O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Download 6,32 Mb.
bet44/132
Sana15.05.2023
Hajmi6,32 Mb.
#938904
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   132
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika 3-semestr

Maktabgacha ta’1im tashkiloti nazoratchi-metodistining vazifalari, huquqlari va unga qo‘yiladigan talablar
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari ishiga bevosita rahbarlik qilish Maktabgacha ta’lim bo‘limi maktabgacha ta’lim - nazoratchi-metodistga yuklatiladi.
Nazoratchi-metodist - bu malum sohaga tegishli qonun qoidalarning bajarilishini nazorat qiluvchi shaxsdir. Maktabgacha ta’lim tashkiloti nazoratchi-metodistining ishi murakkab va ko'p qirralidir.
Nazoratchi-metodist o‘z ishida Davlatimizning Maktabgacha ta’lim sohasi bo‘yicha chiqarilgan qonun, shuningdek, instruktiv, dasturiy, metodik hujjatlariga amal qiladi. Maktabgacha ta’lim bo‘limi nazoratchi-metodisti (tuman, shahar):

  • Turli tildagi, ldora-tashkilot tomonidan tashkil etilishidan qat’i nazar «Ilk qadam» Davlat Dasturi tinglovchilarini bajarilishini kuzatadi, tekshiradi;

  • Maktabgacha ta’lim tashkiloti ishini har tomonlama nazorat qiladi; Qonun doirasida yo‘l-yo‘riq, buyruq, tavsiya, ko‘rsatmalar beradi; Qonunga xilof ishlarni to‘xtatadi va Maktabgacha ta’lim bo‘limiga xabar beradi;

  • Maktabgacha ta’lim tashkiloti ishlarni yaxshilash bo‘yicha taklif, mulohazalar beradi;

  • Maktabgacha ta’lim bo‘limida mudira, metodist va tarbiyachilar uchun ilmiy-uslubiy kengashlar chaqiradi;

  • Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarini Attestatsiyadan o‘tkazadi; Xodimlarni rag‘batlantirish va jazolash, ishdan bo‘shatish masalalariga rahbarlik qiladi;

  • Shahar, tuman nazoratchi-metodisti - Xalq deputatlari ijroiya qo‘mitalari oldiga Maktabgacha ta'lim bo‘limi va Maktabgacha ta’lim tashkiloti ishini yanada takomillashtirish bo‘yicha masalalarni qo‘yadi. Nazoratchi-metodistga (Respublika, viloyat, shahar, tuman nazoratchi-metodisti lavozimiga) qo‘yiladigan asosiy talablar: eng ilg‘or, yuksak pedagogik tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan, maktabgacha ta’lim tizimi ishini, tamoyillarini puxta egallagan, oliy maxsus ma’lumotga, ish stajiga ega bo‘lgan;

  • har tomonlama tayyorgarlik ko‘rgan, o‘z ishini ustasi, dunyoqarashi keng, ta’lim to‘g‘risidagi Davlat siyosatini puxta egallagan, nazoratchi-metodist-mutaxassislik malakalariga ega bo‘lgan;

  • xolis, vijdonli, davlat nuqtayi nazari, qiziqishlari asosida ish yurituvchi, javobgarlikni his etuvchi, aniq, xushyor, tartibli, talabchan, o‘z so‘zida tura oladigan, kamchilikka murosasiz bo‘lgan;

  • maktabgacha ta’lim ravnaqi uchun eng samarali, foydali, kerakli, asosiy vazifalarni o‘z vaqtida aniqlay olishi, qisqa muddatda bajara olish xususiyatiga ega bo‘lgan;

  • maktabgacha ta’lim tashkilotiishini har tomonlama chuqur tahlil qila olishi, ishdagi kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etish choralarini tezda aniqlab olishi, bajarishi;

  • Maktabgacha ta’lim bo‘limi va Maktabgacha ta’lim tashkilotiga doimiy amaliy yordam berish;

  • yangilikka intilish, tashviqot qilish, pedagoglarning ilg‘or ish tajribalari amaliyotga yangi texnologiya asosida kiritish;

g‘oyaviy, siyosiy, pedagoglik bilimi ustida tinmay ishlash. Nazoratchi-metodist 3 yilda 1 marta malaka oshirish kurslarida o‘z malakasini oshiradi. Nazoratchi-metodist tumanda maktabgacha ta’lim ishining tashkilotchisi va rahbari, malakali pedagog-metodist, davlat nazoratchi-metodisti. U siyosiy jihatdan savodli, axloqiy mustahkam bo‘lishi, ishiga davlat nazaridan yondashishi, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga rahbarlik masalalarini operativ hal qilishi, ular ishini obyektiv va alohida-alohida baholash, talabchanlik bilan tekshirishni amaliy yordam ko‘rsatish bilan olib borgan holda, kishilar bilan ishlay bilishi, pedagoglik nazokatini namoyon qilishi kerak. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari ishining hamma bo‘limlariga muvaffaqiyatli rahbarlik qilish uchun nazoratchimetodist o‘z ishini aniq rejalashtirish, keng jamoatchilikka suyanish lozim. Nazoratchi-metodist aholining maktabgacha ta’lim muassasalariga bo‘lgan talabini qondirishga alohida e’tibor beradi. Shu maqsadda u maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirishning kundalik va istiqbol-rejalarini tuzishda ishtirok etadi va yangi muassasalarini foydalanishga topshirilishini muntazam tekshirib turadi. Nazoratchimetodist Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining rentabel ishlashiga erisha borib, ularning xalq, xo‘jalik rejalarini bajarishini qat'iy nazorat qiladi, qishloqda maktabgacha ta’lim tashkilotlarilari qurilishiga katta e’tibor beradi, ular moddiy bazasini yaxshilanishiga g‘amxo‘rlik qiladi. Nazoratchi-metodist moliya masalalarini tushunishi, maktabgacha ta’lim muassasalarini jihozlash, bolalarni ovqatlantirishga oid me'yoriy hujjatlarni bilishi, muassasani saqlash uchun ajratilgan pul mablag'Iarini o‘z vaqtida berilishi va to‘g‘ri sarflanishini muntazam tekshirib turish, markazlashtirilgan buxgalteriya bilan hamkorlikda ishlash kerak. Nazoratchi-metodist maktabgacha ta’lim muassasiga borganida metodik, tarbiyaviy va ma’muriy-xo‘jalik ishlar ahvolini o‘rganadi, ilg‘or tajribani, ishdagi kamchiliklarni aniqlaydi, zarur yordam ko'rsatadi. U «Ilk qadam» davlat Dasturining bajarilishini nazorat qiladi, pedagogik kadrlar tarkibi va ularning joylashtirilishini o‘rganadi, ularning malakasini oshirishga qaratilgan tadbir belgilaydi. Ota-onalar qo‘mitasi faoliyatiga rahbarlik qilish va aholi orasida pedagogik bilimlarni tashviqot qilish ishlarini tashkil qilish nazoratchi ishida muhim rol o‘ynaydi, u bu ishning mazmunini va shakllarini tuman sharoitiga muvofiq ravishda belgilaydi. Maktabgacha ta’lim bo‘limlariga to‘liq, rahbarlik maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri, nazoratchi, metodist tomonidan ishlab chiqilgan yillik reja asosida olib boriladi. Rejaning kirish qismida avvalgi o‘tgan o‘quv yiliga tavsifnoma, qaysi va nechta maktabgacha ta’lim muassasalari qurildi, metodik ishlar qay darajada olib borildi, ilg‘or ish tajribalari qanday umumlashtirildi, tashkiliy-xo‘jalik ishlari, Tuman kengashlari, umuman barcha bajarilgan ishlarga tahlil beriladi. Tadbirlar: Tuman qaramog‘idagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini komplektlash qoidalari, bir qancha maktabgacha ta’lim tashkilotini nazoratga olish, ota-onalar tomonidan qarzlarning bajarilishini, pedagog xodimlarning ishlash, malakalarini oshirish ishlari va boshqa ishlar rejalashtiriladi. Tuman kengashida ko‘riladigan masalalar: Frontal-yalpi tekshirish - Yalpi tekshirish. Tematik nazorat - Tanlangan mavzu bo‘yicha. Yozgi sog‘lomlashtirish ishlari. Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik. Maktabgacha ta’lim bo‘limi va tuman sog‘liqni saqlash bo‘limlarining birgalikdagi kengashlari.
a) Bolalar sog‘lig‘ini himоуa qilish, kasallikning oldini olish ishlari va javobgar shaxslarning familiyalari. Pedagogik kengashlar. Maktabgacha ta’lim bo‘limining yangi o‘quv yili rejasi bilan tanishtirish. Birinchiyarim o‘quv yilidagi metodik birlashmalar ishining hisoboti. Yosh tarbiyachilar to‘garagi va ota-onalar universitetining ish hisoboti. Bolalar ovqatini tashkil etishda SES xodimlarining tekshiruv natijalari. Seminar- mashg‘ulotlar. Maktabgacha ta’lim tashkilotining ishida «Metodik kabinet» roli haqida. Bolalarni jismoniy jihatdan o‘stirishda maktabgacha ta’lim muassasasining roli haqida. Ilk yosh guruhlarida metodik ishlarni tashkil qilish yo‘llari, rahbarlik har oy reja asosida o‘tkazilib turiladi. Ishlab chiqarish majlislari. Shanbaliklarni tashkil etish, yangi ishga tushirilayotgan obyektlarga yordam ko‘rsatish va paxta kompaniyasiga qatnashish. Ulug‘ sanalarga tayyorgarlik ishlari boshqa masalalar ko‘riladi. Metodik ishlar. Metod birlashma ishida faol qatnashish (yil davomida). Metod birlashma rahbarlarining hisobotlarini tinglash. Hamma bo‘limlar bo‘yicha metodik ishlar sifatini oshirish. Ekologiya, iqtisodiy tarbiya bo‘yicha ilg‘or ish tajribalarni ommalashtirish, Ishlash malakalarini oshirish, Malaka oshirish kurslariga yuborish. Har bir muassasa xodimlarining pasport, kartochkalarini tashkil qilish. Metod birlashma rahbarlariga tizimli yordam ko'rsatish. Yosh mutaxassislar bilan ishlash.

  • Yosh tarbiyachilar to‘garagini tashkil qilish.

  • Jamoat faoli bilan ishlash.

  • Tematik va frontal-yalpi tekshirish ishlaridan instruksiyalash.

Maslahatlar (turli xildagi savollar bo'yicha) har shanba kunida. Reja shahar maktabgacha ta'lim bo'limi tomonidan tasdiqlanadi. Har kvartalda bir marotaba Maktabgacha ta’lim bo‘limi kengashi chaqiriladi. Bunga asosan maktabgacha ta’limni yanada o‘stirish, ish sifatini yaxshilash, ma’lum bolalar asosini tekshirish natijalari, ilg‘or pedagoglar mahoratini so‘zlab berish, davlatimiz belgilab bergan ishlar vazifalarni, qonunlarni, qarorlarni bajarish, bolalar sog‘ligi haqida g‘amxo‘rlik, kasalliklarni bartaraf qilish ishlari ko‘riladi. Kengashga xalq maorifi bo‘limi mudiri rahbarlik qiladi. Har bir kengash protokol bilan olib boriladi, qaror qabul qilinadi, bajaruvchi shaxslar belgilanadi, muddati belgilanadi. Kengashda nazoratchi, metodist, kasaba uyushma qo‘mitasi raisi, jamoatchi nazoratchilar ishtirok etadilar. Ular ham o‘zlarining fikr-mulohazalarini o‘rtoqlashadilar. Tekshirish natijalari, kamchiliklar haqida nazoratchi va metodist so‘zga chiqadilar.

Download 6,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish