O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti


Nazorat qilishning maqsadi, vazifalari va unga qo‘yitadigan talablar



Download 6,32 Mb.
bet48/132
Sana15.05.2023
Hajmi6,32 Mb.
#938904
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   132
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika 3-semestr

Nazorat qilishning maqsadi, vazifalari va unga qo‘yitadigan talablar
Nazorat qilishning asosiy maqsadi - «Maktabgacha ta‘lim to‘g‘risida»gi qonun asoslarida, maktabgacha ta’lim ishlarini takomillashtirish, ilmiy fan yutuqlariga suyangan holda zamon talablari darajasidagi maktabgacha ta'lim tizimini tashkil etishdir». Nazorat qilishning asosiy vazifalari quyidagicha: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarishda eng yaxshi shakllarni aniqlash va amaliyotga tatbiq etish;
1. Maktabgacha ta’limni boshqarish darajasini o‘stirish;
2. Maktabgacha ta'lim dasturi tinglovchilarini amalga oshirish asosida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishni davlat nazoratidan o‘tkazish;
3. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari ishini maqsadga muvofiq tekshirish;
4. Ularning ishidagi kamchiliklarni yo‘qotish choralarini ishlab chiqish va ularga amaliy yordam berish;
5. Ishdagi ijobiy tomonlarni o‘rganish, umumlashtirish, ommalashtirish, rag‘batlantirish;
6. Rahbarning xodimlar bilan ishlash malakalarini o‘stirishda nazorat ishlarini tashkil etish;
7. Maktabgacha ta’lim xodimlariga ta’lim-tarbiya ishini yanada rivojlantirishda metodik yordam ko‘rsatishdan iboratdir. Maktabgacha ta’lim vazirligining Maktabgacha ta’lim boshqarmasi o‘z qaramog'idagi avtonom, viloyat va ularning joylaridagi bo'limlarini, pedagogik bilim yurtlarini, maktabgacha ta’lim muassasalarini nazorat qilish huquqiga egadir. Maktabgacha ta’lim bo‘limlari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini nazorat qilish ilmiylik, hayot bilan bog‘liq tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Aniqlangan kamchiliklarni tuzatish
bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish hamda uning bajarilishini doimo tekshirib turish bilan yakunlanadi.


Nazorat qilishning samaradorligiga erishishning muhim tinglovchilaridan:
a) Tekshirishning rejali bo‘lishi va tizimililigi.
b) Ish ahvolini tahlil qilishning har tomonlama va ilmiypedagogik chuqurliligi. V) Ishlarga baho berishning xolisligi va xulosalarning isbotlanganligi.
g) Tekshirishni o‘z vaqtida boshlash va tugatish.
d) Takliflarning bajarilishini nazorat qilish.
e) Nazoratni yordam berish bilan qo‘shib olib borish.
y) Har qaysi masalaga alohida yondashish (farq qilmoq).
j) Talabchanlik bilan pedagogik taktni qo‘shib olib borish, Tekshiruvchi shaxs shuni unutmasligi kerakki, tekshiruvchi - nazoratchi-metodistman deb mag‘rurmasligi, tekshiruvchi - rahbar xodimlarga qo‘pol, qattiqqo‘l muomalada bo‘lib, uning shaxsiyatiga tegmasligi; tekshirish natijasida topilgan kamchiliklarni hamkorlik tamoyilida hal etish; eng muhimi, mehnat jamoalarida ish olib boradigan xalq nazoratchi metodistlarining keng tarmog‘iga tayanadigan bunday nazorat tizimi jamiyatini salbiy hodisalaridan musaffo qiladigan chinakam qudratli kuch bo'lishini ta’minlaydi. Nazorat qilishni tizimli o‘tkazish uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun nazoratchi-metodist tomonidan 5 yilga mo‘ljallangan istiqbolli reja tuzilib, shahar yoki tuman maktabgacha ta’lim mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Bunda tekshirish muddati aniq ko‘rsatiladi. Asosan, nazorat qilishda turli, maxsus ahamiyatga molik bo‘lgan muassasalar (aqliy jihatdan, jismoniy jihatdan zaif, kamchiligi bo‘lgan, nutqida kamchiligi bo‘lgan, logopedik), sanatoriya tipidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tekshirilib, nazorat qilish maqsadi shu turiga qarab belgilanadi. Nazorat qilish muddati muassasadagi guruhlarning soniga va tekshirish turiga qarab 10 kundan oshmasligi kerak. Shahar, tuman maktabgacha ta’lim bo‘limlarini nazorat qilish reja asosida o‘tkaziladi. Nazorat qilish ishiga eng ilg‘or tajribali, o‘z ishining ustasi bo‘lgan maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlaridan iborat bo‘lgan guruh tuzilib, bunda mudiralar, metodistlar, tarbiyachilar, tibbiy yordam tibbiyot hamshiralari, metodik kabinet xodimlari, malaka oshirish instituti xodimlari, jamoatchi nazoratchi-metodistlardan tashkil topadi. Nazorat qilish guruhi tarkibi, uning rejasi, muddati tegishli maktabgacha ta’lim bo‘limlari tomonidan tasdiqdanadi.


Download 6,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish