O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi Buxoro davlat universiteti



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/169
Sana14.07.2022
Hajmi1,74 Mb.
#796686
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   169
Bog'liq
fayl 1839 20210916

Internet saytlari 
16.
 
 http://teachyourselfuzbek.com/resources/coursebooks/—Самоучитель 
узбекского языка. 
17.
 
 http://solver.uz/translate.php — Русско-узбекский переводчик. 
18.
 
http://library.ziyonet.uz/ — таълим портали
21-mavzu: O`ZBEKISTONDA OLIY TA'LIM 
Og`zaki nutq: 
Mavzuga oid matnni o`qib tushunish. Matndagi termin va iboralarning ma'nosini 
izohlash. Matnni kengaytirib so`zlab berish.
 
Yozma nutq: 
O`zbekistondagi oliy ta'lim muassasalari haqida ma'lumot tayyorlash. Oliy ta'lim 
muammolariga bag`ishlangan ilmiy maqola yozish. Oliy ta'lim terminlari lug`atini 
tuzish. O`zbekistondagi oliy ta'lim muassasalarining nomlarini qisqartma otlar 
shaklida ifodalash. 
Grammatika:
 


135 
So`zlashuv uslubi va uning xususiyatlari. Shevaga xos so`zlar. 
Reja: 
1.
O`zbekiston Respublikasida ta'lim tizimiga bo`lgan e'tibor 
2.
Yurtimizda uzluksiz ta'lim tizimining yo`lga qo`yilganligi 
3.
O`zbekistonda mavjud oliy ta'lim muassasalari 
Tayanch tushunchalar: 
Ta'lim va tarbiya, maktabgacha ta'lim, boshlang`ich 
ta'lim, o`rta va o`rta maxsus ta'lim, oliy ta'lim, universitet, institut, akademiya, 
konservatoriya. 
O`zbekiston ta`lim tizimi O`zbekiston Respublikasi ta'limi Ta`limning o`z ichiga 
maktabgacha ta'lim, umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limini qamrab oluvchi 
yangi uzluksiz va izchil tizimi barpo etiladi. Oliy kasb-hunar ta`limining bakalavrlar va 
magistrlar tayyorlashni nazarda tutuvchi ikki bosqichli tizimi joriy etiladi. Aspirantura 
va doktorantura faoliyati rivojlanib boradi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta 
tayyorlash bo`yicha raqobat bardosh ta`lim muassasalari vujudga keltiriladi. Ta`lim 
muassasalarini hududiy yo`nalishga o`tkazish va tarkibiy tuzilmasini o`zgartirish ishi 
amalga oshiriladi.
Uzluksiz ta`lim tizimini rivojlantirish va uning samaradorligini baholash 
monitoringi amalga oshiriladi. Uzluksiz ta`lim tizimi uchun pedagog kadrlar tayyorlash 
va qayta tayyorlash ustuvorligi ta`minlanadi. Maktabgacha ta`lim, 6 -7 yoshgacha 
oilada, bolalar bog`chasida va boshqa ta`lim muassasalarida olib boriladi.
Maktabgacha ta`lim muassasalarining asosiy maqsadlari: 
* Bolalarni milliy, umuminsoniy va madaniy qadriyatlar bilan tanishtirish; 
* Bolalarga yuqori ma`naviy va odob-axloq asoslarini shakllantirish; 
*Bolani intellektual rivojlantirish; 
* Bolalarning jismoniy va ruhiy sog`ligini mustahkamlash; 
* Bolalarning shaxsiy qobiliyatlari va iste`dodlarini rivojlantirish.
Boshlang`ich ta`lim (1-4 sinflar), umumiy o`rta ta`lim (1-9 sinflar). Boshlang`ich 
ta`lim O`zbekistonda majburiy, bepul va barchaga taaluqli hisoblanadi. Umumiy o`rta 
ta`lim kerakli bilim hajmi, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, tashkiliy mahorat 
va amaliy tajriba poydevorini qo`yib, boshlang`ich professional yo`nalishni va 
ta`limning keyingi pog`onasini tanlashda ko`maklashadi.
O`rta maxsus kasb-hunar ta'lim. O`rta maxsus kasb-hunar ta`limi kunduzgi 
ko`rinishda ikki yo`nalishda akademik litseylarda va kasb-hunar kollejlarda amalga 
oshiriladi. Kasb-hunar kollejlar va akademik litseylarda kasb-hunar o`rgatilib, malaka 


136 
shakllantiriladi. O`quvchilarning bilimlari, aqliy salohiyatini oshirishga qaratilgan, 
ularning imkoniyatlari va qiziqishlari asosida yo`naltirilgan. O`quv yili ikki semestrdan 
iborat. Kasb-hunar kollejlari uchun mahalliy hokimiyatning bajaruvchi organlari 
tomonidan rivojlangan korxona yoki muassasalardan vasiylar tayinlanadi. Oliy o`quv 
yurtlari qoshida ochiladi.
Oliy ta'lim universitetlar, akademiyalar, institutlar. (Bakalavriat, magistratura). 
Universitet, akademiya, institut oliy va undan keyingi ta`lim uchun ta`limni bir nechta 
yo`nalishda beradi. Ta`lim sohasida belgilangan oliy va oliy ta`limdan so`nggi ta`lim. 
Oliy va oliy ta`limdan keyin o`quv dasturlarini bajarishni ta`lim va fanning ma`lum bir 
me`yorida amalga oshiradi. Turli sohalardagi mutaxassislarning malakasini oshiradi va 
qayta tayyorlaydi. Belgilangan tartibda mutaxassislarning malakasini oshiradi va qayta 
tayyorlaydi. Mutaxassislarni ma`lum bir sohada qayta tayyorlash va malakasini oshirish 
bilan shug`ullanadi. Fanning turli yo`nalishlarida fundamental va amaliy tadqiqotlarni 
olib boradi. Fan, madaniyat, san`at sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqot 
ishlarini olib boradi. Fundamental va amaliy tadqiqot ishlarini olib boradi. Ilm sohasiga 
bog`liq me'todik markaz hisoblanadi. O`z faoliyati doirasida yetakchi ilmiy, me'todik 
markazi hisoblanadi.
O`zbekiston Birinchi Prezident I.A.Karimovning 1992-yil 28-fevraldagi 
“Respublikada yangi oliy o`quv yurtlari tashkil etish to`g`risida”gi Farmoni asosida 
Andijon davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti, Qarshi davlat universiteti, 
Namangan davlat universiteti, Guliston davlat universiteti, Termiz davlat universiteti, 
Urganch davlat universiteti kabi bir necha universitet hamda ularning filiallari ochildi. 
Respublikada bugungi kunda jami 76 oliy o`quv yurti faoliyat ko`rsatmoqda. Shulardan 
3 tasi akademiya, 20 tasi universitet, 37 tasi institut, 1 tasi konservatoriya, 2 tasi oliy 
maktab (texnik, milliy raqs) va 8 ta respublika, chet el oliygohlar filiallari: Toshkent 
tibbiyot akademiyasining Farg`ona va Urganch, Toshkent tibbiyot pediatriya 
institutining Nukus filiallari, Rossiyaning Gubkin nomidagi Neft va gaz universiteti, 
M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti hamda G.Plexanov nomidagi 
Iqtisodiyot akademiyasining Toshkentdagi filiallari. Shuningdek, Singapur menejmenti 
rivojlantirish instituti, Vestminster universiteti, Toshkent shahridagi INHA universiteti 
hamda Turin politexnika universiteti. 

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish