Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti Buxoro tarixi kafedrasi oybek klichev


  3-mavzu. Buxoro oʻlkashunoslik muzeyning shakllanishi va



Download 6,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/86
Sana28.06.2022
Hajmi6,16 Mb.
#714910
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   86
Bog'liq
fayl 1867 20210920 (1)

 


36 
3-mavzu. Buxoro oʻlkashunoslik muzeyning shakllanishi va
XX asr 20-40-yillaridagi faoliyati 
Reja: 
3.1.
Buxoro oʻlkashunoslik muzeyining shakllanishi. 
3.2.
1925-1927-yillarda Buxoro oʻlkashunoslik muzeyining shakllanishida 
Sredazkomstaris va Buxkomstarisning faoliyati. 
3.3.
XX asr 30-40-yillarida Buxoro oʻlkashunoslik muzeyining yangi 
bosqichga oʻtishi, P.E.Kornilovning muzey sohasidagi faoliyati va ilmiy 
ekspeditsiyalar.
Tayanch soʻz va iboralar:
Oʻlkashunoslik, nozir, sovet, maorif, muzaxona, 
madrasa, shoʻba, Zerkomissiya, Buxkomstaris, Sredazkomstaris, Turkomstaris, 
Koʻkaldosh, BXSR, ekspozitsiya, sotsialistik, Sitorai Mohi Xosa. 
3.1. Buxoro oʻlkashunoslik muzeyining shakllanishi. 
Buxoroda sovet 
hokimiyati oʻrnatilib, ijtimoiy hayot yangi tizimga burib yuborilgandan soʻng, 
yangi hukumat tomonidan qoʻlyozmalar, eski kitoblar va osori-atiqalarni toʻplash, 
ularni mamlakat hududidan olib chiqib ketishga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan 
chora-tadbirlar koʻrildi va bu borada bir qator buyruqlar chiqarildi. 1920-yil 17- 
sentabrdagi Buxoro Nozirlar Shoʻrosining buyrugʻida jumladan shunday deyiladi: 
“Butun Buxoro mamlakatlaridagi eski hukumat ma’murlaridan qolgan eski va 
yangi kitoblar maorif nazoratiga topshiriladur. Shul kitoblarni koʻrmak yoki sotib 
olmoqchi boʻlgʻonlar maorif nazoratidan ijozat olmoqlari kerakdur. Xususiy 
kishilarda eski kitoblari boʻlib sotmoqchi boʻlsalar chetga chiqarmasdan maorif 
nazoratiga keltirib, oʻz bahosida oqchasini olsunlar va shul yuqoridagi yozuvlarga 
qarshi kelganlarga jazolar ila hukmga beriladur”. Hukumat oʻtmishdan meros 
boʻlib qolgan madrasalarga, kitob va oʻquv-yozuv asboblariga, osori-atiqalarga 
egalik qilish, ularni bir joyga toʻplash vazifasini maorif nozirligi zimmasiga 
yuklaydi. Shuning uchun oʻlka madaniyatiga oid osori-atiqa va san’atasarlarini 
toʻplash maqsadida maorif nozirligi qoshida “Tarixiy osori-atiqa shoʻbasi” tashkil 
qilindi. Chunki general-gubernatorlik davrida koʻplab bebaho kitoblar, 


37 
qoʻlyozmalar, osori-atiqalar ayrim kolleksionerlar tomonidan xalqdan yigʻib olinib, 
olib ketilgan edi. Shu bois Buxoro hukumati bunday salbiy holatlarning 
takrorlanishiga chek qoʻyish maqsadida yuqoridagi buyruqlarni chiqarishni 
maqsadga muvofiq deb bildi. Maorif nozirligining 1920-yil 20-dekabrdagi 
buyrugʻida ham shunday xavotirni oldini olishga chaqiriq bor. Unda Buxoroning 
oʻlka madaniyatiga oid osori-atiqa va nafis san’atasarlarini maorif nazoratidagi 
tarixiy osori-atiqa shoʻbasiga topshirishga qat`iy da’vatlar mavjud. 
Maorif noziri boshchiligidagi “Tarixiy osori-atiqa shoʻbasi” 1920-1922-
yillar davomida samarali faoliyat koʻrsatib, Buxoro vohasida yagona boʻlgan 
muzey tashkil qilishga muvaffaq boʻldi. Muzey 1922-yil 8-noyabrda ochiladi. 
Buxoro muzeyining ochilish sanasi borasida yagona fikr mavjud emas. 
Tadqiqotchi N.Yoʻldoshev muzey ochilishini 1927-yil bilan belgilaydi
20
. Biroq 
Buxoro muzeyi oʻz faoliyatini 1922-yilda boshlaganini oʻsha yillarda chiqib turgan 
“Buxoro axbori” gazetasidagi e’lon tasdiqlaydi. Oʻsha paytdagi Nozirlar Shoʻrosi 
raisi Ato Xoʻja, Maorif nozirligidagi mutasaddi rahbarlar, Rossiyaning Buxoro 
Respublikasidagi vakolatxonasi boshligʻi N.I.Sokolov hamda xalq vakillari 
ishtirokida 8 noyabrdaBuxoro muzeyining rasmiy ochilish marosimida qatnashadi. 
Muzeyning ochilish marosimida Ato Xoʻja soʻzga chiqib, Buxoroda muzey 
tashkil etilishining madaniy-ma’rifiy ahamiyati xususida gapirdi. N.I.Sokolov rus 
vakolatxonasi qaramogʻida ochilgan Fayzulla Xoʻjayev nomli qiroatxona 
(kutubxona) hisobidan muzey uchun ayrim kitoblar beradi. 
Muzey ochilishi oʻsha paytda muhim tarixiy voqea boʻlib, unga tashrif 
buyuruvchilarning son-sanogʻi boʻlmagan. Mazkur xayrli ishni amalga oshirish 
oson boʻlmagandi, albatta. Buxoro muzeyi ochilishi marosimida muallimlardan 
biri Nazir afandi soʻz olib, muzeyga “Qori Yoʻldosh muzaxonasi” deb nom 
berishni taklif qiladi. Ushbu taklif barcha ishtirokchilar tomonidan ma’qullandi. 
Qori Yoʻldosh esa marosim oxirida masala yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini 
bildiradi
21

20
Йўлдошев Н. Бухоро музейи //Фан ва турмуш. 1959. №12. –Б.32
21
Бухоро ахбори. 112-сон. 1922 йил23 ноябр.


38 
Muzeyning direktori etib Aminjon Poʻlatov tayinlangan. Uning birinchi 
binosi avvalgi Rus-xitoy banki binosida joylashgan (hozirgi San’at muzeyi binosi-
A.B.)
22
. Mirzo Salimbek muzeyning Koʻkaldosh madrasasida joylashganini qayd 
etsa, K.Raxmonov muzeyning birinchi binosi sifatida Sitorai Moxi Xosa binosini 
koʻrsatadi. Lekin arxiv hujjatlarining guvohlik berishicha, 1927-yil boshida 
muzeyga moʻljallab Koʻkaldosh madrasasi ta’mirlanayotgan paytda Zerkomissiya 
(Zarafshon okrug komissiyasi) muzeyni Buxoro amirining yozgi qarorgohi Sitorai 
Mohi Xosada ochish taklifi bilan chiqadi. Biroq bunga Oblispolkom (Zarafshon 
viloyat ijroiya qoʻmitasi) ruxsat bermaydi va Koʻkaldosh madrasasidagi ta’mirlash 
ishlari tugatilib, muzey faoliyatini shu madrasada boshlashga ruxsat beriladi. 
Demak, muzey Koʻkaldosh madrasasida 1927-yilda ochilgan. Amirning yozgi 
qarorgohi Sitorai Mohi Xosa esa 1931-yil Buxoro muzeyi filialiga aylantirilgan
23

Aslida bu ishlar 1927-yil boshlarida boshlangan edi. 
1922-yilda oʻz faoliyatini boshlagan Buxoro muzeyi beshta xonadan iborat 
boʻlib, bino yonida teatr, klub, kutubxona joylashgan va bular birgalikda 
madaniyat maskanini tashkil etgan. 
Birinchi muzey ekspozitsiyasi (koʻrgazma) tizimli boʻlmay, unga har xil 
qadimiy ashyolar jamlangan edi. Yigʻilgan ashyolar 168 donani tashkil etib, ular 
matolar, qoshgʻar vazalari, sopol buyumlar, qoʻlyozmalar, misgarlik va zargarlik 
buyumlaridan iborat boʻlgan. Asosiy maqsad - ommani oʻziga chorlash va 
qiziqtirish boʻlgani uchun muzey ashyolari muntazam toʻldirib borilgan. 1924-
yilda tematik ekspozitsiya (mavzuli koʻrgazma) tashkil qilinadi va u qishloq 
xoʻjaligi mehnatkashlariga bagʻishlanadi. Ekspozitsiya yaratish borasida hali 
yetarli tajriba toʻplanmagani, tashkil etilgan ekspozitsiya amirlik tuzumining 
tanqidchisiga emas, aksincha targʻibotchisiga aylanib qolgani, shuningdek, muzey 
oʻzining saqlov vazifasini bajarmagani bois, ekspozitsiya vaqtincha yopib 
qoʻyiladi. 
22
Альмеев Р.В. Бухара город-музей. –Ташкент: Фан, 1999.–С.17.
23
Альмеев Р.В. Бухара город-музей. –Ташкент: Фан, 1999. –С.20.


39 
Muzey uchun 1922-1924-yillardagi faoliyat birinchi bosqich boʻlib, bu 
davrda muzey shakllantirildi va Buxoroda ijtimoiy madaniyatni koʻrsatuvchi 
muzey instituti vujudga keldi.

Download 6,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish