O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti



Download 4,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/358
Sana22.07.2022
Hajmi4,91 Mb.
#835505
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   358
Bog'liq
ona tili va adabiyoti

Addulla Avloniy
(1878-1934) arab va fors tillarini yoshlikdagi mustaqil mutolaa vaqtida 
egallagan. U matbuot ishlarida faol ishtirok etish bilan birga “Adabiyot yoxud milliy 


179 
she`rlar” nomli to`rt qismdan iborat to`plamning birinchi kitobini “Birinchi muallim” va 
“Ikkinchi muallim” deb nomlaydi. Bu asarlardagi o`nlab she`rlar, she`riy hikoya va 
masallar o`zbek bolalar she`riyatining ilk sahifalarini tashkil qiladi. Jumladan, shoirning
“Ikkinchi muallim”dagi “Maktabga da`vat” she`rida muallif bevosita yosh kitobxonga 
murojaat qilib yozadi: 
Boqdi Gunash panjaradan bizlara, 
Yotma deyur barcha o`g`il qizlara. 
Nolayi faryod qilib barcha qush: 
Maktabingiz vaqti,-deyur sizlara. 
Boshladi har kim o`z ishin ishlara, 
Siz-da turing, maktabingiz izlara. 
Siz-da kitoblarni(ng) oling shavq ila, 
Tez yuguring ilm yo`lin gezlara.
Shoir ta`kidida tong otishi, uyqudan ko`z ochish vaqti yetganligi o`z va ramziy ma`no 
kasb etgan. Avvalo, saharda chiqqan quyosh panjaradan mo`ralab, uxlab yotgan bolakayni 
o`z nurlari bilan erkalab uyg`otishi, shuningdek, tong qushlaru chug`urchuqlar, bolariyu 
buzoqlarni erta uyg`otib, kundalik “mashg`ulot”iga undagani kabi kichkintoy o`g`il-
qizlarga ham kitob-daftarni qo`lga olib, ilm yo`lini izlashga da`vat etayotgani anglashiladi. 
Bundan tashqari, she`r mazmunida jaholat va g`aflat uyqusidan uyg`onish, o`zligini anglash
tuyg`usi ham mavjud. Shoirning “Ikkinchi muallim”dagi “Maktab” she`rida ham yosh 
kitobxonlar-maktab o`quvchilariga murojaati seziladi: 
Maktab uyi-dorul-omon, 
Maktab hayoti jovidon, 
Maktab safoyi qalbi jon, 
G`ayrat qilib o`qing, o`g`lon! 
She`rda maktab tinchlik, omonlik uyi, hayot manbai, qalblarga yaxshilik, ravshanlik 
keltiruvchi joy sifatida tasvirlanishi bilan birga, u axloq-odob uyi, Allohning ehsoni va bir 
ajib gulshan sifatida talqin etiladi. Muallifning “Maktab gulistoni” kitobidagi “Maktab” 
she`rida ham ushbu fikrlar mantiqan davom etadi: 
Firdavsi jinon maktab, nodonlara jon maktab, 
Bilgan kishiga qadrin, bir dorulomon maktab. 
Johillara g`am maktab, yalqovlara kam maktab, 
Husnixat kishilarga chin ruhi ravon maktab. 
Jonim, o`qungiz maktab, boru yo`qingiz maktab, 
Sizlar uchun, avlodim, bog`u guliston maktab. 
Shunga o`xshash, “Maktab” nomli she`r A.Avloniyning “Adabiyot yoxud milliy 
she`rlardan 2-juzv” kitobida ham uchrashi bejiz emas. Unda maktab ta`rifining yanada 
yangi qirralari bo`rtib turadi: 
Maktabdur oftobi jahon, saodating, 
Maktabdur osmoni zamon, sabovating… 
Maktab nasimi subh kabi fikra jon verar, 
Maktab hayoti ziynatidur odamiyating… 
Ko`rinadiki, she`rlar mavzu jihatdan bir, ammo ularnin talqini, badiiy ifodasi 
murakkablasha borgan. Birinchi she`rda shoir yosh kitobxonni o`qishga, ilm-ma`rifatga 
targ`ib qilsa, ikkinchi she`rda maktabning kimlarga foyda-yu qanday kishilarga zarar ekani 
qiyoslanadi; uchinchi she`rda esa maktabning alohida manfaatlari xususida emas, 
umummillat va yurtga keltiradigan foydalari tilga olinadi. 
A.Avloniy bolalarga samimiy fikrlarini o`ynoqi satrlarda tasvirlash bilan birga, Vatan va 
uning qismati bilan bog`liq jiddiy mulohazalarni-da bayon etadi. Jumladan, “Vatan” nomli 
she`rida ona-yurtning noz-ne`matlari, boyliklari ta`rif-tavsif etiladi. Shu bilan birga, onaday 
aziz , mushfiq go`sha haqidagi qayg`uli nola yangraydi: 
Onamizsan! Bizning mushfiq onamizsan! 


180 
Javlon urib yashaydurgon xonamizsan! 
Seni sotmoq mumkinmidur, o`zing o`yla, 
Tiling bo`lsa, hasratlaring tuzuk so`yla!.. 
Sotib-sotib qoladurmiz g`amga botib, 
Boyqush kabi vayronada yotib-yotib. 
Shoir o`tmishda ma`rifat gulshani bo`lgan yurtimizning jaholat botqog`iga 
botganidan afsuslar chekib, vatanimiz tobora vayronaga aylanayotgani, ilm-ma`rifatga 
oshno bo`lishgina kishilarni bu g`amdan qutqazishini ta`kidlaydi. Shu ma`noda shoirning
“Ilma targ`ib”, “Jaholat”, “Istiqboldan orzularim”, “Millatga salom” she`rlari millat 
farzandlariga xitob tarzida bitilgan. Umuman, A.Avloniy “Birinchi muallim” va “Ikkinchi 
muallim” kitoblarida yosh kitobxonlar tafakkuriga mos ilm xosiyati va ilmsizlik oqibati 
to`g`risida pandnoma tarzidagi satrlarni bitgan bo`lsa, “Maktab gulistoni”dagi she`r, hikoya 
va masallarda ijtimoiy dolzarb muammolarni ham qamrab olishi oydinlashadi. Zero, 
bunday she`rlarda orqali yosh avlodni ma`rifatga da`vat etish bilan birga, ularni 
vatanparvar, o`z millatiga, yurtiga sadoqatli qilib tarbiyalash maqsadi ham ko`zlangan.
A. Avloniyning “Muxtasar tarixi adabiyoti va tarixi Islom” asari ham mavjud. 
Ushbu asar boshlang’ich maktab o’quvchilariga mo’ljallangan. Bu asar birinchi marta 
1910 yilda Munavvarqori tomonidan Toshkеntda bosilgan. Mustaqillik yillarida esa 
Zokirjon Afzalov Shokirjon o’g’li tomonidan 1994 yilda ”Fan” nashriyotida chop etilgan. 
Risolada Odam alayhisalomdan Muhammad alayhisalomgacha o’tgan payg’ambarlardan 
qissalar va zuhiri islom zikr etilgan.
Abdulla Avloniy XIX asr rus mumtoz adabiyoti vakillari I. A. Krillov va L. N. 
Tolstoyning asarlarini o’zbеk tiliga tarjima qilgan, jumladan, I. A. Krillovning 21 ta
masali, “Maymun ila ko’zoynak”, “G’ayri jinsiy ittifoq”, “It ila yo’lovchi”, “Qarg’a ila
Zag’iisg’on”, “Tulki ila qarg’a” kabi asarlari o’zbеk tiliga tarjima qilinib “Maktab 
gulistoni” kitobida bosilib chiqqan. Abdulla Avloniyning 1913 yilda “Turkiy guliston 
yoxud axloq” asari bosilib chiqdi. U 1917 yilga kеlib ikkinchi marta nashr qilindi, asarda 
insonlarning “yaxshilikka chiqarg’uvchi, yomonlikdan qaytarg’uvchi bir ilm” - axloq 
haqida fikr yuritiladi. A. Avloniy asarlar yozish bilan bir qatorda maktablar ochish, xalqni 
savodxon qilishni, o’zbеk xotin - qizlarini o’qitishni, o’qituvchilar va ziyoli kadrlar 
tayyorlash bilan shug’ullanadi. U 1923 - 1924 yillarda eski shahardagi xotin - qizlar va 
erkaklar maorif bilim yurtlari mudiri 1924 - 1929 yillarda Toshkеnt harbiy maktabida 
o’qituvchi, 1925 - 1934 yillarda O’rta Osiyo univеrsitеti, O’rta Osiyo qishloq xo’jaligi 
maktabida, O’rta Osiyo davlat univеrsitеtida dars bеradi. Pеdagogika fakultеtining til va 
adabiyot kafеdrasi profеssеri va mudiri bo’lib ishlaydi. U 1933 yilda o’zbеk maktablari 7-
sinfi uchun “Adabiyot xristomatiyasi” nashr ettirdi. A.Avloniy “Hijron”, “Nabil”, 
“Indamas”, “Shuxrat”, “Tangriquli”, “Surayyo”, “Shapaloq”, “Chol”, “Chiqaboy”, 
“Abdulhaq” taxalluslari bilan tanqidiy va ilmiy maqola, 4000 misradan ortiq shе'r ijod 
qilgan. 
Avloniy 1927 yilda “Mеhnat qahramoni” unvoni bilan taqdirlandi. 1930 yilda unga
“O’zbеkiston xalq maorifi zarbdori” faxriy unvoni bеrildi. Hozirgi mustaqil 
O’zbеkistonimizda Abdulla Avloniy nomida bir qator maktablar bor. O’zbеkiston 
yozuvchilar uyushmasi bolalar adabiyoti bo’yicha uning nomida mukofot ta'sis etgan. 
Rеspublika o’qituvchilar malakasini oshirish markazida
A. Avloniy muzеyi tashkil qilingan. A. Avloniy 1934 yilda 25 avgustda vafot etdi. 

Download 4,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish