HISOBLASh-GRAFIKA IShLARI. Nazariyada olingan bilimlarni mustahkamlik va amaliy jixatdan texnikaviy masalalarni yechishni o’rganish uchun, o’quv rejasi asosida Qurilish mexanikasi (materiallar qarshiligi)dan talabalarni mustaqil ishi sifatida hisoblash grafik ishlari belgilangan. Hisoblash-grafik ishi (XGI) ni soni va tarkibi talabani mutaxassisligiga bog‘liq ravishda kafedra tomonidan belgilanadi. Bir semestrda bajariladigan XGIni hajmi, uni bajarish uchun sarflangan vaqt fanni bir semestrda o’qish uchun mo’ljallangan soatni taxminan 30 % ni tashkil etishi kerak.
Hisoblash – grafik ishi 1…5 ta masalalardan tashkil topgan bo’lib masalalar kafedra tomonidan tayyorlangan masalalar to’plamidan talaba-ning sinov daftarchasidagi shifr yordamida belgilanadi. Bunda shifrni oxirgi raqami masala sxemasining tartib raqamini va oxirdan oldingisi variant raqamini bildiradi. Har bir XGI-talaba tomonidan bajariladi va mo’ljallangan muddatda himoya qilinadi va o’qituvchiga topshiriladi. XGI-ni topshirilgan vaqti guruh jurnaliga o’qituvchi talaba tomonidan masa-lani to’g‘ri yoki noto’g‘ri yechilayotganligini belgilaydi va yo’llanma beradi. Agar masala to’g‘ri yechilgan bo’lsa, o’qituvchi ishni mukovasiga «himoyaga» belgisi qo’yadi, noto’g‘ri yechilgan masala talabaga qaytarib beriladi XGI - ni o’qituvchi darsdan tashqari vaqtda tekshiradi. XGI-larni sonidan qat’iy nazar, har bir talabaga belgilangan 1 soatni 2/3 qismi XGI-ni tekshirish va 1/3 qismi uni talaba tomonidan ximoya qilishi uchun sarflanadi.
XGI ni himoyalashda talaba masalani yechilishini tushuntirib beradi yoki oddiy masalani yechilishini ko’rsatadi. Himoyalangan XGI kafedraning arxivida saqlanadi.
Hisoblash - grafik ishlari uchun topshiriqlarning tarkibi.Mashinasozlik va avtotransportda uchraydigan ko‘plab detallar oddiy va murakkab deformatsiya turlariga uchraydi. Masalan shatunlar va klapanlar siqilish deformatsiyasiga uchraydi, ular noustuvor holatda ham bo‘li shi mumkin. Shatunlar, vallar, ramalar va hokazolar egilish deformatsiyasiga uchraydi. Lekin vallar bir vaqtning o‘zida buralish bilan egilishga uchraydi. Barcha parchin mixli, boltli va rezbali birikmalar qirqilish va ezilishga qarshilik ko‘rsatadi. Prujina buralish deforma-siyasiga uchraydi. Barcha detallarni mustahkamlikka, bikrlikka va ustuvor- likka hisoblashda ularning geometrik xarakteritstikalaridan foydala-namiz. Shularni e’tiborga olib quyidagi topshiriqlar tarkibini belgilaymiz. 5310600 - Yer usti transporti tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi ( avtomobil transporti bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishida auditoriya soatlari ko‘p bo‘lganligi uchun XGI lar soni 4 ta va 5321500 Texnologik mashinalar va jihozlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun 3 ta XGI belgilanadi.