CHARXPALAK TEXNOLOGIYASI
Charxpalak texnologiyasi aylanib kelish ma’nosini anglatib, tabiiy fanlarni
o‘qitilishida keng qo‘llanilib kelinayotgan va yuqori natijalarga erishilayotgan
metodlar qatoriga kiradi. Mazkur metod ko‘proq ma’ruzalar o‘qishda, talablar soni
20-25 nafar bo‘lganda yuqori natija beradi.
Pomidordan
pyure
tayyorlash
Pomidorni ho’l
sifatida
foydalanish
Pomidorni
konservalash
Pomidorni tuzlash
65
Albatta bu texnologiya ham bir necha variantlar va bosqichlar ko‘rinishida
amalga oshiriladi. Quyida mazkur metodni 3 variant ko‘rinishida tahlil etib
o‘tamiz.
Birinchi variantning birinchi bosqichida auditoriya talabalari guruhlarga
bo‘linadi, ikkinchi bosqichda o‘qituvchi tomonidan oldindan o‘tilgan mavzu yoki
yangi mavzu bo‘yicha tayyorlangan vazifalar guruhlarga tarqatiladi, uchinchi
bosqichda belgilangan vaqt davomida talabalar guruh bilan ishlashadi va
o‘qituvchi talabalarni faollashish darajasini nazorat qilib turadi. To‘rtinchi
bosqichda guruhlar bajargan vazifalar bir-birlari bilan almashtiriladi, ya’ni birinchi
guruh, ikkinchi guruhga, uchinchi guruhga va hakazo. Guruhlar soniga qarab bu
jarayon bir necha bor bajariladi, toki birinchi guruhning vazifasi o‘ziga qaytib
kelguniga qadar. Beshinchi bosqich, bunda o‘qituvchi javoblarni o‘qiydi, talabalar
o‘zlari bajargan vazifani tekshiradi, baholaydi, tahlil qiladi. O‘qituvchi xulosa
qilib, talabalarni baholaydi.
Ikkinchi variantda auditoriyani guruhlarga bo‘lib ishlash imkoniyati
bo‘lmaganda qo‘llash yuqori samara beradi. Mazkur variantning birinchi
bosqichida o‘qituvchi auditoriya talabalariga vazifalarni tarqatib chiqadi, bunda
talabalar yakka holda ishlaydi.
Ikkinchi bosqichda o‘qituvchi tomonidan belgilangan vaqt davomida
talabalar vazifalarini bajarishadi. Har bir o‘tirgan talabaga bitta vazifa yoki bir ikki
talabaga alohida alohida vazifalar berilgan bo‘lishi mumkin. Uchinchi bosqichda
talabalar vazifalarini bir-birlari bilan almashtiradilar va aksincha bir birlari bilan
almashmasalar ham bo‘ladi. O‘qituvchi auditoriyadagi sharoitga qarab
o‘zgarishlar kiritishi mumkin. To‘rtinchi bosqichda o‘qituvchi javoblarni o‘qiydi,
talabalar o‘zlari bajargan vazifalarni qay darajada bajarganlariga qarab o‘zlarini
o‘zlari baholaydi. Vaqt belgilanishiga qarab o‘qituvchi vazifalarni yig‘ib olishi,
tekshirib keyingi darslarda e’lon qiladi.
Bir qator xorijiy mamlakatlarning (Gollandiya, CHexiya, YAponiya,
Koreya) o‘quv jarayonlari tahlil etilganda ma’lum bo‘ldiki, bu davlatlarda talabalar
o‘qituvchidan ko‘ra ko‘proq ishlaydi, ya’ni fikrlaydi, ijodiy yondoshadi va hokazo.
66
Auditoriyadagi o‘qituvchi esa talabalarni faollashtiradi. Shu bilan birga tajribalarga
ko‘ra xorijiy mamlakatlarda talabalarning mustaqil ishlashiga ko‘proq sharoit
yaratiladi va nazorat qilinadi. SHu nuqtai nazardan mazkur usuldan foydalanish
kutilgan natijalarni berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |