differensial yondashuvga ko‗ra
shakllanadi
. Asoslar pedagogik yangiliklarning
quyidagi parametrlari bo‗yicha ishlab chiqiladi: fan tuzilishiga, ta‘lim sub‘ektiga,
amalga oshirish shartlari va yangiliklar xarakteriga munosabat nuqtai nazaridan qarab
chiqiladi. Ishlab chiqilgan tizim (sistematika) bo‗yicha pedagogik yangiliklar
quyidagi tiplar va mayda tiplarga bo‗linadi:
1. Ta‘lim tizimining tuzilmaviy aloqadorligi bo‗yicha yangiliklar maqsadlarda,
vazifalarda, ta‘lim va tarbiyaning mazmunida, shakllarida, usullarida, o‗qitish
texnologiyalarida, o‗qitish va ta‘lim vositalarida, diagnostika tizimida, nazoratda,
natijalarni boshqarish va boshqalarda;
2. Ta‘lim sub‘ektining shaxsiy yondashuviga ko‗ra o‗quvchi va pedagog
qobiliyatlarining rivojlanishi sohasida, ularning bilim, ko‗nikma va malakalari,
faoliyat usullari, layoqatlilik sohasidagi rivojlanishida;
3. Pedagogik qo‗llanish sohasi bo‗yicha: o‗quv jarayonida, o‗quv kursida, ta‘lim
sohasida, ta‘lim tizimi va darajasida, o‗qitish tizimi darajasida, ta‘limni boshkarishda;
4. Pedagogik jarayon ishtirokchilarining o‗zaro faoliyatidagi tiplar bo‗yicha:
jamoaviy o‗qishda, guruhli o‗qishda, alohida o‗qishda, repetitorlikda, oilaviy
o‗qishda va boshqalarda;
5. Funksional imkoniyatlari bo‗yicha: sharoitlarga yangiliklar (ta‘lim muhitini,
ijtimoiy-madaniy sharoitlarni va boshqalarni yangilash), pedagogik vositalar,
loyihalar, texnologiyalar va boshqalarga yangiliklar kiritish, boshqaruvdagi
yangiliklar (ta‘lim tizimi tuzilishida, boshqaruv faoliyatiga ularning faoliyatini
yaxshilashni ta‘minlovchi yangi taklif va
qarorlar)da;
6. Amalga oshirish (yo‗lga qo‗yish) usullari bo‗yicha: rejali, tizimli, davriy,
stixiyali, tasodifiy;
38
7. Tarqalish ko‗lami bo‗yicha: bitta pedagog faoliyatida, pedagoglarning metodik
birlashmalari, maktab, maktablar guruhi, region, viloyatlar bo‗yicha, xalqaro
darajada;
8. Ijtimoiy pedagogik ahamiyati bo‗yicha: ma‘lum tipdagi ta‘lim muassasalarida,
pedagoglarning aniq kasbiy-tipologik guruhlari uchun;
9. Novatorlik tadbirlarning hajmi bo‗yicha: tor doirada, ommaviy, global
ko‗rinishda;
10. O‗zgarishlar sodir bo‗lishi mumkin daraja bo‗yicha: korrektirovkali,
modefikatsiyalash, modernizatsiyalash, radikal, inqilobiy ko‗rinishlarga ega bo‗lishi
mumkin.
Taklif qilingan sistematika turlicha tavsiflarga, turlicha bloklarga ega bo‗lishi
mumkin. Masalan, o‗quvchilardagi ta‘limiy refleksiya bo‗yicha innovatsiya o‗qitishni
diagnostika qilish tizimiga munosabat nuktai nazaridan ham, o‗quvchilar faoliyat
usullarini rivojlantirish, o‗quv jarayonida qo‗llash ko‗lami yoki usuliga ko‗ra ham,
sharoitga yangilik kiritish va shu kabi boshqa jihatlardan ham tavsiflanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |