215
shahardavlat arxividan 1 ta xodim va Buxoro tuman davlat arxivlari 2 ta xodimlari
ijro-intizom boʻyicha Toshkent Kinofonofoto arxivida
malaka oshirib kelganlar
161
.
Boshqarma va uning tizimidagi davlat arxivlari OʻzRVMning 2011-yil 27-
oktabrdagi 289-son qarori asosida kompyuter savodxonligini baholash tizimi
boʻyicha 2015-yil mart oyida 46 ta rahbar va xodimlar attestatsiyadan oʻtkazilgan.
AKTni rivojlantirish boʻyicha kompyuterlar sotib olinishi, xodimlarning TATUga
malaka oshirishi kelasi yil davomida rejalashtirildi.
Xodimlarning malakalarini oshirish boʻyicha 2016-yil fevral oyining 15-
19-kunlarida Markaziy davlat arxivida "Idoraviy arxivlar
faoliyatini tashkil etish
asoslari boʻyicha" 2 ta rahbar va 1 ta xodim, kompyuter markazida 1 ta rahbar va
2 ta xodim, 2016-yil iyun oyida 4 ta rahbar 4 ta xodim, 2016-yil 12-15-dekabr
kunlari 14 ta rahbar va xodimlar Toshkent TATU oʻquv markazida "Axborot
xavfsizligi" boʻyicha malaka oshirib keldilar
162
.
2016-yil fevral 15-19-kunlarida Markaziy davlat arxivida "Idoraviy arxivlar
faoliyatini tashkil etish asoslari boʻyicha" 2 ta rahbar va 1
ta xodim kompyuter
markazida 1 ta rahbar va 2 ta, 2016-yil iyun oyida 4 ta rahbar 4 ta xodim oʻquv
kurslarida malaka oshirib keldilar.
Buxoro viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasining 2016-yil 24-maydagi
"Buxoro viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxivlar rahbar va
mutaxassislarini korxonalar, muassasalar va tashkilotlar
hujjatlarini tartibga
keltirishga kompetentligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida"gi 34-son
ishlab chiqarish buyrugʻiga asosan 16 nafar rahbarlar va 43 nafar xodimlar
kompetentligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-martdagi
"Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliydavlat hokimiyat organlari xodimlarining
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi boʻyicha malakasini oshirishga
doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi 73-son
qarori ijrosi asosida AKT
161
Buxoro viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi 2015 -yillik hisobotining tahliliy ma`lumotnomasi. Buxoro, 2015
-yil dekabr. -B.5.
162
Buxoro viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi 2016 -yillik hisobotining tahliliy ma`lumotnomasi. Buxoro, 2016
-yil dekabr. -B.8.
216
boʻyicha AXga mas`ul xodimlar TATU va Buxoro davlat universitetida 2018-yil
uchun boshqarma tizimidagi arxivlardan 8 nafar rahbar va xodimlar "Axborot
xavfsizligi" boʻyicha malaka oshirish uchun shartnomalar tuzildi. Ushbu
yoʻnalishdagi faoliyat bugungi kunga qadar ham izchillik asosida davom etmoqda.
Shu bilan birga viloyatdagi davlat arxiv xodimlari "Buxoronoma",
"Buxarskiy vestnik", "Olot hayoti", "Olot ovozi", "Jondor ovozi","Peshku ovozi",
"Galaosiyo ovozi" "Shofirkon ovozi", "Qorovulbozor tongi", "Kogon hayoti",
"Buxoro yoshlari", "Soliq nazorati" "Gʻijduvon" gazetasi kabi davriy nashrlarida
sohadagi yangiliklar xususida 2015-yilda 30 ta, 2016-2017-yillarda 35 tadan,
2018-yilda 37 ta, 2019-yilda 40 ta maqolalarni e’lon qilganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: