O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi Buxoro davlat universiteti



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/169
Sana14.07.2022
Hajmi1,74 Mb.
#796686
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   169
Bog'liq
fayl 1839 20210916

Alisher Navoiy (1441-1501) 
«... Bu ulug` amir din-u davlat homiysi, shariat hamda millatning pushti 
panohidir» (Davlatshoh Samarqandiy). 
«Aning nazmi vasfida til qosir va bayon ojizturur» (Husayn Boyqaro). 
«...turkiy tilda hech kim Navoiydek ko`p va xo`p sher aytmagan hamda nazm 
gavharlarini sochmagan edi» (A.Jomiy «Bahoriston» dan) 
«Undan avval va undan keyin hech kim turkiy tilda sherni undan ko`proq va 
undan yuksakroq yozolgan emas. U forsiy sherni ham ko`p yozgan». (Muhammad 
Haydar Mirzo «Tarixi Rashidiy» dan). 


40 
Alisher Navoiy (taxallusi; asl ismi Nizomiddin Mir Alisher) (1441.9.2. — Hirot 
— 1501.3.1) — buyuk o`zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi. Alisher Navoiyning ota 
tomondan bobosi Amir Temurning Umar Shayx ismli o`g`li bilan ko`kaldosh 
(emikdosh) bo`lib, keyinchalik Umar Shayx va Shohruxning xizmatida bo`lgan. Otasi 
G`iyosiddin Bahodir esa Abulqosim Boburning yaqinlaridan; mamlakatni idora etishda 
ishtirok etgan. Onasi (ismi nomalum) Kobul amirzodalaridan Shayx Abusaid Changning 
qizi. Alisher Navoiyning bolaligi Shohrux hukmronligining so`nggi yillariga to`g`ri 
kelgan. U temuriyzodalar, xususan bo`lajak podshoh Husayn Boyqaro bilan birga 
tarbiyalangan. 4 yoshida maktabga borib, tez savod chiqarib, turkiy va forsiy tildagi 
sherlarni o`qib, yod ola boshlagan. O`zbek tili bilan bir qatorda forsiy tilni ham 
mukammal egallagan. 1447-yil 12-martda mamlakat podshohi Shohrux vafot etgach, 
taxtga davogarlar orasida o`zaro kurash boshlanadi. Urush-janjallar ko`p kishilarni 
Xurosondan turli tomonga ko`chib ketishga majbur etdi. Alisher Navoiylar oilasi o`z 
tinchligini ko`zlab, Iroqqa ko`chishdi (1449). Taft shahrida Alisher mashhur 
«Zafarnoma» tarixiy asari muallifi, shoir Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashadi. Bu 
uchrashuv bolada yorqin taassurot qoldiradi. G`iyosiddin Bahodir oilasi Hirotga, qariyb 
ikki yil muddat o`tgach qaytadi. Abulqosim Bobur G`iyosiddin Bahodirni Sabzavor 
shahriga hokim qilib tayinladi. Alisher Navoiy Hirotda qolib o`qishni davom ettirdi. 
Alisher Navoiy sheriyatga g`oyat qiziqdi, Sharq adabiyotini qunt bilan o`rgandi. Oila 
muhiti bolaligidayoq unda adabiyotga zo`r havas tug`dirgan edi. Tog`alari Mirsaid — 
Kobuliy, Muhammad Ali — G`aribiy yetuk shoir edilar. Alisher Navoiylar uyida 
shoirlar tez-tez to`planishib, mushoira qilishar, adabiyot va sanat haqida suhbatlashar 
edilar. Alisher Navoiy 10-12 yoshlaridan sher yoza boshlagan. Tarixchi Xondamirning 
yozishicha, yosh Alisher Navoiyning istedodidan mamnun bo`lgan mavlono Lutfiy, 
uning “Orazin yopqoch, ko`zumdan sochilur har lahza yosh, Bo`ylakim, paydo bo`lur 
yulduz, nihon bo`lg`ach quyosh” matlali g`azalini tinglab: «Agar muyassar bo`lsa edi, 
o`zimning o`n-o`n ikki ming forsiy va turkiy baytimni shu g`azalga almashtirardim...» 
degan. Alisher Navoiy 15 yoshida shoir sifatida keng tanilgan. Sherlarini turkiy 
(Navoiy taxallusi bilan) va forsiy (Foniy taxallusi bilan) tillarida yozgan. 

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish