Quyidagilar islohotlarning asosiy vazifalari qilib belgilandi:
Aholiga dastlabki tibbiy-sanitariya yordami ko’rsatishning kafolatlangan darajasi sifatini davlat tomonidan ta’minlash;
Aholiga shoshilinch va kechiktirib bo’lmaydigan tibbiy yordam tizimini mustahkamlash;
Davolash-profilaktika muassasalarini tashkil etish va joylashtirish tizimini takomillashtirish, umumiy amaliyot shifokori tizimiga bosqichma-bosqich o’tish;
Tibbiy xizmatlar va sug’urta tibbiyoti bozorini vujudga keltirish;
Sog’liqni saqlashni boshqarish tizimini soddalashtirish, davolash-profilaktika muassasalariga ko’proq mustaqillik berish hisobiga uning samaradorligini oshirish, sog’liqni saqlash tizimida nodavlat sektori hamda xususiy vrachlik amaliyotini rivojlantirish;
Bepul tibbiy xizmatlar ko’rsatishda byudjet xarajatlari samaradorligini oshirish, aralash va xususiy moliyalashning turli shakllarini rivojlantirish hisobiga sog’liqni saqlashning moliyaviy negizini takomillashtirish;
Tarmoqni isloh qilishning me’yoriy-huquqiy negizini tashkil etish;
Tibbiyot xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning mahoratini oshirish jarayonini takomillashtirish;
Jismoniy tarbiyani rivojlantirish va aholi salomatligini profilaktika qilishning turli shakllarini integrasiyalash;
Xalqaro hamkorliqni rivojlantirish hamda tarmoqqa xorijiy sarmoyalar va texnologiyalarni jalb qilishni kengaytirish25.
Sog’liqni saqlashni mablag’ bilan ta’minlashni takomillashtirish tibbiy xizmatlarni bepul va pullik xizmatlarga ajratilishi orqali olib borilishi ko’zda tutilgan. Bepul ko’rsatiladigan tibbiy xizmatlar davlat byudjeti tomonidan, pullik xizmatlar esa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mablag’ bilan ta’minlana boshlandi.
Tibbiy xizmat bozorini rivojlantirish o’z navbatida tibbiy muassasalarni samarali boshqarish, davolash va profilaktika muammolarini samarali yechimini topish maqsadida nafaqat professional bilimlarga, balki menedjment va marketing bilimlariga ega bo’lgan kadrlarni tayyorlash muammosini keltirib chikardi.
Shu davrdan boshlab mamlakatimizda sog’liqni saqlashni tashkil etish davlatlararo darajasiga ko’tarildi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti ixtisoslashgan organlarida (Butunjahon sog’liqni saqlash tashkiloti, YUNISEF, PROON va boshqalar) o’z faoliyatini boshlab yubordi. Tibbiy hamkorlik dunyoning ko’p davlatlari bilan davlatlararo darajasida olib borilmoqda. Bu borada oilani rejalashtirish, ayollar va bolalar salomatligini muhofazalash, yuqumli kasalliklarni oldini olish, umumamaliyot shifokorlarni tayyorlash bo’yicha asosiy vazifalar aniqlandi.
Shunday qilib O’zbekistonda sog’liqni saqlashni isloh qilish bosqichma-bosqich olib borildi. O’zbekistonda sog’liqni saqlash islohotining o’ziga xosligi shundaki islohotlarning dastlabki bosqichida sog’liqni saqlash faoliyatini gorizontal darajada o’zgaritirishga qaratilgan edi. Bu davrda milliy dasturlar ishlab chiqish va tadbiq etish vazifalari belgilab olindi, jumladan: ona va bola salomatligini muhofazalash, aholiga yuqumli kasalliklar, sil, o’sma va jinsiy aloqa orqali yuquvchi kasalliklarni oldini olish borasida tibbiy yordamni tashkil etish, tibbiy ilm va tibbiy kadrlar malakasini oshirish, sog’liqni saqlashni mablag’ bilan ta’minlash va iqtisodiy islohotlarni olib borish, davolash-profilaktika muassasalarni dori-darmon bilan ta’minlash va boshqalar.
1998 yilning 10 noyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2107-sonli «O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash tizimini isloh qilishning davlat dasturi to’g’risida»gi farmoni qabul qilindi.
Mazkur farmon asosida Respublikamizdagi barcha tibbiyot institutlarida 1999-2000-o’quv yilidan boshlab “Oliy hamshiralik ishi”yo’nalishibo’yicha bo’limlar faoliyat ko’rsatmoqda.26 Keyinchalik 2007-yil bu yo’nalish bo’yicha magistratura ham ochildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |