O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi Buxoro davlat universiteti



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/169
Sana14.07.2022
Hajmi1,74 Mb.
#796686
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   169
Bog'liq
fayl 1839 20210916

Internet saytlari 
1.
 http://teachyourselfuzbek.com/resources/coursebooks/—Самоучитель 
узбекского языка. 
2.
 http://solver.uz/translate.php — Русско-узбекский переводчик. 
3.
http://library.ziyonet.uz/ — таълим портали
 
 
9-MAVZU: ZAMONAVIY DUNYODA TA'LIM 
Og`zaki nutq: 
Mavzuga oid matnni o`qib tushunish. Matndagi termin va iboralarning ma'nosini 
izohlash. Matnni reja asosida so`zlab berish. 
Yozma nutq: 


63 
Turli mamlakatlarning ta'lim tizimlari haqida ma'lumot tayyorlash. Chet ellik talabalar 
hayoti aks ettirilgan badiiy asar yoki film haqidagi taassurotlarni yozish. Turli ta'lim 
muassasalari haqida polilog tuzish va uni inssenirovka qilish. 
Grammatika:
Til va terminologiya. 
Reja: 
1.
Ta'lim — dolzarb masalasi. 
2.
Zamonaviy ta'lim. 
3.
Ta'lim va tarbiya uzviyligi. 
Tayanch tushunchalar
: Harakatlar strategiyasi, ta'lim va tarbiya, zamonaviy 
ta'lim, ta"lim texnologiyasi, yoshlar shijoati, barkamol avlod 
Zamonaviy ta'lim-tarbiya — jamiyat taraqqiyotining muhim asosi. Istiqlol 
yillarida mamlakatimizda talim tizimi tubdan isloh etilib, ertangi kunimizning munosib 
davomchilari bo`lgan barkamol avlodni voyaga yetkazishga alohida e'tibor 
qaratilmoqda. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida qabul qilingan 
sohaga oid qonunlar, farmonlar, davlat dasturlariga binoan ko`plab ta'lim muassasalari 
yangidan qurildi, tamirlandi, eng zamonaviy o`quv anjomlari bilan taminlandi. 2017-
yilda ilg`or xorijiy mamlakatlar tajribasidan foydalangan holda maktabgacha ta'lim-
tarbiya tizimi uchun muqobil dasturlar ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq qilindi. 
Yangilangan dasturlar bolalarni maktabga yanada sifatli tayyorlashga, ularning 
intellektual qobiliyati va mantiqiy fikrlash salohiyatini yuksaltirishga, oldingidan farqli 
ravishda yozish va o`qishni yanada yaxshiroq o`rganishiga xizmat qiladi. Fan va texnika 
yutuqlarini, zamonaviy axborot texnologiyalari yangiliklarini inobatga olgan holda 
umumta'lim maktablari va o`rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari uchun 18 
umumta'lim fanidan davlat ta'lim standartlari va o`quv dasturlari takomillashtirildi. 
Ushbu davlat ta'lim standartlari asosida bosqichma-bosqich darslik va o`quv-metodik 
majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish ko`zda tutilmoqda. Davlat ta'lim 
standartlari va o`quv dasturlarini takomillashtirishda umume'tirof etilgan xalqaro 
me'yorlardan keng foydalaniladi. Ta'lim mazmuni umumiy o`rta ta'limning o`quv 
dasturlariga kiritilgan mavzular asosida ta'limning barcha turlarida uzviylik, uzluksizlik 
va davriylikni taminlaydi. 
Harakatlar strategiyasida mamlakatimizni rivojlantirishning besh ustuvor 
yo`nalishi — davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, qonun ustuvorligini 
ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada islohqilish, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish 
va liberallashtirish, ijtimoiy sohani taraqqiy ettirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va 


64 
diniy bag`rikenglikni ta'minlash, chuqur o`ylangan, o`zaro manfaatli va amaliy ruhdagi 
tashqi siyosat yuritish bo`yicha aniq, hayotiy islohotlar, ularni amalga oshirish 
mexanizmlari belgilab berilgan. Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yo`nalishdan 
to`rtinchisi ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan. Aholi farovonligini ta'minlash, 
bandlik, salomatlikni muhofaza qilish, uy-joy masalalari qatoridan ta'lim-tarbiya tizimini 
taraqqiy ettirish masalasi ham o`rin olgan. Farmonga binoan ta'lim va ilm-fan sohasini 
yanada rivojlantirish borasida kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Bunda xalq 
ta'limi tizimida keng islohotlarni amalga oshirish orqali ta'lim-tarbiya sifatini oshirish, 
yangi maktab binolari barpo etish, rekonstruksiya qilish, kapital ta'mirlash, ularni 
zamonaviy o`quv-laboratoriya uskunalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va 
o`quv-metodik qo`llanmalar bilan to`liq taminlash kabi qator masalalar amalga 
oshirilishi ko`zda tutilgan. Umumiy o`rta ta'lim sifatini tubdan oshirishda qator fanlar, 
jumladan, chet tillar, matematika, fizika, informatika, kimyo, biologiya fanlarini 
chuqurlashtirilgan tarzda o`qitishga alohida e'tibor qaratiladi.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish