O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti



Download 4,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/358
Sana22.07.2022
Hajmi4,91 Mb.
#835505
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   358
Bog'liq
ona tili va adabiyoti

Mirkarim Osim
bolalarning tarixnavis adibisifatidamoziysaboqlarini yosh avlodga 
yetkazib kelayotir. U 1907-yili Toshkentda ziyoli oilada tug`ildi. 1918-yili “Shamsulirfon” 
nomli maktabda, 1921-yili Alisher Navoiy nomidagi respublika bilim yurtida Oybek va 
Homil Yoqubovlar bilan birga o`qidi. 1926-1930 yillar Moskva davlat pedagogika 
institutining tarix-iqtisod fakultetida, keyinchalik Samarqand o`qituvchilar tayyorlash 
kursida tahsil ko`radi, xalq ta`limi jabhasida faoliyat ko`rsatadi. 
7
Yoqubov O. Vatanni tanitgan adib. –“Sharq yulduzi”, 2002, 2-son, 134-b. 
8
Anorboyev S. Tarixdan saboqlar. –“Guliston”, 1977 yil, 12-son, 15-bet. 
9
Sharafiddinov O. Vatanni tanitib. – “Sharq yulduzi”,-2002, 2-son, 136-bet. 


214 
Tarix bilan tillashgan adib “Astrobod”, “Alisher Navoiy va Darveshali”, “Badarg`a”, 
“Navoiyning xislatlari”, “Ulug`bek va Navoiy”, “O`tror”, “To`maris”, “Temur Malik”, 
Aleksandr va Spitamen , “Mohlaroyim va Xonposhsha”, “Karvon qo`ng`irog`i”, “Elchilar”, 
“Zulmat ichra nur”, “Jayhun ustida bulutlar”, “Ibn Sino qissasi”, “Aljabrning tug`ilishi”, 
“Singan setor ” kabi o`nlab qissa va hikoyalarida o`tmish ajdodlarimizning nurli 
siymolarini, milliy-ma`naviy qadriyatlarimiz ildizining teranligini badiiy gavdalantirishga 
muvaffaq bo`lgan.
Tarixnavis adib To`maris, Shiroq, Spitamen, Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug`bek, 
Navoiy, Mashrab kabi ulug` ajdodlarimiz siymosini tarixiy manbalar asosida yoritdi.
Shonli o`tmishimiz bilimdoni Mirkarim Osim tug`ilgan kunining 70 yilligida “O`zbekiston 
Respublikasida xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi” unvoniga sazovor bo`lgan. Taniqli 
adib 1984-yili vafot etdi. 
Mirkarim Osimning o`zbek bolalar tarixiy nasri taraqqiyotiga qo`shgan hissasi shu jihatdan 
beqiyos. Adibning tarixiy-biografik xarakterdagi “Jayhun ustida bulutlar”, “Zulmat ichra 
nur”, “Yulduzlar sayri” qissalari alohida turkumni tashkil etadi. Ularning aksariyati O`rta 
asrlardagi buyuk mutafakkirlar, olim va ijodkorlar hayot yo`liga bag`ishlangan. Bunday 
asarlar zamondosh kitobxonni tarixiy shaxslar qismati, boy adabiy-ilmiy merosi, faoliyatlari 
bilan tanishtirishga xizmat qiladi. Natijada, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Alisher 
Navoiy, Mashrab singari buyuk siymolar obrazi badiiy inkishof etilganligi tahsinga sazovor. 
Adib qissalarining g`oyaviy-badiiy mundarijasi shu jihatdan kengqamrovli. Yozuvchining 
“Shiroq”, “To`maris” singari tarixiy hikoyalarida esa ajdodlarimiz qahramonliklari yorqin 
aks etadi. 
Mirkarim Osim Vatanimizning uzoq o’tmishiga bag’ishlangan asarlari bilan 
adabiyotimiz tarixida yorqin iz qoldira oldi. O’zbek adabiyotida tarixiy mavzu
shakllanishida Oybek, Odil Yoqubov, Primqul Qodirov xizmati katta bo’lsa, shular qatorida 
M.Osimning ham “To’maris”, “Shiroq”, “Jayhun ustida bulutlar”, “Ibn Sino qissasi”, 
“Temur Malik”, “Zulmat ichra nur”, “Singan setor” kabi qissalari tarixiy mavzudagi nasr 
durdonalaridir. Zotan, atoqli adibimiz o’z ijodiy faoliyati davomida xalqimiz o’tmishini 
sinchiklab o’rganib, avlodlar qalbida g’urur va iftixor tuyg’ularini alangalatadigan asarlar 
yarata oldi.
Istiqlol sharofati bilan tarixiy haqiqat va milliy qadriyatlar tiklanayotgan bir paytda 
Mirkarim Osim ijodiga murojaat etish dolzarb ahamiya kasb etayotir. Chunki adib murakkab 
bir davrda yashab, ijod qildi. Lekin shunga qaramay o’z xalqi tarixini yozishdan 
cho’chimadi. Yaqin o’tmishda tarixiy shaxslarni o’rganish, jaholatni qo’msash deb noto’g’ri 
baholab kelindi. Shu bois, tarixiy mavzuda qalam tebratgan yozuvchilar ijodi kamsitilardi. 
Istiqlol tufayli biz tarixiy o’zlikka qayta boshladik. Qadim dunyodagi ulug’ siymolar ijodini 
o’rganishga keng imkoniyatlar ochildi. Bu haqda dastlab mamlakatimiz prezideni 
I.A.Karimov shunday degan edi: “Asrlar davomida aqlu zakovati ila bunyod etgan boy 
ma’naviyati tufayli xalqimiz mag’rur yashadi, mehnat qildi, doimo hurriyat va erk sari 
intildi. 
Ana shu milliy ong, ana shu milliy g’urur bugungi istiqlolikmizning oltin 
poydevoridir. Bu poydevorga Shiroq va To’maris, Beruniy va Farobiy, Abu Ali ibn Sino va 
Al-Xorazmiy, Amir Temur va Bobur, Navoiy va Ulug’bek kabi yuzlab zotlar asos 
solganlar”.
10
Darhaqiqat, ona tariximizni badiiy qayta jonlantirish vositasida yosh avlodni Vatanga 
muhabbat ruhida tarbiyalash, to’g’rirog’ yuqorida nomlari keltirilgan buyuk mutafakkirlar 
haqida tarixiy-biografik qissalar yozish orqali xayrli ishga qo’l urgan Mirkarim Osim 
shijoati yurtboshimiz g’oyalariga hamohangdir. Olimlar haqli e’tirof etishganidek, 
yozuvchilarimizdan hech kim tarixiy materialni bu adibchalik sinchkovlik bilan o’rganib, 
10
I.A.Karimov. Buyuk bobolarning ruhi poklariga tayanib . –Kitobda: Istiqlol va ma’naviyat. T.:O’zbekiston, 
1994, 118-119-bet. 


215 
o’ziniki qilib olib, ishlatmagan. Adib nafaqat xalq qahramonlari haqida, balki, Beruniy, Ibn 
Sino, Alisher Navoiy, Mashrab, Uvaysiy singari ulug’ mutafakkir va shoiru shoiralar haqida 
ham qissalar yaratib, ma’naviyatimiz ildizlari teran ekanligini isbot eta oldi. Jumladan, 
M.Osim buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning hayoti va ijodi bilan talabalik yillaridayoq 
qiziqa boshlagan. 1930-yillarda ulug’ mutafakkirning 500 yillik yubileyiga qizg’in 
tayyorgarlik ketayotgan bir davrda ko’pchilik adib va ziyolilarimiz alisher Navoiy yashagan 
davr va uning ijodiy merosini chuqurroq o’rganishga kirishgan edilar. Mirkarim Osim ham 
albatta bu harakatdan chetda qololmasdi. Shoir yashagan davr to’g’risidagi adabiy va tarixiy 
manbalardan xabardorligi yosh yozuvchiga qo’l keladi. Uning birinchi tarixiy qissasi 
“Astrobod” “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” jurnalining 1940 yil 4 sonida, ikkinchi 
qissasi “Alisher Navoiy va Darveshali” o’sha jurnalning 1941 yil 3-sonida bosilgan. Shu yili 
“Alisherning yoshligi”, “Badarg’a” hikoyalari “Qizil O’zbekiston” gazetasida e’lon qilinadi. 
qissasini monografik tizimda o’rganish har jihatdan dolzarblik kasb etadi. “Navoiyning 
xislatlari” (“Yosh leninchi” gazetasi, 1940, 18 noyabr), “Shoirning yoshligi” (“Qizil 
O’zbekiston” gazetasi, 1941 yil 16 yanvar), “Ulug’bek va Navoiy” (“Yosh leninchi” 
gazetasi, 1941 yil, 21 aprel) kabi tarixiy hikoya va ocherklari yozuvchining ulug’ shoirga 
bo’lgan cheksiz ehtiromning ifodasi edi.
Adibning bu asarlarida Alisher Navoiyning badiiy obrazi o’zbek adabiyotida ilk 
marta o’z ifodasini topayotgan edi. Alisher Navoiyning yoshligi haqidagi hikoyalar o’sha 
davrda maktab darsliklariga ham kiritilgan edi. E’tirof etilishicha, 40-yillarning o’quvchilari 
Mirkarim Osimning o’sha hikoyalari orqaligina Alisher Navoiy haqida ilk ma’lumot 
olganlar.
Rost, bugun ulug’ alloma haqidagi badiiy va ilmiy adabiyotlar juda serob. Xususan, 
mustaqillik yillari bu dahoga qayta haykal qo’yildi. So’z mulkining sultoni shaxshan 
muhataram Prezidentimiz e’tiborida bo’lishi tahsinga sazovor. Alisher Navoiy bobomizni
yurtboshimiz o’zbek xalqi ma’naviy dunyosining shakllanishiga g’oyat kuchli va samarali 
ta’sir ko’rsatgan zot sifatida e’tirof etadilar. “Biz,- deya ta’kidlaydilar u kishi,- uning 
mo’tabar nomi, ijodiy merosining boqiyligi, badiiy dahosi zamon va makon chegaralarini 
bilmasligi haqida doimo faxrlanib so’z yuritamiz.” 
11
Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir 
davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, 
millatimizning g’ururi, sha’nu sharafini dunyoga tarannum qilgan o’lmas so’z san’atkoridir. 
Shu sababli : “Olamda turkiy va forsiy tilda so’zlovchi biron-bir inson yo’qki,- deya
ta’kidlaydi I.Karimov,- u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va 
e’tiqod bilan qaramasa. Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, 
mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir.” 
12
Darhaqiqat, inson qalbining quvonchu qayg’usini, ezgulik va hayot mazmunini 
Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi. Ona tiliga 
muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg’usi ham bizning ongu 
shuurimiz, yuragimizga avvalo Navoiy asarlari bilan kirib kiradi. Biz bu bebaho merosdan 
xalqimizni, 
ayniqsa, 
yoshlarimizni 
qanchalik 
ko’p 
bahramand 
etsak, 
milliy 
ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda 
shunchalik qudratli ma’rifiy quurolga ega bo’lamiz. Binobarin, M.Osimning “Zulmat ichra 
nur” qissasidagi Alisher Navoiy obrazini monografik tizimda o’rganish ana shu maqsadlarga 
ko’ra dolzarblik kasb etadi. 
M.Osimning tarixiy qissalarining dolzarb ahamiyati 1980 yillardan e’tiboran 
anglashila bordi. Masalan, Mahkam Andijoniy M.Osim ijodiyotining adabiyotshunoslikdagi 
o’rni haqida shunday ma’lumotlarni keltiradi. “Mirkarim asarlarini o’qib , chiqargan amaliy 
xulosam,-deya ta’kidlaydi u,- Vatan tarixini bilish va bu haqda yozish uchun tarixiy 
11
Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch. Toshkent, “Ma’naviyat”, 2008, 47-b. 
12
O’sha joy. 


216 
manbalarni kop o’rganish kerak. Domla (Mirkarim Osim) adabiy davralardan o’zini chetga 
olib yurgani uchun munaqqidlar ham u kishining ijodiga unchalik e’tibor bermas ekan. 
Menga bu adolatsizlik bo’lib ko’rindi.” 
13
Muallif e’tiroficha, shu tariqa yosh tadqiqotchi 
Mahmud Sattorovga “Mirkarim Osim” adabiy siymosini yoritish topshiriladi va olim shu 
mavzuda disertatsiya yoqlaydi.
14
Chindan ham filologiya fanlari nomzodi M.Sattorov 
keyinchalik M.Osimning tarixiy qissalaridan iborat saylanmasini chop ettirib, unga 
so’zboshi yozadi.
15
Bundan tashqari, boshqa adabiyotshunos olimlar ham tarixiy qissalar 
haqidagi monografik tadqiqot va risolalarida bevosita M.Osim asarlariga murojaat qilib 
kelmoqdalar.
16
Xususan, istiqlol sharofati bilan M.Osim adabiy merosining boy va rang-
barangligi asosli ta’kidlangan. Betakror adibimizning tengsiz xizmatlari istiqloldan keyin o’z 
qadr-qimmatini topdi. Mustaqilligimizning o’n yilligi arafasida O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining Farmoni bilan o’zbek milliy madaniyati rivojiga ulkan hissa qo’shgan 
M.Osim “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi. Shu munosabat bilan 
A.Xolmurodov
17

O.Yoqubov
18

O.Sharafiddinov
19

M.Andijoniy, 
N.Rahimjonov, 
Q.Ko’bayev
20
kabi olim va adiblar e’tirofi muhim ahamiyatga ega.

Download 4,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish