O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti


  G’afur G’ulom - bolalar shoiri va nosiri



Download 4,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/358
Sana22.07.2022
Hajmi4,91 Mb.
#835505
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   358
Bog'liq
ona tili va adabiyoti

 


204 
G’afur G’ulom - bolalar shoiri va nosiri 
REJA: 
1.
G’afur G’ulomning hayot va ijod yo’li. 
2.
 
G’afur G’ulom – bolalar shoiri.
 
3.
 
Adib qissalarining g’oyaviy-badiiy mundarijasi. 
 
4.
 
Xulosa 
Tayanch tushunchalar: 
qissa, ctilizatsiya, interpretatsiya, tarixiy haqiqat, badiiy 
haqiqat, milliy istiqlol, tamoyil, tanqidchilik, dramaturgiya, publitsistika. 
 
G’.G’ulomning o’zbek bolalar adabiyotini rivojlantirish sohasidagi hizmatlarini 
alohida umumlashtirish yo’nalishidagi ilk urinishlar XX asrning o’rtalaridayoq yuzaga 
kelgan edi. O’shanda pedagogika bilim yurtlarida o’qishga mo’ljallangan bolalar 
adabiyoti faniga oid o’quv qo’llanmalari va xrestomatiyalarida G’.G’ulom alohida 
ijodkor sifatida taqdim etilib, uning haqida portret-maqola va asarlaridan namunalar 
berila boshlangan edi.G’afur G’ulomning bolalar shoiri va nosiri qiyofasiga otalik va 
murabbiylik tuyg’ulari chuqur singishib ketgan. Bunda etimlikda kechgan bolalik 
hotiralari ta’siri ayricha rol o’ynaganini alohida ta’kidlash joiz. Shu holat uni qo’liga 
qalam olib ilk she’rini yozishga undagan edi. «Bir kuni, - deb yozgan edi u o’zining 
«Kechmish va kechirmishlarimdan» xotiranomasida, - bolalar bog’chasidagi yetim 
bolalardan 15 tasini bizning internatga o’tkazdilar. Men bu go’daklar bilan birga tunab 
qoldim. Kechasi uxlamay, kuzatuvchilik qilib chiqdim. Shu kecha o’z yetimligim, 
boshimdan kechirganlarim va shu yetim bolalar ahvoli... to’g’risida she’r yozdim. Shu 
she’rimni birinchi she’rim desam bo’ladi”. O’sha ilk she’ridayoq u bolalarning ham 
hazrati Odam farzandi ekanligini, binobarin, ular ham insonday yashash va ulg’ayish 
huquqiga ega ekanliklarini ularning o’z tillaridan favqulodda bir ko’tarinkilik bilan ifoda 
etgan edi. 
Biz Odam bolasimiz, 
Odamning donasimiz. 
Biz o’sib ulg’ayamiz, 
Olim bo’lish g’oyamiz.
G’afur G’ulom yetimlikda ulg’ayganini umr bo’yi unuta olmadi. Yetimlik uni o’ksik qalb 
sohibiga aylantirgan va mudom ta’qib etganligi tufayli bolalarga atab qaysi mavzuda 
she’r yozmasin, o’sha zahoti xotirasi qatlaridagi yetimlik armonlari uyg’onishi tabiiy edi. 
Kattalar uchun yozilgan va XX asrdagi o’zbek she’riyatida voqeaga aylangan «Sen yetim 
emassan»da ham, bolalarga atab bitilgan «Bayram maktubi» va boshqa qator she’rlarida 
ham bu holni kuzatish mumkin. Inchunin, shoirning roppa-rosa ellik ikki yasharligida 
yaratgan «Bayram maktubi» she’rida o’qiymiz: 
O’ttiz sakkiz yil burun 
Bugungi siz bilan teng 
O’n to’rt yoshlarda edim. 
Tongsiz, uzun kechqurun 
qora qo’ynin ochar keng 
Ko’z o’ngida uchurum. 
Maktab qayoqda deysiz? 
Nonning hatto o’zi yo’q, 
Bo’z yaktak, yirtiq ishton, 


205 
Eshiksiz, o’tsiz, nursiz, 
Vayronalar qup-quruq, 
Halq tentirar parishon 
Oq podshoning urushi 
Yurtni yergacha toptab, 
Tekkan edi tinkaga. 
Och qo’shinning yurishi 
Er yuzini gur o’rtab, 
O’xshardi alangaga.
Rus mustamlakachiligi siyosatining butun fojeasini bolalik xotirasi vositasida shu 
xilda fosh etarkan, qonxo’r fashistlar ming-minglab bolalarni ota-onalaridan ayru etib, 
yetim qoldirayotganidan jirkanganida yana o’sha «o’ninchi yillar sargardonligi»ni 
eslamay, o’tolmaydi: 
G’.Gulomning o’smirlar kitobxonligining asosini tashkil etgan «Netay», «Yodgor» 
va «Shum bola» қissalarida shu muammo tahlil қilindi. Adib asarlarida etimlikni keltirib 
chiqargan sabab va oqibatlarga badiiy nazar solish yo’lidan boradi. Uning talqinicha, 
yetimlik-mohiyat e’tibori bilan o’gaylik ham. Chindan-da, o’z otasi yo onasi (ba’zan har 
ikkovi)dan bevaqt ajralib, o’gay ota yoki o’gay onadan shafqat emas, shafqatsizlik 
ko’rgan bolakayning achchiq va alamli qismati-shunday foje’ qismatdir. Bunday holatda 
yetimning o’gayligi birmuncha shaxsiy fojea sanalishi mumkin. Ammo G’afur G’ulom 
masalani shu holda echish yo’lidan bormagan, aksincha u o’tmishdagi nobop tuzum va 
bemehr jamiyatning shafqatsizligi ham o’lganni tepkilab, etim-esirlarga o’gaylik qilishi 
fojeasini ochishga harakat qildi va aytish mumkinki, bunga muvaffaq ham bo’ldi. Bu 
jihatdan Netay va SHum bola-qoravoyning etimlik qismati talqini e’tiborni tortadi. 
«Yodgor» qissasida yetimlik syujetni harakatga solgan motiv. Unda yetim go’dak 
Yodgorning qismatiga munosabat hal qiluvchi rol o’ynaydi. S.Mamajonov to’g’ri 
ta’kidlaganidek: «Yodgor» poetik ma’lum jihatidan ramzli nom. Go’dak Yodgor asarda 
tasvir ob’ekti bo’lmasa ham yozuvchi uchun yangi insoniy munosabatlarni ko’rsatib 
berish uchun ola bir vosita rolini o’ynaydi, xolos. Bu go’dak Mehri va Jo’ralar, ularning 
ota-onalarining qalb dunyosini ochib beruvchi bir kalitdir, ohu go’dak asar voqeasini 
yaratadi, konfliktga keskin tus beradi, syujetni o’stiradi va uni ikkiga bo’lib tashlab, keyin 
yana bir-biriga qo’ohadi, Shu go’dak xarakterlarni rivojlantiradi, ochadi. U asardagi 
voqealar va odamlarni bir-biri bilan munosabatga kirituvchi, asarning hamma bo’lagini 
yozuvchining ko’rish markaziga bog’lab, tortib turuvchi magnitdir: Mehrining o’z 
sevganiga shu go’dak halaqit beradi. Jo’raning «aybsiz aybdor» bo’lib onasi, aka va 
ammalari oldida ta’naga qolishida shu go’dak sababchi bo’ladi, xuddi sxuningdek, 
Jo’raning insoniyligini ochib beruvchi, Saodat sevgisini sinovdan o’tkazuvchi va Mehriga 
hayot haqiqatini tushuntirgan ham shu go’dak – «Yodgordir».

Download 4,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish