Savol va topshiriqlar:
1.”Hayotimda ustozning o`rni” mavzusida ijodiy ish yozing.
2.Ustoz haqida she'riy matnni yoddan aytib bering.
3.Bugungi kunda yurtimizda ustozlarga bo`lgan e'tibor haqida malumot bering.
GRAMMATIKA: MONOLOGIK MATN. MONOLOGIK MATNDA
MAZMUN IZCHILLIGI VA OHANG.
Reja:
1.Matn va uning ko`rinishlari.
2.Monologik matn va uning xususiyatlari.
3.Monologik matnda mazmun izchilligi va ohang.
Tayanch tushunchalar:
matn, tinglovchi, so`zlovchi, voqelik, nutqiy butunlik,
og`zaki yoki yozma nutq, suhbatdosh, ruhiy kechinma, voqelikka munosabat, estetik
maqsad
Ma'lum voqelik haqida tasavvur (malumot) beradigan bir yoki bir necha sintaktik
birliklardan tashkil topgan nutqiy butunlik matn hisoblanadi.Matn og`zaki yoki yozma
nutqqa xos bo`lishidan qati nazar, ikki xil ko`rinishda bo`ladi: dialogik va monologik.
Dialogik matn ikki va undan ortiq suhbatdoshning turlicha mazmundagi fikr-
axbarot almashinuvidan iborat. Ikki kishi o`rtasidagi dialogik nutq savol-javob,
buyruq-javob, xabar-e'tiroz kabi mazmunlarni ifodalab, fikr xususidagi tasdiq yoki
inkorni, ziddiyat yoki munozarani bildiradi. Ko`p kishilik dialoglarda suhbat mavzusi
158
savol-javobdan iborat bo`lmay, o`rtaga tashlangan savol, taklif davat, biror xabar va
dalillar bilan xulosalanadi.
Dialogik matn tarkibida so`roq olmoshlari, muomala odobiga oid so`z va iboralar,
yuklamalar,undovlar, kirish so`zlar keng qo`llaniladi. Bunday matndagi gaplar, asosan,
sodda gaplardan tashkil topadi, sodda gaplarning bir tarkibli turlari, to`liqsiz gaplar,
so`z gaplar faol ishlatiladi. Dialogik matn so`zlashuv uslubi va badiiy uslubga xosdir.
Monologik matn so`zlovchining o`z o`ziga yoki boshqalarga qaratilgan nutqi
bo`lib, o`z ruhiy kechinmalari, voqelikka munosabati o`ziga xos ohang bilan
ifodalashga xizmat qiladi. Bunday matn tavsifiy matn tarkibiga kirsada, badiiy uslub
xususiyatlarini o`zida namoyon etishi, hissiy ifoda tarzi va muhimi, ijtimoiy estetik
maqsadi bilan ajralib turadi.
Monologik matnda tilning barcha tasviriy vositalari, so`z-gaplar, kiritma, undov
va undalmalar, sodda uyushiq bo`lakli va ritorik so`roq gaplar faol ishlatiladi.
So`zlovchining fikr mulohaza va shaxsiy kechinmalari I shaxs nomidan bayon qilinadi.
Og`zaki nutqda monologik matn ohang, urg`u, to`xtam, ritm, tovush surati kabi fonetik
hodisalarni kuchli ifodalovchi nutq ko`rinishlari sanaladi.
Monologik matnga misol:
Ma'lumki, san'at, shu jumladan, so`z sanati-adabiyot ham kishilarning ongiga his
orqali, yurak orqali tasir qiladi. Adabiyot biron ijtimoiy hodisaning yaxshi yoki yomon
ekanligini faktlar, raqamlar bilan isbot qilib, xulosa chiqarmaydi; uning yaxshi yoki
yomon ekanligini ko`rsatib kishilarda shu hodisaga nisbatan muhabbat yoki nafrat hissi
tug`diradi. Biron hodisaning yaxshi yoki yomon ekanligini bildirish bilan unga nisbatan
nafrat yoki muhabbat hissi tug`dirish orasida juda katta farq bor. Bilgan kishi bilib
qo`ya berishi mumkin,lekin his qilgan kishi his qilib qo`ya bermaydi. Adabiyotning zo`r
tashviqiy kuchi ham mana shundan iborat.
Bundan ma'lum bo`ladiki, yozuvchi biron hodisaga o`quvchida muhabbat yoki
nafrat hissi qo`zg`atish uchun avval o`sha his o`zida bo`lishi kerak. (A.Qahhor)
Monologik matn tavsifiy matn tarkibiga kirsada undan farq qiladigan tomonlari
mavjud. Tavsifiy matn so`zlovchi yoki yozuvchi tomonidan bayon etilgan voqea
hodisa,narsa yoki shaxs tasviri, tavsifi yoxud xabar, malumot bayonidir. Maqola, insho
ham tavsifiy matnning bir turi sanaladi.
Ma'lum voqea-hodisalarga, narsa va shaxslarga oid fikr mulohaza bildirish, ularni
badiiy tasviriy vositalar yoki dalillar bilan ta'riflash, izohlash isbotlash, asosan, tavsifiy
matnga xos xususiyatlardan. Shuning uchun bunday matnda belgi xususiyatni
159
ifodalovchi so`zlar, atamalar, modal so`zlar, fe'lning funksional shakllari, ravishlar faol
qo`llaniladi.
Tavsifiy matn yaratishda uyushiq bo`laklar, ajratilgan gap bo`laklari, atov gaplar,
qo`shma gap ko`rinishlaridan keng foydalaniladi. Tavsifiy matn ilmiy, publitsistik,
rasmiy-idoraviy, shuningdek, badiiy uslubga xosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |