O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti «Fizika – matematika»



Download 0,99 Mb.
bet15/25
Sana10.07.2022
Hajmi0,99 Mb.
#767803
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
Bog'liq
TA’lim vazirligi buxoro davlat universiteti «Fizika – matematika

Triatsilglitserinlarning (triglitseridlarning) kristallik modifikatsiyalari (polimorfizmi). Atsilglitserinlar polimorf birikmalardir. Ularning polimorfizmi monotrop bo`lib, hali unchalik yaxshi o`rganilmagan.
T.Malkin rengenostruktura analizlariga asosan triglitseridlarning, jumladan, tristearinning -, -, va - polimorf modifikatsiyalarda bo`lishi mumkinligini aniqladi. Bulardan suyultirilgan tristearinni tez sovutilganda shishasimon - modifikatsiyasi hosil bo`ladi. Uning rentgenogrammasida katta interval (d001) ko`rinmaydi, qolgan uchta modifikatsiyaning esa katta intervali mavjud bo`lib, ular kristallik tuzilishga ega. Ammo bu uch modifikatsiyadan ham - va 1- modifikatsiyalar nostabildir (turg`un emas). Turg`un - modifikatsiyaning suyuqlanish harorati eng yuqoridir.
Turli polimorf modifikatsiyalardagi triglitseridlarning kristallari bir-biridan yog` kislotalari atsillarining chekka guruhlar tekisligiga nisbatan qiyalik burchagi bilan farq qiladi. - va 1- modifikatsiyadagi kristallarda bu burchak odatda =650 ni tashkil etadi. Suyuqlanish harorati past bo`lgan -modifikatsiyadagi kristallarda yog` kislotalari atsillari chekka guruhlar tekisligiga nisbatan perpendikulyar joylashgan bo`ladi.
Qo`sh sonli uglerod atomlaridan tashkil topgan yog` kislotalari bo`lgan triglitseridlar uchta polimorf modifikatsiya hosil qila oladi, tog` sonli uglerod atomlaridan tashkil topganlari esa to`rtta polimorf modifikatsiya hosil qila oladi. -modifikatsiyadagi triglitseridlarda kislota atsillari vertikal o`q atrofiga erkin aylana oladi, -modifikatsiyada esa atsillar ma`lum tartibda joylashgan (fiksatsiyalangan).
S

uyultirilgan triglitseridlarni sovutib qotirilganda, sovutish tempiga qarab, birinchi navbatda turli modifikatsiyalar hosil bo`ladi. Tez sovutilganda odatda birinchi navbatda - modifikatsiya hosil bo`ladi. Juda sekinlik bilan sovutilganda esa birinchi navbatda - modifikatsiya ham hosil bo`lishi mumkin. 1- modifikatsiya esa asosan - modifikatsiyadan hosil bo`ladi. 1- modifikatsiya­ning - modifikatsiyaga aylanishi juda tez sodir bo`ladi. Bundan tashqari - modifikatsiya glitseridlarni erituvchilardan kristallizatsiyalab olishda ham hosil bo`ladi.


- modifikatsiyaning - modifikatsiyaga aylanishi qizdirilganda tez amalga oshadi. Tog` sonli uglerod atomlaridan iborat yog` kislotalaridan tashkil topgan glitseridlarda polimorf o`zgarishlar juft sonlilariga nisbatan sekinroq amalga oshadi.
- modifikatsiyaning turg`unligi (stabilligi) glitseridlarda yog` kislotalari molekulyar massasi oshishi bilan birga oshadi. Shisha kapillyarlarda glitseridlarni juda tez sovutilganda ham -modifikatsiya hosil bo`ladi.
Adabiyotlarda ko`rsatilishicha monoglitseridlar uchta polimorf modifikatsiya hosil qiladi. Unchalik yuqori molekulyar bo`lmagan diglitseridlar ham uchta poli­morf modifikatsiya hosil qiladi. Yuqori molekulyar yog` kislotalaridan iborat diglitseridlar esa faqat - va - polimorf modifikatsiyalar hosil qiladi.
Atsilglitserinlarning (glitseridlarning) fizikaviy xossalari.
Glitseridlarning fizikaviy xossalari eng avvalo yog` kislotalarining tarkibi va strukturasiga bog`liq bo`ladi. Har xil yog` kislotalaridan tashkil topgan glitseridlarning fizikaviy xossalariga ushbu yog` kislotalari qoldiqlari­ning (atsillarning) molekuladagi joylashuv tartibi ham ta`sir ko`rsatadi.
Konsistensiya. Suyuq yog` kislotalari glitseridlari suyuq konsistentsiyaga, qattiq yog` kislotalari glitseridlari esa qattiq konsistentsiyaga egadir. Har xil kislotali glitseridlar konsistentsiyasi yog` kislotalari takibiga bog`liq ravishda qattiq, suyuq yoki malhamsimon (mazeobraznaya) bo`lishi mumkin. Glitseridlar konsistentsiyasiga hosil bo`ladigan kristallar o`lchami va ularning polimorf modifikatsiyalari ta`sir ko`rsatadi. Kristallar o`lchami oshishi bilan glitseridlarning qattiqligi kamayadi. Nostabil polimorf formalardagi glitseridlar stabil formadagilariga nisbatan qattiqrokdir. Yuqorida zikr etilgan ikki sabab tufayli tez sovutilgan glitseridlarning qattiqlik darajasi sekin tezlikda sovutilgan glitseridlarnikiga nisbatan yuqoriroqdir.
Zichlik. Bir xil kislotali triglitseridlar zichligi yog` kislotalari zichligi bo`ysunadigan qonunlarga asosan o`zgaradi. Ularning zichligi suvnikidan kam bo`lib, harorat ko`tarilishi bilan kamaya boshlaydi. Glitseridlar zichligi o`zgarishining harorat koeffitsenti taxminan 0,7kg/(m3.grad).
Individual glitseridlarning suyuqlanish harorati ularning yog` kislotalari tarkibi va polimorf holatiga bog`liq. Odatda bir xil kislotali qattiq kislotalar triglitseridlari stabil -polimorf modifikatsiyada shu kislotalar suyuqlanish haroratidan birmuncha yuqoriroq suyuqlanish haroratlarini nomoyon etadi.
Glitseridlar polimorf formalari suyuqlanish harorati quyidagi tartibda farq qiladi:
(3.3.1)
Har xil kislotali triglitseridlar polimorfizmi monotropdir.
Glitseridlarning qotish harorati ularning suyuqlanish haroratiga nisbatan birmuncha pastroqdir.
Eruvchanlik. Barcha glitseridlar petrol efirida, benzin, xloroform, uglerod-(IV) xloridida, benzolda, dietil efirida va atsetonda yaxshi eriydi. Suyuqlanish harorati yuqori bo`lgan glitseridlar qizdirilganda yaxshi eriydi va sovutilganda eritmadan kristallizatsiyalanib ajrala boshlaydi. Glitseridlarni eritmalardan kristallizatsiyalab olish usuli shunga asoslangan. Ammo bu usul juda ko`p mehnat va vaqt talab qiladi. Masalan, 1 kg glitseridlar aralashmasini 20-30 marta qayta kristallizatsiyalab, bor-yo`g`i bir necha gramm kerakli glitseridni ajratib olish mumkin.
Metanol va etanolda (xususan qizdirilganda) diglitseridlar va monoglitseridlarning eruvchanligi triglitseridlarnikiga nisbatan anchagina yuqoriroqdir. Ammo shuni ham ta`kidlash kerakki ushbu erituvchilarda o`rta va yuqori molekulyar to`yingan va to`yinmagan kislotali triglitseridlarning eruvchanligi deyarli nolga teng. Bu spirtlarda qaynatilganda ham ushbu triglitseridlar eruvchanligi juda past.
Qovushqoqlik. Glitseridlar qovushqoqligi faqatgina ba`zi bir xil kislotali triglitseridlar uchungina o`rganilgan xolos. Ularning qovushqoqligi ularni tashkil etadigan yog` kislotalari qovushqoqligidan anchagina yuqori bo`lib ularning molekulyar massasi pasayishi bilan birga kamayadi. To`yinmagan yog` kislotalariga ega bo`lgan glitseridlar tarkibidagi uglerod atlomlari bir xil bo`lgani holda qo`shbog`lar soni oshishi bilan birga pastrok qovushqoqlik namoyon eta boshlaydi. Glitseridlar qizdirilganda ularning qovushqoqligi kamaya boshlaydi.
Optik xususiyatlar. Kimyoviy toza glitseridlar aslida rangsizdir. Yog`larning rangi odatda ular tarkibidagi rang beruvchi moddalar bilan belgilanadi. Suyuq holatda glitseridlar tiniqdir.
Nur sindirish ko`rsatkichi. Glitseridlarning nur sindirish ko`rsatkichi ularning yog` kislotalari tarkibi va strukturasi bilan belgilanadi. Xuddi erkin yog` kislotalariga o`xshab, har-xil glitseridlar aralashmasining o`rtacha to`yinmaganlik darajasi hakida ham nur sindirish ko`rsatkichi orqali xulosa chiqarish mumkin.
Optik aktivlik.Odatda glitseridlar optik aktiv kislotalarga ega bo`lmaganligi sababli optik aktivlikni namoyon etmaydi. Ba`zi hollarda, masalan tarkibida optik aktiv ritsinol yoki chalmugur kislotalari uchraydigan glitseridlargina optik aktivlik namoyon etishi mumkin.
Glitseridlarning elektr toki o`tkazuvchanligi erkin yog` kislotalarinikiga nisbatan ham yanada pastroqdir. Glitseridlarning boshqa fizikaviy xossalari ularning yog` kislotalari tarkibiga bog`liqdir Jumladan bu to`yingan va to`yinmagan glitseridlarning infraqizil (IK) –va ultrafiolet (UF) –nurlarni yutish qobiliyatiga tegishlidir

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish