Rahima, men sochsiz bo`lsam bo`lay, Ayyub ovqatsiz qolmasinlar, deb sochini qirqib berdi. Rahima olgan ozuqasini Ayyubga etkazmagan ham ediki, undan oldin shayton Ayyub huzuriga kelib Rahimaning sochini ko`rsatdi va Rahimaga tuhmatlar qildi. Rahima kelganda haqiqatdan uning sochi yo`q edi. Ayyub uni yuz kaltak urmoqqa ahd qildi.

Ani chiqorur kun arig` to`n kiyib, arig` dastor chirmab, motamiylarg`akim, anduhu iztirob yuzidin beixtiyor yig`lar erdilar, alar nasihat qilib, taskin berur erdilar, xususan bu faqirg`a. To madfang`a, bu faqir yasag`on hazirag`a elttilar, alar o`zlari sunnat tariqi bila maqbara ichiga tushub, aziz farzandni shar` vajhi bila oxirat yeriga qo`yub, tengriga topshurub, talabi g`ufron uchun duolar qilib chiqtilarkim, hech nav` tag`ayyur hollarig`a zohir bo`lmadi12.

Ayyubning boshiga tushgan savdolar tufayli el o`rtasida sho`rishu g`avg`o ko`tarildi. Maloika (malaklar) Ayyubning sabr va shukriga tan berdilar. Shundan so`ng Tangri inoyat qilib uni sog`aytirdi. Jabroil kelib Ayyubning qo`lidan ko`tardi, bari qurtlar tanasidan tushib ketdi. Ikki yonida ikki buloq paydo bo`ldi. Jabroil Ayyubning muborak jismini bu suvlarda yuvdi, barcha jarohatlari tuzalib ketdi. Rahimaning pokligi isbotlandi. Ayyubga xos bo`lgan boyligidan ortiqrog`i berildi. Ba`zilar dedilarki, hatto halok bo`lgan bolalar ham tirildilar.

Ba`zilar Ayyub Shomda, ba`zilar Xurosonda, Mashhadda yashagan deydilar. Navoiy xulosa qiladiki, barcha qatori nihoyat Ayyub ham jahondan ketdi.
Besabr ulus garchi jahondin ketti,

Ayyubi, subur dog`i ketmay netti.


Ayyub to`g`risidagi hikoya sabr va sadoqat tashviqi sifatida ahamiyatlidir.


Download 349 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish