O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi Buxoro davlat universiteti



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/169
Sana14.07.2022
Hajmi1,74 Mb.
#796686
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   169
Bog'liq
fayl 1839 20210916

Savol va topshiriqlar: 
1.
Milliy qadriyatlar qanday tushuncha ? 
2.
Milliy ma'naviy me'ros qanday me'ros ? 
3.
«Qadriyat» tushunchasi qanday tushuncha? 
 
GRAMMATIKA: O`ZBEK TILIDA SO`Z YASALISHI 
Reja: 
1.
So`z yasalishi — tilshunoslik bo`limi sifatida. 
2.
Yetakchi va ko`makchi morfema. 
3.
So`z yasalish usullari. 
Tayanch tushunchalar
: so`z yasalishi, affiks, suffiks, asos, yetakchi morfema, 
ko`makchi morfema, morf, affiksatsiya, kompozitsiya, sintaktik usul. 
So`z yasalishi tilshunoslikning mustaqil sohalaridan biri bo`lib, u yangi ma'noli 
so`z yasalishi, so`z yasash usullari, so`z yasalishiga aloqador bo`lgan hodisalarni 
o`rganadi. «So`z yasalishi» atamasi ikki xil hodisaga nisbatan qo`llanadi: 1)
tilshunoslikning so`z yasalishi bilan bog`liq hodisalarni tekshiruvchi bo`limini; 2) 
umuman so`z yasalishi, so`z hosil qilinishini bildiradi. 
Nutqda so`zlar tub yoki yasama shaklda qo`llanadi. Yasovchi affikslarga yoki 
yasovchi qismlarga ega bo`lmagan so`z tub so`z deyiladi: inson, xalq, millat, suv, non, 
havo, yaxshi, ziyrak, xursand, besh, o`n, yigirma, biz, hamma, bazi, bormoq, kelmoq, 
o`qimoq, sekin, birga, hozir va h.k. Tilda mavjud usullar bilan yangi hosil qilingan so`z 


26 
yasama so`z deb yuritiladi. Masalan, tinchlik, bog`bon, gulzor, jonlan, birlash, ko`kar, 
sezgir, zavqli so`zlari o`zakka yasovchi affikslar (-lik, -bon, -zor, -lan, -lash, -ar, -gir, -
li) qo`shish usuli bilan yasalgan bo`lsa, Dilorom, Durbek, Oqtepa, bilakuzuk, 
sohibjamol, sofdil, erksevar so`zlari so`zlarni yoki so`z shakllarini qo`shish, biriktirish 
usuli bilan hosil qilingan. 
Tilda mavjud bo`lgan so`z (yoki so`zlar, so`z shakllar negizida ma'lum usullar 
bilan yangi ma'nodagi so`zlarni hosil qilish so`z yasalishi deyiladi. O`zbek tilida so`z 
yasalishining affiksatsiya, kompozitsiya, fonetik, semantik, abbreviatsiya kabi usullari 
bo`lib, shulardan affiksatsiya va kompozitsiya usullari asosiy va yetakchi usullar 
hisoblanadi. 
Affiksatsiya usuli. So`zga so`z yasovchi affiks qo`shish bilan yangi so`z hosil 
qilish affiksatsiya usuli deyiladi. Masalan, Paxtakor, sinfdosh, quvonch, do`stlik, ochiq, 
tirishqoq, serjilo, ilmiy, o`yla, kengay, shodlan, tinchi, tasodifan, oqilona, ko`pincha, 
ertalab va boshqalar. 
So`z yasovchi affikslar o`zbek tilida asosan suffiks tarzida qo`llanib, so`z 
o`zagidan so`ng qo`shilib keladi. Ba'zan bunday affikslar o`zak oldiga prefiks tarzida 
qo`shilib, yangi ma'nodagi so`z yasashi mumkin. Masalan, serhosil, serunum, badavlat, 
bamani, beminnat, beg`araz, noo`rin, nohaq, badfe'l, badbashara va h.k. O`zbek tilida 
so`z yasovchi affikslardan tashqari, o`z xususiyatlari bilan affikslarga juda yaqin 
turadigan xona, noma, obod kabi so`z-affikslar ham mavjud. Bunday so`z-affikslar 
tilshunoslikda affiksoidlar deb ham yuritiladi: ishxona, mehmonxona, oshxona, 
qabulxona, tabriknoma, Xalqobod, Yangiobod. 
Kompozitsiya usuli. Birdan ortiq mustaqil ma'noli so`z yoki so`z shakllarining 
qo`shiluvi, birikuvi orqali yangi so`z yasash kompozitsiya usuli bilan so`z yasash 
deyiladi. Bu usul bilan qo`shma, ayrim juft so`zlar hosil qilinadi. Masalan, guldasta, 
gultojixo`roz, asalari, tomorqa, xushfe'l, rahmdil, olijanob, hozirjavob, havorang, e'lon 
qilmoq, rad etmoq, olib kelmoq, olib chiqmoq, har gal, yonma-yon, zo`r-bazo`r, ketma-
ket va b. 
Fonetik usul. Bu usulga ko`ra, so`zda fonetik o`zgarish yuz berib, yangi so`z hosil 
qilinadi. Chunonchi, so`z urg`usining o`rnini almashtirish natijasida boshqa-boshqa so`z 
turkumiga doir so`zlar hosil bo`lishi mumkin: yo`zma — fe'l, yozma — sifat, suzma — 
fe'l, suzma — ot, fizik — ot, fizik — sifat, akademik — ot, akademik — sifat va b. 
Semantik usul. Bu usulga binoan, so`z ma'nosida o`zgarish ro`y berib, ma'nosi 
boshqa-boshqa, shaklan o`xshash yangi so`z hosil bo`ladi: kun — sutkaning yorug` 


27 
qismi, kun - quyosh, planeta; ko`k — osmon, ko`k - havorangga o`xshash rang, bir — 
son, birga, birdan, birda — ravish. 
Fonetik va semantik usul hozirgi o`zbek tili nuqtai nazaridan nofaol tarixiy so`z 
yasash usullari deb qaraladi. 
Abbreviatsiya usuli. Bu usulga ko`ra, bir butun holda qo`llanadigan to`g`ri ma'noli 
turg`un birikmalarning qismlari har xil yo`l bilan qisqartirilib so`z hosil qilinadi. Bu usul 
rus tilidan kirgan bo`lib, qisqartma otlar shu usulda yasaladi: BMT — Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti, MDH - Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi, ATS — Avtomatik 
telefon stantsiyasi, ToshMI — Toshkent Meditsina instituti, filfak — filologiya 
fakulteti, akademlitsey — akademik litsey, peduniversitet — pedagogika universiteti va 
b. 
Grammatika — tilning grammatik qurilishini o`rganuvchi tilshunoslikning bo`limi. 
Grammatika so`zlarning gapda o`zgarishi va ularning o`zaro birikib, so`z birikmasi, gap 
hosil qilishi haqidagi qoidalar to`plamidir. 
Grammatika ikki qismdan: morfologiya va sintaksisdan iborat. Morfologiyada so`z 
turkumlari va ularga xos bo`lgan shakllar haqida baxs yuritilsa, sintaksisda so`zlarning 
bir-biri bilan bog`lanib, gap, so`z birikmasi hosil qilishi tekshiriladi. 
Ko`rinadiki, grammatika ham leksikologiya singari so`zni o`rganadi. Ammo 
leksikologiya leksik so`zni — leksemani o`rgansa, grammatika grammatik so`zni — 
so`zning shaklini, so`z shaklini tekshiradi. 

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish