O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti magistratura bo’limi


III BOB. «TARIXI MULUKI AJAM» MANBALARI TAHLILI



Download 349 Kb.
bet21/29
Sana31.12.2021
Hajmi349 Kb.
#207497
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29
Bog'liq
Dissertatsiya. Z.Ahmadova. 13 апрель 2021.

III BOB. «TARIXI MULUKI AJAM» MANBALARI TAHLILI.

3.1. “Tarixi muluki ajam”ning yaratilish tarixidan.

Eron podshohlari tarixi Navoiyga qadar Abulqosim Firdavsiyning «Shohnoma», Nizomiy va Amir Xisrav Dehlaviyning «Xamsa»lari kabi badiiy asarlarda, shuningdek, «Tarixi Tabariy», «Tarixi Banokatiy», «Tarixi Guzida», «Nasihat ul-muluk», «Nizom ut-tavorix», «Jome ut-tavorix» kabi tarix kitoblarida yoritilgandir. Navoiy «Tarixi muluki Ajam» asarini yozishda mazkur manbalardan foydalangan.

Asarning ko`p yerida Navoiy «Tabariy debturkim», «Tavorixda mundoq musbatdurkim», «debturlarkim», «naql qilibturkim», «bitibturkim», «ba`zi tavorixda ko`rubmenkim», «Ba shayx Bu Ali Miskavayh «Odob ul arab val-furs» otlig` kitobida zikr qilurkim», «ba`zi tavorixda bitibturkim» kabi iboralarii takrorlaydi va bu bilan tarixni bayon qilishda mazkur mo`tabar manbalarga suyanganini ko`rsatadi. Navoiyning «Tarixi muluki Ajam» asari va uning tarixiy manbalari haqidagi dastlabki fikrlar prof. A.Hayitmetov tomonidan aytilgan29.

Biz Navoiy «Tarixi muluki Ajam» asarini yozishda foydalangan, hozirda O`zbekiston Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining qo`lyozmalar fondida saqlanayotgan manbalar bilan batafsil tanishib chiqdik. Ular quyidagilardir:

I. «Tarixi Tabariy» inv. 1692, SVR 1-tom, 15-bet. Acap muallifi Abu Ja`far Muhammad binn Jarir zamonasining mashhur muarrixlaridan bo`lib, tafsir, hadis, fiqh ilmlarida ham shuhrat qozongan. U (hijriy 224 melodiy 839 yili) Tabaristonda tug`ilgan va (310 h.) 922 yilda Bag`dodda vafot etgan. Uning eng mashhur asarlaridan biri xilqatdan boshlab, zamonasigacha bo`lgan voqealarni o`z ichi­ga olgan «Tarixi Tabariy» asaridir.

Asar arab tilida bo`lib, fors va turkiyda qisqartirilgan tarjimalari bor. «Qomus ul-a`lam» da Tabariyning she`r yozgani xabari ham beriladi. Acap 352/963/yili Mir Abu Ali binni Muxammad Bal`amiy tomonidan fors tiliga qisqartib tarjima qilingan. Biroq, mutarjim boshqa bir qancha manbalardan foydalanib «Tarixi Tabariy»ga qo`shimcha ma`lumotlar ham kiritadi. Tabariy tarixini Abdul-Malik Hamadoniy (521/1127 yili vafot etgan) davom ettirib, Abbosiy xalifalaridan Mustazxir (48//1094—512/1118) saltanatigacha bo`lgan voqealarni ilova qilib, «Tak milai tarixi Tabariy»deb ataydi.

Qo`limizdagi «Tarixi Tabariy» 1269/1852/yilda ko`chirilgan bo`lib, 1001/1592 yilgi qadimiy qo`lyozmaning nusxasidir. Navoiy «Tari­xi muluki Ajam»da peshdodiy podshohlaridan Xushangning xiradmand, odil va olim podshoh ekanligi, uning hikmat ilmida «Jovidi xirad» nomli kitobni tasnif qilgani, yog`ochdan taxta kesib, uylarga eshik yasatgani, konlar chiqargani, ariqlar qazdirib obodonchiliklar qilga ni haqida yozadi va bu ma`lumotlarni Tabariydan olganligini aytadi. Shuningdek, Zahhokning zolimligi va uning jazolanishi voqeasini bayon qilishda ham ma`lumotni Tabariydan oladi.

2. «Nizom ut-tavorix» («Tartibga keltirilgai tarixlar») inv. 5406, SVR tom I, 21-bet. Acap muallifi Abul-Xayr Nosiriddin Abdulloh binn Umar-Alqozi Bayzoviy zamonasining mashhur ulamolaridandir. U Bayzo shahrida tug`ilgan, ko`p vaqt Sherozda qozi bo`lgan. Qozi Bayzoviy 685/1286/yilda Tabrizda vafot etgan. U fiqh, tafsir va boshqa ilmlarda zamonasining yagonasi bo`lib, «Tafsiri Bayzoviy», «Sharh ul-muntahab», «Al-izoh», «Sharh ul-qofiya» kabi asarlarning ham muallifidir. «Nizom ut-tavorix» asarini mavjud bo`lgan umumiy tarix kitoblarining qisqa bayoni desa bo`ladi.

Acap to`rt qismdan iborat. Birinchi qismi anbiyo va hukamolar ahvolining bayoni, ikkinchi qismi Eron podshohlari ahvoli sharhi, uchinchi qismi imomlar sharhi, to`rtinchi qismi esa xalifalar zamonida hukmronlik qilgan sultonlar zikridadir. Qozi Bayzoviy «Nizom ut-tavorix»ning birinchi qismida anbiyolar zikridan so`ng Luqmon, Fishog`urs, Jomosb, Suqrot, Aflotun kabi hukamolar haqida to`xtalib, ularning hikmatlarndan namunalar keltiradi. Ikkinchi qismida Eron podshohlariniig to`rt tabaqasi; peshdodiylar, kayoniylar, ashkoniylar va sosoniylar sulolasining podshohlari tarixiga to`xtaydi. Qozi Bayzoviy «Tarixi Tabariy»ga suyangan holda qisqacha umumiy tarix yaratgan. Qo`limizdagi biz foydalangan ko`lyozma 1233/1818 yilda ko`chirilgan. Navoiy podshohlarning saltanat muddatlarini ko`rsatishda barcha manbalardagi ixtilof fikrlarni keltirib, ko`proq «Nizom ut-tavorix» ma`lumotlariga suyanadi,

3. «Nasihat ul-muluk» («Sultonlarga nasnhat») inv. № 881 g CBP tom VII, 319-320-betlar. Asar muallifi Zayniddin Aby Homid Muhammad binn Muhammad G`azzoliy Tusiy (450 h.) 1058 yilda Xurosonda Tys shahri yaqinidagi G`azzola qishlog`ida tug`ilgan. 484 (1094) yillarda Bag`doddagi «Nizomiya» madrasasida mudarrislik qilgan. Ma`lum muddat zuhd va taqvo yo`lini ham tutgan. So`ng Damashq, Shom, Bayt ul-muqaddasda bo`ldi, 505 (1111) yilda 55 yoshida olamdan o`tdi. Ta`lifoti ko`p, eng mashhurlari quyidagilardir: «Ahyoi ulum id-din», «Albasit», «Alvasit», «Me`yor ul-ilm», «Xaqiqat ul-qavonin», «Almaqosid», «Naeihat ul-muluk» va boshqalar. Bular orasida eng mashhuri «Nasihat ul-muluk» («Sultonlarga nasihat») bo`lib, fors tilida yozilgan,

Asarda adolat g`oyasi ilgari suriladi. Odil shohlar haqidagi qiziq hikoya va latifalar keltiriladi. «Nasihat ul muluk» asari Ali binni Muborak binni Mahbub tomonidan «Attabar ul-Masbuk fa Nasihat ul-muluk» nomi bilan arab tiliga tarjima qilingan. Bu arabcha nusxaning O`zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoelik institutining qo`lyozmalar bo`limida 585-va 533-inventar raqami bilan ikki nusxasi saqlanadi.

G`azzoliyning bu asarini Said Ali kotib 915 (1509) yilda o`zbek tiliga tarjima qilgan. Tarjimon va kotib Said Ali asar muallifini ko`rsatmagan va u haqda hech narsa demaydi. «Nasihat ul-muluk»ning arabcha va o`zbekcha nusxalarini bir-biriga solishtirib chiqib, qo`limizdagi asar G`azzoliy asarining tarjimasi ekanini aniqladik. Ma`lumki, Eron podshohlari tarixiga doir manbalarda, shu jumladan, nasihat ul-muluk»da odil podshohlar maqtaladi, ularning qilgan ishlari ko`rsatiladi hamda zolim podshohlarning zulmi qoraladi, ularning taqdiri ham ko`rsatib beriladi. Har bir podshoh ta`rifidan keyin uning qandayligini ifodalovchi qissadan hissa o`rnida ba`zan ikki misra she`r ilova qilinadi.

Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»ni yozishda shu tartibni izlagay. U o`zi foydalangan manbalardagi forscha va arabcha she`rlarni tarjima qilgan, ba`zn o`rinlarda o`zi original misralar orttirgan.

Tarjimon Said Ali «Nasihat ul-muluk»ning nasriy qismlarini o`zbek tiliga ag`dargan. She`riy parchalar tarjimasida esa, Navoiyning «Tarixi muluki Ajam» asaridai to`la foydalangan, ya`ni Navoiy misralarini aynan ko`chirib qo`ya qolgan. Bu Said Alining ulug` ustozga nisbatan bo`lgan yuksak ehtiromidir.

Namunalar:

Burunroq kishikim tuzub rudu jom,

Jahondorliq taxtin etti maqom.

Kayumars edi lek davron dun,

Anga berdi bozi boridin burun30.

Shahi erdi Tahimuras ofoq oro,

Ki adl etti charxi ko`han toq oro31.

Chu Jamshid taxt uzra tutti maqom,

Dimog`ig`a yo`l topti savdoyi xom32.

Faridunki olamg`a yoydi bisot,

Base olam ahlig`a yetti nishot33.

Chu shoh o`ldi olamda Bahromgo`r,

Jahonda mayu-ayshdin soldi sho`r34.
Said Ali «Nasihat ul-muluk»ni o`zbek tiliga tarjima qilishda, ba`zan o`zi odil shoh va tadbirkor vazirlar haqida ibratli hikoyatlar qo`shadi. Xususan, No`shiravonning odil nomi bilan bog`liq bo`lgan bir necha hikoyalarini ilova qiladi. Alisher Navoiyning mashhur:
Bu gulshan ichra yo`qtur baqo guliga sabot,

Ajab saodat erur chiqsa yaxshilig` bila ot35.

Hikmatini ham «Nasihat ul-muluk»ka ilova qiladi. So`ng No`shiravonning odob va hayo sifatlarini ta`riflab, «Hayrat ul-abror» dostonidagi XXXIII maqolatda berilgan:
Shoh emas erkonda No`shiravon,

Bo`ldi birov ishqi bila notavon36.


deb boshlanadigan 28 misradan iborat hikoyatni butunicha kiritadi. «Nasihat ul-muluk»dagi ba`zi hikoyatlarning tarjimasi Navoiy «Tarixi muluki Ajam»ida ham bo`lishiga qaramay, Said Ali o`zicha mustaqil, mahorat bilan tarjima qilgan.

G`azzoliy asarida bir hikoyat bor: Bir kishi birovdan bog` sotib oladi va shu bog`dan ko`milgan boylik topadi. Bu kishi topilgan narsani ko`tarib, bog` sotgan kishiga olib boradi va men sendan bog` sotib olganman, bu topilgan boylik senikidir, deydi. Bog`ning sobiq egasi esa, men bog`ni senga ichidagi barcha narsasi bilan sottanman, deb boylikni qabul qilmaydi, janjal No`shiravonga yetadi. U bog` sotgan va olgan kishilarning birining qizi va birining o`g`li borligini aniqlaydi. Har ikki kishini quda bo`lishga va topilgan dafinani yangi uy qurgan yoshlarga berishga buyuradi, shunday qiladilar.

Mazkur hikoyatda Navoiy tarjimasida bog`, dafina, dohil, kadxudo kabi arab-fors so`zlari ishlatilgan bo`lsa, Said Ali tarjimasida bu so`zlar o`rniga ev, ganj, ichida, quda kabi keng xalq ommasiga tushunarli bo`lgan turkiy so`zlar uchraydi.


Download 349 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish