9.3. Rossiya imperatori siyosiy agentligining arxivi tushunchasi.
Imperiya hukumati Oʻrta Osiyoda oʻz mavqeyini mustahkamlash maqsadida
vakillik muassasalarini tashkil etgan. Bu kabi muassasalar Xiva xonligida
Amudaryo boʻlimi boshligʻi zimmasiga yuklatilgan boʻlsa, Buxoro amirligi
hududida bu vazifani 1886-yilda tashkil etilgan Rossiya imperatori siyosiy
agentligi bajargan.
Buxorodagi rus siyosiy agentligi tashkil etilganidan soʻng bu tashkilotning
rasmiy idoraviy va xoʻjalik hujjatlarini yuritish uchun maxsus devonxona faoliyat
113
Oʻz MA, I-126-fond,1-roʻyxat,515a-ish,11-12-varaq.
170
olib borgan. Devonxonada bevosita rasmiy hujjatlar yuritilishi sababli agentlik
faoliyati doirasidagi hujjatlar jamlanmasi shakllangan.
Bu hujjatlar jamlanmasi siyosiy agentlik huzurida tashkil etilgan arxivda
saqlangan. Buxorodagi siyosiy agentligida arxiv ishini tashkil etishdan asosiy
maqsad, agentlikdan joʻnatiladigan va agentlikka kelib tushadigan hujjatlarni
jamlash va tartibga solib turish boʻlgan. Shu bilan birga, arxiv faoliyatining muhim
tomoni Tashqi ishlar vazirligi, Turkiston general-gubernatorligi, general-
gubernatorlik huzuridagi diplomatik amaldor kabi muassasalarning rasmiy
murojaatiga asosan agentlik arxivida saqlanilayotgan kerakli hujjatlarning asl yoki
nusxasini taqdim etish edi.
Siyosiy agentligi arxivining tashkil etilishi dastlab Turkiston general-
gubernatorligi huzuridagi diplomatik qism amaldori vazifasida, keyinchalik
amirlikdagi birinchi rus siyosiy agenti lavozimida faoliyat olib borgan
N.V.Charikov nomi bilan bogʻliq
114
. N.V.Charikov siyosiy agentligi ishini tashkil
etish maqsadida Turkiston general-gubernatorligi devonxonasi va oʻzi faoliyat olib
borgan general-gubernatorlik huzuridagi diplomatik qismda saqlangan va bevosita
Buxoro amirligining ijtimoiy-siyosiy hayoti bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarni oʻzi
bilan birga Buxoroga olib kelgan(qarang: jadval №1).
Siyosiy agentlik arxivi ikki qismdan, ya’ni umumiy va maxfiy hujjatlardan
iborat boʻlgan
115
. Aynan shunday tasniflash siyosiy agentlik hujjatlarini roʻyxatga
olish uchun belgilab qoʻyilgan.
Bu kabi tadbirlar siyosiy agentlikda har yili oʻtkaziladigan boʻlib, unda
buyum va hujjatlar roʻyxati qayd etilgan. Ushbu roʻyxat qaydnomalariga binoan
siyosiy agentlik arxivida saqlanayotgan hujjatlarning davriy chegarasi 1888 -yil
bilan boshlangan. Mazkur sana bevosita Buxorodagi rus siyosiy agentligi
faoliyatini tashkil etishdan keyingi davrga oid hujjatlar jamlanmasiga asoslanib
belgilangan boʻlishi mumkin.
114
Charikov N.V.-1855-1930-yillarda yashagan. 1883-1885-yillarda Turkiston general-gubernatori Diplomatik qism
amaldori. 1886-1890-yillarda Buxorodagi rus siyosiy agenti, 1896-1897 -yillarda Bolgariyadagi diplomatik agent,
1897-yilda Berlin elchixonasida maslahatchi sifatida ishlagan.1900-yildan Serbiyada, 1905-Niderlandiyada elchi,
1907-1909 Tаshqi ishlar vaziri, 1909-1912 Konstantinopolda elchi lavozimlarda faoliyat koʻrsatgan.
115
Oʻz MA, I-3-fond, 1-roʻyxat, 753-ish, 22-23-varaq.
171
Do'stlaringiz bilan baham: |