O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti magistratura bo’limi



Download 349 Kb.
bet23/29
Sana31.12.2021
Hajmi349 Kb.
#207497
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
Bog'liq
Dissertatsiya. Z.Ahmadova. 13 апрель 2021.

III bob bo`yicha xulosa

Navoiy «Tarixi muluki Ajam» asarining ko‘p yerida “Tabariy debturkim”, «Tavorixda mundoq musbatdurkim», «debturlarkim», «naql qilibturkim», «bitibturkim», «ba’zi tavorixda ko‘rubmenkim», «Ba shayx Bu Ali Miskavayh «Odob ul arab val-furs» otlig‘ kitobida zikr qilurkim», «ba’zi tavorixda bitibturkim» kabi iboralarii ko‘p bora takrorlaydi va bu bilan tarixni bayon qilishda mazkur mo‘tabar manbalarga suyanganini namoyon etadi. Navoiyning «Tarixi muluki Ajam» asari va uning tarixiy manbalari haqidagi dastlabki fikrlar professor A.Hayitmetov tomonidan bildirilgan.

“Tarixi Banokatiy” («Banokatiy tarixi») asari muallifi Abu Sulaymon ibn Dovud Al Banokatiy Eronda hukmronlik qilgan mo‘g‘ul hukmronlaridan G‘ozonxonning saroy shoiri va voqeanavisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan va “Malik ush-shuaro” maqomini olgan.

«Tarixi Guzida» asari (muallifi Hamdullo binn Abu Bakr Nasrul-Mustavfiy Al-Qazviniy) xarakteri jihatidan «Jome ut-tavorix»larga o‘xshaydi. Asarda Odamning paydo bo‘lishidan boshlab, qadimgi Eron podshohlari, arab xalifalari, shuningdek, Eronda islom davlatining barpo topish tarixi davri yoritilgan. Asar olti bobdan iborat bo‘lib, payg‘ambarlar va hukamolar, islomga qadar Eronda hukmronlik qilgan podshohlarning to‘rt sulolasi tarixiga bag‘ishlangan.

Navoiy faqat tarixiy asarlaridagina emas, o‘zining barcha badiiy asarlari, xususan «Xamsa» dostonlarida ham tarixiy faktlarga murojaat etadi, bu - shoir tarixni puxta bilganligidan dalolat beradi, boshqalarni ham tarix ilmini o‘rganishga, tarix saboqlaridan o‘rnak olishga chaqiradi. Navoiy ma’lum siyosiy va tarbiyaviy maqsadlarni ko‘zda tutib, «Tarixi muluki Ajam» asarini yaratar ekan, har bir ibratli tarixiy faktni qaysi manbaga suyanib yozayotganligini ta’kidlab boradi.

Umuman, Hazrat Mir Alisher Navoiyning tarixshunoslik va manbashunoslik yo‘nalishidagi mazkur asarlari nafaqat nasriy imkoniyatlari, balki tarixiy ahamiyati bilan ham uzoq yillar avlodlarga xizmat qilishi shubhasiz.



Download 349 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish