5. Bug’doy mag’izini silliqlash.
Valli dastgoxda maydalangan mahsulot aspiratorda va A1-ZSHN-3
mashinasida ishlov berilgandan keyin ikkinchi elakdonda saralanadi. Birinchi
va ikkinchi elakdonda un ajratib olinadi, yormalar ikkita fraktsiyaga yirik va
maydaga ajratiladi. Har qaysi fraktsiya alohida uch marta A1-ZSHN-3
markali mashinalarda silliqlanadi. Silliqlangan yormalar nazorat uchun
elakdonga yuboriladi va yirikligi bo`yicha nomerlarga ajratiladi.
Aspiratorlar va A1-ZSHN-3 markali mashinalardan keyin olingan un
nazorat qilish uchun A1-BRU markali elakdonga yuboriladi. Unning
tarkibida yadroning miqdori 5 % oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |