O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti



Download 1,07 Mb.
bet99/113
Sana12.06.2022
Hajmi1,07 Mb.
#659851
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   113
Bog'liq
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi b (2)

B.F.Skinner nazariyasining mohiyati

Uotson qarashlarini Garvard universitetida davom ettirgan Berres F. Skinner (19041990) operant o‘rganish nazariyasiga asos soladi. U zamonaviy bixeviorizm (yoki neobixiviorizm)ning yetakchi namoyondalaridan hisoblanadi. Skinner psixoanalitik qarashlarni aql bovar qilmas, shu bilan birga faqatgina taxminlarga asoslanadigan yo‘nalish deb bilgan. Ular empirik o‘rganish mumkin bo‘lmagan intropsixik holatlar (mayl, ongsizlik)ni imavjud deb bilishadi. Skinnerning fikricha, inson xulq-atvorini atrof-muhitdagi sharoit shakllantirishi nuqtai nazaridan o‘rganish kerakdir. Insonning barcha harakatlari va xulq atvori tashqi muhimt ta’siri bilangina tushuntiriladi. Skinnerning ta’kidlashicha, inson organizmi – bu «qora qutidir». Uning tarkibini (emotsiya, motivlar, intrapsixik konfliktlar, qiziqishlar) ob’ektiv o‘lchash mumkin emas, shu boisdan, ularni empirik kuzatish sohasidan chiqarib tashlash lozim. Shunday qilib, g‘ayrioddiylikdan empirik qarashlarga o‘tiladi. U xulq atvor haqidagi fanni tabiiy fanlar qatoriga kiritadi va: aniq faktlarga asoslanadi(1) va o‘rganilayotgan hodisani oldindan aytish va nazaorat qilishni maqsad qiladi (2) deb hisoblagan.



Skinner xulq-atvorni o‘rganish metodi sifatida – xulq-atvorni funksional tahlil qilish metodini taklif qilgan. Uning ko‘rsatishicha, xulq-atvorni o‘rganish uchun sodir bo‘lgan voqeaga murojaat qilish kerak. Uning ta’kidlashicha, xulq-atvorni organizm ishtirok etayotgan atrof-muhit manipulyatsiyasi orqali o‘rganish va nazorat qilish mumkin. Shu bilan birga, organizm ichiga ta’sir etuvchi mexanizmlarni ko‘rib chiqish kerak. Shunday qilib, funksional tahlil xulq-atvorni nazorat qilayotgan oshkora xulq (reaksiya) va atrof-muhit sharoiti (stimul) orasidagi aniq va shartlangan munosabatlarni yaratish imkonini beradi. Funksional tahlil xulq va muhit orasidagi sabab-oqibat bog‘lanishlarini o‘rnatishga yordam beradi. Atrof muhitdan manipulyatsiya sifatida foydalanilsa, inson xul-atvorini oldindan aytib berish va o‘lchash mumkin. Skinner shaxsning o‘zi xulqni stimullashtiradi yoki yo‘naltiradi degan g‘oyani tan olmagan. Uning fikricha, individning ichki imkoniyatlari (xarakter, ehtiyoj, fikr) uning xulqini harakatlantiradi degan g‘oyadan voz kechish kerak. Uning ta’kidlashicha, inson xulqi ichki nazorat qilinmaydi, aksinchi tashqi, ya’ni atrof muhit tomonidan nazorat qilinadi. Skinner bo‘yicha shaxsni o‘rganish – bu organizm xulq-atvori va mazkur xulq natijalari orasidagi o‘zaro bog‘liqlikning o‘ziga xos xarakterini hamda uning oqibatlarini mustahkamlovchilarni topishdan iborat. Bu fakt kuzatilayotgan xulqni prognozlash va nazorat qilishda ko‘rinadi.

Skinner Uotson singari o‘rgani tushunchasiga ko‘p e’tibor qaratadi, faqatgina Uotsondan farqli ravishda u klassik o‘rganishni emas, operant o‘rganishni tadqiq qilgan. Klassik o‘rganishda organizm turli stimullar bilan assotsiatsiyalanadi, operant o‘rganishda esa organizm o‘z xulqini uning natijasi bilan assotsiatsiyalaydi. Operant o‘rganish XIX asr oxirida amerikalik psixolog Edvard Torndayk tomonidan yaratilgan effekt qonuniga bo‘ysunadi. Torndayk o‘z tajribalarida muammoli qafaslardan foydalanib, ularga och mushuklarni joylashtirgan. Bunday muammoli qafasdan chiqish uchun mushuk ipni tortishi yoki, ilgakni ko‘tarishi kerak bo‘lgan. Hayvonlarni kuzata turib Torndayk muammoli qafasga joylashtirilgan mushuklar betartib harakatlana boshlagan va tasodifan ipni tortib yoki ilgakni ko‘tarib yuboriganini kuzatgan. Biroq, har safargi urinishlarda mushukning batartib faolligi ip va ilgak oldida ortaverga, natijada bir necha bor urinishlardan so‘ng mushuk qafasdan chiqish yo‘lini o‘zlashtirgan. Bunday o‘rganish urinish va xatolar metodi orqali o‘rganish ham deb ataladi. Bundayo‘rganish effekt qonuniga bo‘ysunadi, mazkur qonunga muvofiq, agar xulq-atvor kutilgan natijaga olib kelsa, uni takrorlash ehtimoli ortib boradi.

Skinner o‘zining shaxsni o‘rganishga yondavshuvini tushunish uchun xulqning ikki turi haqidagi qarashni shakllantiradi: respondent va operant xulq.

Respondent xulq – stimul tomonidan chaqirilgan reaksiyani nazarda tutadi. Respondent xulqning 2 turi ajratiladi: 1. Shartli reflektor 2. Shartsiz reflektor. Respondent xulq tushunchasini Pavlovning klassik shartli reflekslarga oid qarashlari misolida tushuntirish mumkin. Shartsiz stimul (go‘sht) va shartli stimul (kamerton)ni uzoq vaqt bir vaqtda taqdim qilinishi shartsiz stimulning ta’sirsiz ham shartli reaksiyalarning, ya’ni so‘lak ajralishining paydo bo‘lishiga olib keladi. Agar signaldan so‘ng taom berilmasa shartli reaksiya so‘nadi. Taom bu yerda mustahkamlovchi vosita sifatida ishtirok etmoqda.

Shunday qilib mustahkamlash: 1) respondent xulqning shakllanishiga; 2) respondent xulqning saqlanishiga mas’uldir. Respondent xulq – Skinner bo‘yicha, Pavlov bo‘yicha esa klassik shartlanganlik – bu reflektor xulqdir. Skinner bu shartlanganlikni S tipi deb atagan – mazkur tipda shartlangan stimul har doim reaksiyani keltirib chiqaradi va uni namoyon qiladi. Masalan: Uotson va Reynaning 11 oylik chaqaloq (Albert)da qo‘rquvning shartlangan reaksiyalarini ishlab chiqishga oid eksperimentlarini olsak. Bolaga shartli stimul (oq kalamush) va orqasidan shartsiz stimul (baland urilgan tovush) taqdim qilinadi. Baland tovushning yettinchi marta chalinishi bolada oq kalamushni ko‘rsatmasa ham kuchli qo‘rquv reaksiyasi, ya’ni shartli reaksiya namoyon bo‘ladi. 5 kundan so‘ng shu narsa ma’lum bo‘lganki, shartli reaksiya, ya’ni qo‘rquv reaksiyasi shartli stimulning barchasiga (quyon, mex, soqol, soch, momiq) nisbatan paydo bo‘lgan.



Biroq murakkab xulq-atvor shakllarining barchasini respondent xulq orqali tushuntirib bo‘lmaydi. Inson o‘z xulqini atrof muhit bilan faol o‘zaro ta’sirga kirishish natijasida shakllantiradi. Qandaydir xulqning albatta oqibat va natijalari bo‘ladi. Shu bilan birga u organizm uchun foydali bo‘lsa, kelajakda uni takrorlash tendensiyasi kuchayadi. Bu yerda biz o‘zgartirilgan klassik formulani kuzatamiz, ya’ni dastlab hech bir ma’lum stimul bilan bog‘liq bo‘lmagan reaksiya (yoki xulq-atvor) namoyong bo‘lmayapti va qolaversa, xulq-atvorni boshqaradigan stimul unga ta’sir o‘tkazmayapti. Siz ma’ruza tinglashga kelgansiz – uni tinglaysiz, siz ma’ruzani tinglashingizga ma’lum bir stimullar ta’sir etadi va siz reaksiyani namoyon etasiz, ya’ni ma’ruzani tinglaysiz. Mazkur vaziyatda ushbu fandan imtixon topshirilishi stimul bo‘lishi mumkin. Xulq-atvorning mazkur tipi organizmning atrof muhitga moslashish uchun faol ta’sir etishini nazarda tutadi va Skinner tomonidan operant xulq yoki R tipini shartlanishi deb nomlanadi. Xulq-atvorning bunday tipda shartlanishi reaksiyaga bog‘liq bo‘lgan hodisalarni aniqlab beradi. Operant xulq operant o‘rganish orqali shakllanadi. Masalan, musiqa asbobida chalishni o‘rganish, velosipedda uchish. Operant xulq – bu organizmning ijtimoiy muhitni faol o‘zlashtirishi uchun amalga oshiradigan harakatlari tizimidir. Skinner operant shartlanganlik asosini tashkil etadigan usulni ishlab chiqqan. Skinner tomonidan operant o‘rganishning bosiqchma-bosqich reaksiyalarni shakllantirish yo‘lini tadbiq etgan (sheyping). Shu bilan birga, eksperiment jarayonida kerakli xulqni amalga oshirgan hayvonlarga maxsu rag‘bat berilgan, qolganlari bee’tibor qoldiriladi. Skinner o‘z tadqiqotlarida ko‘pincha kaptarlardan foydalangan, o‘z tajribalarida Skinner ko‘pincha kaptarlardan foydalangan va ularga tumshuqlari bilan kichkina yonayotgan krujkaga urishlarini o‘rgatgan. Bunga o‘rgatish uchun u avval kaptarlar yonayotgan krujka oldiga kelganlarida ularni don bilan rag‘batlantirgan. Keyingi safar esa kaptarlar krujka tomonga boshlarini bursalar rag‘batlantirgan. Keyinchalik esa tumshug‘i bilan ura boshlagani uchun rag‘batlantirgan. Kaptar krujka yonayotgan va don berilgan qafasning yarmigacha kirgan. Kaptar boshini donli krujka tomonga o‘girgan, donli krujkaga tekkan, donli krujkani tumshug‘i bilan urgan. O‘qitishning bunday usulida kerakli xulq-atvor reaksiyalari shakllangandan so‘nggina keyingi bosqichga o‘tiladi. Usulning mazmuni:

• kerakli xulq-atvorni boshlang‘ich bosqichning o‘zida qayta ishlash zarur;



• har bir bosqichda uzviy va tizimli ravishda hayvondagi kerakli xulq-atvor shakli mustahkamlanib boradi.

Mazkur o‘rganish Skinner tomonidan birinchi bo‘lib ilmiy asoslab berilgan bo‘lishiga qaramay, hayvon o‘rgatuvchilar bu usulni Skinnerdan oldin ham uzoq yillardan beri o‘z tajribalarida qo‘llab kelmoqda edilar. Skinner o‘z qarashlarida «operantlar» tushunchasini qo‘llaydi. Operantlar – avvalgi stimullar talab etilmaydigan to‘satdan yuz beradigan ixtiyoriy reaksiyadir. Agar biz har qanday xulq-atvorni organizmning tashqi muhitga moslashishi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, quyidagini aytish mumkin. Agar operant xulqning natijasi organizm uchun muvaffaqiyatli bo‘lsa, unda uning takrorlanish dinamikasi ortadi. Masalan, siz biror bir kafeda ovqatlangan bo‘lsangiz va u yerning taomlari va yaratilgan sharoiti sizga mahqul bo‘lsa, siz ushbu kafega yana qayta tashrif buyurasiz. Bizning fikrimizcha, mazkur reaksiya mustahkamlanadi va operant shartlanganlikka ega bo‘lishi mumkin. Agar hulq-atvorning natijasi salbiy bo‘lsa uning takrorlanuvchanligi kamayadi. Masalan, agar siz qizil chiroqdan o‘tib ketganingiz uchun sizga jarima solishsa, siz bu holni boshqa takrorlamaysiz. Skinner operant xulqni kalamushlarda o‘rgangan. Kalamushni Skinner qutisiga solib qo‘yishgan, u yerda taom solingan chashka va richag bo‘lgan. Kalamush dastlab tasodifan richakni bossa unga taom berilgan. Dastlab tasodifiy harakat bo‘lgan bu holat keyinchalik maqsadli harakatga aylantirilgan. Bu taom orqali operant xulqni shakllantirish metodidir.

O‘zining ko‘p yillik tajribalari asosida quyidagi xulosalarga kelgan:

1.Operant xulq o‘rganish orqali shakllanadi: • urinish va xatolar yo‘li bilan; • reaksiyalarni shakllantirish yo‘li bilan; • kuzatish yo‘li bilan.

2. Operant xulqning shakllanishiga mustahkamlash ma’suldir. Mustaxkamlash – xulq atvor fragmentiga e’tibor berish va reaksiyalarni ketma-ket takrorlash ehtimoli bilan bog‘liq harakatdir. Mustaxkamlash tiplari: 1. Birlamchi – ob’ekt yoki hodisa o‘z-o‘zidan takrorlanuvchi xusuiyatlarga ega (taom, seks). 2. Ikkilamchi – xodisa yoki ob’ekt birlamchi mustahkamlovchilar bilan uzviy bog‘liq assotsiatsiyalar bilan mustahkamlanish xususiyatiga ega. Masalan, a) pul – pul yordamida o‘z ehtiyojlarimizni turli usulda qondirishimiz mumkin; b) ijtimoiy mustahkamlovchi stimullar – rag‘bat, bog‘liqlik, e’tibor, xushomad; v) ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash – moda – qo‘llab-quvvatlash predmeti sifatida – ya’shi ta’lim – qo‘llab-quvvatlash predmeti sifatida. Skinner mustahkamlovchi stimullarning inson xulq atvorini shakllantirish va nazorat qilishdagi o‘rni kattaligini ta’kidlaydi. U mustaxkamlashni quyidagilarga ajratadi:



1. Pozitiv mustaxkamlash – xulq atvorni rag‘batlantiruvchi istalgan stimul. Pozitiv mustaxkamlash – bu ijobiy stimuldir. Agar o‘qituvchi o‘quvchini savol bergani uchun rag‘batlantirsa, bolada savol berishlar soni ortadi. Bu vaziyatda rag‘bat pozitiv stimuldir. Biroq, bu rag‘batni biz qachon pozitiv mustahkamlash deya olamiz, qachonki bola tomonidan beriladigan savollar soni ortsa. 2. Negativ mustahkamlash – xulq atvorni rag‘batlantiruvchi istalgan stimul. Negativ mustaxkamlash – bu aversiv stimulni bartaraf etishdir. Individning muhitga moslashuvidagi rag‘batni izlashi og‘riqli, noqulay, noma’qbul stimullarni bartaraf etish bilan belgilanadi. Ibtidoiy odamlar o‘zlariga ozuqa topish uchun (pozitiv mustahkamlash) sovuqdan yashirinishlariga (negativ mustahkamlash) to‘g‘ri kelgan. Masalan, stomatol oldidagi qo‘rquv natijasida tish shifokoriga borishdan qochadi va bormaydi. Quyoshdan qochib soyaga o‘tadi kishi. Lekin, baribir inson xulqidagi asosiy nazoratni aversiv stimullardan qochish o‘ynaydi. Aversiv nazorat 2 uchulda amalga oshadi: jazolash – uning maqsadi: insonlarni muayyan tartibda tutmaslikka o‘rgatish. 1) Pozitiv jazolash – aversiv stimulni keltirish. Kichkina bola hayvonni urgani uchun shapoloq yeydi. 2) Negativ jazolash – ijobiy stimulni bartaraf etish. O‘smirning yozma ishdan 3 olishi uni kechki sayrga chiqishdan mahrum qilishi mumkin. Demak, Skinner o‘zining konsepsiyasida inson xulq-atvori pozitiv va negativ stimullarning mustahkamlanishi bilan shartlangan bo‘ladi. Inson xulq-atvorini tahlil qilish orqali Skinner operant o‘rganish nazariyasini shakllantirgan.

3. A.Banduraning ijtimoiy-kognitiv nazariyasining asosiy tamoyillari.

Behaviorizm paydo bo'lgandan so'ng, insoniyat insoniy xulq-atvori ichki hodisalar va atrof-muhit omillari o'rtasidagi murakkab o'zaro ta'sirlar bilan boshqariladi deb taxmin qila boshladi. Bu fikr asosan ijtimoiy-kognitiv yo'nalishning asosini tashkil etdi shaxsiyat nazariyasi.

Uning vakillari Albert Bandura va Julian Rotter. Ularning har biri nazariyasi radikal harakatchilardan sezilarli darajada farq qiladi, ammo bu yondashuvni tavsiflovchi qat'iy ilmiy va eksperimental metodologiyani saqlaydi.


Bandura, insonning psixologik faoliyatining uch guruh omillari orasida uzluksiz ta'sir o'tkazish orqali yaxshiroq tushunilganligi bilan izohlanadi: 1. Xulq-atvor; 2. Kognitiv; 3. Atrof muhit.

Banduraning nuqtai nazari bo'yicha, odamlar o'zlarining kognitiv qobiliyatlariga ega bo'lib, ular voqealarning paydo bo'lishini taxmin qilishlari va ularning kundalik hayotiga ta'sir o'tkazish usullarini yaratishga imkon beradi.

U o'zaro ta'sirchanlik printsipi nuqtai nazaridan xatti-harakatlarini hisobga oldi, ya'ni predispozitsiya qiluvchi omillar va vaziyatlar omillarning o'zaro bog'liq sabablari hisoblanadi. Iyso va e'tiqod kabi xulq-atvorning determinantlari va tashqi determinantlar - rag'batlantirish va jazolash nafaqat xulq-atvorda, balki bir-biriga ham ta'sir qiladigan ta'sir o'tkazish tizimining bir qismidir.

Xulq-atvor ta'sir qilsa-da atrof-muhit, ammo odamlar o'zlarining xatti-harakatlariga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Kechki ovqatda do'stona odam o'zining xatti-harakatlari bilan atrof muhitni yaratishi mumkin, unda unga jasorat va kam jazo beriladi. Biror kishining qo'pol xatti-harakatlari, boshqalarning xatti-harakati jazo va kamroq dalda bo'lishiga olib kelishi mumkin unga Ijtimoiy-kognitiv nazariya xulq-atvorining o'zaro bog'liqligi modelini tasvirlaydi, unda kognitiv ta'sir va boshqa shaxsiy omillar va ekologik hodisalar o'zaro bog'liq determinantlar bo'lib xizmat qiladi.

Pandoraning aytishicha, odamlar bor, va mahsulot va atrof-muhit ishlab chiqaruvchisi. Banduraning xatti-harakatlari kuchayganiga ishongan Skinnerdan farqli o'laroq, Bandura, asosan, taxmin qilinadigan oqibatlarga olib keladi. Biz lager uchun kiyinamiz, yomg'irda soyabon qilamiz va hokazo. Haqiqiy natijani ramziy ravishda namoyish qilish qobiliyatimiz (kutish, fikrlash) kelajakdagi hodisalarni (sovuq) momentni motivlovchi omillarga aylantirish imkonini beradi. Ular bizning xatti-harakatlarimizga, shuningdek, mumkin bo'lgan oqibatlarga ta'sir qiladi va ularni belgilaydi. Vaziyatni taxmin qilish (taxmin qilish) qobiliyati odamga aqliy jarayonlarni (bilimlarni) beradi.

Pandoraning nazariy kontseptsiyasi asosan kuzatuv orqali modellash yoki o'rganishdir. Ijtimoiy-kognitiv nazariyaning asosiy g'oyasi shundaki, tashqi mustahkamlash mavjud bo'lmaganda, xatti-harakatlarning yangi shakllari olinishi mumkin. Bir kishi kuzatuv orqali ko'plab xulq-atvorga ega bo'ladi, biz boshqalarning qanday harakat qilganini kuzatamiz va keyin takrorlaymiz. Kundalik hayotda, bir do'st do'stingizning sinfdoshidan qanday to'p olib borishini kuzatishingiz mumkin va buning natijasi shuni anglaydi. Pandoriya nazariyasining asosiy xususiyati kuzatish yoki modellash orqali o'rganishdir.

To'g'ridan-to'g'ri tajriba natijasida olingan barcha o'rganish hodisalari bilvosita, boshqa odamlar xatti-harakatlarini va uning oqibatlarini kuzatib, shuningdek og'zaki axborot orqali kuzatilishi mumkin. Qizil nurga bormaslikni o'rganish uchun boshqa haydovchiga qanday jarima solganini kuzatish uchun etarli miqdorda jarima solish kerak emas. Tajribada bolalarning bir guruhi katta yoshli kishining tajovuzkor xatti-harakatini, ikkinchisi - tinch yashash (faqat o'tirish, chekish) ni kuzatdi.

Ko'zdan kechirish orqali bolalar subutnik, tajovuzkor, ta'sirchan va boshqalar bo'lishni o'rganishlari mumkin. Modellashtirilgan xatti-harakatlar quyidagilarni o'z ichiga olishi mumkin: 1. Ayni tarzda amalga oshiriladi (avtomobil, velosiped, taxta, stomatologik davolash); 2. o'ziga xos shakllarning simulyatsiya harakatlariga qo'shimcha ravishda yangi xulq-atvorni yaratish orqali. Bola kukkali shakar almashishni o'rgandi, unga tengdoshlari bilan o'yinchoqlarni ulashish, onasiga uy ishlarida yordam berish, kichik birodarining e'tiborini berish va keyinchalik hech qachon ko'rilmagan muhtojlarga yordam berish uchun jamoatga kelish oson bo'ladi.

Modellashtirish - kuzatuvchining umumiy xususiyatlarni, turli reaktsiyalardan va xatti-harakatlar qoidalarini shakllantirishdan ko'rinib turibdiki, u allaqachon ko'rgan yoki eshitgan narsalaridan tashqariga chiqishga imkon beradi. Ta'lim bosqichlari Bandura: 1. xulq-atvorining namunalarini kuzatish; 2) xatti-harakatlarning kognitiv imidjini shakllantirish; 3. ma'lumotlarni kodlash; 4. uni uzoq muddatli xotirada saqlash; 5. Keyingi harakatlarda saqlangan xatti-harakatlarning ko'rsatmalaridan foydalaning. Shunday qilib, bolalar ularni kuzatib, yangi reaktsiyalarni o'rganishlari mumkin. Bundan tashqari, bolalar ham reaktsiyalarni o'zlari bajara olmaganda, muhim ahamiyatga ega emas.

Insonning bilim qobiliyatlari tufayli, bir muncha oldin kuzatilgan, lekin hech qachon amalga oshirilmagan yangi reaktsiyalarni amalga oshirish mumkin. Modeldan kelib chiqadigan imtiyozlar modellashtirilgan modelning tasviriga aylantirildi, nimaga o'xshashligini aytdi. Ushbu ramziy, bilim qobiliyatlari, shuningdek, shaxsni o'rganganlarni yoki turli modellashtirilgan narsalarni o'zlarining xatti-harakatlarining yangi shakllariga aylantirishga imkon beradi. Kuzatuv orqali o'rganish bir-biri bilan bog'liq bo'lgan to'rtta komponent tomonidan belgilanadi: diqqat (1); saqlash (2); motorli jinsiy jarayonlarni (3); motivatsiya jarayonlari (4). Kuzatuv orqali o'rganish jarayoni uchun nima muhim?

Kuzatuv orqali o'rganishning asosiy jihatlari. 1. O'rganishni o'rganish uchun kuzatuvchi modeldagi asosiy masalalarga e'tibor berish kerak. Modelga e'tiborni qaratadigan omillar quyidagilardan iborat: a) xatti-harakatlarning oqibatlarining omili muhim ahamiyatga ega. Agar xatti-harakatlaringiz taqdirlansa, taqlid jazosidan ko'ra ko'proq bo'lishi mumkin. Shunday qilib shaxsiy xatti-harakatlarning kuchli belgilanishi - boshqalarning xatti-harakatining kuzatiladigan oqibatlari; b) omillar ham muhim - yoshi, ijtimoiy mavqei, jinsi, samimiyati, modelning malakasi; c) kuzatuvchining xarakteristikalari. Modelga bog'liq bo'lgan xatti-harakatlar yuqori darajada qaram bo'lgan bolalarga katta ta'sir ko'rsatadi.

2. Xatti-xarakatlar modelini kuzatish faqat kuzatuvchining eslatgan taqdirda ta'sir qiladi. Xatti-xotirada saqlanadi va keyin ikkita ichki vakolatli tizim yordamida amalga oshiriladi: a) ma'jusiy kodlash - kuzatilgan vaqtda, hissiyotlarni o'rganish jarayonida ko'rilgan narsalarning nisbatan qat'iy ko'rinishlari paydo bo'ladi. O'tgan hafta kechki ovqatim bilan tanishgan do'stimning rasmini ko'ring, faoliyat turi (velosipedda otish). b) kuzatilgan hodisalarni og'zaki kodlash. Inson o'zidan o'zi takrorlashi mumkin bo'lgan modelni amalga oshirishi mumkin.

Misol uchun, bir kishi jimgina "murakkab" vosita ko'nikmalarini yaxshilash uchun nima qilish kerakligini aytishi mumkin (pastga kayak). Oraliq kodlar kuzatish orqali o'rganishga ko'proq yordam beradi ular ilgari to'plangan ko'proq ma'lumot to'plashadi. 3. Dvigatel reproduktiv jarayonlari - ramziy ravishda xotirada kodlangan ma'lumotlarning harakatga aylanishi. Murakkab vosita harakatlarida o'rganish xatti-harakatlar modelini ko'p marta takrorlash orqali takomillashtirish orqali amalga oshiriladi.

Shuning uchun bunday xatti-harakatlardagi fikrlarni takrorlash va nafaqat ruhiy qiyofa yaratish murakkab gimnastik mashqlari, musiqa asboblarini o'ynash va h.k. 4. Motivatsion jarayonlar kuzatilgan xatti-harakatlarga yoki shaxsning xulq-atvoriga ta'sir qilish xususiyatlarini belgilaydi. Odamlar etarlicha rag'batlantirilmasdan kuzatilgan xatti-harakatni takrorlashmaydi. Xotinning taomni qanday tayyorlayotganini kuzatishingiz mumkin, lekin siz faqat o'zingizning ish safari paytida chiqib ketishingiz mumkin. U yog ', ziravorlar va h.k.larning qayerdaligini eslay boshlaydi.

Kuzatuv orqali o'rganishda takomillashtirish.
Banduraning fikricha, mustahkamlash ta'limning muhim tarkibiy qismi emas. Biroq, takomillashtirish ko'pincha o'rganishga hissa qo'shadi. Kuzatuv yo'li bilan o'rganishda mustahkamlashning rolini o'rganish, Banduraning mustahkamlashning bilim yo'nalishini ta'kidlaydi. U tashqi mustahkamlash xatti-harakatlarini avtomatik tarzda belgilaydigan rolni kamdan-kam hollarda ko'rsata oladi (Skinnerning nuqtai nazari). Vasiylik ikki funktsiyani amalga oshiradi: 1. informatsion - takomillashtirish to'g'ri yoki noto'g'ri reaktsiya - xatti-harakatlar natijasida qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini bildiradi. Quvvatlash, to'g'ri xatti-harakatlarning farazini shakllantirish zarurligiga ishora qiladi.

Masalan: tramvayda jarimaga tortilgan boshqa shaxsga guvoh bo'lsangiz, sizga jazolanayotganday, sizga ko'proq ma'lumot beradi. 2. rag'batlantirish - takomillashtirish harakatlarimizning mumkin bo'lgan oqibatlarini oldindan taxmin qilish va xatti-harakatlarimizni tartibga solish imkonini beradi (buni initsiyalash yoki yo'q qilish uchun). Bitiruvchi universitetga borishni istaydi, u tayyorgarlik yillik kurslarda ishtirok etish uchun 1 ball (mustahkamlash) olishini biladi - u u erda talaba sifatida boradi. Taklif ikki turga ega bo'lishi mumkin: 1. bilvosita - kuzatuvchining namunasini ko'rib chiqayotganida amalga oshiriladi


natijasi. Va natija ushbu modelning avvalgi harakatlarining natijasi ekanligini tushunadi. Ofitsiant, o'z kasbdoshiga yuqori malakali mijozlarga xizmat ko'rsatish uchun maslahat bergani uchun uni kuzatib turadi, bu ham unga yordam berishga undaydi. Shogirdlar kechikish uchun seminarlarda ishtirok etishga ruxsat berilmagan.

Kuzatilgan bevosita ta'sirlar (jazo va mukofot) xatti-harakatlarimizni tartibga solishda muhim rol o'ynaydi. 2. O'z-o'zini kuchaytirish - odamlar o'zlari erishgan yutuqlarni belgilab olishlari va rag'batlantirishi yoki o'zlari uchun muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlikka uchraganlarida amalga oshiriladi. Ma'ruzaga tayyorgarlik ko'rish uchun yaxshi ma'ruzalar olish uchun hech kim mening jonimga tayanmasligi kerak. Men o'z fikrimda qoniqarli variantni qo'lga kiritmaguncha o'z tarkibimni tartibga solaman. O'z-o'zini boshqarish jarayoni.

Kuzatilgan bevosita ta'sirlar (jazo va mukofot) xatti-harakatlarimizni tartibga solishda muhim rol o'ynaydi. 2. O'z-o'zini kuchaytirish - odamlar o'zlari erishgan yutuqlarni belgilash va rag'batlantirishi yoki o'zlari uchun muvaffaqiyat yoki muamsizlikka uchraganida, bularning hammasi yigiyari yaqiri yaqiri yaqiuqiat yoki urai Ma'ruzaga tayyorgarlik ko'rish uchun yaxshi ma'ruzalar olish uchun hech kim mening jonimga tayanmasligi kerak. Men o'z fikrimda qoniqarli variantni qo'lga kiritmadim o'z tarkibimni tartibga solaman. O'z-o'zini boshqarish jarayoni.

Muhim bu erda benlik hurmati toifasi. Biz odamning rag'batlantirish yoki jazolash yo'li bilan simulyatsiya qilingan xatti-harakatni kuzatish, saqlash yoki qurish istagini kuchaytira olamiz. Bola o'z ixtiyori bilan uyni tozalash va so'z yoki tabassum bilan ma'qullashi mumkin. Pandora nazariyasi va klassik harakatchilik o'rtasidagi farq. Ta'lim nazariyasi klassikasi, hayvonlar bilan olib borilgan eksperimentlar ma'lumotlari bo'yicha shaxsiyat fenomenini tushuntirishga umid qildi, hatto odamlar foydalanayotgan bo'lsa ham, shartlar


Tajriba, shaxsning vazifasi bo'lganlarni eslatib turardi. Bandura haqiqiy ijtimoiy muhitga o'xshash eksperimental vaziyat sharoitlariga kirishga urindi.

U nazarda tutgan nazariyani insonning o'ziga xos, ramziy imkoniyatlarga ega bo'lgan o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, u o'z xatti-harakatini va muayyan darajada o'z atrofini tartibga solishga imkon beradi.





Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish