O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti



Download 2,02 Mb.
bet17/25
Sana22.06.2022
Hajmi2,02 Mb.
#692181
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Bog'liq
« JANGOVAR TEXNIKALAR PARKI VA ULARNI JIHOZLARI. JANGOVAR TEXNIKALAR PARKDA BTR-80GA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH TURLARI MAVZUSIDA BO‘YICHA TA’LIM TEXNOLOGIYASINING

Parklarni jixozlash.
Park hududi bo‘laklarga bo‘linadi va bo‘linmalarga biriktirib kuyiladi. Bo‘laklarning chegarasi ko‘rsatkichlar bilan ajratiladi.
Parklarni jixozlashda, mashinalarni joylashtirish, saqlash, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashga qulay bo‘lishini xisobga olish kerak. SHuningdek, mashinalarning parkdan bemalol chiqishi, ishonchli qo‘riqlanishi va yong‘in xavfsizligi xam ta’minlanishi lozim. Park binolarining qurilishi yongin xavfsizligi xisobga olingan xolda tasdiklangan. Bosh reja asosida namunaviy loyixa buyicha olib boriladi; Texnika saqlanadigan barcha binolar yong‘inga qarshi qurilma bilan jixozlanishi kerak. Qism buyicha buyruq bilan park binolari (inshootlari) ning yong‘inga qarshi holati uchun mas’ullar tayinlanadi. Parkda issiq suv bilan ta’minlangan dush, qo‘l yuvish xonasi, keraklicha xojatxona, shuningdek, qishda shaxsiy tarkib isinadigan, xona bo‘lishi kerak. Park ichida zanjirli va g‘ildirakli mashinalar uchun aloxida yulbo‘lishi kerak. Bu yullarda iloji boricha kesib o‘tuvchi yul va murakkab burilishlar kam bo‘lgani ma’kul. Xullas, yullar taxlika paytida mashinalarning tezda parkdan chikib ketishini ta’minlashi lozim. Parklardagi yullar qattiq bo‘lishi kerak yozda, xavo issiq paytda suv sepiladi, qishda qordan, muzdan tozalanadi. Park hududida mashinalarning xarakat xavfsizligini ta’minlash uchun yullarga ko‘rsatkichlar va standart yul belgilari qo‘yiladi. Ayniqsa, taxlika va yong‘in paytida mashinalar chiqadigan yo‘l aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Park jixozlari va agregatlari (komplekslar, yuvish mashinalari yonilg‘i va moy filtrlarini yuvish uchun stendlar va x.k.) texnik xizmat ko‘rsatish joyiga xizmat ko‘rsatadigan maxsus postlarga joylashtirilishi, raqamlanib, bu jixozlarni ishlash prinsipini turgangan va undan tug‘ri foydalana oladigan mas’ul kishilarga biriktirilishi kerak. YOnilg‘i kuyish shaxobchalari, kuyish to‘pponchalari«kuvur»lar, yonilg‘i kuyish kolonkalari bor joylarga statik elektr tokini yuqotish uchun erga ximoya simi o‘rnatish kerak. SHaxsiy tarkib parkda ishlayotgan paytda texnika xavfsizligi qoidalariga kat’iy amal kilishi kerak. Mashinalarda ishlayotgan paytda bajarilayotgan ishlar texnologiyasini hisobga olgan xolda yong‘in xavfsizligi yo‘riqnomasiga amal qilish kerak. Maxsus sinflarda, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash joylari yoki maydonchalarda mashinalarga xizmat ko‘rsatadigan ekipaj (xaydovchilar) yig‘iladigan va mashq qiladigan, taxlika, (dvigatelni isitish yoki qizdirish) paytida mashinalardagi xarakatlar, mashinaning texnik xolatini ko‘rish va tekshirish buyicha bilimlarni egallash. Texnik tayyorgarlik buyicha belgilangan me’yorlarni puxta o‘rganish uchun ekipaj (xaydovchilar) bilan amaliy mashg‘ulot o‘tkazishga moslashtirilgan bittadan kam bo‘lmagan joy jixozlanadi.
Tinchlik davrida qismlar va o‘quv markazlari bir joyda odatda uzoq muddatga joylashadi. SHuning uchun tank va motoo‘qchi qismlarning doimiy parklari xududida mashinalardan uzok vaqt foydalanish, ta’mirlash va saqlash uchun mo‘ljallangan bino va inshootlardan iborat bo‘ladi.
Doimiy parklarda mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash odatda maxsus jixozlangan joyda, ya’ni “mashinalar xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash vositalariga” prinsipiga asosan amalga oshiriladi.
Dalabop - parklar qismlarning dala sharoitida vaqtinchalik joylashganda tashkil etiladi. Undagi qurilmalar, yo‘llar va maydonchalar vaqtinchalik foydalanishga mo‘ljallangan. Dalabop parklar o‘ziga elementlar emas, uchastkalarni o‘z ichiga oladi. Dalabop parklarda mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash “texnik xizmat ko‘rsatish vositalari mashinalarga” prinsipiga asosan tashkillashtiriladi.
Doimiy parkga qo‘yiladigan talablar
Doimiy parkalar uchun ajratilgan joy quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- xududnig o‘lchami va tuzilishi parkning mashinalarga xizmat ko‘rsatish ketma-ketligi va ularning park ichi xarakati sxemasiga mos ravishda hamma bino va inshootlarning joylashishini ta’minlashi kerak;
- xudud yuzasi nisbatan tekis va suvlar to‘planmasligini ta’minlovchi qiyalika ega bo‘lishi kerak, shuningdek ayniqsa park bino va inshootlari uchun ajratilgan maydonlar ko‘p xajmli er ishlarini talab qilmasligi kerak;
- er qatlami binolarni qurishda yuqori narxli fundamentlardan foydalanishga yo‘l qo‘ymasligi va yarimpodval xonalarni qurishda qiyinchilik tug‘dirmasligi kerak;
- suv toshqinlari xududni bosmasligi kerak;
- xudud uchun tanlangan joy parkning tabiiy niqobini ta’minlashi va asosoiy xarakat magistrallaridan ( temir va avtomobil yo‘llari, daryo kema va fuqaro havo yo‘llari ) chetroqda bo‘lishi kerak;
- xudud mavjud elektr va suv bilan ta’minlash tarmoqlariga yaqin joylardan tanlanadi, lekin yuqori kuchlanishli elektrliniyalari park xududidan o‘tmasligi kerak.
Doimiy parkning tuzilishi va jixozlari quyidagilarni ta’minlashi kerak:

  • texnikalarning texnik holati va jangovor shayligiga, atmosferaning zararli ta’sirini maksimal kamaytirib, mashinalarni ishonchli saqlashi;

  • qabul qilingan texnologiya asosida mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashga qulayligi;

  • ishonchli himoya va tabiiy niqobga ega bo‘lishi;

  • bir vaqtni o‘zida parkdan hamma mashinalarning tez va qulay chiqish imkoniyati;

  • atrof-muxitni ifloslanishdan saqlash maqsadida foydalanilgan suv, moylarni tozalovchi inshoot va gaz chiqaruvchi quvurlarning mavjudligi;

  • yong‘inga xavfsizligi.

Park xududi obodonlashtiriladi, ko‘kalamlashtiriladi va atrofi devor bilan berkitiladi.
Doimiy parkning asosiy elementlari.
Qismlarning doimiy parklari alohida elementlardan tashkil topgan.
Park elementi deb qurol va texnikalarga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va saqlash bo‘yicha ma’lum bir ishlarni bajarish uchun jixozlangan va mo‘ljallangan inshoot yoki parkning ma’lum bir xududiga aytiladi.

Doimiy parklar quyidagi elementlardan iborat:


- park bo‘yicha navbatchining xonasi va texnik nazorat punkti;


- texnik xizmat ko‘rsatish liniyasi:
- suv va moylarni qizitish joyi;
- akkumulyatorlar xonasi;
- qurol va texnikalarni saqlash (turish) joyi;
- navbatchi shataklar uchun isitiluvchi saqlash joylari;
- texnikalarning ehtiyot qismlari va mashinalardan echilgan jixozlarni saqlash uchun omborxonalar;
- ekspluatatsiya sinflari (ZTT uchun);
- xarakat xavfsizligi, haydovchi va mashina kattalari bilan instruktaj o‘tkazish sinfi;
- amaliy mashg‘ulotlarga ajratilgan mashinalarni qo‘yish maydonchasi;
- parkdan chiqayotgan mashinalarni tekshirish uchun jixozlangan maydoncha;
- metallomlari yig‘ish va saqlash uchun joy;
- parkni elektrota’minot va isitish uchun bino va inshootlar.
Yuqorida sanalgan elementlardan tashqari doimiy parklarda bo‘ladi:
- park ichi yo‘l va yo‘laklari;
- texnikxizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni kutayotgan mashinalaruchun may-doncha;
- yong‘inga qarshi щitlar, gidrantlar va suv havzalari;
- yig‘ilgan suvlarni chiqarish qurilmalari;
- qorovul minoralari;
- chekish uchun joylar;
- xojatxona va yuvinish joylari.
Texnik nazorat punkti va park bo‘yicha navbatchi xonasi
Texnik nazorat punkti – mashinalarni parkdan chiqishdan oldin va parkga qaytgandan so‘ng ularning texnik holatini tekshirish, xujjatlarni rasmiylashtirish, shuningdek parkda ichki xizmatni o‘tovchi shaxsiy tarkibni va jixozlarni joylashtirish uchun mo‘ljalangan.
Amalda bu element TNP(KTP) deb atalib, unda texnik nazorat punkti va park bo‘yicha navbatchining xonasi ko‘zda tutiladi.
Texnik nazorat punkti binosi oldida bitta tartibda parkdan chiqayotgan mashinalarni tekshirish uchun maydoncha ko‘zda tutilgan. Bo‘linma tarkibida parkdan chiqqayotgan mashinalarning texnik holatini, odatda mashinalarni saqlash joyida TNP boshlig‘i tomonidan tekshiriladi.
Texnik nazorat joyi jixozlanadi:
- park bo‘yicha navbatchi xonasi;
- navbatchi shatak haydovchilarining xonasi (va park bo‘yicha naryadning dam olishi uchun);
- texnik nazorat punkti boshlig‘ining xonasi;
- xarakat havfsizligi va shaxsiy tarkibni instruktaj qilish sinfi;
- bo‘linma komandirlarining qurol-aslaxa bo‘yicha o‘rinbosarlari xonasi.
SHu binoning o‘zida parkda ishlayotgan shaxsiy tarkibni isitish xonasi ham jixozlanishi mumkin.
TNP binosi tashqarisida quyidagi jixozlar o‘rnatiladi:
- yo‘l sharoiti haqida xabar beruvchi tablo;
- mashinalarni parkdan chiqishdan oldin xizmat ko‘rsatish ketma-ketligi sxemasining shiti;
- qismdagi texnikalarni rostlash bo‘yicha ma’lumotlar shiti;
- mashinalarga tabel buyumlari va jixozlarni joylash sxemasi;
- trevoga va yong‘inda signal berish uchun qo‘ng‘iroq yoki boshqa qurilma (sig-nallar jadvali bilan);
- yig‘ishtirish inventarlari bilan belkuraklar, supurgi, chelak, bolta va lomlar uchun shkaf;
- yong‘inga qarshi jixozlar to‘plami;
- tashqaridagi xaroratni o‘lchash uchun termometr;
- eng yaxshi ekipaj va haydovchilar vitrinasi;
- yo‘l xarakati qoidalarida ko‘rsatilgan yo‘l belgilari to‘plami shiti (vazi-falari to‘g‘risida yozuvsiz).
Park bo‘yicha navbatchi xonasida quyidagi jixoz va xujjatlar bo‘lishi kerak:
- yozuv stoli;
- stullar (taburetlar);
- kiyim ilgich;
- topchan;
- umumiy elektr va avariya yoritgichlari;
- telefonlar;
- soat;
- ichimlik suvi uchun bachok;
- qo‘l elektr fonari;
- har bir oyna uchun niqoblovchi pardalar;
- xona termometri;
- dori qutisi;
- park binolari va transport, o‘quv, o‘quv-jangovor mashinalarining birinchi nusxa kalitlari to‘plami bilan oynali shit;
- xujjatlarni saqlash uchun metal quti va unda quyidagi xujjatlar bo‘lishi kerak:
- navbatchilikni qabul qilish va topshirish kitobi:
- mashinalarni ochish kitobi;
- mashinalarni chiqish va qaytish jurnali;
- suvni to‘kish jurnali;
- mashinalardan foydalanish naryadlarini saqlash uchun papka;
- Qurolli kuchlarning ichki xizmat nizomi;
- park binolari va mashinalarni muxrlari va plombalarining namunalari;
- navbatchilikni topshirish va qabul qilishdagi jixoz va ashyolarning ro‘yxati;
- harbiy qism muxri bilan muxrlangan “Faqat trevogada ochilsin”
qutisida bo‘lishi kerak:
- park binolari va transport, o‘quv, o‘quv-jangovor mashinalarining ikkinchi nusxa kalitlari to‘plami;
- harbiy qism muxri bilan muxrlangan har bo‘linma uchun yo‘l varaqalari solingan konvert;
- qopchalarda har bir vzvodning jangovor gurux mashinalari ikkinchi nusxa kalitlari to‘plami;
- «Suv to‘kilgan» yozuvlarini saqlash qutisi;
- devordagi oyna osti xujjatalari shitda quyidagilar bo‘lishi kerak:
- park bo‘yicha navbatchining yo‘riqnomasi;
- park bo‘yicha posboning yo‘riqnomasi;
- navbatchi shatak haydovchisining yo‘riqnomasi;
- parkning kun tartibi;
- parkga kirish uchun ruxsatnomalarning namunalari;
- texnikalar uchun to‘g‘ri to‘ldirilgan yo‘l varaqalarining namunalari;
- parda bilan berkitilgan sxemalar shitida bo‘lishi kerak:
- trevoga vaqtida texnikalarning parkdan chiqish tartibi;
- park xududini bo‘linmalarga biriktirish sxemasi.
- poyavzal va kiyimlarni tozalash uchun jixozlar.

TNP boshlig‘i xonasi quyidagilar bo‘lishi kerak:


- yozuv stoli;
- stullar (taburetlar) 2 dona;
- kiyim ilgich;
- umumiy elektr va avariya yoritgichlari;
- telefonlar;
- soat;
- uch xil rangli qo‘l elektr fonari;
- har bir oyna uchun niqoblovchi pardalar;
- xona termometri;
- kalendar;
- xujjatlarni saqlash uchun metal quti;
- devordagi oyna osti xujjatalari shitda quyidagilar bo‘lishi kerak:
- qism komandiri tasdiqlagan TNP boshlig‘ining yo‘riqnomasi;
- texnikalar uchun to‘g‘ri to‘ldirilgan yo‘l varaqalarining namunalari;
- dam olish oldi va dam olish kunlari transport guruxidagi engil va yuk avtomobillaridan foydalanish xuqukini beruvchi ruxsatnoma namunalari;
- 100 kilometrdan ko‘p yurish uchun bir martalik ruxsatnoma namunasi;
- mashina kattasining ma’lumotnoma namunasi;
- mashinalarni tekshirish uchun asbob va jixozlar to‘plami:
- 00,5dan 2mm gacha bo‘lgan plastik shuplar to‘plami;
- nutromer;
- 300 mm li metall chizg‘ich;
- rul lyuftomeri;
- uzun dastakli bolg‘acha (200 gr.);
- uzunligi 1250 mm va diametri 30 mm li temir lom;
- yo‘l varaqalarini to‘ldirish uchun muxr (shtamp).
Navbatchi shatak haydovchilarining xonasida quyidagi jixozlar bo‘lishi kerak:
- yozuv stoli;
- stullar (taburetlar) 2-3 dona;
- kiyim ilgich;
- topchan 2 dona;
- soat;
- ichimlik suvi uchun bachok;
- kalendar.
Xarakat havfsizligi va shaxsiy tarkibni instruktaj qilish sinfi jixozlanadi:
- stol yozuv qurollari bilan;
- stullar (taburetlar) -10 - 15 dona;
- shaxsiy tarkibni instruktaj qilish sinfi devorida plakatlar va sxemalar bo‘lishi kerak, ularda:
- haydovchining majburiyati;
- mashina kattasining majburiyati;
- transportlarning yo‘l xarakati qoidalari bo‘yicha asosiy xolatlar (chorrahalardan, temir yo‘llardan o‘tish, tunda, tumanda, yo‘llar muzlaganda, shaxsiy tarkibni tashishda, transportlarni shatakka olganda xarakatlanish xususiyatlari va kolonna tarkibida mashinalarni haydash);
- yo‘l-signal belgilari va ko‘rsatkichlar;
- asosiy xarakatlanish yo‘nalishlari va ularning masofalari, yo‘l qoplamalari, turli to‘siqlar, burilishlar, ko‘tarilish va tushish, yo‘l-signal belgilari joylari va ularning axamiyati;
- ruxsat berilgan xarakat tezligi va transport va yo‘lovchilar
xarakatining serqatnovligi;

  • avtohalokatlarni ogoxlantirish va xarakat qoidalari bo‘yicha

rasmlar albomi.
YUqorida taqdim qilingan TNP namunali bo‘lib hamma harbiy qismlar ya’ni tank, motoo‘qchi va o‘quv qismlariga mo‘ljallangan. Uning asosida mashinalardan to‘g‘ri foydalanishni va parkda kerakli darajada tartibni ushlab turishni ta’minlovchi zamonaviy talabalarni qoniqtiradi. Ammo jangovor shaylikni oshirish talabalari va mashinalardan foydalanish, ayniqsa avtomobil texnikalaridan foydalanish surati jadal ravishda o‘sib bormoqda, bularning hammasi kelajakda park xizmatini qisman TNP ishini takomillashtirishni talab qiladi
Texnik xizmat ko‘rsatish liniyasi
Texnik xizmat ko‘rsatish liniyasi o‘quv, o‘quv-jangovor va transport guruxidagi mashinalarda malakali KTXKni to‘liq xajmda o‘tkazishga mo‘ljallangan.
Harbiy qismning jangovor va saf guruxidagi mashinalarga xizmat ko‘rsatish odatda saqlash joylari oldidagi maydonchalarda o‘tkaziladi. Mashinalarga xizmat ko‘rsatishda ishlarni malakali bajarish uchun qism va batalonning texnik xizmat ko‘rsatish kuch va vositalari jalb qilinadi. Texnik xizmat ko‘rsatish liniyasidan o‘tgan mashinalar, saqlash joylarida navbatdagi chiqishga to‘liq shay xolatda turishi kerak. Tozalab yuvish joyidan o‘tgandan so‘ng TXK-1, TXK-2 yoki joriy ta’mir talab qiluvchi mashinalar texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash joyiga jo‘natiladi.
Texnik xizmat ko‘rsatish liniyasi quyidagi elementlardan tashkil topgan:
a) dastlabni tozalash joyi;
b) mashinalarni siqilgan havo bilan purkash joyi;
v) mashinalarni YOMA bilan to‘ldirish joyi;
g) tozalab yuvish joyi;
d) kundalik texnik xizmat ko‘rsatish joyi;
e) texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash joyi;

Dastlabki tozalash joyi - mashinaning korpusi va yurish qismini tozalash uchun mo‘lljalangan. U odatda parkga kirishdan oldin beton yo‘lakcha, rolgang estakada yoki suvli estakada (suvli vanna) shaklida bo‘ladi.



Yamalar bilan to‘ldirish joyi- mashinalarni filtrlangan yoqilg‘i va moy bilan to‘ldirish uchun mo‘lljalangan. U TNJdan keyin 30 m kam bo‘lmagan masofa oralig‘ida joylashadi.
Yamalar bilan to‘ldirish joyi odatda yoma omborxonasidan alohida joylashadi. To‘ldirish kolonkalariga olib boruvchi yo‘lakchalar zanjirli va g‘ildirakli texnikalar uchun aloxida bo‘lishi kerak.
Tozalab yuvish joyi- mashinalarni ichki qismini tozalash va siqilgan xavo bilan purkash va ularni tozalab yuvish uchun mo‘ljallangan. U ichki tozalash va tozalab yuvish postidan iborat.
Tozalab yuvish joyi bo‘linadi:
a) yuvish usulibiga ko‘ra
- mexanik usul bilan yuvish (xarakatlanuvchi yuvuvchi ramalar, dush quril-malari aylanuvchi dush-quvurlari bilan);
- qo‘l bilan yuvish (bransboytli shlanglar);
b) suvlarni tozalash uslubiga ko‘ra
- gidrotsiklonlar bilan;
- loy yig‘uvchilar bilan;
v) loy yig‘uvchidan loylarni tozalash uslubiga ko‘ra
- loy tortuvchi nasoslar bilan;
- greyferlar bilan;
- kovshli transporterlar bilan;
- echiluvchi loy konteynerlari bilan;
- qo‘l bilan ( belkuraklar bilan);
g) suvlardan foydalanish uslubiga ko‘ra
- suvlardan ko‘p marta foydalanish yo‘li bilan;
- suvlardan bir marta foydalanish yo‘li bilan;
Kundalik texnik xizmat ko‘rsatish joyimashinalarni tekshirish, moylash va rostlash ishlarini bajarish, kurol-aslaxa, stabilizatorlar, optika, elektrmaxsusjixozlar, radiojixozlar va berezentdan ishlangan EQAU ashyolarini tekshirish va xizmat ko‘rsatish, shuningdek moyda va kichik payvandlash, buyoq ishlarini bajarish uchun mo‘ljallangan.
KTXK joyi jixozlanadi:
- ko‘rish yamalari yoki estakadalar;
- konsistent va transmissiya moylari bilan to‘ldirish uchun tarqatuvchi moslamalar;
- payvandlash agregatlari (transformatorlari bilan);
- siqilgan havo o‘tkazgichlar;
- past kuchlanish ostidagi 12-36 voltli lampalar uchun elektro-energiya;
- yuk ko‘taruvchi moslama;
- mashinalarga xizmat ko‘rsatish va tekshirishda foydalanidigan jixoz-lar va asboblarni saqlash va joylashtirish uchun stellaj va shkaflar.
TXK va ta’mirlash joyi – mashinalarda 1-TXK, 2-TXK, joriy ta’mirlash va reglament ishlarini bajarish uchun mo‘ljallangan.
U texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash pastlari, ustaxona, yordamchi va maishiy xonalaridan tashkil topgan.
Texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash binosida quydagi jixozlar bo‘lish kerak;
- dvigatel va boshqa echilgan agregatlarni qo‘yish uchun moslamalar va aravachalar;
- echilgan detal va ehtiyot qismlarni joylash uchun stellajlar;
- berezentlar uchun stellajlar;
- slesar verstaklari;
- moylar, yoqilg‘ilar va sovutish suyuqliklarini to‘kish uchun bachoklar va vannalar;
- konsistent yog‘lari (solidol, konstalin) uchun qutilar;
- ishlatilgan lattalar uchun qutilar;
- ishlangan gazlarni chiqarish uchun yushmoq metal quvurlar;
- yuklarni tashish uchun aravachalar;
- bo‘yash uchun kompressor va jixozlar;
- xarakatlanavuchi gazelektrpayvandlash jixozlar.
Sanab o‘tilgan jixozlardan tashqari postlar boshqa ishlarni bajarish uchun kerakli asbob va uskunalar bilan jixozlanadi.
Bino ichida BMP, BTR, tank, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish ishlari xajmi bilan jadvallar va plakatlar, moylash, asosiy rostlash ishlarining texnik shartlarining jadvallari va boshqa texnik va texnologik xujjatlar, shunigdek texnik xavfsizligi bo‘yicha plakatlar osiladi.
Asbob uskunalar va jixozlar odatda maxsus saqlash uchun uchun joylarda saqlanadi.
Ustaxonalar quyidagi bo‘linmalardan tashkil topgan:

  • slesar-mexanik;

  • elektgazpayvandlash;

  • elektrmaxsusjixozlar va radiojixozlarni ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish;

  • optika va kurol-aslaxalarni ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish;

  • shina ta’mirlash;

  • duradgorlik (kuzovlar uchun);

  • yoqilg‘i apparaturalariga xizmat ko‘rsatish;

  • dvigatel tizimi filtrlariga xizmat ko‘rsatish;

  • akkumulyatorlar.

Sanab o‘tilgan bo‘linmalar odatda alohida xonalarda yoki umumiy xonalarda maxsus to‘siklar bilan alohida joylashadi (misoldan, dvigatel tizimi filtrlariga xizmat ko‘rsatish joyi – texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash posti xonasida).

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish