Ilmiylik tamoyili. Ilmiylik tamoyili talabalarga o’rgatish uchun ilmiy jihatdan asoslangan, amalda sinab ko’rilgan ma’lumotlar berilishini talab etadi.Ularni tanlab olishda fan va texnikaning eng so’nggi yutuqlari va kashfiyotlaridan foydalanish kerak. Ilmiy bilimlarni egallash jarayonida talabalarda ilmiy dunyoqarash ,tafakkur shakllanadi. Kasb ta’limida ilmiylik tamoyilini ta’limni eng yuqori ilmiy-nazariy saviyada o’tkazish talabi sifatida emas ,ta’lim jarayonini metodologik asosda, hozirgi zamon ilmiy-texnik ma’lumotlarga va o’quvchilarning fan asoslari bo’yicha bilimlarga tayangan holda tashkil etish talabi deb tushunish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |