4.
Qaror qabul qilishni qo’llab-quvvatlovchi axborot texnologiyalari.
5.
Ekspert tizimlari.
6.
Geoaxborot texnologiyalari.
7.
Multimediya texnologiyasi.
8.
Telekommunikastion texnologiyalar.
Axborot texnologiyalarning va axborot tizimlarining eng yaxshi
tadbiqlarini ofislarda ko’rish mumkin.
Dastlab avtomatlashtirish ishlab chiqarishda vujudga keldi, so’ng ofisga
tarqaldi va eng birinchi maqsad sekretarlarning bir turli,
zerikarli ishlarini
avtomatlashtirishdan iborat edi. Masalan, sekretarning oddiy mexanik chop etish
mashinasida ishlash texnologryasini rivojlanishini ko’raylik. Avvalo, tekst chop
etish mashinasida to’g’ridan –to’g’ri qog’ozga tushirilar edi. Tekstning nusxasini
ko’paytirish uchun qog’oz tagiga bir yoki bir necha qora qog’oz qo’yilar edi.
Keyinroq nusxa oladigan texnika paydo bo’ldi. Undan keyin, elektrik mashinalar
paydo bo’ldi. Ularning xotirali versiyalari paydo bo’ldi. Tekst terib bo’lingach uni
saqlab qo’yish imkoniyati tug’ildi, uni keyinroq ham chop etish mumkin bo’ldi.
So’ng kompyuter, printer paydo bo’ldi. Sekretarning hujjat bilan bog’liq ishlarini
to’la avtomatlashtirish mumkin bo’ldi.
Ofis
axborot-kommunikastiya
texnik
vositalarining
rivojlanishi
mutaxassislar va boqaruvchilarni ham qiziqtirib qo’ydi. Ular ham o’z ishlarini
texnik vositalar yordamida avtomatlashtirib, o’z ishlarining unumdorligini oshirish
ikoniyatini ko’rdilar.
Ofisni avtomatlashtirish odatdagi ofis texnologiyasini (majlislar, telefonlar,
buyruqlar...)
rad etmaydi, balki uni to’ldiradi. Ikki usul qo’shib olib borilganda
boshqaruv mehnatini rastional avtomatlashtirish va firmani axborot bilan
ta’minlashni yaxshilashga qaratilgan bo’lishi kerak.
Avtomatlashtirilgan ofis barcha darajadagi menedjerlar uchun qulay bo’lib
ham ofis ichidagi ham ofis tashqarisidagi aloqa ishlarini yaxshilashga olib keladi.
Avtomatlashtirilgan ofisning axborot texnologiyasi-
aloqa ishlarini ham
ofis ichida ham ofis tashqarisida kompyuter tarmoqlari, boshqa axborot uzatish va
qayta ishlash zamonaviy vositalari yordamida tashkil etishdan iboratdir.
Ofisni avtomatlashtirishdan
boshliqlar, mutaxassislar, sekretarlar va
xizmatchilar foydalanishadi va muammoni kshpchilik bo’lib hal qilishda juda
yaxshi natija beradi. U sekretarlar va xizmatchilarning ish unumini oshiradi va
oshib borayotgan ish hajmini engishga olib keladi. Lekin, bu mayda-chuyda ishlar
ofisn avtomatlashtirish evaziga menedjerlar tomonidan
qabul qilingan qarorlar
asosida firmaning iqtisodiy o’sishi oldida bir kichik narsa xolos.
Hozirgi paytda ofisni avtomatlashtirish uchun kompyuter texnikasi va
boshqa texnik vositalar uchun bir necha o’n kompyuter dasturlari mavjud: matn
prostessori, jadval prostessori,
elektron pochta, elektron kalendar, audiopochta,
kompyuter va telekonferenstiyalar, videotekst,
tasvirlarni saqlash, boshqaruv
faoliyatida hujjatlarni yuritish, buyruqlarni bajarilishini nazorat qilish uchun
maxsus programmalar va h.k.
Shu
kabi
kompyutersiz
vositalar
ham
ishlatiladi:
audio-
va
videokonferenstiyalar, faksmil aloqa, kseroks va boshqa orgtexnika vositalari.
Asosiy komponentalari.
1-rasm. Axborot texnologiyalari komponentalari.
Har qanday texnologiyaning doimiy, asosiy komponentasi MB dir.
Avtomatlashtirilgan
ofisda MB, operativ darajadagi ma’lumotlarni qayta ishlash
texnologiyasidagi kabi, firmaning ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini o’z ichiga
oladi. MB ga ma’lumotlar tashqi yoki boshqa AT lardan kelib tushishi mumkin.
Mutaxassislar MB bilan ishlashning asoslarini bilishlari kerak.
Misol. Firma savdo-sotiq bilan shug’ullansin. MB ga kunlik sotuvlar,
yangi tovarlar haqida ma’lumotlar kelib tushadi. EP orqali vayutalarning kurslari,
qimmatbaho qog’ozlarning kotirovkalari kelib tushadi.
MB dan ma’lumotlar turli xil programmalarda (matn prostessori, jadval
prostessori, elektron pochta, elektron kalendar, audiopochta, kompyuter va
telekonferenstiyalar, videotekst, tasvirlarni saqlash,
boshqaruv faoliyatida
hujjatlarni yuritish, buyruqlarni bajarilishini nazorat qilish uchun maxsus
programmalar va h.k.) qayta ishlash uchun kompyuterga kelib tushadi. Natijalar
menedjerlarga yoki boshqa AT larga uzatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: