Savollar va topshiriqlar:
1. Zamonaviy ta'lim-tarbiya nima?
2. Harakatlar strategiyasida mamlakatimizni rivojlantirishning besh ustuvor yo`nalishini
aytib bering
2. Qachon maktabgacha ta'lim-tarbiya tizimi uchun muqobil dasturlar ishlab chiqildi?
GRAMMATIKA: TIL VA TERMINOLOGIYA
Reja:
1.
Til va nutq.
2.
Terminologiya — tilshunoslikning eng kichik bo`limi.
3.
Terminlarning o`ziga xos xususiyatlari.
Tayanch tushunchalar:
Terminologiya, til va nutq, ilmiy atamalar, kasbiy
atamalar, valentlik.
Ma'lum sohaga oid maxsus tushunchalarni mantiqan aniq ifodalash uchun
qo`llanadigan so`z yoki so`z birkmalari yig`indisi terminologik (lot. terminus —
“chegara”, logos - “fan” degani)
8
leksika deb ataladi. Terminologik leksikaning birligi
termin (yoki atama) deb yuritiladi. Har qanday termin ma'lum bir terminlar tizimidagina
termin hisoblanadi. Shu bilan u umumxalq leksikasiga mansub bo`lgan so`zdan farq
qiladi.
Terminlar quyidagi xususiyatlarga ega:
8
А.А.Реформатский. Введение в языковедение. М., 1997, стр. 110.
65
1) biror sohaga oid maxsus tushunchani ifodalaydi. Masalan, leksikologiya
termini tilshunoslik sohasiga tegishli bo`lib, tilning lug`at boyligini o`rganadigan bo`lim
tushunchasini ifodalaydi.
2) bitta terminologik tizimda har doim bir ma'noli bo`ladi. Masalan, ot so`zi
atama sifatida faqat so`z turkumi tushunchasini bildiradi (bu so`z “ism”, “hayvon”,
“otmoq”, “ichmoq” ma'nolaridagi so`zlar bilan omonim hisoblanadi).
3) ko`pincha tillararo xususiyatga ega bo`ladi. Masalan, lotin tilidan olingan
respublika termini dunyodagi ko`pgina tillarda bir xil tushunchani ifodalaydi.
4) bir so`z bittadan ortiq sohaga tegishli termin bo`lishi mumkin. Masalan,
valentlik termini kimyo hamda tilshunoslik fanlarida ishlatiladi.
5) asosan ot turkumiga tegishli bo`ladi, boshqa turkumga tegishli bo`lsa, otga
ko`chgan bo`ladi: sintaksis (ot), ishlab chiqarish (harakat nomi otga ko`chgan).
Atamalarni quyidagi me'zonlar bo`yicha tasnif qilish mumkin:
1) qaysi sohaga oidligiga ko`ra:
a) kasb-hunar atamalari ma'lum kasb yoki hunar egalari tomonidan ishlatiladigan
atamalardir. Dunyoda qancha kasb yoki hunar bo`lsa, shularning har biriga xos bo`lgan
atamalar mavjuddir. Ayrim kasblarga oid atamalarga misollar:
- o`qituvchilik: reyting, yillik baho, sinf jurnali, pedkengash, semestr, choraklik
va h.
- duradgorlik: randa, iskana, tesha, bolg`a va h.
b) ilmiy atamalar ma'lum fan-texnika sohasiga mansub tushunchalarni
ifodalaydigan atamalardir. Bunday atamalar tabiiy fanlar, texnika fanlar, ijtimoiy-
gumanitar fanlar, matematik fanlarning barchasida mavjuddir. Masalan:
- kimyo: oksid, sulfat, reaksiya, valentlik, kislorod, vodorod va h.
- matematika: sinus, kosinus, ayniyat, romb, parallelogram, teorema, aksioma va
h.
- mantiq: predikat, subyekt, obyekt, hukm, tushuncha va h.
- kibernetika (yoki komputer texnologiyasi): EHM, axborot, fayl, disk, internet
va h.
2) kelib chiqishiga ko`ra:
a) umumxalq leksikasidan olingan terminlar. Bunda tilning o`zida mavjud
bo`lgan so`zlar termin sifatida maydonga chiqadi. Masalan, tilshunoslikka oid ot, sifat,
son, fe'l, ravish, ko`makchi, bog`lovchi, yuklama, gap, so`z kabi, me'morchilikka oid
66
pardoz, davra, namoyon, o`ymakor, taqsim kabi
9
, temirchilikka oid pesh, tana, yelka,
charxdor, dam kabi
10
atamalar bunga misol bo`la oladi.
b) chet tillardan olingan terminlar. Bunda tilimizga hozirgi paytda aloqa vositasi
hisoblangan chet tillardan olingan atamalar nazarda tutiladi. Masalan, yadro fizikasiga
oid aktivator, barion, diproton, kvant;
11
botanikaga oid azaliya, valeriana, gortenziya,
magnoliya;
12
logopediya faniga oid anamnez, giperkinez, distoniya, patogenez kabi
13
,
zargarlik kasbiga oid parma, bargak, peshxalta, dahanda kabi
14
atamalar shunga misol
bo`la oladi. .
Do'stlaringiz bilan baham: |