207
jihatlarini tadqiq etishda yana tilning milliy xususiyatlarini hisobga olmaslik ham aslo
mumkin bo`lmagan. Demak, me'yor milliylik va tarixiylik mazmunini kasb etadi, necha
yuz, ming yillar davomida shakllangan an'anaviylikka ega bo`ladi. Tildan
foydalanishdagi an'anaviy me'yorlarning davrlar o`tishi bilan o`zgarib, yangilanib turishi
ham tarixiy jarayondir. Til me'yorini belgilash muammolarini hal qilish har bir milliy til
madaniyatini rivojlantirishning uzviy qismiga aylanadi. Shuning uchun ham me'yor
masalalarining nutq madaniyati doirasida o`rganilishi bejiz emas.
Tildagi me'yoriy muammolarni, qiyinchiliklarni qisqa muddatda hal qilishning
imkoni yo`q. Til elementlarining ma'lum bir me'yorga
keltirilishi, bir tomondan, til
mutaxassislari tomonidan boshqarib borilsa, ikkinchi tomondan, tabiiy ravishda ham
yuz beradi. Ammo, fikrimizcha, bir narsa ma'lum - tilning amalda bo`lish holatlariga
tazyiq o`tkazib bo`lmaydi. Lekin tegishli yo`l-yo`riqlar, ko`rsatmalar, tavsiyalar berib
borilishi zarur.Imlo va talaffuz qoidalari asosida yozish va so`zlashni xalqimiz orasida
ommalashtirish, bu qoidalarni lug'atlar shaklida mustahkamlash, har bir sohada ham
tildan foydalanish me'yorlarini belgilash bugunning dolzarb vazifalaridan bo`lib
qolmoqda. Xalqimizning nutq madaniyatini yanada
yuksaltirish masalasi ham
muhimligicha turibdi. Chunki milliy istiqlol g'oyasi talablarini to`la bajarish,
yurtdoshlarimizni ma'naviy yangilanish va islohotlar jarayonining faol ishtirokchisiga
aylantirish, yoshlarimizni erkin, yangicha fikrlashga o`rgatishga til madaniyatisiz erishib
bo`lmaydi.
Til birliklarini me'yorlashtirish, hamma uchun umumiy va tushunarli bo`lgan bir
qolipga keltirish umuman tilshunoslikning vazifasi sanaladi.
Nutq madaniyati tilda
ma'lum me'yorda keltirilgan til birliklarining nutqda qo`llanish shart-sharoitlarini,
qonuniyatlarini nazariy jihatdan asoslaydi hamda bu me'yorga amal qilishni ma'lum
ma'noda nazorat ham qilib boradi. Nutqdagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilinib, bu
kamchiliklarni tugatishning eng maqul yo`llari ko`rsatib turiladi.
O`zbek adabiy tili me'yorlari ilmiy asarlarda quyidagicha tasnif qilinadi:
1. Leksik-semantik me'yor.
2. Talaffuz (orfoepik) me'yori.
3. Yozuv (grafika) me'yori.
4. Fonetik me'yor.
5. Aksentologik (urguni to`gri qo`llash) me'yor.
6. Grammatik (morfologik va sintaktik) me'yor.
7. So`z yasalish me'yori.
8. Imloviy me'yor.
208
9. Uslubiy me'yor.
10. Punktuasion me'yor.
Adabiy me'yorning og'zaki va yozma ko`rinishlari mavjud bo`lib, og'zaki adabiy
me'yorning rivojlanishiga xalq qiziqchilari, askiyachilari, latifago`y xalq shoir-baxshilari
katta hissa qo`shsalar, yozma adabiy me'yorning shakllanishida
belgilangan yozuv
shakli asosida yozib qoldiradigan yozma adabiyotning xizmati cheksizdir. Umuman
olganda, adabiy til me'yorini o`rganish yangi hodisa emas. Til me'yori va adabiy me'yor
muammo sifatida nutq madaniyati ilmiy soha deb tan olinganga qadar ham o`rganib
kelingan. Adabiy til me'yori, uning shakllanish, rivojlanish, stabillashuv qonuniyatlari -
nutq madaniyati sohasining tekshirish obyekti hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: