Internet saytlari
34.
http://teachyourselfuzbek.com/resources/coursebooks/—Самоучитель
узбекского языка.
35.
http://solver.uz/translate.php — Русско-узбекский переводчик.
140
36.
http://library.ziyonet.uz/ — таълим портали
22-MAVZU: ILM MASKANIMIZ HAYOTIDAN
Reja:
1.Sharif shaharda ilm maskanlari.
2.Ilm-fan fidoyilari.
Tayanch tushunchalar:
tarix, Forjaq, Mir Arab, jumhuriyat, Ro'dakiy, dorilfunun,
universitet, Buxoro, Chorjo'y, maorif, institut, Buxoro Pedagogika instituti, Fitrat,
Fayzulla Xo'jayev.
Buxoroi sharifda oliy darajadagi o`quv yurtining tashkil topish tarixi Masjidi Jome
(712-713), Forjaq (VIII asr), Garbiya (1088-1677), Ulugbek (1417), Mir Arab (1535),
Abdulazizxon (1652), Nodir devonbegi, Ko`kaldosh singari madrasalar tarixi bilan
bog`liqdir. 1920-yilgacha Buxoroda 127 madrasa faoliyat ko`rsatgan. Bu madrasalarda
Ismoil al-Buxoriy, Abu Ali ibn Sino, Abu Bakr Narshaxiy, Abduxoliq Gijduvoniy,
Bahouddin Naqshband, Xoja Ismat Buxoriy, A.Donish, S.Ayniy, A.Fitrat singari buyuk
buxoriylar qatorida Sharqning Ro`dakiy, Zamaxshariy, Umar Xayyom, Maxtumquli,
B.Kerboboyev, Muqimiy singari fozil farzandlari ham tahsil olganlar. 1922-yilda
Buxoro Xalq Jumhuriyati qarori bilan Buxoro va Chorjo`yda xalq maorifi instituti
ochildi. Bu — zamonaviy oliy o`quv yurti tashkil etish yo`lidagi dastlabki harakat edi.
F.Xo`jayev va A.Fitrat shu institut negizida dorilfunun tashkil etish g`oyasi bilan
chiqdilar, ammo BXJning tugatilishi bilan bu g`oya amalga oshmay qoldi. 1930-yilga
kelib esa Buxoro pedagogika instituti ochildi. Dastlab uning kimyo-biologiya va tarix-
ijtimoiyot singari ikki bo`limida 45 talaba tahsil olgan. 1935-yilda esa BuxDPI tarkibida
2 yillik o`qituvchilar instituti hamda 5 bo`lim faoliyat ko`rsatdi, keyinchalik bu
bo`limlar fakultetlarga aylantirildi. Institutning oyoqqa turishida A.Fitrat, Miyonbuzruk
Solihov, Muso Saidjonov, B.Cho`ponzoda, I.Kojin, F.Trudakov, P.Korolenko,
N.Merkulovich, V.Abdullayev, G.Yusupov kabi olimlarning xizmatlari katta bo`ldi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida bir qator o`qituvchilar va 47 talaba ko`ngillilar qatorida
urushga ketdi. Bu murakkab davrda talabalarni o`qishga ko`proq jalb etish maqsadida
Qarshi, G`ijduvon va Shofirkonda filiallar ochildi. Hozirgi paytda mustaqil
O`zbekistonning yetakchi oliy o`quv yurtlari darajasiga ko`tarilgan Xorazm, Qarshi va
Termiz davlat universitetlari ilk bor filial sifatida BuxDPI tarkibida ish boshlagan edi.
BuxDPI urushdan keyingi yillarda respublikaning yetakchi ilm maskanlaridan biri
sifatida shuhrat topdi: talabalar soni 1946—1960-yillarda 521 tadan 1575 taga, 1960—
1980-yillarda 7531 taga yetdi; oliygohda turli yillarda M.Mirzayev, Sh.Balavadze,
141
S.Aliyev, M.Abdullayev, V.Mo`minov, N.Jabborov, J.Namozov, H.Nematov,
F.Qosimov, B.Ochilov, R.Vohidov, O.Safarov, A.Atoyev, O.Yoriyev, R.Rahmonov,
K.Zaripov, S.Inoyatov, O.Roziqov kabi fan va maorif fidoyilari faoliyat ko`rsatdilar;
fanning kimyo, fizika, geliotexnika, ixtiologiya, falsafa, tarix, adabiyotshunoslik,
tilshunoslik singari yo`nalishlari rivoj topdi; 1989-yilda esa BuxDPI huzurida
tilshunoslik va adabiyotshunoslik yo`nalishlarida aspirantura ochildi. Institut
respublikaning zamonaviy ilm-fan markazlaridan biriga aylanib, 1981-yilda orden bilan
mukofotlandi.Institut 1992-yilda universitetga aylantirildi.
O`zbеkistоn Rеspublikasi Prеzidеnti I.A.Karimоvning 1992-yil 28-fеvraldagi
Farmоniga asоsan Buхоrо pеdagоgika institutiga Univеrsitеt maqоmi bеrilgach,
imkоniyatlar yanada kеngaydi. Ayni paytda univеrsitеtda 8 ta fakultеt, 43 ta kafеdra va
maхsus sirtqi bo`limi hamda malaka оshirish markazi faоliyat ko`rsatmоqda.
Univеrsitеtda 36 talim yo`nalishi bo`yicha bakalavriat, 22 mutaхassislik bo`yicha
magistratura, 23 mutaхassislik bo`yicha aspirantura va 4 ta yo`nalish bo`yicha
dоktоrantura mavjud.
Hоzirgi kunda univеrsitеtda 8778 talaba tahsil оladi. Bo`lajak mutaхassislarga 36
nafar fan dоktоri va prоfеssоrlar, 161 nafar fan nоmzоdi va dоtsеntlar fan asоslarini
o`rgatib kеlmоqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |