O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/190
Sana16.07.2021
Hajmi7,84 Mb.
#120887
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   190
Bog'liq
bolalar adabiyoti

        Dilshod  Rajab
  (1964-yilda  tug`ilgan)  o`zbek  bolalar  she’riyatining 
iste’dodli  vakillaridan  biri.  U  Buxoro  viloyatining  Shofirkon  tumanida  tug`ilgan. 
1990-1993-yillar  Nizomiy  nomidagi  Toshkent  davlat  pedagogika  instituti 
aspiranturasida  o`qib,  "80-yillar  o`zbek  bolalar  she’riyatida  poetik  mahoratning 
ayrim  masalalari"  mavzusida  nomzodlik  dissertatsiyasini  himoya  qilgan.  1994-
2004-yillarda  O`zbekiston  Davlat  matbuot  qo`mitasida,  O`zbekiston  yozuvchilar 
uyushmasi  "Adabiyot  jamg`armasi"  nashriyotida,  Respublika  "Shahidlar  xotirasi" 
xayriya  jamg`armasida  turli  lavozimlarda  ishlagan.  2005-yildan  buyon 
O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining "Muhofaza" jurnali, 
"Vaziyat"  gazetasi  birlashgan  tahririyatida  bosh  muharrir  o`rinbosari  sifatida 
faoliyat  yuritmoqda.  Yuzdan  ortiq  ilmiy,  ilmiy-ommabop  va  publitsistik 
maqolalari chop etilgan. 
       Bugungi  Dilshod  Rajab  yosh  kitobxonlarga  "Otamning  bog`i",  "Daryo 
ko`ngil",  "Jilvon  o`g`loni",  "Alifbo",  "Sanoq",  "Sukut  sarhadi",  "Tanish 
tovushlar",  "O`n  o`rtoq,  sanab  boq",  "Poyezdning  bolasi",  "Baxshi  bola  –  yaxshi 
bola" singari o`ndan ortiq she’riy va nasriy kitoblari bilan yaxshi tanish.  
     Dilshod  Rajab  ijodining  eng  diqqatga  sazovor  jihati,  avvalo,  shoirning  ona 
tiliga, tilimizning so`z boyliklariga e’tiborida namoyon bo`ladi. Fikr dalili sifatida 
"Panshaxaning she’ri"ga murojaat qilaylik: 
O`ylab so`yla, 
Birodar, 
Besh panja ham  
Barobar. 
       To`rtlik  shaklidagi  ushbu  she’r  "Besh  panja  barobar  emas"  maqoli  asosida 
yaratilgan  bo`lib,  bir  qarashda,  panshaxaning  e’tirozida  jon  borga  o`xshaydi, 
chunki  uning  besh  panjasi  ham  barobar,  uzunligi  bir  xil.  Aslida  esa,    maqolning 
mohiyati,  u,  avvalo,  insonga  nisbatan  qo`llanilishida  namoyon  bo`ladi.  Biroq 
she’rda barcha narsaga hayrat ko`zi bilan qaraydigan, har bir hikmatni o`z tajribasi 
asosida  qayta  yaratishga  intiladigan  sinchkov  yosh  bola  nuqtayi  nazaridan 
qaraydigan  bo`lsak,  bu  yarim  hazil,  yarim  chin  she’r  ijodkorning  o`ziga  xos 
topilmasi ekanligiga iqror bo`lamiz. Chunki shoir ham olamga yosh kitobxonining 
hayratga  to`la  hamda  sinchkov  nigohi  bilan  nazar  solayapti,  yosh  bola  nazdidagi 


287 
 
har  bir  sir-sinoatni  ayni  uning  nuqtayi  nazaridan  qayta  kashf  etayapti.  To`rtlikni 
yosh  kitobxonga  manzur  qiladigan  jihat  esa  hayot  haqiqatini  qanday  talqin 
qilishdan  kelib  chiqadigan  badiiy  haqiqatni  anglab  yetishga  borib  taqalib,  uning 
muvaffaqiyati ham shu bilan belgilanadi. 
        "Bug`doyning taqdiri" she’ri go`yoki biz bilan siz har kuni ko`rib  odatlanib 
qolgan  oddiygina  bug`doy  yetishtirilishi  jarayoni  tasviridan  iboratday  tuyilsa-da, 
aslida, she’r mohiyatida, mubolag`asiz, ulkan hayot haqiqati turadi: 
Maysa edi, ona oftob 
Boshidan nur to`kardi. 
Yuvar edi yomg`irlar goh, 
Yellar silab o`tardi. 
O`sib kamol topdi durkun, 
Rosa pishib yetildi. 
Sinovlardan o`tkazmoq-chun 
Bir kun olib ketildi. 
Avval, avval bilmoq lozim 
Chidam-u bardoshini. 
Yuritdilar boshidan zil 
Tegirmonning toshini. 
Endi uning pokligin ham 
Bir tekshirish kerak-da. 
Mayin, oppoq un bo`lsa-da, 
O`tkazdilar elakdan. 
Suv quydilar, mushtladilar, 
Ming bir ko`yga soldilar. 
Qizib turgan tandirga ham 
Bir kiritib oldilar. 
Non bo`lgach, u, sabr qilib 
Bor sinov-otashlarga
E`zoz qilib, ko`zga surtib, 
Ko`tardilar boshlarga. 
         She’rni  o`qir  ekansiz,  "inson  hayotda  o`zining  munosib  o`rniga  ega  bo`lish 
uchun  qanchadan  qancha  sinovlarga  mardlarcha  bardosh  berishi,  hayotdagi 
qiyinchiliklarni  sabr-toqat  bilan  yengib  chiqishi  kerak?"  -  degan  ritorik  so`roq 
beixtiyor  xayolingizga  kelishi  shubhasiz.  Chunki  bug`doy  maysaligidan  voyaga 
yetgunicha  she’rda  tasvirlangan  jarayonlar,  ya’ni  pishib  yetilgandan  keyin 
boshidan  tegirmonning  zil  toshi  yurgizilishi  (un  tortish  jarayoni),  hosil  bo`lgan 
unning  elakdan  o`tkazilishi  (tozalash  jarayoni),  unga  suv  quyib  mushtlanishi 
(xamir  qorish  jarayoni),  qizib  turgan  tandirga  kiritilishi  (non  yopish  jarayoni)  va 
nihoyat, u sabr-toqat bilan barcha sinovlarga bardosh berib, pishib  yetilgan nonga 
aylanishi  natijasida  e’zozlanib,  ko`zga  surtilib,  boshga  ko`tarilishi  -  bularning 
barchasi  -  jonlantirish  san’ati  va  ijodkor  badiiy  mahoratining  qip-qizarib,  singib 
pishgan non singari ardoqli mahsuli. Bir qarashda, yarim hazil - yarim chin bo`lib 
ko`rinadigan  ushbu  she’r  yosh  kitobxon  uchun  ibratning  go`zal  va  takrorlanmas 


288 
 
namunasi. Zero, aslini olganda, har bir hazilning tagida ham uncha-muncha yuzaki 
qarashlarga  ko`rinavermaydigan  haqiqat  uchqunlari  bor.  Shoir  esa  biz  bilan  siz 
uchun  shunchaki  oddiygina  tuyiladigan  kichik  narsadan  ulkan  badiiy  haqiqatni 
ko`ra  olishi  va  uni  go`zal  badiiyat  qobig`ida  tasvirlab,  siz-u  bizga  manzur  qila 
olishi bilan ham ijodkordir. 
        "Yoz tongi" she’ri, o`z nomi bilan, tong otishi  manzarasining  tasviridir: 
Chekinadi qora g`am-zulmat 
Yorishadi yuzi osmonning. 
Dalalarni oladi chulg`ab 
Oppoq shodlik kabi yoz tongi. 
Sevinchdan ko`z yoshlar maysa-o`t, 
Yig`loq chigirtkalar ovunar. 
Ichlariga sig`may quvonchi 
"Tars" yorilib ketar qovunlar. 
         She’rda  tasvirlangan  o`ziga  xos  manzara  –  qora  zulmatning  chekinishi 
osmonning  yuzi  yorishishiga  sabab  bo`lishi  (yorug`likning  zulmatdan  g`olib 
chiqishi!), dalalarni chulg`ab olayotgan yoz tongining qiyofasi ham shodlik singari 
oppoqligi (!), bu holatdan boshi ko`kka yetgan maysa-o`tlarning ko`zi yoshlanishi 
(tonggi shudring!), kechasi  bilan  yig`lab chiqqan  chigirtkalar ham  xursandligidan 
ovunib,  tinchishi  (!),  qovunlarning  quvonchi  ichiga  sig`may  "tars"  etib  yorilib 
ketishi  (!)  –  bularning  barchasi  jonlantirish  va  o`xshatishlardan  hosil  bo`lgan 
topilmalar mahsulidir.  
Shunga o`xshash "Qish lavhalari" turkumidagi: 
Kechki osmon ohista 
Qorni elay boshlaydi. 
Tunning qora sochiga 
Oq oralay boshlaydi,– 
to`rtligi  ham  jonlantirishdan  paydo  bo`lgan  poetik  ifodadir.  Dastlabki  manzara: 
kechki  osmon  qorni  xuddi  un  elanganiday  elay  boshlaydi  (o`xshatish),  ikkinchi 
manzara:  o`z  o`rnini  tongga  bo`shatib  berayotgan  tun  qarib,  qora  sochlariga  oq 
oralaydi,  bular  esa  birgalashib,  tongdagi  g`ira-shira  yorug`likning  jonlantirish  va 
o`xshatish vositasida yaratilgan manzarasining o`ziga xos tasviridir. 
       Shoirning  "Varraklar  quvonchi"  she’ri  bahor  tasviriga  bag`ishlanganidan 
tashqari aynan bolalarcha  tasavvurga yo`g`rilgani bilan e’tiborli: 
O`tib ketdi badqovoq 
Qishning achchiq ayozi, 
Tabiat kiymoqda shod 
Bayramona libosin. 
Guldirab kular osmon 
Chaqnab chaqmoqtoshlari, 
Kulgisining zo`ridan 
Chiqib ketar yoshlari. 
Ichga sig`may sevinchi 
Qaynab toshar buloqlar, 


289 
 
O`zaniga sig`masdan 
Toshar soyu irmoqlar. 
... Bizning ham ko`ksimizga 
Shamol tegadi endi. 
Quvonchlardan boshimiz 
Ko`kka yetadi endi. 
       She’rda  badqovoq  qishning  ayozi  o`tib  ketib,  tabiat  xursandchiligidan 
bayramona  libos  kiyishi  (daraxtlar  gullashi,  yer  yuzi  o`t-o`lanlar  va  gullar  bilan 
qoplanishi),  osmon  chaqmoqtoshlarini  chaqnatib  guldirab  kulishi,  kulgisining 
zo`ridan ko`zlaridan yoshlar chiqib ketishi, buloqlarning  sevinchi ichiga sig`may 
qaynab  toshishi,  soy-u  irmoqlar  o`zaniga  sig`masdan  toshishi  ("sevinchi  ichiga 
sig`may"  iborasi)  –  bularning  barchasi  g`olibona  kirib  kelayotgan  Bahoroyni 
sharaflashning  turfa qirralari sifatida  sinchkov  ijodkorning  sehrli qalami  yaratgan 
topilmalardir. Bu quvonch shu qadar ulug`vorki, hatto qish bo`yi sarg`ayib yotgan 
varraklarning  ham  ko`ksiga  shamol  tegadi,  quvonchidan  boshi  ko`klarga  yetadi 
(varrak uchirishning jonli tasviri). Har bir misrani bezab turgan jonlantirish hamda 
o`xshatishlar  esa  yosh  kitobxonni  shu  paytgacha  bu  tarzda  his  qilmagan  beqiyos 
tasavvur olamiga olib kiradi, mushohadakorlikka undaydi. 
           Dilshod  Rajab  majoziy  obrazlar  orqali  ham  talay  she’rlar  yaratgan.  Shoir 
she’riyatida  qushlar,  uy  hayvonlari,  turli  buyumlar  bor.  Ular  yordamida  shoir 
o`quvchilarni  hayotni  tushunishga  chorlaydi  hamda  Piyola,    Supurgi,  Narvon, 
Qoziq  kabi  jonsiz  narsalarni  obraz  darajasiga  ko`tarib,  ularning  tabiiy  holatidan 
inson  olamiga  daxldor  xulosalar  chiqara  olgan.  Masalan,  "Qoziqning  maslahati" 
she’rida shunday xususiyat ko`zga tashlanadi: 
Charxla tinmay kallani
Bo`lma to`mtoq, do`stginam. 
Boshing o`tkir bo`lmasa, 
Yeysan to`qmoq, do`stginam. 
       She’rni  o`qigan  kitobxon  qoziqning  boshiga  to`qmoq  bilan  urilishini  ko`z 
oldiga  keltiradi  va  shoirning  nima  demoqchiligini  anglab  yetadi.  Bolalarni 
tozalikka  chaqirishda  esa shoir sochiq majoziy obrazidan o`rinli foydalanadi: 
Nopoklarni sevmayman, 
Ular menga yot doim. 
Kim bo`lmasin, aslida 
Ikki yuzim oq doim. 
      Shoir  hayvonlar  obrazidan  foydalanib,  bolalar,  ayni  damda,  kattalar  orasidagi 
nuqsonlarni  birma-bir  ochib  beradi.  "Oshqovoqning  shikoyati”  she’rida  bu  jihat 
yaqqol ko`rinadi: 
O`ylamasdan bir gapni 
Aytaverar Mirsaid. 
Men bekorga pushtaga 
Yotmayman-ku ishshayib. 
Xo`p mazali qilaman 
Odamlarning oshini. 


290 
 
Nechun menga o`xshatar 
Norbo`taning boshini? 
      O`qituvchilar ko`pincha "ikki"chi bolalarga "Kallami bu, yo oshqovoq" deydi. 
Shoir  fikr  yordamida  bolalarga  aqlsiz  odamning  kallasidan  qovoq  ham  yaxshi, 
qovoq  shirin va  foydali, demoqchi.  Dilshod  Rajab  majoziy  obrazlar  yaratar  ekan, 
goh  adabiyotdagi  an’analarni  davom  ettirsa,  goh  novatorona  yondashib,  majoz 
yordamida  bolalarga  ta’lim-tarbiya  beradi.  Uning  bu  she’rlari  o`zbek  bolalar 
adabiyotida mavjud majoziy obrazlar safini kengaytiradi va bolalarning barkamol 
bo`lishiga hissa qo`shadi. 
         Dilshod  Rajabning  "Eng  buyuk  boylik",  "Toshning  boshi",    "T"  to`g`risida 
ertak",  "O`g`rining  qismati"  ertaklari  o`zbek  adabiy  ertakchiligiga  munosib  hissa 
bo`lib  qo`shiladi.  Uning  ertaklaridan  biri  "Toshning  boshi"  "T"  to`g`risida  ertak" 
bo`lib, tovush va harflarning qudratini tushuntirishga xizmat qiladi. Toshdagi "T" 
harfining jonlantirilishi yosh kitobxonni qiziqtirishi tabiiy: 
      Ertakda tavze’,  ya’ni tovush takroridan o`rinli foydalanilgan: 
Tosh qotibdi shunda tosh, 
Tunda ajalning o`zi. 
Turar tishi g`ijirlab, 
Tikib arofat ko`zin. 
          Dilshod  Rajab  o`z  she’rlarida  o`xshatish,  sifatlash,  jonlantirish,  anafora, 
tavze’,  takror  kabi  badiiy  san’atlardan  foydalanib,  she’rlarining  ohangdorligini, 
mazmundorligini oshiradi. Shoir  asarlari badiyati bilan ham ajralib turadi. Uning 
she’rlarida  Vatan  obrazi  asosiy  o`rin  tutadi.  Shoir  majoziy  obrazlar  yordamida 
bolalarga to`g`ri ta’lim berib, ularning barkamol avlod bo`lib yetishuviga munosib 
hissa qo`shmoqda. 
 

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish