O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Download 6,32 Mb.
bet9/132
Sana15.05.2023
Hajmi6,32 Mb.
#938904
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   132
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika 3-semestr

Tayanch so‘z va iboralar: Maktabgacha ta’lim tashkiloti, faoliyat, ijtimoiy muhit, turli yosh guruhlar, jamoa, qisqamuddatli maktabgacha ta’lim tashkiloti.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti - maktabgacha yoshdagi bolalar ijtimoiy tarbiya maskani
Maktabgacha ta’lim tashkiloti uzluksiz ta’lim tizimining birinchi bosqichi, jamiyatning eng muhim ijtimoiy zaminidir. Maktabgacha ta’lim tashkiloti bolalarni tarbiyalash va rivojlantirish, ularni maktabga tayyorlashda yetakchi o‘rin tutadi. Barcha turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017 - 2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qarori asosida tashkil etiladi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim mazmuni maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ish tartibi va bolalarning ushbu tashkilotda bo‘lish vaqti davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ustavi va muassisning qarori bilan belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida besh kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi: 12 soatli; 10,5 soatli; 9 soatli; 4 soatli. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ovqatlanishni tashkil etish ushbu muassasa zimmasiga yuklatiladi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq amalga oshiriladi. Bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish davlat maktabgacha ta’lim muassasasining tibbiyot xodimlari va ushbu tashkilotiga belgilangan tartibda biriktirilgan hududiy sogtashkilotiliqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiyot xodimlari davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari o‘tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun mas’uldirlar. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog‘lig‘ini mustahkamlashni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish hududiy sog‘liqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbariyati tomonidan tibbiyot xodimining faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar (alohida xizmat xonasi, mebel va tibbiy jihozlar, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan dori-darmonlar) yaratib beriladi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish sog‘liqni saqlash tizimidagi malaka oshirish muassasalarida har uch yilda kamida bir marta bepul amalga oshiriladi. Muassislari mahalliy davlat hokimiyati organlari bo‘lgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qabul qilish qabul komissiyasining qaroriga binoan maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda beriladigan yo‘llanmalari asosida amalga oshiriladi. Muassislari boshqa tashkilotlar bo‘lgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish ularning muassislari tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. Bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlarining yo‘llanmalari bo‘yicha shartnoma asosida qabul qilishi mumkin. Maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qabul qilishda quyidagilar: S I va II guruh nogironlari; S ko‘p bolali oilalarning bolalari; S harbiy xizmatchilarning bolalari; S- talabalar va pedagoglarning bolalari; S chin yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilishda imtiyozlardan navbatsiz foydalanadilar. Imtiyozlardan foydalanuvchi bolalarning ota-onalari imtiyoz berilishi uchun asos bo‘ladigan hujjatlarni qabul komissiyasiga taqdim etadilar. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining mudirlari tomonidan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mavjud bo‘sh o‘rinlar haqida qabul komissiyasiga har oyning birinchi sanasidan kechikmay yozma ma’lumot kiritiladi. Bo‘sh o‘rinlar haqidagi ma’lumot davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining mudirlari tomonidan imzolanadi va ularning to‘g‘riligi va o‘z muddatida kiritilishi uchun davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mudiri shaxsan javob beradi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiining har bir guruhidagi bola soni me’yori kamida 20 nafar bo‘lishi, biroq 25 nafardan ortiq bo‘lmasligi lozim. Guruhlarni boshqa yoshdagi guruhdan o‘tgan bolalar bilan to‘ldirish o‘quv yili oxiridan yangi o‘quv yiliga qadar (iyun, iyul, avgust oyida), yangi qabul qilinayotganlar bilan to‘ldirilishi o‘rinlar bo‘shashiga qarab amalga oshiriladi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘quv yili har yili 2 sentyabrdan boshlanadi, keyingi yilning 1 iyunida tugallanadi va yangi o‘quv yili boshlangunga qadar sog‘lomlashtirish davri davom ettiriladi. Tarbiyalanuvchilar soni davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti quvvatidan ortiq bo‘lgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatish hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan berilgan xulosaga ko‘ra maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limlari huzuridagi qabul komissiyasining qarori asosida amalga oshiriladi.



Tarbiyalanuvchilar soni belgilangan me’yordan kamaygan yoki bolalarni qabul qilish uchun sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq shart-sharoit yaratilgan taqdirda, hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markaziga xabar bergan holda maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari huzuridagi qabul komissiyasining roziligi bilan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalar qabul qilinadi.



Download 6,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish