Sharif Yusupovning “Furqat yo`llarida”asari
Sharif Yusupovning “Furqat yo`llarida” adabiy-tanqidiy maqolalar to`plami 1984-yil chop etilgan. Olimning ko`p yillar mobaynida mamlakatimiz arxivlarini, qator qo`lyozma fondlarini o`rganish natijasida chiqargan xulosa va umumlashmalarining mahsulidir. Uning furqatshunoslik bilan shug`ullanishiga voqeani ham ayni kitobdan bilib olishimiz mumkin. Dastlabki sabab,1975-yili Furqatning navbatdagi tanlangan asarlari uchun taqriz yozish Sharif Yusupovga topshiriladi. Kitob bilan tanishayotib Furqat “Sabog`a xitob” she’riy asarida salom yo`llagan shaxslarga qiziqib qoladi. She’rda 28 kishining ismi keltirilgan bo`lib, ularning barchasi Furqat uchun qadrdon va aziz kishi bo`lganligi o`tli salomlar yuborilganligidan bilsak bo`ladi. Shunday qilib , tadqiqotchi olim toshkentlik, marg`ilonlik, qo`qonlik va boshqa yerlik qariyalar bilan suhbatlashib, arxivlar va kutubxonalardan ma’lumot izlay boshlaydi. Izlangan sari yangidan yangi ma’lumotlarga ega bo`lgan olim furqatshunoslik uchun g`oyat muhim mulohazalarni to`playdi. Tadqiqotlari asosida maqolalar va risolalar yozadi. Sharif Yusupov o`zidan oldin Furqat haqida tadqiqotlar olib brogan olimlarning asarlari bilan tanishib chiqadi va hali buyuk ma’rifatparvar hayotining ochilmay qolgan qirralari mavjudligini anglaydi. Keyingi sabab , o`ziga qadar Furqatning lirik she’rlarini tahlil etgan V.Zohidov, Maqsud Shayxzoda, A.Abdug`afurov kabi tadqiqotchilar uning poetikasiga anchagina e’tibor bergan bo`lsalar ham ma’rifatparvarlik ruhidagi she’rlarni talqin qilmagan edilar. Olim ma’rifatparvarlik ruhida she’rlari o`rganilishi muhim asarlardan ekanligini ta’kidlaydi.
Uchinchi sabab, Furqat chet elda yashashga majbur qilingach nega aynan Yorkentda muqim yashab qolganligiga qiziqish bo`lgan. Buni olim tarixiy faktlar orqali o`rganib izohlab bergan. Bundan tashqari, Furqatning sayohatdagi vaqtlarida Zavqiy va Toshboltuga xat yo`llaganligi, N. Ostroumovga xat-xabar, gazetada chop etish uchun asarlarini jo`natib turganligi ma’lum. Olim faktlarni o`rganish jarayonida M.Andreyev, V.Stepanov, Ahmadjon Mahmudov, Hamza Hakimzoda Niyoziylar ham turli yillarda Furqatning oldiga borib kelganligini aniqlaydi.
Bu yangiliklarning barchasi “Furqat yo`llarida” kitobida aks ettiriladi. Kitobning birinchi qismi “Bolalikdan balog`atga” deb atalgan. Unda Furqat boigrafiyasiga oid ma’lumotlar keltiriladi. So`ng uning Marg`ilonda tanishgan do`stlariga oid ma’lumotlarni keltiradi. Bu ma’lumotlarni Sharif Yusupov Marg`ilondagi safari chog`ida yoshi ulug` insonlar bo`lgan suhbatlarda bilib olgan. Dastlab, Furqatni Marg`ilonga taklif qilgan Muhammad Sharif haqida fikr yuritadi. Sharif Yusupov suhbar chog`ida Marg`ilonlik savdogar Muhammad Sharif va “Yorkand shahridan Toshbultuga xat” da Mirzo Sharif deb atagan do`sti aslida bir odam ekanligi aniqlaydi. Muhammad Sharif ham she’riyatga ixlosmand bo`lib, Obid taxallusi bilan shuhrat topgan. U Furqat, Zavqiy, Rojiy Marg`iloniy va boshqalar bilan do`st bo`lgan. Sho`ro hokimiyatining dastlabki yillarida Mirzo Sharif qo`rboshilarni o`xshatib xajv qilgani uchun Marg`ilon rastasida kaltaklanadi va o`zi o`nglolmagan shoir 1920-yil vafot etadi.
Furqat “Ahvolot”da “ko`p borikbin va xirad oyin kishi” sifatida ta’rifangan do`sti Mulla Shamsiddin mufti marg`ilonlik ilm ahllari davrasida mashhur bo`lgan. Furqat Mulla Shamsiddin orqali Rojiy Marg`iloniy bilan tanishadi. Rojiy “aruz fanida ko`b mohir kishi” bo`lib, “turkiy g`azal mashqida ko`b latif va ravon” ligi haqida Furqat qayd etib o`tgan. Shuningdek, Sharif Yusupov Rojiy Marg`ilonda rus-tuzem makatablari ochilishida ham faol bo`lgan. Olim “Yorkand shaxridan Toshbultuga xat”da Furqat salom yo`lagan Hoji domla bilan Qarshiy domla haqida ham ba’zi ma’lumotlarni aniqlashga muvaffaq bo`lgan. Hoji domla Mahdumboy madrasasida mudarrislik qilgan. Qarshiy domla ham shu madrasada murarrislik qilgan.Uning ilmi komil, she’riyatda peshqadam bo`lganligi marg`ilonliklar orasida mashhur bo`lgan. Marg`ilonlik qariyalardan Abdullaxon Alixonovning qo`lida Qarshiy domla o`zi kitob qilgan qimmatli bayoz ham bo`lib, undan Furqat asarlari ham joy olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |