115
qismdan iborat: bular-tashqi (erkaklar uchun) va ichki (ayollar uchun). Bundan
tashqari uy yozgi va qishki xonalarga ham boʻlingan.
Toshdan qurilgan keng
zinapoyalar orqali ichkari hovliga kirish mumkin. Xonalar tagida katta yertoʻlalar
mavjud. Har bir xonaga dahliz orqali kiriladi va har bir xonada yana kichkina xona
mavjud boʻlib, bu uycha “madon” deb ataladi. Madon choʻmilish va kiyim
almashtirish uchun foydalanilgan. Uyning ayvoni, mehmonxonalari va alohida
xonalarining oʻzbek amaliy san’atturlari, ya’ni yogʻoch oʻymakorligi, ganch
oʻymakorligi, naqqoshlik bilan bezatilganligi diqqatga sazovordir. Har bir uyning
naqshi qunt va mahorat bilan ishlangan, xonalarning
naqshi boshqasinikiga
oʻxshamasligi bilan ajralib turadi.
1925-yilda Fayzulla Xoʻjayev oilasi Samarqandga koʻchib ketishadi va bu
uy davlat hisobiga topshiriladi. Uy 1980-yilgacha maktab, oʻquvchilar uchun
kurslar, ped uchilishe, arxiv, poliklinika, bolalar musiqa maktabi boʻlgan. Uy bir
necha marta qayta ta’mirlangan va ta’mirlash natijasida uyning naqshlari
yoʻqolgan. Binoda 1989-yil muzey xodimlari restavratsiya ishlarini boshlaydi va
1991-yildan uy-muzey oʻz faoliyatini boshladi. Fayzulla Xoʻjayev uyining ayollar
va erkaklar hovlisidagi ayvon shimolga qaragan. Xonalar oldida ikki qavatga teng
ayvon koʻtarilgan. Bu ayvon 33 bolordan iborat boʻlib, uning oʻlchami 100
kv.metr. Ayvonni toʻrt ustun koʻtarib turibdi. Ustunlar yogʻoch oʻymakorligi
naqshlari bilan bezitilgan. Xonalar
shunday holatda qurilganki, qishda sovuqdan,
yozda issiqdan saqlanadi. Hovlidagi xonalar ostida keng yertoʻlalar mavjud boʻlib,
ularda oilaga tegishli boʻlgan va savdo-sotiq uchun kerakli buyumlar saqlangan.
Ma’lumotlarga qaraganda yertoʻlada qorakoʻl terilari ham oshlangan.
1989-yil muzey xodimlari binoda restavratsiya ishlarini boshlaydi.
Mahoratli usta-restavrator Sayfulla Zoirov rahabarligidagi 15 kishilik guruh ikki
yil davomida binoda katta ta’mirlash ishlarini olib bordilar. 1991-yil Fayzulla
Xoʻjayev uy-muzeyda yangi ekspozitsiya tashkil etish uchun ish boshlanadi va
ekspozitsiya “XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi Buxorolik savdogarning uy-
116
muzeyi” nomi ostida tashkil etiladi
68
. Koʻrgazmadagi qishki uyda oʻsha
paytdagi
ayollar turmush tarzi aks etgan: XIX asrda ishlangan gilam, har xil buyumlar va
sandali mavjud. Uzun qishning sovuq tunlarida ayollar sandali atrofida oʻtirishib,
kitob mutolaa qilishgan va koʻp vaqtlarini kashta tikish hamda mehmon kutish
bilan oʻtkazishgan. Ekspozitsiyada uzoq oʻlkalardan keltirilgan buyumlar ham
oʻrin olgan boʻlib, Buxoroga temir yoʻlning kelishi Yevropadan keltirilgan
buyumlar kira boshlashiga sabab boʻlgan. Keltirilgan buyumlarning bir qismi
fabrikada va bir qismi zavodlarda ishlab chiqarilgan. Bular Rossiya va Olmoniyada
ishlab chikarilgan qandillar, lampa shishalar, katta yotoq(krovat), rus samovarlari,
rumush qoshiqlar va pichoqlardir. Ashyolardan qoʻl soati,
devor soatlari,
grammofon plastinkalari Polsha, Fransiya va Shveysariyadan keltirilgan.
Asosiy katta va kichik tokchalarda xalq orasida oʻzining chiroyi bilan
ajralib turgan Xitoy, Yaponiya, Rossiya va Olmoniya chinni buyumlari oʻrin olgan.
Bular orasida guldon, choynak, kosa, piyolalar mavjud boʻlib, ularda gullar,
jonivorlar, odamlar, meva va sabzavotlar aks ettirilgan. Koʻrgazmada ularning soni
120 tani tashkil etadi.
Ikkinchi xona markazida xontaxta va uning ustida shirinlik solingan
buyumlar, pastida koʻrpachaning bir chetida sandiq, musiqa asboblari, rus
grammofon plastinkalari oʻrin olgan. Bular 1909-yilda ishlatilgan boʻlib,
Rossiyadan keltirgan. Stol ustida kitoblar joylashtirilgan boʻlib, shu stolda 1920-
1924-yillar Buxoro Xalq respublikasining raisi F.Xoʻjayev oʻzining maqolalari va
kitoblarini yozgan.
Katta yozgi mehmonxona 50 kv.m.dan iborat boʻlib, mehmonlar uchun
ajratilgan. Ikkinchi yashash xonasi 40 kv.m. boʻlib, boʻyi 8 metr. Uyning Bogʻdod
usulida yasalgan eshik va derazalar xonaga chiroy qoʻshib turibdi. Ekspozitsiya
xonalarida XX asrning boshlarida hayot tarzi aks ettirilgan boʻlib, birinchi
chorakning oʻzida muzeyga 91 ta ekskursiya tashkil etiladi.
68
Пулатова М. Некаторые сведения из истории дома-музей Ф.Ходжаевы. Сборник. Из истории культурного
наследия Бухары. Вып. 9. Бухара.2004. – С.14.
117
Hovlining burchagida chuqurligi 9 metrdan iborat quduq joylashgan boʻlib,
quduqdan suv ichish, hovliga suv sepish maqsadida foydalanishgan.
1996-yil 22-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Fayzulla Xoʻjayev tavalludining 100 yilligini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori
qabul qilinadi. Buxoro viloyat hokimligida shu qaror asosida ishchi guruhi tuziladi
va 1996 -yil muzeyda yangi koʻrgazma tashkil etiladi. Muzeyga Fayzulla Xoʻjayev
uy-muzeyi nomi beriladi
69
.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qaroriga binoan
“2017-2027-yillarda qayta tashkil etiladigan davlat muzeylari” roʻyxatida Buxoro
davlat muzey-qoʻriqxonasining Fayzulla Xoʻjaev uy-muzeyi “Boy savdogar
xonadoni uy muzeyi” nomi ostida qayta tashkil etish rejalashtirilgan.
Xulosa qilib aytganda, Ark muzey qoʻriqxonasi, Sitorai Mohi Xosa saroyi,
Zindon muzeyi va Fayzulla Xoʻjayev uy-muzeylari
XIX asr oxiri XX asr
boshlaridagi eng koʻrkam koʻrinishga ega boʻlgan turar-joylardan biri hisoblanib,
muzeylar oʻzining devorlaridagi bezaklari, ajoyib koʻrinishdagi ranglar jilosi bilan
e’tiborni oʻziga tortadi. Buxoro oʻlkasi tarixini va aholi turar joylari xususiyatlarini
oʻrganishda bu muzeylarning roli katta. Muzeylardagi eksponatlar ham
mintaqaviy, ham umummilliy ahamiyat kasb etib, mamlakatimiz tarixi va boy
madaniy merosi hamda jahon miqyosidagi ahamiyatini ochib koʻrsatib beruvchi
dargoh desak mubolagʻa boʻlmaydi. Bu boy meroslarni asrab-avaylash, uni
oʻrganish, ilm-fan va milliy madaniyat yutugʻi sifatida koʻrsatish biz yosh avlodga
ham qarz, ham farzdir.
Do'stlaringiz bilan baham: