3.2.
1925-1927-yillarda
Buxoro
oʻlkashunoslik
muzeyining
shakllanishida Sredazkomstaris va Buxkomstarisning faoliyati.
XX asr birinchi
choragi oxiridan muzeyshunoslik va oʻlkashunoslikda yangi davr boshlandi. 1925-
yil may oyidan boshlab Oʻzbekiston SSR Xalq komissariati buyrugʻiga asosan
muzey sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Sredazkomstaris (Oʻrta Osiyo madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish
qoʻmitasi) bayonnomasida tarixiy yodgorliklari koʻp boʻlgan Xorazm, Buxoro,
Samarqand, Fargʻona hududlaridagi obidalarni ta’mirlash ishiga e’tibor qaratish,
bu yerlarda joriy yilda yangi muzeylarni tashkil etish va yil oxirigacha muzey
faoliyatini tartibga olish va takomillashtirish, ularning yillik xarajatlarini ishlab
chiqish vazifalari belgilab qoʻyilgan.
“Sredazkomstaris” barcha qoʻmitalarga quyidagi topshiriq bilan murojaat
qiladi:
-
viloyatlarda oʻzbekshunoslik (oʻlkashunoslik) ishlarini etnografiya,
antropologiya va atamashunoslik sohalari balan birgalikda olib borish va bu sohani
aynan uchta viloyatda, ya’ni Xorazm, Buxoro, Fargʻonada jonlantirish;
-
etnografiya sohasiga alohida e’tibor qaratish va muzeyning
etnografiya boʻlimi uchun qimmatbaho va nodir ashyolarni yigʻish. Ularning
yoʻqolib ketish xavfini oldini olish;
-
muzeylarda antropologiya xonalari tashkil etish va ularning doimiy
faoliyat olib borishi uchun sharoit yaratish;
-
atamashunoslik sohasini rivojlantirish, muzey eksponatlarini shu soha
yordamida ilmiy muomalaga kiritish, eksponatlar mahalliy tilda qanday nomlangan
boʻlsa, ularni shu nomda yozish va ashyoning tarixini yozishda atamashunoslikdan
foydalanish.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, antropologiya sohasi boʻyicha viloyatlarda
ilmiy maslahatchi qilib L.V.Oshanin tayinlangan. Yigʻilishda yana bir masala-
40
maxsus oʻquv kurslarni tashkil etib, shu hududlarda istiqomat qilayotgan aholini
muzey ishi, madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish sohalaridagi bilimini oshirish
va ishlash uchun jalb etish muhokama qilingan edi. Uning loyihasini ishlab chiqish
viloyat mutasaddilariga vazifa qilib topshiriladi.
Buxoroda muzey ishi Narkompros (Xalq komissariati) ixtiyoridan olinib,
Buxkomstaris (Buxoro madaniy yodgorliklarini muhofaza qilish qoʻmitasi)ga
topshiriladi. Oʻsha paytlarda bu tashkilotni M.Saidjonov va ilmiy maslahatchi
B.I.Butkevich boshqarar edi. Buxkomstaris oʻz oldiga yangi muzey ochish
vazifasini qoʻydi. Bu uchun unga moliyaviy mablagʻ kerak edi. Ammo
Narkompros 1927-yilning 1-martigacha davlat budjetidan Buxoro muzeyi uchun
hech qanday mablagʻ ajratmagan. Bunga javoban B.Butkevich yordam soʻrab,
Sredazkomstaris va Toshkentga telegramma joʻnatadi.
Bundan tashqari muzey binosi masalasida ham bahs-munozaralar davom
etayotgan edi. 1925-yil 12-sentabrdagi Sredazkomstaris yigʻilishida V.K.Kostko
Buxoro muzeyini Timi Abdullaxon yodgorligida ochish taklifi bilan chiqadi
24
.
Bundan oldinroq Buxkomstarisning 1925-yil 8-sentabrdagi yigʻilishida
ham shu masala, ya’ni muzeyni Timi Abdullaxon yodgorligida ochish masalasi
koʻrilgan edi. Buxkomstarisning bir necha tekshirish guruhlari ham buni
ma’qullagan. Hatto BXSRning Maorif noziri bu taklifni qoʻllab-quvvatlaydi va
ta’mirlash uchun ikki ming rubl ajratadi. Binoni birinchi navbatda yorugʻ qilishga
alohida e’tibor qaratish kerakligi, buning uchun har bir gumbazchalar ostiga
fonuslar oʻrnatish, bino polini beton qilish, ichki qism devorlarini suvoqlash,
binoni isitish va qishda zax-nam chiqishini oldini olish choralarini koʻrish koʻzda
tutiladi. Buning uchun hammasi boʻlib 10-12 ming rubl kerak boʻlgan.
Buxkomstaris
Timi
Abdullaxon
uchun
qiladigan
xarajatlar
roʻyxatini
Sredazkomstarisga taqdim etadi.
Sredazkomstarisning 1925 -yil 11-oktabrdagi yigʻilishida “Zerkomissiya”
(Zarafshon okrug komissiyasi) rahbari Abdurauf Fitrat hisoboti eshitilib,
24
Ниязова М.И. Из истории деятельности Бухарского музея (1925-1927 гг.). //Из истории культурного
наследия Бухары. – Вып. 2. – Бухара: Бухоро, 1994. – С.40..
41
hisobotning ikkinchi qismida Buxoro muzeyi uchun bino masalasiga toʻxtaladi.
Tekshirish komissiyasi xulosasiga koʻra, xavfsizlik nuqtayi nazaridan muzey
binosi quruq boʻlishi, nam va zax muzey ashyolariga jiddiy zarar yetkazishini
inobatga olgan holda havo aylanishi va almashishi uchun qulay sharoit yaratilishi,
asosiysi, isitish imkoniyatiga ega va yongʻin xavfsizligi qoidalari hisobga olingan
boʻlishi kerak edi. Zerkomissiya yuqoridagi kamchiliklarni inobatga olib, Timi
Abdullaxon binosi muzey uchun mos emas, degan xulosaga keladi. Zerkomissiya
muzey uchun qulay bino sifatida Ark binosini tavsiya etadi.
Zarafshon viloyat ijroiya qoʻmitasi Sredazkomstarisga muzeyni amirning
yozgi qarorgohi Sitorai Mohi Xosada ochish taklifi bilan chiqadi. Ammo
Zerkomissiya amirning yozgi qarorgohi shahardan ancha uzoqligini, ashyolarni
saqlash va qoʻriqlash tizimining yoʻqligini asoslab beradi. Yuqoridagi sabablarga
koʻra, Sitorai Mohi Xosa yodgorligida muzey ochish taklifi keyinroqqa qoldiriladi.
Shundan soʻng Buxkomstaris boʻlajak muzeyni Yevropacha ta’mirlangan
Koʻkaldosh madrasasida ochish taklifi bilan chiqdi. Koʻkaldosh madrasasi saqlov
imkoniyatlari yuqoriligi va madrasaning xonalari ozroq ta’mirlansa, muzey uchun
qulay binoga aylanishi ta’kidlandi.
Koʻkaldosh madrasasini ta’mirlash ishlari arxitektor A.Loginovga
topshirilgan. Oʻsha paytlarda muzeyni ta’mirlash uchun eng ogʻir muammo
moliyaviy mablagʻ masalasi edi. Buxkomstaris yordam soʻrab Buxoro kosiblar
uyushmasi va Kogon temir yoʻl rahbariyatiga marojaat qiladi. Muzeyni ta’mirlash
ishlari 1926-yil mart oyidan boshlandi. Buxoro muzeyi uchun 3236 rublga yangi
vitrina va jihozlar sotib olindi.
Asosiy eksponatlar etnografiya va amaliy san’atbuyumlaridan iborat boʻlib,
bular BXSR maorif nozirligi tomonidan yigʻilgan edi. Bu ashyolarni Buxkomstaris
xodimlari saqlayotgan edilar. Yigʻilgan ashyolarning bir qismi Sitorai Mohi
Xosada edi. Buxkomstaris ixtiyoridagi eksponatlar yangi koʻrgazma uchun kamlik
qilgani tufayli M.Saidjonov va B.Butkevich mutasaddi tashkilotlarga murojaat
qilib, yangi muzeyga eksponat yigʻish uchun yordam soʻraydilar. Ular Zarafshon
viloyat ichki ishlar boshqarmasiga rasmiy xat bilan murojaat qilib, muzey uchun
42
eski qurollarni, ya’ni buxorolik harbiylarning inqilobgacha boʻlgan qurollarini
berishni iltimos qilishadi. B.Butkevich Samarqand muzeyi direktori V.Vyatkin
bilan muzokara olib borib, uni eksponat almashishga koʻndiradi. Hatto Fargʻona
muzeyi bilan eksponat almashiniladi.
Yangi tuziladigan tabiat boʻlimi uchun Samarqandga 100 ta mahalliy
hayvonlar mulyajini (qoʻgʻirchoq) yasash uchun buyurtma beriladi.
1927-yil 1-martdan boshlab muzey uchun koʻrgazma tuzishga kirishiladi.
Yigʻilgan ashyolar saralanib, ularga etiket (yorliq) yoziladi. Muzeyda uchta -
arxeologiya, etnografiya va tabiat boʻlimlari tashkil etiladi.
Buxkomstaris tashabbusi bilan ta’mirlangan Koʻkaldosh madrasasida 1927-
yil 22-iyunda muzey ochiladi va yangi ekspozitsiya tashkil qilinadi. Muzey
ochilishida qatnashish uchun Buxkomstaris Samarqand muzeyi direktori
V.L.Vyatkinga, arxeolog V.A.Shishkinga va Oʻzbekistonning boshqa koʻzga
koʻringan ilm-fan namoyandalariga taklifnoma joʻnatadi.
Ekspozitsiya uchun toʻrtta xona ajratilib, ikkitasi ilmiy xodimlarga beriladi.
Arxeologiya boʻlimi bitta xonaga joylashtirilib, unda asosan arxeologik ashyolar,
sopol buyumlar, Samarqanddan keltirilgan ossuariylar oʻrin olgan. Eng qimmatli
eksponat marmardan qilingan boʻlib, u XIV asrga oid Shayx Sayfiddin Boxarziy
qabrtoshi edi. Bu yodgorlik 1926-yilning kuzida muzeyga keltirilgan
25
. Bundan
tashqari XVII-XVIII asr boshlariga, ya’ni Ashtarxoniylarga tegishli qabrtoshlar
ham ekspozitsiyadan oʻrin oladi. 1913-1914-yillardagi L.Zimin ekspeditsiyasi
paytida Poykentdan topilgan Somoniylar va Qoraxoniylar davriga oid sopol
buyumlar ham koʻrgazmaga qoʻyiladi.
Buxoro
vohasiga
tegishli
hunarmandchilik
ashyolari
etnografiya
boʻlimidan oʻrin oladi. Xonaning burchagida esa harbiy ashyolar va qurollar
kolleksiyasi joylashtiriladi. Etnografiya boʻlimining markaziga Buxoro vohasi
mahalliy aholisining XIX-XX asrlarga oid kiyimlari qoʻyilib, zardoʻzlik
25
Sayfiddin Boxarziy qabrini bezagan yodgorlik aslida yogʻochdan va yogʻoch o`ymakorligining yuksak namunasi
hisoblanadi. U hozir ham Buxoro muzeyida saqlanadi.
43
buyumlariga ham ekpozitsiyada alohida oʻrin ajratiladi. Ekspozitsiyada Shahrisabz,
Fargʻona va Buxoro kashtalari namoyish etilgan.
Tabiat boʻlimida vohada yashaydigan 70 ta hayvon (fauna) eksponati
joylashtirilib, bu boʻlimdagi asosiy eksponatlar Samarqand muzeyidan keltiriladi.
Jami 600 dan ortiq eksponat uchta boʻlimga qoʻ-yiladi. 1927-yil 22-iyundan 1-
oktabrgacha muzeyga 3227 tomoshabin, dekabr oyining oxirigacha esa 6579 ta
tomoshabin tashrif buyurdi. Ular orasida ilmiy xodimlar, turistlar va
ekskursovodlar ham bor edi. Qiziquvchilar muzeyni koʻrish uchun hatto Moskva
va Leningraddan tashrif buyurishgan.
Mahalliy aholini koʻproq oʻlkaning faunasi qiziqtirardi. Buni inobatga
olgan Buxoro muzeyi rahbariyati 100 ta hayvon mulyajini tayyorlash uchun
Samarqandga buyurtma bergan.
Buxkomstarisning 1927-yil mart oyidagi yigʻilishida muzeyni ta’mirlash
ishlari tugaganligi va koʻrgazma uchun tayyorgarlik ishlari boshlanganligi haqida
fikr bildiriladi. Har bir tomoshabinning muzeyga kirishi 20 tiyin, musulmon
ayollari va qizil armiya askarlari uchun esa bepul qilib belgilangan.
1927-yildagi muzey Buxkomstarisning qoshida tashkil etilgan boʻlsa,
keyinchalik bu tashkilot Narkompros tasarrufiga oʻtgan. Oʻsha paytlarda muzey
oʻzida koʻproq oʻlkashunoslik va biroz tarixiy-rassomchilik mazmunini aks
ettirgan edi. Muzey fondini yangi eksponatlar bilan boyitish va buning uchun
tashkil etiladigan ilmiy ekspozitsiyalarni moliyalashtirish maqsadida muzeyga
davlat tomonidan uch yillik kredit mablagʻlari ajratiladi. Kredit mablagʻlari yildan
yilga oshirilib borilgan: 1929-yil 5000 rubl ajratilgan boʻlsa, 1930-yil 15000 rubl,
1931-yil esa 22000 rubl
26
ajratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |