Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti sirtqi bo’lim



Download 72,96 Kb.
bet3/11
Sana09.12.2022
Hajmi72,96 Kb.
#882204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
DILYAYRA ISLONOVA

Kurs ishining tuzilishi: kurs ishi 2 bob, 4 fasldan iborat. Jami 32 bet.
  1. BOB MASALA TUSHUNCHASINING MAZMUNI VA MOHIYATI TO’G’RISIDA.





    1. Masala tishunchasining adabiyotlardagi talqini

Kishilik jamiyatining qaysi jabhasi bo’lmasin insoniyat o’z ehtiyojlarini qondirish maqsadida ma’lum bir muammolarni hal qilishda, ishlab chiqarish jarayonida, fan qirralarini ochishda masala tushunchasiga duch kelinadi.


“Masala” tushunchasi sermazmun kategoriya bo’lib, uning barcha tan olgan yagona ta’rifi yo’q, balki har qaysi olimlar o’z sohalariga qarab “masala” tushunchasini turlicha talqin qilganlar.
“Masala” atamasi ijtimoiy ishlab chiqarishda, fan sohasida, o’quv tarbiya jarayonida qo’llaniladigan boy, sermazmun kategoriyadir. Olimlarning fikrlaridan kelib chiqgan holda uni bir necha yo’nalishlarga bo’lib o’rganamiz. Ya’ni, masalani

  1. Muammoli holat sifatida qarash.

  2. Berilgan shart asosida sub’ekt faoliyatining maqsadi sifatida qarash.

  3. Masalaning belgili harakterdagi talqinini qarash.

Adabiyotlarda keltirilishicha birinchi yo’nalish mualliflari (A.M.Matyushkin, L.M.Fridman, Ya.A.Ponomaryov) masala bevosita “muammoli holat” tushunchasi bilan bog’langanligini ta’kidlab, masalani yechish jarayonida qandaydir muammo hal etilishini kuzatish mumkinligini bildiradilar.
“Masala” va “muammoli holat” tushunchasini farqlab, A.M Matyushkin shuni ta’kidlaydiki, “masala” atamasini harakatning maqsadini, harakatni bajarish shartlari va bajariladigan harakatlarning ba’zi talablarini o’z ichiga olgan intelektual topshiriqlarni bajarishda ishlatiladi.
Masalaning bayoni uchun sub’ekt (o’quvchi) shart emas, chunki masala qurilishiga ko’ra “berilganlar” va “izlanayotganlar” ga ajratilgan bo’ladi, u so’zlar yordamida yoki belgi shaklida keltirilgan bo’ladi. Ko’pincha, masalani yechish bu dastlabki holatni qandaydir oxirgi natijasiga almashtirish sifatida qaraladi.
Muammoli holat sub’ekt va ob’ektning maxsus o’zaro munosabatini ifodalaydi. U asosan sub’ekt (o’quvchi)ning munosabat jarayonida psixologik holatini xarakterlaydi.
Muammoli holatning psixologik tarkibiga quyidagi 3 ta komponent kiradi.



  1. O’rganiladigan bilim yoki faoliyat usuli.

  2. Kishini faoliyatga undovchi biluv usuli.

  3. Kishining ijodiy qobiliyati va oldingi tajribasini o’z ichiga olgan intelektual sharoitlar. Masala berilganlar bilan izlanadiganlar orasidagi munosabat orqali aniqlanadi. Masalani o’qiydigan kishi aynan shu munosabatni to’g’ri o’rnata bilishi kerak. Bu munosabatni o’rnatish bevosita muammoli vaziyatni taqozo qiladi. Shu sababli masalani o’qish jarayonida

muammoli holat yaratilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Psixologlarning ta’kidlashlaricha kishilar uchun muammoli holatni yaratish negizida kelishmovchilik, ziddiyat turadi.


Ziddiyat bu egallagan bilim bilan yangi o’rganiladigan bilim o’rtasidagi nomuttanosiblikdir.
Shuni ta’kidlash joizki, ayni bir holatda bir o’quvchi uchun muammoli holat, boshqa o’quvchi uchun bu holat muammoli bo’lmasligi mumkin. Bu bevosita o’quvchilarning o’quv biluv imkoniyatlariga bog’liq bo’ladi.
Agar biror o’rganiladigan soha bo’yicha to’laligicha bilim bo’lmasa u holda muammoli vaziyat yuzaga kelmaydi. Berilgan va izlanadiganlar orasidagi farq diapazoni masalani yechayotgan shahsning intelektual imkoniyatlariga bog’liq bo’ladi, bunday imkoniyatlar ko’p bo’lsa, noma’lumlar soni shuncha ko’p bo’ladi.
Topshiriqning (masalaning) qiyinlik darajasi shunday bo’lishi kerakki, topshiriq (masala) ni mavjud bilim va faoliyat usullariga ko’ra yechish imkoniyati yo’q, ammo bu o’rganilgan bilim, ko’nikma va malakalar ushbu topshiriq (masala) ni chuqur mustaqil tahlil qilib, uni bajarish uchun yetarli, aynan shunday topshiriqlar muammoli vaziyatni keltirib chiqaradi.
Tahlillar natijasi shuni ko’rsatadiki, muammoli vaziyat muammoni keltirib chiqaradi, bu degani , masala yechayotgan kishida oldindan va yaqindan ma’lum va noma’lumni ajratish imkonini yaratadi.
A.F.Esaulov quyidagi so’zlarni aytib o’tadi: “Masala” bu kelishilmagan hatto ziddiyatli munosabatlardan iborat informatsion jarayonlar tizimi bo’lib, ularga almashtirish ehtiyojini taqozo qiladi. Bu masala yechayotgan kishining ehtiyojlaridan yoki intilishlaridan kelib chiqadi.
Ushbu ta’rifdan shuni qayt etish mumkinki, A.F.Esaulov masalaning ob’ektiv hususiyatlari (informatsion jarayonlar tizimi) bilan birga uning sub’ektiv tomonlari (masala yechuvchining ehtiyoji intilishi) ni ham e’tiborga olgan.
D.Poyyaning “masala” tushunchasiga keltirgan ta’rifiga sub’ektning roli alohida ta’kidlanadi: “Masala” bu biror aniq ko’rinuvchi, ammo erishilmagan maqsadga ongli erishishga qaratilgan mos vositadir. Masalani yechish deganda, mana shu vositani topish tushuniladi.
D.Poyya aytishiga ko’ra “qaerda qiyinchilik bo’lmasa” o’sha erda ham masala mavjud bo’lmaydi.
Masalani yechish degan so’z, bu tabaqalashtirilgan ob’ektlar yoki g’oyalar (berilganlar, izlanadiganlar) orasida aloqa o’rnatish demakdir.
Darhaqiqat masalani yechish uchun berilganlar bilan izlanadiganlar orasida munosabat o’rnatiladi. SHundagina masala yechimi topiladi.
Masala tushunchasini maqsad sifatida qarab F.A Ball masala kategoriyasining turli turkumlarini keltiradi:

  1. Sub’ekt oldida qo’yilgan talab asosida, sub’ektning maqsad sari intilishi kategoriyasi;

  2. bir qator shartlarni bajarish natijasida maqsadga erishish uchun vaziyat (holat) kategoriyasi;

  3. bu holatni so’z (yoki belgi) yordamida bayon etish kategoriyasi;

F.A.Ball masalani qandaydir vaziyat sifatida qarab, bu vaziyatda sub’ektdan quyidagilar talab qilinishini ta’kidlaydi:

  • birinchidan, masala bu vaziyat bo’lib, sub’ektdan qandaydir harakatni talab qiladi:

  • ikkinchidan, masala vaziyat bo’lib, berilganlarga tayanib, noma’lum ular orasidagi bog’lanishga ko’ra topiladi.

  • uchinchidan, masala vaziyat bo’lib, sub’ektdan masalada izlanuvchi miqdorni masala shartida berilgan miqdorga qarab topish usuli talab qilinadi, qaysi kim bu usul sub’ekt uchun oldindan ma’lum bo’lmaydi.

Masala tushunchasining turli xil talqini uning tarkibini ham turlicha talqin qilishini taqozo qiladi.
I.P Kaloshina masala komnonentlariga quyidagilarni kiritadi:



  1. Maqsad – holatning oxirgi xarakteristikasi.




  1. Maqsadga erishish uchun berilgan ma’lumotlar holatining boshlanishidagi xarakteristikasi.

  2. Dastlabki holatdan oxirgi holatga o’tuvchi noma’lum usullar.

L.M.Fridman tomonidan masala tarkibining quyidagi ko’rinishlari beriladi:





  1. Masalada aniq va noaniq ko’rinuvchi barcha ob’ektlar majmuasini ifodalovchi predmedlar sohasi.

Predmedlar o’zgarmas, masalan (sonlar, amallar...) va o’zgaruvchi bo’lishi mumkin.

Ma’lum predmetlar - berilganlar ma’lum (sonlar) aniq, o’zgarmas, noma’lum predmetlar har doim o’zgaruvchan shaklda bo’ladi. O’zgaruvchan predmetlar jumlasiga, a) bosh (izlanuvchi)


b) yordamchi (bosh izlanadigan predmetni topish uchun izlanadigan yordamchi predmet). Bu erda shuni ta’kidlash joizki: masala shartida o’zgaruvchilarni bo’laklab berilmagan, ular masala yechimi jarayonida topiladigan predmedlardir.

  1. Predmet sohasidagi ob’ektlar orasidagi munosabat va aloqa.




  1. Talab yoki masala savoli.

Yu.M.Kolyagin nuqtai – nazari bilan qaralganda masala quyidagi komponentlarni o’z ichiga oladi:



  1. Boshlang’ich holat (masala sharti – berilgan elementlar xossalari, bog’lanishlar).

  2. Oxirgi holat (maqsad – noma’lum elementlar va ular orasidagi bog’lanishlar).




  1. Masala yechishning negizi (yechimni anglash).

Bu tarkibga ko’ra YU.M.Kolyagin masalalarni quyidagi to’rt turga ajratadi.





  1. Mashq qilishga doir (o’rgatuvchi);

  2. Izlanishga doir;

  3. Muammoli masalalar;

  4. Olimlar, tadqiqotchi tomonidan yechiladigan masalalar;

Ayrim metodistlar fikrlash faoliyati nuqtai nazarida masalalarni bilishga doir, konstruktsiyalash (yasash yoki qurish) ga doir, tushuntirishga doir va isbotlashga doir turlarga ajratishadi.
Kibernetikada hisob-kitob bilan ishlaydigan korxonalarga masalalarni 3 ta asosiy ko’rinishga ajratish mumkin.

  1. Hamma talablar hisobga olingan, natijalarga ta’sir qiladigan masalalar.




  1. Yechish natijasi biror-bir hodisaga olinadigan, natijalarga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan masalalar.

  2. Qarama-qarshi musobaqadoshga qaratilgan talablarni nazorat qiluvchi o’yin ko’rinishidagi masalalar.

Bunday ko’rinishdagi masalalar maxsus fan sohasida o’yin nazariyasida namoyon bo’ladi. Uning yutuqlari oxirgi yillarda “tabiat bilan o’yin” ko’rinishdagi ilmiy masalalarda keng ishlatilayotganini ko’rish mumkin.
“Poiskovie zadachi po matematike” nomli kitobda masalalarni ikki turga ajratib berilgan
:izlanuvchan (poiskovie) va standart masalalar. Ushbu kitobda “nostandart” masala tarifi quyidagicha berilgan “Biz nastandart” masala deb, o’quvchi oldindan uning yechish yo’l- yo’rig’ini bilmaydigan hech qanday o’quv materialida u haqda tushuncha berilmagan masalani tushunamiz.”
Masala-matematik masala, arifmetik masala,fizik masala,kimyoviy masala,iqtisodiy masala, hayotiy masala, tarbiyaviy masala, “Tipik”arifmetik masala kabi qator atamalar o’zaro uzviy bog’liqdir.
Metodistlar N.U.Bikbaeva, R.I.Sidel’nikova, G.A.Adambekovalarning “Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi” o’quv qo’llanmasida
“Matematik masala” tushunchasini quyidagicha izohlaydilar.

“Matematik masala - bu bog’liqli ixhcham hikoya bo’lib,unda ba’zi kattaliklarning qiymatlari kiritilgan bo’lib, ularga bog’liq va masala shartida ular bilan ma’lum munosabatlar orqali bog’langan boshqa kattaliklarning qiymatlari izlanadi.”


Shuningdek mualliflar, o’qituvchilar orasida keng targ’ib qilinadigan masalaning ta’rifini ham keltiradilar. «Masala - bu so’zlar bilan ifodalangan savol bo’lib, uning javobi arifmetik amallar yordamida olinishi mumkin». SHuni ta’kidlaymizki, bu ta’rif faqat arifmetik masalalarga taalluqlidir.
Usulshunos olimlar masala tushunchasini tor ma’noda qarab,unda quyidagi tarkibiy elementlarni ajratish mumkinligini ko’rsatishgan:

  1. ”masalaning sharti - syujetning so’zlar bilan bayoni bo’lib, unda son qiymatlari masala tarkibiga kiruvchi kattaliklar orasidagi funktsional bog’lanish oshkor (sonlar yordamida) holda yoki oshkormas shaklda (so’zlar yordamida) ko’rsatilgan bo’ladi;

  2. masalaning savoli - bunda bir yoki bir necha kattalikning noma’lum qiymatlarini bilish taklif qilinadi.”

Shunday qilib, har qanday arifmetik masalada noma’lum (izlanayotgan)son (yoki bir nechta izlanayotgan son) va berilgan sonlar (ular ikkitadan kam bo’lmasligi kerak) dan iborat.
Shart va savol – masalaning asosiy elementlaridir. Sonli (yoki harfiy) ma’lumotlar masala shartida berilgan;
Izlanayotgan miqdor har doim masala savoliga kirgan bo’ladi. Ammo ba’zi hollarda masala shunday ifodalangan bo’lishi mumkinki, unda savol shartning bir qismini oladi yoki butun masala savol shaklida bayon qilinadi.
Matnli masalalarning asosiy xususiyati shundan iboratki, ularda izlanayotgan sonni topish uchun berilgan sonlar ustida qanday amal (yoki amallar) ni bajarish kerakligi to’g’ridan
- to’g’ri ko’rsatilmaydi. Shu sababli masala matnida berilgan sonlar bilan izlanayotgan son orasidagi boglanishni ko’rsatuvchi biror bilvosita ko’rsatmalar bo’lishi va bu bog’lanish kerakli arifmetik amallarni to’plash va ular tartibini aniqlashi kerak.
“Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi” (N.U.Bikbaeva va boshqalar muallifligida) metodik qo’llanmasida boshlang’ich sinflarda yechiladigan tipik masalalarning “to’rtinchi proportsional miqdorni topish”, “proportsional bo’lish”, “ikki ayirma bo’yicha sonlarni topish” ga doir shuningdek, “vaqtga”, “harakatga”, “sonning ulushini, ulushiga ko’ra o’zini topish”ga doir masalalari, ular ustida ishlash metodikasi keltirilgan.
M.A.Bantova, G.V.Belyukova, A.M.Polevshikova “Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi” o’quv qo’llanmasida “arifmetik masala” tushunchasiga oshkormas ta’rif berishgan: “turmushda sonlar bilan bog’liq bo’lgan cheksiz, ko’p hayotiy vaziyatlar vujudga keladi, bu sonlar ustida turli arifmetik amallar bajarish talab qilinadi. Bular masalalardir.” Ushbu qo’llanmada masalalar ustida ishlash metodikasi yoritilgan bo’lib, “proportsional miqdorlar bilan bog’langan masalalar”, “proportsional bo’lish” ga doir masalalar bayon qilingan.

    1. Download 72,96 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish