O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti


b ,  Ulg‘ayursan sanda yor o‘lsa ada b



Download 4,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/358
Sana22.07.2022
Hajmi4,91 Mb.
#835505
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   358
Bog'liq
ona tili va adabiyoti

b

Ulg‘ayursan sanda yor o‘lsa ada
b

Odam ersang, tashqi surat berma ze
b

Ona yurtingni hamisha ayla ze
b

Shoira tashqi ko‘rkka oro berish odamiylikka kirmasligini, ichki go‘zallikning 
afzalligini, Vatanni obod qilish chinakam insoniy burchligini shu yo‘sinda ta’kidlayotir. “B” 
tovushi bahonasida shu g‘oyani umumjahoniy darajaga ko‘taradi. Dunyoda yaxshi nom 
qoldirish uchun yaxshi ishlar qilish zarurliginiuqtiradi: 
Shu tariqa, g‘oyaviy-badiiy barkamol alifbe-manzuma namunasini yaratib, el 
farzandlarining tezroq xat-savod egallashlariga munosib hissa qo‘shgan. Binobarin, bunday 
alifbe-manzumalar XX asrda bolalar she’riyatida yuzaga kelgan alifbe she’rlar-abitsedariylar 
uchun an’anaviy zamin vazifasini o‘taganligi bilan ham qimmatlidir. 
7-mavzu: O`zbek bolalar adabiyotining yuzaga kelish omillari va taraqqiyot
xususiyatlari. Abdulla Avloniy –ilk bolalar shoiri va islohotchi pedagogi 
Reja: 
1. Milliy uyg`onish harakati va uning o`zbek bolalar adabiyotini yuzaga 
keltirishdagi roli.
2. O`zbek bolalar adabiyotining yuzaga kelishi va taraqqiyot tamoyillari. 
3. Addulla Avloniy–ilk bolalar shoiri. 
4. Shoir she`rlarining o`ziga xos xususiyatlari. 
Milliy uyg`onish, millatning o`zligini anglash jarayoni mazkur davr adabiyotining ruhi 
va mazmunini tashkil qiladi. Millatning o`zligini anglash asos qilib olingan bu uyg`onish 
davri bolalar adabiyoti va matbuoti uchun ham poydevor bo`loldi.
O`zbek bolalar adabiyoti tarixi haqida fikr yuritilar ekan, uning ilk qadamlari XX asr 
boshlarida yaratilgan alifbolar, adabiyot va o`qish kitoblaridan boshlanganini alohida qayd 
etish lozim. Bolalar adabiyoti tom ma`noda ma`rifatparvarlikning farzandidir. Chunki 
jadidchilikning poydevori, tamal toshi usuli jadid maktabi bo`lgan. “Jadidchilik”ning 
asosida “jadid” so`zi yotadi. “Jadid”ning ma`nosi “yangi”-“yangi tafakkur”, “yangi inson”, 
“yangi avlod” singari keng ma`nolarni o`zida mujassam etgan. Istilohning kirib kelishi
Ismoilbek Gasprali (Gasprinskiy) ochgan yangi maktab nomi bilan bog`liq. U 1884 yilda 


178 
Boqchasaroyda bir maktab ochib, “usuli jadid” nomi bilan ataydi. Istilohning mazmuni 
maktab doirasida qolmagan, albatta. Aslida jamiyatning barcha qatlamlarini jalb etib, 
Uyg`onish mafkurasi bo`lib xizmat qilgan; milliy mustaqillik uchun kurash olib borgan; 
maorif va madaniyatni, matbuotni ijtimoiy-siyosiy maqsadlarga moslab chiqdi. 
Ismoilbekning Turkistonga kelib, Toshkent, Samarqand, Buxoroda bo`lishi uning 
tashabbusi bilan bu shaharlarda, so`ngroq Farg`ona vodiysida “usuli jadid” maktablari 
tashkil topishi butun Turkistonda jadidchilik harakati ommaviylashuviga turtki bo`ldi. 
Tezkorlik bilan uning uchun darsliklar tuzila boshlaydi. Ushbu maktablar uchun yozilgan 
ilk darsliklar esa o`z navbatida, bolalar adabiyotiga yo`l ochdi. Jumladan, 1907-17-yillarda 
Munavvarqorining “Adibi avval”, “Adibi soniy” darsliklari, Abdulla Avloniyning
“Adabiyot, yoxud milliy she`rlar” majmuasi, “Birinchi muallim”, “Maktab gulistoni”, 
“Turkiy guliston yoxud, axloq” Ayniyning “Tahzib us-sibyon”, Fitratning “O`qu”, 
Sh.Rahimiyning “Sovg`a”, “Kattalarga o`qish”, Hamzaning “Yengil adabiyot`, “Qiroat 
kitobi” kabilar chop etilib, maktablarda o`qitilgan. Bu kitoblar, xususan, alifbodan so`ng 
o`qitiladigan majmualar “bolalarning tabiatlariga milliy hasrat va nadomatlardan ibrat o`lan 
nasihatlarni o`rnashdurmak orzusinda” (Avloniy) yaratilgan edi. Demak, aytish mumkinki, 
ana shu darsliklar birinchi marta bola dunyoqarashi, qiziqishlari, tafakkur olami hamda 
yosh xususiyatlariga muvofiq yozilgan; ulardagi badiiy ijod namunalari ham kichkintoylar 
tasavvuriga yaqin bo`lgan. Jadid adiblari va muallimlari ta`sirida ochilgan yangi usuldagi 
maktablar bolalarni shunchaki xat tanishga o`rgatishga emas, ijtimoiy-siyosiy savodini 
chiqarishda ham muhim rol o`ynagan. 1917 yil fevral voqealari arafasida Turkistonda 92 ta 
usuli jadid maktabi borligi qayd etilgan. Binobarin, XX asr boshlarida “usuli savtiya” 
maktablari paydo bo`lishi bilan bu maktablar o`quvchilariga mo`ljallangan ko`plab alifbo 
va o`qish kitoblari (majmualar) ham maydonga kelib, ularga tom ma`nodagi o`zbek bolalar 
adabiyotining tug`ilishi deb qarash (R.Barakayev) to`g`ri e`tirofdir. Chindan-da, maktab 
adabiyot darsliklari bolalar uchun yaratilgan ilk maxsus kitoblar sanaladi. Uning 
sahifalarida badiiy adabiyot namunalari darj etilishi bu fikrni asoslay oladi.

Download 4,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish