Kurs ishining maqsad va vazifalari. Kurs ishimizning asosiy maqsadi ko`chirma gapda ifoda etilgan mazmun-mohiyatni o`zlashtirma gapda ifoda etish usullari, shakl va mazmun mutanosibligi. Ularning stilistik xususiyatlariga bir nazar.
Kurs ishining asosiy vazifalari :
ko`chirma va o`zlashtirma gaplarning o`xshash va farqli jihatlarini misollar yordamida izohlash ;
ularning badiiy matndagi o`rnini o`rganish ;
ko`chirma va o`zlashtirma gaplarda shakliy mutanosiblik haqida.
Kurs ishining afzalligi : mazkur kurs ishida nutq vaziyatiga mos ravishda foydalaniladigan ko`chirma va o`zlashtirma gaplar, ularning o`ziga xos xususiyatlari, badiiy asarlarda qo`llanilishi va ahamiyatlilik darajasi misollar yordamida izohlab beriladi.
Kurs ishining predmeti. Badiiy matnlar va dialogik nutqlar kurs ishining vazifasi bo`lib xizmat qiladi
Kurs ishining tadqiqot obyekti. Badiiy matnda qo`llanilgan ko`chirma va o`zlashtirma gaplar kurs ishining asosiy obyekti hisoblanadi.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, asosiy qism, umumiy xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
O’zgalarning hech o’zgarishsiz, ayni shaklda berilgan gapi ko’chirma gap deyiladi. Ko’chirma gapda muallif gapining kesimi dedi, deb so’radi, deb javob berdi, gapirdi, so’zladi, aytgan kabi fe’llar bilan ifodalanadi.
Ko’chirma gap so’zlashuv, badiiy uslubda keng qo’llanadi. Ko’chirma gap (ko’chirilgan gap) muallif gapidan avval, keyin, muallif gapining ichida kelishi mumkin. O’z navbatida muallif gapi ko’chirma gap orasida berilishi mumkin:
Nasiba dedi: “Sovuqdan oyoqlarim zirqirab og’riyapti”. Ko’chirma gapda tinish belgilari quyidagicha ishlatiladi:
Ko’chirilgan (ko’chirma) gap qo’shtirnoq ichiga olinadi: badiiy asarlarda tire bilan ajratib beriladi. “Darslarni yaxshi o’zlashtirishga harakat qil”, - dedilar dadam. - Ko’p martalab mehmon bo’ldim, - dedi Qutidor, -ul vaqtda bobongiz tirik edilar.(A.Qodiriy)
Ko’chirilgan gap darak mazmunida bo’lib, muallif gapidan oldin kelsa, undan keyin vergul va tire qo’yiladi. Ko’chirilgan gap so’roq mazmunidagi yoki his-hayajon gap bo’lsa, so’roq yoki undov belgisi qo’shtirnoqdan oldin qo’yiladi (keyin vergul qo’yilmaydi). “Aytilganlarni nega olib kelmading ?”- dedilar jahl bilan oyim.
Ko’chirilgan gap muallif gapidan keyin kelsa, muallif gapidan so’ng ikki nuqta qo’yiladi.
Agar muallif gapi ko’chirma gapning o’rtasida kelsa, tinish belgilari quyidagicha bo’ladi:
a) muallif gapi har ikki tomondan vergul bilan ajratiladi: “Bizning qishlog’imizda,-dedi Fazliddin,-kishi zerikmaydi;
b) ko’chirilgan gapning uzilib qolgan qismidan so’ng nuqta qo’yish lozim bo’lsa, muallif gapidan oldin vergul va tire, muallif gapidan so’ng nuqta qo’yiladi. Ko’chirma gap tire qo’yib davom ettiriladi: “Shoira bilan o’tkaziladigan uchrashuvda barcha bitiruvchi sinf o’quvchilari bo’lishlari shart”-dedi direktor.- Negaki, ular orasida ijod qila boshlaganlari ko’p.
v) ko’chirma gap so’roq yoki his-hayajon gap bo’lsa, muallif gapidan oldin so’roq yoki undov belgisi va tire qo’yiladi.
5. Ko’chirma gap muallif gapining o’rtasida kelsa, tinish belgilari quyidagicha bo’ladi: a) muallif gapining uzilgan qismi oxiriga ikki nuqta qo’yilib, ko’chirilgan gapdan keyin vergul va tire qo’yilib, muallif gapi davom ettiriladi: Saodat: “Biz ham astoydil mehnat qildik”,- dedi.
Olimlarning aniqlashicha, o‘zga gap ifodasining uch turi bo‘lib bular quyidagilar : -o‘zlashtirma gap -o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap -ko‘chirma gap ‘‘Hozirgi o‘zbek adabiy tili’’ (sintaksis) o‘quv qo‘llanmasida o‘zga gap shakllarini ikki turga –ko‘chirma va o‘zlashtirma gapga ajatib tasnif qilingan2 . Turkiy tillarda qo‘llangan o‘zga gap shakllarini funksional –grammatik nuqtai nazardan tadqiq etish X.Qurbatov Y.M.Vinogradov va O.Isroilovlarning nomzodlik ishlaridan boshlangan edi. Masalan,Olimlarning fikricha, turkiy tillarda o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma shakllari tarkibida fe’lning barcha zamon formalari qo‘llanilishi mumkin. Lekin bu shaklda olmoshlar va 3-shaxs tuslovchi qo‘shimchalarning uchrashi ko‘proq kuzatiladi. Olim o‘zining 1953-yilda shu mavzuga oid tatar tilida yozgan maqolasida oziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap shakllarini ‘‘o‘rtak so‘ylam’’ atamasi bilan nomlagan shundan kiyin bu atama tatar tilshunosligida keng ommalashgan edi. Y.M. Vinogradov talqiniga ko‘ra, o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gaplar shakllari qo‘llangan bayon tinglovchiga yoki kitobxonga emotsional ta’sir etish xususiyatiga egadir deb keltirib o‘tadi B.Yo‘ldoshev “o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gaplarning grammatik- uslubiy kategoriyasi sifatida”nomli monografiyasida, O.Isroilov o‘z nomzodlik ishida o‘zga gap shakllarini uch tur (o‘zlashtirma gap, ko‘chirma gap, o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap)ga ajratadi, lekin ulardan faqat ikkitasiga keng to‘xtaladi. Muallifning fikricha, o‘zbek tili sintaktik qurilishida o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap shakllarining o‘rni masalasi haqida tadqiqot obyekti bo‘lishi lozim. Olim o‘zining ‘‘Hozirgi o‘zbek adabiy tilida o‘zga gap’’ nomli ma’ruzalar matnida ham ko‘chirma va o‘zlashtirma gap shakllarini yoritgan edi. Jumladan olimning mulohazalariga ko‘ra, ‘‘o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gaplarning o‘z ichiga qamrab oluvchi gaplarning qismlari bilan birlashib, qo‘shma gapni hosil qilganda, nutqning fe’l qismi ‘‘o‘yladi’’, ‘‘aytdi’’, “esladi’’ singari so‘zlardan yoki ot, fe’l qism ( shovqin ko‘tardi, ta’ma qila boshladi, o‘yga soldi, o‘ylanib qoldi kabi) lardan iborat bo‘lishi mumkun. Ko‘pincha avtor nutqida shunday gaplar bo‘ladiki, ular o‘zga gaplar bilan yagona bir gap tarzida bog‘lanmaydi. Bular bevosita bayon qilinayotgan o‘zga gaplarning, asar qahramonining ichki yoki tashqi nutqi ekanligini aniqlashga xizmat qiladi”3 . ‘‘O‘zbek tilining amaliy grammatikasi’’ asarida ham o‘zga gap shakllari ikki tur (o‘zlashtirma va ko‘chirma gap)ga ajratiladi 4. G‘.Abdurahmonovning ‘‘o‘zbek tili grammatikasi’’ (sintaksis) nomli darsligida ham o‘zga nutqni berish yo‘llari ko‘chirma va o‘zlashtirma gapdan iborat, deb ko‘rsatiladi5. D.Abdullayeva o‘zbek tilidagi o‘zga gapli qurilmalarning semantik – sintaktik valintlik xususiyatlarini tadqiq etishda o‘zlashtirma, ko‘chirma kabi turlarga ajratmay. Buning sababini muallif quyidagicha izohlaydi: ‘‘…ma’lumki, badiiy asar bir muallifning ijodiy mahsuli, ya’ni bir so‘z bilan aytganda, muallifning o‘z gapidir. Shuning uchun bu asardagi nutqiy parchalarni ‘‘o‘ziniki yoki o‘ziniki emas’’larga ajratish juda ko‘p hollarda su’niy va qat’iy lisoniy asoslarga ega emas. Zeroki, o‘zlashtirma gap voqealangan nutq parchasiga o‘zlashtirma gap muallif tomonidan maxsus ajratilgan alohoda bir bug‘in, kiritma, xolos. O‘zga gapli qurilma tadqiqotchilari to‘g‘ri ta’kidlaganidek, o‘zga gap xilma xil shakllarda berilishi mumkin… ’’ . Bu ishda o‘zga gapli qurilmaga quyidagicha ta’rif beriladi: ‘‘o‘zga gapli qurilma- bu markazida nutq fe’li va bu fe’lning obyekt valentligini ochuvchi aktavant turgan birikma (qurilma). Shuning uchun o‘zga gapli qurilma boshqa sintaktik qurilmalar singari semantik – sintaktik valentlik va uning nutqiy voqealanishi bilan bog‘liq bo‘lgan hodisadir’’. Davrlar o‘tishi bilan o‘zga gapli qurilmalarni matn tarkibida qo‘llashda ayrim o‘zgarishlar yuz beradi. Bu jihatdan A. Ahmedovning o‘zbek adabiiy tili sintaktik strukturasida ko‘chirma gapli qurilmalardan foydalanishda yuz bergan struktur- simantik o‘zgarishlar tahliliga bag‘ishlangan ishi xarakterlidir. H.Mahmudov va A.Nurmonovlar qayd etishicha o‘zga gapli qurilmalar sintaksisiga oid muhim muommmolarni tadqiq etish ularni shakllantiruvchi elimentlar hamda bunday elimentlarning o‘zga gapli qurilmalar tarkibidagi o‘zaro shakl- mazmuniy jihatdan munosabatini hisobga olishni taqazo etadi6 . O‘rni kelganda M. Iminovning ‘‘o‘zbek tili va adabyoti’’ jurnalida e’lon qilingan ‘‘o‘zlashtirma gap bormi?’’ nomli maqolasiga munosabat bildirmoqchiman: maqolada to‘g‘ri ta’kidlagandek, tilshunoslikdagi nazariy nuqsonlar leksikada ham , so‘z yasalishi va morfemikada ham mavjud bo‘lib , ular o‘zining yangicha idrok etishi va talqinini kutmoqda’’7. Muallif o‘zbek tilshunosligida ‘‘ko‘chirma va o‘zlashtirma gap’’ haqidagi qarashlarni real hayotda obyektiv haqiqatdan yiroq yoki ilmiy – nazariy asoslari yetarli bo‘lmagan masalalar qatoriga kiritadi. Shundan kiyin muallif maqola davomida ‘‘Xo‘sh biz ko‘chirma gapni o‘zlashtirma gapga aylantiramizmi va qachon?’’ degan savol bilan murojaat qiladi. Bu savolga javob berish uchun ‘‘Menga Salimjon: Bugun men kinoga boraman - dedi’’ gapni tahlil qilishga intildi . Muallifning fikricha, ‘‘ko‘chirma gap o‘zlashtirma gapga aylantiriladigan bo‘lsa, unda mana bunday xol ro‘y beradi: birinchi so‘zlovchining gapi (kinoga boraman)ni tinglovchi muallif gapi sifatida (ikkinchi so‘zlovchi bo‘lib) ikkinchi tinglovchi (uchinchi kishiga) ko‘chirma gap shaklida yetkazadi. Bu ko‘chirma gapni ikkinchi avtor tinglovchiga qaytadan o‘zlashtirma gap shaklida uzatadi. Hayotda , kommunikatsiya jarayonoda bunday bo‘lishi mumkin emas’’.
Maqola muallifi eshitganni, ya’ni informatsiyani uzatish, asosan ikki shaklda axborot ( oddiy gap) va ko‘chirma gap shaklida bo‘lishini isbotlashga intiladi. Maqola so‘ngida M. Iminov quyidagi xulosalarga keladi: 1. O‘zga (ko‘chirma gap) gap deb atalgan forma eshituvchi uchun o‘zga gap ham , ko‘chirma gap ham emas , balki oddiy xabardir. 2. Eshitilgan gap boshqa bir shaxsga o‘tkazilgandagina avtor gapi qo‘shilib ko‘chirma gap tusini olishi mumkin. Agar bu gapda ifodalangan fikr qayta eslab tilga olinmasa, u ‘‘o‘lik’’ axborotligicha qoladi, basharti, mazmun birovga yetkazilsa, o‘zlashtirma (gap) holda emas, axborot haqida axborot sifatida namoyon bo‘ladi. 3. Ko‘chirma gap hech qachon o‘zlashtirma gapga aylantirish va uning variant- usullarini ko‘rsatish mantiqsiz va asossizdir. O‘zbek tilida o‘zlashtirma gap butunlay yo‘q . ‘‘Ozlashtirma gap’’ va uning ifoda formalari ona tili darsliklarida bor, xolos. ‘‘O‘zlashtirma gap’’ yo‘qligi tufayli bu termini ishlatish ham ( yuqoridagi ma’noda) o‘rinsizdir . Shuning uchun bo‘lsa kerak, biz biron joyda (ilmiy badiiy asarlarda) o‘zlashtirma gapni uchratmaymiz. Maqolada dadillik bilan o‘zlashtirma gap haqidagi masalaning ko‘tarib chiqilishini ma’qullash lozim. Lekin maqolada olg‘a surilgan fikrlar yetarlicha dalillanmagandek tuyiladi. O‘zbek tilshunosligida ‘‘o‘zlashtirma gap’’ termini balki noo‘rin qabul qilingandir, chunki ro‘scha ‘‘косвенная реч’’ atamasi o‘zbek tiliga so‘zma so‘z tarjima qilinganda, ‘‘nisbiy nutq’’ deb tushunish mumkin deb yozadi B. Yo‘ldoshev.‘‘O‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap grmmatik- uslubiy kategoriya sifatida’’ nomli monografiyasida. Shuning uchun ko‘chirma gapli konstruktsiyalarni o‘zbek tilshunosligida maxsus tadqiq etagan professor A.Abdullayev o‘z ishlarida ‘‘o‘zlashtirma gap’’ terminining o‘rniga ‘‘assimilatsiyalashgan nutq ’’ terminidan foydalangan, o‘z navbatida ko‘chirma gap A. Abdullayev tomonidan ‘‘assimilatsiyalashgan nutq’’ deb yuritilgan edi.
O‘zga gapli qurilmalarda muallif nutqi bilan qahramon nutqining o‘zaro uyg‘unlashuvi, yangi chatishuvi natijasida hosil bo‘lar ekan bu hol , uning o‘ziga xos intonatsiyasini ham belgilab beradi. Bu o‘rinda nutqning xususyati va bayon qilinayotgan fikrga bo‘lgan munosabat nazarda tutiladi. Qahramonning jonli so‘zlashuv uslubiga xos bo‘lgan emotsional xususyatlarini hikoya tarzidagi muallif nutqi bilan qabatlanib kelayotgandek tuyuladi. Mallifning ana shu xildagi nutqi o‘z navbatida qahramon nutqidagi intonatsiyaning rang- barangligiga sababchi bo‘ladi. Badiiy asarning muallifi har doim ham faqat bayon qilish bilan cheklanmaydi: U o‘z personajlarining xatti harakatiga achinadi, kuladi, nafratlanadi, hayratlanadi va boshqalar. Ijodkorning voqelikka muallif nutqi orqli va ana shunday turli xil munosabati badiiy asarning asosi bo‘lib, kitobxonning asarda muallif niyatini diqqat markazini to‘g‘ri anglay olishiga yo‘l ko‘rsatadi. Darvoqiy L. N. Tolstoy‘‘ har qanday badiiy asarda muallifning voqelikka bo‘lgan shaxsiy munosabatini, shu munosabat tufayli asarda yozilgan barcha narsalar kitobxon uchun muhim qimmatlidir. Badiiy asarning butunligi g‘oyaning birligi, qatnashuvchi shaxslarning ishlaganligi kabilardan iborat emas, balki butun asarga singdirilgan muallifning voqelikka bo‘lgan o‘z munosabatining ravshanligi va aniqligidan iboratdir ’’ , - degan edi. Eng muhimi, badiiy nutq tizimida muallifning yoki biror personajning nuqtai nazari birinchi planga qo‘yilganligidadir. Bu albatta, asar konkretligidan, unda qo‘llangan o‘zga gap formalari ma’lum bo‘ladi. ‘‘Yozuvchi, san’atkor oddiy kishilardan shu bilan farq qiladiki, - degan edi I.Sulton, uning asarlarida hayot hodisalari, faktlar faqat qayd etilibgina qolmaydi. Har gal biror hodisa, fakt haqida hikoya yozuvchining, san’atkorning shu narsaga, hodisaga, provardida, kishilarga ijobiy yoki salbiy munosabati bilan sug‘orilgan bo‘ladi. Bu ‘‘munosabat faktori’’ shunchalik muhimki, faqat u gina bizga hodisa haqida haqiqiy, mukammal, yorqin tasavvur bera oladi. San’atkorning ijobiy munosabati mehr va muhabbati bilan qizdirilgan hayotiy fakt, xuddi endigina cho‘g‘dan olingan temirdek, o‘z rangi, harorati, fazilatlari bilan hayratga solishi va tahsinimizga sazovor bo‘lishi mumkin’’. Bular tabiiyki, badiiy asar matni tarkibida qo‘llangan o‘zlashtirma gaplar intonatsiyasiga ham ta’sir qiladi.
O‘zlashtirma gaplar o‘zga gapni ifodalovchi shakllardan biri bo‘lib, asosan badiiy nutq uslubiga xoslangan matnlarda faol qo‘llanadi. O‘zlashtirma gap o‘zganing fikrini ifodalash bo‘lib bu asosan ikkinchi shaxsdan uchinchi shaxsga yetkazishda ham ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |