O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti


O‘quv – uslubiy adabiyotlar va elektron ta’lim resurslari ro‘yxati



Download 6,32 Mb.
bet47/132
Sana15.05.2023
Hajmi6,32 Mb.
#938904
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   132
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika 3-semestr

O‘quv – uslubiy adabiyotlar va elektron ta’lim resurslari ro‘yxati
Asosiy darslik va o‘quv qo‘llanmalar

  1. F.Qodirova, SH.Toshpo‘latova, M.A’zamova. “Maktabgacha pedagogika”.-T., “Ma’naviyat”. 2019, 615-bet

  2. Sh.A.Sodiqova “Maktabgacha pedagogika”. “Tafakkur sarchashmalari” T:. 2013 y, 237-bet

  3. Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. 09.09.2017 y. PQ-3261-son

  4. O‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida - T.:2019 y.

  5. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora

tadbirlari to‘g‘risida - O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining Qarori 391-sonli qarori T.:2019 y
Elektron resurslar:

  1. https://lex.uz/docs/-4333062

  2. https://mpe.uz/

9-mavzu: Nazorat qilish - davlat nazorati, maktabgacha ta’lim bo‘lim1ari tomonidan rahbarlikning eng muhim shakli
Reja

  1. Nazorat qilish - davlat nazorati, maktabgacha ta’1im bo‘lim1ari tomonidan rahbarlikning eng muhim shakli ekanligi

  2. Nazorat qilishning maqsadi, vazifalari va unga qo‘yiladigan talablar

  3. Nazorat qilishga tayyorgarlik va uning bosqichlari

Tayanch so‘z va iboralar: nazorat, davlat nazorati, maktabgacha ta’lim bo‘limlari, nazorat qilishga tayyorgarlik.
Nazorat qilish - Davlat nazorati, maktabgacha ta’lim bo‘limlari tomonidan rahbarlikning eng muhim shakli ekanligi
Nazorat qilish deganda - Davlat nazorati, maktabgacha ta’lim bo‘limlari tomonidan rahbarlikning tekshirish shakllariga aytiladi. Bu - Mustaqil Davlatimizning qaror, hukumat, ko‘rsatma, yo‘l-yo‘riqlarini, «Maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi qonun» asoslarini bajarilishini, maktabgacha ta’lim yoki tashkilotlar tomonidan, maktabgacha ta'lim ahvolini tekshirish, shuningdek, maktabgacha ta’lim bilan bog‘liq bo‘lgan ariza, imkoniyat, iltimoslarni tekshirishdir. Bu - «Maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi Nizom», «Maktabgacha ta'lim konsepsiyasi», «Ilk qadam» davlat dasturlarining bajarilishi ustidan nazoratdir. Bu - har bir maktabgacha ta’lim tashkiloti ishidagi kamchiliklarni yo‘qotish choralarini ko'ruvchi, pedagogik ta’lim - tarbiya, pedagogik ish sifatini o‘stirishda aniq amaliy yordam ko'rsatuvchi tekshirish shaklidir. Nazorat qilish - nazorat qilishning metodologik asosini - O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Maktabgacha ta’lim Konsepsiya»sida ko’rsatib berilgan ilmiy jihatdan asoslangan g‘oyalar egallaydi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat hokimiyatining tizimi - hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va uni nazorat qiluvchi tamoyillariga asoslanadi. Davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoy adolat va qonuniylik tamoyillari asosida amalga oshira borib, maktabgacha ta’lim bo‘limlarida nazorat ishlarini amalga oshirishda asosiy negiz bo‘lib xizmat qiladi. «Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qiladi» deyiladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasida.
Nazorat qilishda - qonunlarning ustunligi shuni anglatadiki, bunda barcha joriy qonunlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya asosida va unga muvofiq bo‘lishi talab etiladi. Ulug‘ bobokalonimiz Amir Temur aytganlaridek: «Qasrda qonun hukmronlikqilsa, shuyerda erkinlik bo‘ladi». Maktabgacha ta’lim bo'limlarida nazorat amalga oshiradi. Nazoratchi-metodist - bu ma’lum sohaga tegishli qonunqoidalarning to‘g‘ri bajarilishini nazorat qiluvchi shaxs. Rahbar faoliyatini baholovchi bosh mezon - uning ishini tashkil qila bilish qobiliyatidir. Rahbar ishini shunday tashkil qilsinki, odamlar «Ha, bu xalq farovonligi yo‘lida g‘amxo‘rlik qiluvchi va uni hamma narsadan yuksak qo‘yuvchi rahbar, deya olsin». Nazorat qilishda - boshqarishni obdon puxta o'ylangan tizimini ishlab chiqish, o'tmishni mas'uliyat bilan tahlil etish – Qanday kelajak yo‘lini talab borishini, o‘tkir muammolarni tortinchoqlik bilan emas, balki ro‘yi-rost ochib tashlash kerakligi uqtiriladi. «Eskicha yondashish, eskicha fikr yuritish zamonini bizlar unutishimiz lozim». «Bir haqiqatni hammamiz yaxshi anglab olishimiz zarur» - «Yakdillik, iymon va insof, so'z va ish birligi insonparvarlik - biz qurayotgan jamiyatimizning tamal toshlaridan biridir» - deb uqtiradi Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov «O‘zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlari» asarida (1992-yil). Bu vazifalarni to‘g‘ri, o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida maktabgacha ta’lim bo‘limlari tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini nazorat qilishning ahamiyati beqiyosdir.

Download 6,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish