Internet saytlari
106
1.
http://teachyourselfuzbek.com/resources/coursebooks/—Самоучитель
узбекского языка.
2.
http://solver.uz/translate.php — Русско-узбекский переводчик.
3.
http://library.ziyonet.uz/ — таълим портали
16-MAVZU: XXI ASRDA INNOVATSIYALAR
Og`zaki nutq:
Mavzuga oid matnni o`qib tushunish. Matndagi termin va iboralarning manosini
izohlash. Turli sohalarga oid innovatsiyalar haqida gapirib berish.
Yozma nutq:
“Zamondoshlarimizning kashfiyotlari” mavzusida taqdimot tayyorlash. Kasb sohasidagi
innovatsiyalar haqida ma'lumot tayyorlash. Sohada qo`llanadigan baynalmilal so`zlar
lug`atini tuzish.
Grammatika:
Ilmiy uslub va uning xususiyatlari.
Reja:
1.
Innovatsiya haqida tushuncha.
2.
Global taraqqiyotda innovatsion g`oyalarning o`rni.
3.
Innovatsiyalarda yoshlarning faolligi
Tayanch tushunchalar
: Global taraqqiyot, innovatsiya, ijtimoiy innovatsiyalar,
axborot texnologiyalari, internet ma'lumotlari, yoshlar faolligi, innovatsion ixtirolar.
Bugungi global taraqqiyot sharoitida axborot texnologiyalari ahamiyatini
oshirishning yanada zamonaviy, innovatsion usullarini izlab topish, axborotlashtirish
jarayoniga har tomonlama ko`maklashish, ularni hayotga keng joriy etish davlat
faoliyatining muhim strategik yo`nalishlaridan biriga aylanmoqda. Barcha sohalarda
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal qo`llash, mazkur tarmoqni zamon
talablariga mos ravishda rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Xususan, muzeylar
sohasida ham hozirgi kunning ilg`or axborot texnologiyalari yutuqlaridan foydalangan
holda yangi yo`nalishlarda ish olib borish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining o`sish suratlari dunyo hamjamiyati
tomonidan yuksak etirof etilmoqda. Bu bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich
o`tishning puxta o`ylangan strategiyasi, ayni paytda ilm-fanni rivojlantirish, ta'lim
sohasini isloh etish, ilmiy va innovatsion faoliyatni har tomonlama qo`llab-quvvatlashga
qaratilgan keng ko`lamli islohotlar samarasidir.O`zbekiston yoshlari -kelajagimiz
tayanchi. Shunday ekan, mustaqillik yillari davrida zamon va xalqaro talablarga javob
107
beradigan milliy talim tizimining yaratilgani mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy
shartlaridan biri deb hisoblanadi. Darhaqiqat, mamlakatimiz kuchli davlatdan kuchli
fuqarolik jamiyatiga o`tish, iqtisodiyotni bozor munosabatlari asosida barpo etishi
hamda dunyoning rivojlangan davlatlari qatoridan yuqori o`rinni egallash borasida
izchillik bilan olib borayotgan sa'y-harakatlarining asosiy kuch-qudrati - kadrlarning
intellektual salohiyati, qobiliyatlariga har tomonlama bog`liq. O`zbekiston yoshlarining
ilmiy va aqliy salohiyati, chuqur va teran tafakkuri, boy ma'naviyati, keng
dunyoqarashi, vatanparvarlik ruhi asosida, erkin shaxs sifatida o`zining barqaror
hayotiy pozitsiyasiga ega bo`lishi, el-yurt taraqqiyoti va uning yorqin kelajagi uchun o`z
fuqarolik burchi mas'uliyatini his qilib, anglashi-taraqqiyot negizi.
Milliy g`oyamiz - milliy istiqlol g`oyasi yo`lida hatto jonini berishga tayyor, o`z
ona Vatanini asrab-avaylab, unda erkin va farovon hayotni taminlay oladigan kelajagi
porloq, barkamol va axloqiy kamoloti, ma'naviyati yetuk avlodni tarbiyalashga
erishishimiz zarur. Olimlarning takidlashicha, informatsion yoki psixologik xurujlar ikki
muhim obyektga zarba berishni maqsad qilib qo`yadi. Bu, birinchidan, kompyuterlar va
ma'lumotlar tizimidir, chunki bugun hayotni axborot texnologiyalarisiz, internetsiz
tasavvur qilish qiyin. Ikkinchidan, har birimizning individual ongimiz hamda
barchamizga xos bo`lgan va biz amal qiladigan ijtimoiy xatti-harakat normalariga tasir
alohida e'tiborga olinadi. Ma'lumotlar asri bo`lgan XXI asrda psixologik urush va
informatsion xurujlar ham ayrim geosiyosiy kuchlar qo`lida o`z gegemonligini
o`tkazishning o`ziga yarasha tasir vositasi bo`lib bormoqda. Ular aksariyat hollarda
yoshlar auditoriyasiga qaratilgan, chunki bunday urushning mohiyati raqibni oson yo`l
bilan, qarshiliksiz yengishdir. Yani, ma'lumotlar oqimi shunday yetkaziladiki,
ma'lumotni qabul qiluvchi shaxs qarshilik ko`rsatish bemani ish ekanligiga ishonib
qoladi. Bundan tashqari, ommaviy axborot vositalari orqali ataylab qarama-qarshi
xarakterdagi ma'lumotlar poyma-poy beriladiki, bu ham oxir-oqibat odamlarning
ma'naviy idroki susayishiga olib keladi.
Demak, bu harakatlarning barchasi tinglovchi, tomoshabin yoki o`quvchining
fikrini o`zgartirishga qaratilgandir. Dunyoqarashimizga hamohang tarzda shakllanib
borayotgan amaliy xatti-harakatlarimizda yangiliklar shu qadar ko`pki,ularni oxirgi
paytda ijtimoiy innovatsiyalar tushunchasi orqali izohlamoqdamiz. Ijtimoiy
innovatsiyalar - bu inson aqli va kuchi, ma'naviy dunyosini mutanosibligi sharoitida
uning mohiyatini saqlash, himoya qilish, takomillashtirish, samaradorligiga erishish
yo`llarini ko`rsatuvchi qarashlar majmui bo`lib, u bugungi kunda har birimizningturli
tashqi va ichki manaviy tazyiqlardan himoyalanishimiz -ning kafolatlarini belgilaydi.
108
O`zbekiston ekologiyasini yaxshilash uchun, mamlakatimizdagi iqtisodiy ahvolni
yaxshilash, ekologik tanazzulning oldini olish uchun xalqimiz orasida qadimda ma`lum
bo`lgan ekologik madaniyatni tiklashimiz, tarixni yaxshilab o`rganishimiz hamda undan
hozirgi sharoitda foydalanish imkoniyatlarini qidirib topishimiz kerak. Inson faoliyati
ta`sirida biosferaning o`zgarishi juda tezlik bilan bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |