Asosiy komponentalari.
EAT da foydalanuvchi, soha uchun
ekspert tizim bloki, sohaning eksperti
va mutaxassisi tashkil etadi. Ekspert tizim bloki o’z navbatida bilimlar bazasi,
tizimning yaratish moduli, interpretator, foydalanuvchining interfeysidan iborat.
Menedjer ekspert tizimining MB siga ma’lumot kiritish va undan yangi
axborot olish uchun foydalanuvchining interfeysidan foydalanadi. Komandalar
bilimlarni qayta ishlash jaryonini tashkil etuvchi parametrlardan tashkil topadi.
Natijaviy axborot ma’lum bir o’zgaruvchilarga beriladigan qiymatlar ko’rinishida
bo’ladi.
EAT natijaviy axborot sifatida chiqariluvchi o’zgaruvchilarning
qiymatlaridan tashqari, zarur tushuntirishlarni ham beradi. Bu esa
QQQ uchun juda
muhim. Ikki xil tushuntirishlar mavjud:
So’rovlar bo’yicha tushuntirishlar. Foydalanuvchi ixtiyoriy paytda ET
savol bilan murojjat qilib uning qarorini tushuntirib berishni so’rashi mumkin;
Olingan echim-natijani tushuntirish. Nataja olingach foydalanuvchi
ET dan olingan natijani har bir qadamini tushuntirishni so’rashi mumkin.
ET bilan ishlash juda murakkab bo’lsada, foydalanuvchining do’stona
interfeysi u bilan ishlashni har xil yordamlar, ko’rsatmalar asosida engillashtiradi.
Bilimlar bazasi (BB) muammoli soha to’g’risidagi ma’lumotlar, faktlar,
o’zgarmas miqdorlar va hokazolardan iborat. BB da markaziy bo’lib qoidalar o’rin
egallaydi. Qoida- yuzaga kelgan konkret vaziyatda nima
qilish kerakligini aniqlab
beradi. Qoida 2 qismdan iborat. Birinchidan, bajarilishi kerak bo’lgan (yoki
bajarilishi kerak bo’lmagan) shart, ikkinchidan, shart bajarilganda qilinishi kerak
bo’lgan amal. Ekspert tizimidagi barcha qoidalar qoidalar tizimini tashkil etadi.
3-rasm. Ekspert tizimi komponentalari.
Ekspert
tizimi
Foydalanuvchi
interfeysi
Interpretator
Bilimlar
xazinasi
Tizim yaratish
moduli
Predmet soha
Chiqishga
1) Bilimlar
2)Ko’rsatma va axborot
3)Echim va tushuntirish
Bilimlar bo’yicha
mutaxassis va ekspert
Foydalanuvchi
Interpretator-ma’lum tartibda BB dagi bilimlarni qayta ishlovchi EAT ning
qismi. Interpretator qoidalar ketma-ketligini qo’rib chiqadi. Qoidani bajarilishi
Paskal tilidagi if komandasiga o’xshaydi. Komandadagi shart bajarilsa, biror amal
bajariladi va foydalanuvchiga muammoni echish uchun echimning biror varianti
taklif etiladi.
Tizimning yaratish moduli-qoidalar ketma-ketligini yaratish bilan
shug’ullanuvchi qism. Ular maxsus algoritmik tillarda yoziladi.
EAT ning qobiq dasturi- EAT ni yuqori bosqichli algoritmik tillardan
birida
yozilgan taqdimot qiluvchi, ishga tushuruvchi, boshqaruvchi dasturi. Barcha
ishlar EAT da shu qobiq dasturda bajariladi.
Kompyuterlarni yaratilishi va mukammallashuvi fan va turli amaliy
faoliyatda yangi texnologiyalarni yaratish
va takomillashtirishga olib
kelmoqda.Undan tashqari, ko’pdan-ko’p ish joylarini
yaratilishiga sabab
bo’lmoqda. Bunday sohalardan biri ta’lim sohasidir. Ta’lim sohasida
yaratilgan axborot tizimlarini axborot-ta’lim tizimi yoki avtomatlashtirilgan ta’lim
tizimi (ATT-ruscha AOS) deb nomlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: