O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi



Download 5,43 Mb.
bet24/71
Sana23.05.2022
Hajmi5,43 Mb.
#608566
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   71
Bog'liq
PED TEXNOLOGIYA MAJMUA

Joriy, oraliq baholash.
Talabalar tomonidan o’quv materiallari o’zlashtirilganligini, ko’nikma va malakalar hosil bo’lganligini tekshirish hamda baholash ta’lim jarayonining zaruriy tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu faqat o’qitish natijalarini baholash emas, balki o’qitish jarayoni davrida talabalar bilim olish va mustaqil ish faoliyatiga rahbarlik qilish hamdir.
Bilim va ko’nikmalarni tekshirish hamda baholashning ta’limiy ahamiyati shundan iboratki, bunda o’quv materialining o’zlashtirilishi to’g’risida talaba va o’qituvchi muayyan ma’lumotga ega bo’ladi. O’qituvchiga talabalarning qaysi o’quv materialini yaxshi o’zlash-tirilganu, qaysi ish etarli darajada o’zlashtirilmaganligi ma’lum bo’ladi. Bu esa talabaning o’rganish faoliyatini tashkil etish va boshqarish uchun asos bo’lib hisoblanadi. Baholash orqali talabalarning o’quv materiallarini bilish, tushunish, xotirada saqlab qolish, amalda qo’llay olish, tahlil qilish va o’z-o’zini baholash darajalari aniqlanadi.
Bilimlarni, ko’nikma va malakalarni baholashning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, bunda talabalarning o’qishga qiziqishi, o’z yutuq-lari yoki muvaffaqiyatsizliklariga nisbatan munosabati shakllanadi, o’quv qiyinchiliklarni engish ishtiyoqi tug’iladi.
Natijalarni baholash orqali butun ta’lim jarayoni tekshirilib ko’rilishi kerak. Bu bilan ta’lim jarayonida kutilayotgan o’quv maqsadiga erishilayotganlik darajasi tekshiriladi. Ta’lim berish davomidagi talabalarning bilim, ko’nikma va malakalarni baholash talabaning o’zligini anglashi uchun bir imkoniyatdir.
Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqib, ta’lim oluvchilarning mustaqil va ijodiy ishlash faoliyatlarini ham inobatga olib baholashda quyidagilarni e’tiborga olish muhimdir:

  • o’quv maqsadlariga erishilganlikni aniqlash;

  • ta’lim jarayonidagi yutuq va kamchiliklarni aniqlash;

  • o’qituvchi o’z faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish;

  • joriy va oraliq o’zlashtirish darajasini aniqlash;

  • baholash natijalari bo’yicha ota-onalarga ma’lumot berish;

  • dastlabki bilim va ko’nikmalar ta’lim natijasini baholash;

  • talabalarning qiziqishlarini aniqlash uchun.

Baholashni quyidagi uch bosqichda o’tkazish tavsiya etiladi:
Boshlang’ich baholash ta’lim jarayoni boshida talabalarning dastlabki bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlash uchun o’tkaziladi. Bunday baholash natijalari orqali maxsus fanni o’qitish jarayonining mazmuni, metodlari va shakllarini tanlash imkoniyati yaratiladi.
Joriy (shakllantiruvchi) baholash muntazam ravishda o’tkazib borilishi lozim. U ta’lim jarayonidagi yutuq va kamchiliklarni, samarasini tezkor aniqlab borish, o’quv jarayonini muvofiqlashtirish hamda ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o’rtasidagi qaytar aloqani ta’minlash imkonini beradi.
Oraliq baholash maxsus fan asosiy bo’limlari yoki modullari bo’yicha mashg’ulotlar o’tib bo’lingandan keyin talabalarning bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirganliklari baholanadi. Bu bilan talabaning bo’lim yoki model bo’yicha o’quv materialini qanchalik darajada o’zlashtirganligi haqida ma’lumotga ega bo’linadi. Lozim bo’lsa o’zlashtirishi past bo’lgan talabalar bilan qo’shimcha mashg’ulotlar olib boriladi.
Ta’lim natijasi. Talabalarni baholash monitoringini o’tkazish.
Yakuniy baholash talabaning fan bo’yicha o’zlashtirish natijalarini belgilangan mezon va standartlarga javob berishini aniqlaydi. Yakuniy baholash maxsus fanni o’qitish jarayonining yakunida o’tkaziladi. U joriy va oraliq baholash natijalarini jamlaydi. Biz tomondan ushbu model asosida talabalarning mustaqil va ijodiy ishlash faoliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan o’qitish jarayoni tashkil etildi. Har bir mashg’ulot uchun ishlab chiqilgan dars ishlanmalaridan namuna quyida keltirilgan.
VI.Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbaalari
Asosiy adabiyotlar:
1. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar — Qarshi.: Nasaf, 2000 y.
2. Tolipov 0‘., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari. - Т.: 2005 у.
3. Sayidalmiedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar - Т.: iVloliya, 2003 y.
4. Ishmuhammmedov R. lnnovatsion texnologiyalar yordamida ta’ lirn samaradorligini oshirish yo‘Ilari. - Т.: TDPU, 2005 y. ■
5. Колеченко А. К. Энциклопедия педагогических технологий - СПб.: КАРО, 2005 г.
6. Фарберман Б. Илгор педагогик технологиялар - Т.: “Фан ва технологиялар” 1999 й.
7. Селевко Г. Педагогические технологии на основе дидактического и методического усовершенствования УВП - М.: Юнность 2005 г.
8. Педагогические технологии / Под. ред. Кукушина В. С. - М.: 2006 г.
9. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat - Т.: Fan, 2006 у.
Qo‘shimcha adabiyotlar
10. Мирзиёев Ш.М. Танкидий тахлил, катъий тартиб-интизом ва шахсий лавобгарлик - хар бир рахбар фаолиятининг кундалик коидаси булиши керак. Узбекистан Республикаси Вазирлар Махкамасининг 2016 йил якунлари ва 2017 Пил нстикболларига багишланган мажлисидаги Узбекистон Республикаси Президента нутки. // Халк сузи газетаси, 2017.16 январ, №11
7. Мирзиёев LLI.M. Буюк келажагимизни мард ва олийжаноб хапкимиз билан бирга курамиз. “Узбекистон”, 2017. 
Internet resurslari:
http://www.ziyonet. uz
http://pedagog.uz
www.lex.uz
www.gov.uz



Download 5,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish