6.2. Sitorai Mohi Xosa saroyining muzeyga aylantirilishi va yangi
ekspozitsiyalarining tashkil qilinishi.
Buxoro oʻlkashunoslik muzeyi 1922-yilda
tuzilgan boʻlsa, uning oʻlkadagi filiallarini tuzish ishlari ham orqada qolmadi. Bu
sohadagi ishlar 1927-yildan boshlandi.
Amirning yozgi qarorgohi Sitorai Mohi Xosa 1931-yilda Buxoro
muzeyining filialiga aylantiriladi. Sitorai Mohi Xosa muzeylar roʻyxatida 2066
raqam ostida qayd qilingan. Aslida bu ishlar ancha oldinroq boshlangan edi. U
yerda “Keyingi amirlarning turmushi tarzi” mavzusida yangi koʻrgazma tashkil
qilingan
57
va u uchta boʻlimdan iborat boʻlgan. Birinchi boʻlim “Shahar
57
Ўз МА 94-фонд, 5-рўйхат, 735-иш, 6-варақ.
108
hunarmandlari”, ikkinchi boʻlim “Buxoro inqilobi tarixi” va uchinchi boʻlim
“Amirning turmush tarzi” deb nomlangan
58
. Koʻrgazmada misgarlik, zardoʻzlik va
boshqa amaliy san’atashyolari namoyish etiladi. Q.Jumayevning fikricha, Sitorai
Mohi Xosa muzeyi 1927-yilda ochilgan va u erda uch qismdan iborat ekspozitsiya
tashkil qilingan. Mazkur muzey ochilishining tashkilotchilaridan biri, birinchi
oʻzbek muzeyshunos va oʻlkashunos olimi Muso Saidjonov edi deb qayd qiladi
59
.
1933-yilda Buxoro muzeyi tumanlararo oʻlkashunoslik muzeyi maqomi
beriladi va uning ekpozitsiyasi yangilanadi. Sitorai Mohi Xosa filialining
koʻrgazmasi ham qayta tashkil etiladi. Ushbu koʻrgazma 1947-yilgacha namoyish
qilinadi.
30-yillarning boshida muzeyni ilmiy tashkil etish va me’moriy
yodgorliklarini tadqiq etish maqsadida Oʻrta Osiyo davlat universiteti huzuridagi
Sharq tillari instituti bitiruvchisi P.A.Goncharova va san`atshunos L.I.Rempel
Buxoroga kelib, etnografiya sohasida samarali ish olib bordilar. Ularning
tavsiyasiga asosan, 1937-1938-yillarda Sitorai Mohi Xosa muzeyida XVIII-XIX
asrlarga mansub 320 ta turli kattalikdagi idishlar “Xitoy chinnisi” ekspozitsiyasi
namoyish etiladi
60
.
Viloyat xalq ta’limining 1941-yil 8-fevraldagi №29 buyrugʻida Sitorai
Mohi Xosa muzey filialining faoliyatini jonlantirish va mustahkamlash,
qoʻshimcha xodimlar uchun oʻrin ajratish kerakligi qayd qilinadi.
Sitorai Mohi Xosadagi ekspozitsiyada Buxoro amirining roli boʻrttirib
koʻrsatilgani va amirlik davri targʻib qilingani bahonasida 1947-yil muzeyning
filiali yopib qoʻyiladi. 1-noyabrdan Sitorai Mohi Xosada nazorat kuchaytirilib,
tekshirish ishlari boshlandi. Bu voqealardan soʻng, tematik-ekspozitsion rejalar
yuqorida turuvchi tashkilot tomonidan tasdiqlangandan keyingina ekspozitsiya
ochish mumkin boʻldi
61
.
58
Садыкова Н.С. Музейное дело в Узбекистане. –Ташкент: Фан, 1975. – С.92.
59
Жумаев Қ. Ситораи Моҳи Хоса халқ амалий санъати музейи //Мозийдан садо.– Тошкент: 2003.- №1.-Б.25
60
Жумаев Қ. Ситораи Моҳи Хоса. –Тошкент: Фан, 2005. –Б.36.
61
Альмеев Р.В. Бухара город-музей. –Ташкент: Фан, 1999. –С.22.
109
Davr talabi va jamiyat taraqqiyoti muzeylar ekspozitsiyasining mazmunini
tubdan oʻzgartirishni taqazo etdi. 1948-1950-yillarga kelib, Sitorai Mohi Xosa
muzeyining koʻrgazmasi batamom yangilandi va “Xalq ijodi va Buxoro san’ati”
deb yuritila boshlandi. Bu ekspozitsiya: “Buxoro monumental san’ati”, “Amaliy
san’at”, “Xalq musiqa san’ati”, “Kalligrafiya va miniatura san’ati” va “Buxoroning
qardosh qoʻshni davlatlar bilan madaniy aloqalari” kabi boʻlimlardan iborat edi
62
.
1950-yilda oʻlkashunoslik muzeyi rahbariyatining taklifi bilan yetakchi
mutaxassis, olima O.A.Suxareva Buxoroga keladi va muzey ekspozitsiyalariga
yuqori baho beradi. Sitorai Mohi Xosa saroyining hashamatli bezatilgan zallariga
yuksak did bilan eksponatlar joylashtirilgan edi.
1954-yilda Sitorai Mohi Xosa saroyida shoʻro hukumati qarori bilan kasaba
uyushmalar tasarrufidagi dam olish uyining ochilishi muzeyning butunlay tugatish
xavfini kuchaytirdi. Uzoqni koʻra olmaydigan, tuban ma’naviyatli sobiq shoʻro
xodimlarining savodsizlarcha ish yuritishi Oʻrta Osiyoda yagona saroy majmuasi
bebaho osori-atiqalarining izsiz yoʻqolishiga sabab boʻldi.
Bu ishlarga javoban 1956-yil 9-mayda Buxoro oʻlkashunoslik muzeyi
direktor Muhsin Yoqubov Oʻzbekiston Kompartiya Markaziy qoʻmitasi kotibi
R.Melnikovga shikoyat maktubini joʻnatadi. Sitorai Mohi Xosa filiali direktori
K.Em Oʻzbekiston Madaniyat vaziri A.Qoʻchqorov nomiga shikoyat xati yoʻllaydi.
Koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida katta qiyinchiliklar bilan Sitorai Mohi Xosa
saroy majmuasi asosiy binosining toʻqqizta zalida “Xalq ijodi muzeyi” saqlab
qolindi. Ammo saroydagi yodgorlik binolari, ayvonlar yiqitilib talon-toroj qilinadi.
Q.Jumayev ma’lumotiga koʻra, XX asr 50-yillarida bebaho madaniy
merosimiz mafkuralashtirilib, Sitorai Mohi Xosa saroyi va uning atrofidagi
chorbogʻga tiklab boʻlmas darajada shikast yetkazildi, koʻpgina nodir ashyolar
talon-toroj qilindi, bogʻdagi noyob daraxtlar, oʻsimliklar va hayvonlar yoʻq qilib
tashlandi
63
.
62
Жумаев Қ. Ситораи Моҳи Хоса халқ амалий санъати музейи //Мозийдан садо. – Тошкент: 2003. –№1. –
Б.26.
63
Жумаев Қ. Ситораи Моҳи Хоса. –Тошкент: Фан, 2005. –Б.35.
110
1968-yilda Sitorai Mohi Xosada “Xalq ijodiyoti” nomli ekspozitsiya tashkil
etiladi. 1975-yil muzeyda “Buxoro xalq amaliy bezak san`ati muzeyi” tashkil
qilinadi. Unda sakkizta boʻlim mavjud boʻlib, ular kulolchilik, badiiy kashtachilik,
zargarlik, zardoʻzlik, kandakorlik, chitgarlik, yogʻoch oʻymakorligi, Xitoy va
Yaponiya chinni buyumlari boʻlimiga boʻlinar edi.
1978-yil Sitorai Mohi Xosaning amaliy san’atboʻlimida yangi ekspozitsiya
tashkil etiladi.
Sitorai Mohi Xosa
64
muzeyi Ministrlar sovetining 1983-yil 16-maydagi
308-sonli qaroriga asosan Buxoro davlat badiiy – me’morchilik muzey –
qoʻriqxonasi tarkibiga kiritiladi.
1987-yil Sitorai Mohi Xosaning yaqinda ta’mirlangan mehmonxona binosi
“Xonai hisht”da “XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Buxoro shahri
aholisining milliy kiyimlari” deb nomlangan yangi ekspozitsiya tashkil etiladi.
Ekspozitsiyaga erkaklar, ayollar va bolalarning oʻtgan asrda tayyorlangan kiyimlari
qoʻyilgan boʻlib, ular mahalliy matolardan, gazlamalardan tikilgan. Koʻrgazmada
120 dan ortiq eksponatlar namoyish etiladi
65
.
1991-yil Buxoro viloyati hokimi Damir Yodgorovning qarori bilan
saroyning bogʻi va sanatoriya ixtiyorida boʻlgan bir qism binolari qaytarib berildi.
Saroy bogʻida qurilishi boshlanayotgan sanatoriya tarkibidagi 180 oʻringa
moʻljallangan oilaviy pansionat barpo etish toʻxtatildi. Shuningdek, sanatoriya
ixtiyoriga berilgan “Xonai Hisht” ham muzeyga qaytarildi
66
.
1992-yilda Dekorativ – xalq amaliy san`ati, saroy pavilyonida “XIX – XX
asr boshlarida buxorolik shaharliklar milliy kiyimi”, saroy yotoqxonasining
birinchi qavatida “XIX – XX asr boshida badiiy kashtachiligi va uy-roʻzgʻor
buyumlari”, 1993-yil 6-noyabrda yotoqxona ikkinchi qavatida “Saroy mebellari”
koʻrgazmasi ochilgan.
64
Hozirgi kunda "Sitorai Mohi-Xosa" - xalq amaliy bezak san`ati muzeyi nomi ostida faoliyat olib bormoqda.
65
Жумаев Қ. Музейнинг янги кўргазмаси //Бухоро ҳақиқати. 1987, 17 ноябр.; Шу мауаллиф. Дурдоналар
хазинаси// Бухоро ҳақиқати. 1986, 17 май.
66
Жумаев Қ. Ситораи Моҳи Хосса. –Бухоро: Бухоро, 2010. –Б.48.
111
Do'stlaringiz bilan baham: |