2.Ommaviy axborot vositalarini yanada liberallashtirishning huquqiy asoslari.
Siyosiy tizimda ommaviy kommunikatsiyaga ehtiyojning jamiyat xayoti bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqligi, o‘tmishda an'anaviy davlatlarda kommunikatsiya vositalari imkoniyatlarining chegaralanganligi, axborot texnologiyalarining inqilobi OAV imkoniyatlari dinamikasiga sezilarli ta'sir utkazmoqda. Istiqlol yillarida OAVni erkinlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar jamoatchilik nazoratining jamiyatdagi qonunsizlik va adolatsizlikka barham berishiga katta turtki berdi. Mazkur vazifani bajarishda OAVning jamiyatga haqqoniy ma'lumotlar yetkazib berish imkoniyati esa to‘laqonli jamoatchilik fikrining oshkoralik va xabardorlikka talabining oshib borayotganidan kelib chikadi. OAVning siyosiy hokimiyatni amalga oshirish mexanizmida jamoatchilik fikriga ta'sir ko‘rsatish omili ko‘p jihatdan OAVda vaziyatni xolis baholash, islohotlarga keng ommani jalb qila olish tendensiyalarida aks etadi.
Zero, demokratlashtirishning samarali natijalari bir necha o‘n yilliklardagi jiddiy sinovlarni boshidan o‘tkazishi halqning, millatning milliy siyosiy mentaliteti, jumladan shu jamiyatda mavjud bo‘lgan OAV institutlarining ijtimoiy-siyosiy mavqyei, intelektual salohiyatiga hamda professional mahoratiga bevosita bog‘liq jarayondir.
Kontsepsiyada qayd etilganidek „ Yurtimizda, avvalo, ommaviy axborot vositalari rivojini taminlaydigan demokratik talab va standartlarga to’la mos keladigan mustahkam qonunchilik bazasini yaratildi. Ushbu davrda ommaviy axborot vositalarini erkin va jadal rivojlantirishga , axborot sohasining samarali faoliyat ko’rtashini taminlashga qaratilgan o’nga yaqin qonun hujjatlari qabul qilindi. ”
O’z navbatida, nodavlat ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, ularning axborot sohasini demokratlashtirishda faol ishtirokini taminlashga qaratilgan keng qamrovli institutsional islohotlar amalga oshirildi. Xususan 2005-yil 16- noyabrdagi „ O’bekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentligini qo’llab quvvatlash va rivojlantirish fondini tashkil etish to’g’risida ” gi farmoniga muvofiq mazkur jamoat fondi, shuningdek, nodavlat ommaviy axborot vositalarini qo’llab quvvatlash, ularning moddoy texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash maqsadida tarkibida 100 dan ortiq electron ommaviy axborot vositalarini birlashtirgan Nodavlat elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiyasi kabi bir qancha jamoat tashkilotlari tashkil qilindi.
Bularning barchasi mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarini liberallashtirishga oid siyosat tizimli, bosqichma – bosqich va aniq maqsadga yo;naltirilgan holda amalga oshirilayotganidan dalolatdir. Ayni vaqtda, mamlakatimiz rahbari kontseptsiyada bugun biz demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarning mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy hayotidagi amaliy ishtiroki haqida so’z yuritar ekan, albatta, axborot erkinligi ta’minlamasdan, ommaviy axborot vositalarini odamlar o’z fikri va g’oyalarini sodir bo’latotgan voqealarga o’z munosabati va pozitsiyasini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib, bu maqsadlarga erishib bo;lmasligiga e’tiborimizni qaratdi.
Bunday keng miqyosidagi ishlar natijasida keyingi yillarda bosma ommaviy axborot vositalarining soni ham electron ommaviy axborot vositalarining ham izchil ko’paydi. Masalan, 1994-yilda respublikamizda 475 ta ommaviy axborot vositasi faoliyat ko’rsatgan bo’lsa , bugungi kunda ularning umumiy soni 1200 tadan oshdi. Shuningdek 150 tadan ziyot veb-sayt ommaviy axborot vositasi sifatida royxatga olingan.
Ma'lumki, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ustidan jamoatchilik va parlament nazoratini ta'minlash fuqarolik jamiyatining muhim omillaridan biri sanaladi. Shu nuqtai nazardan, kelgusida mazkur qonunning qabul qilinishi ommaviy axborot vositalarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini ta'minlash, davlat organlari va jamoatchilik o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatish borasidagi rolini oshirishda alohida o‘rin tutadi. Bu qonunning hayotga joriy etilishi davlat hokimiyati organlari faoliyati haqida jamoatchilikni xabardor qilib borishning huquqiy mexanizmlarini yaratib, davlat organlarining axborot xizmatlari va media-tuzilmalari ishini faollashtirishga, ular tomonidan ma'lum bir muddatlarda brifing va matbuot anjumanlari tashkil etishga, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ochiqligi va oshkoraligini ta'minlashga, fuqarolar, nodavlat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalarining axborot olish yuzasidan so‘rovlarini ko‘rib chiqish muddatlarini qisqartirishga, axborot olish sohasidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun yuridik va mansabdor shaxslarning ma'muriy javobgarligini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Ayni vaqtda Buxoro viloyatidagi 89 ta, Samarqand viloyatidagi 91 ta davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari negizida o‘tkazilayotgan huquqiy eksperiment “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi prinsiplarini, qoidalarini amaliyotda ishlovdan o‘tkazish, uning hokimiyat sub'yektlari va boshqaruv tuzilmalari faoliyatining ochiqligini ta'minlashga doir normalari samaradorligini baholash maqsadini ko‘zlaydi. Huquqiy eksperimentning asosiy vazifalari esa, qonun loyihasining davlat organlari faoliyatining ochiqligini, oshkoraligini, ulardan ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlari keng foydalanishini ta'minlashga qaratilgan normalarining samaradorligini aniqlashdan iboratdir. Shuningdek, qonun loyihasi normalari va qoidalarini takomillashtirish, ularni samarali qo‘llash mexanizmlarini yaratish, davlat organlari rahbarlari o‘zlari qabul qilayotgan qarorlarning, avvalo bevosita odamlar, jamoatchilik manfaatlariga daxldor masalalar bo‘yicha qabul qilinayotgan qarorlarning mazmun-mohiyatini matbuot anjumanlari, brifinglar o‘tkazish, intervyular berish orqali tushuntirish ishlarida faol ishtirok etishini rag‘batlantirishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlari, usullarini maromiga yetkazish, qonun ijodkorligi jarayoniga huquqiy eksperiment usullarini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish ham asosiy vazifalar sirasiga kiradi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, mamlakatimizda davlatning axborot sohasidagi siyosati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan so‘z erkinligi prinsiplari hamda fuqarolarning axborot olishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini hech qanday moneliksiz, har taraflama va to‘la-to‘kis ta'minlashga qaratilgandir.
Shu ma'noda, erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini qurish yo‘lidagi muhim vazifalardan sanaladi.
Ana shu yo‘lda o‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribalariga tayanib, xalqaro huquqning umume'tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan hamda umumbashariy mezonlar bilan necha ming yillik milliy qadriyatlarimizni o‘zaro uyg‘unlashtirgan holda, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko‘zlab qabul qilingan Konstitutsiyamiz muhim dasturiy huquqiy hujjat, tamal toshi bo‘lib xizmat qilaveradi.
«O‘zbekiston Matbuoti» yillik forumi axborot sohasini isloh qilish, so‘z va axborot erkinligini ta’minlash borasida sifat jihatdan yangi bosqichni belgilab bergan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi” doirasida o‘tkazilmoqda. Forumning asosiy vazifasi mamlakatimiz axborot sohasini liberallashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mazmun-mohiyatini jamoatchilikka keng tushuntirishdan iborat.
Mazkur forum fuqarolik jamiyati institutlari tizimida OAV rolini kuchaytirish, OAV’ni erkin rivojlantirish qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish, ularga jamiyatning siyosiy va ma’naviy hayotida munosib o‘ringa ega bo‘lishini ta’minlash, axborot sohasi va yangi axborot texnologiyalarini jadal rivojlantirish, jurnalistlar faoliyatini ijtimoiy va huquqiy himoya qilish kafolatlari, jurnalist kadrlarni tayyorlash, OAV bozorini rivojlantirish va unda adolatli raqobat muhitini shakllantirish masalalarini muhokama etish maqsadida o‘tkazildi. Forum ishtirokchilari OAV hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari o‘rtasida demokratik islohotlar ochiqligini ta’minlash o‘zaro hamkorligi, davlat organlari faoliyati haqida xabardor qilish jarayonlarini takomillashtirish, OAV va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro aloqalari mexanizmlarini yaxshilash, OAV’ning jamoatchilik va parlament nazoratidagi rolini oshirish, shuningdek, jurnalistik faoliyatda mas’uliyat va odob-axloq talablari bilan bog‘liq keng doiradagi masalalarni muhokama etdilar. Shu bilan birga, ular O‘zbekistonda mustaqil OAV’ni rivojlantirish bilan bog‘liq bosib o‘tilgan yo‘lni, OAV faoliyati bilan bog‘liq yangi me’yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishi va xalqaro huquqiy me’yorlarning respublika milliy qonunchiligiga implementatsiyasi, milliy OAV faoliyatiga umume’tirof etilgan demokratik standartlarni joriy etish jarayonlarini hamda mamlakatni demokratlashtirish va modernizatsiyalashda ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan axborot sohasini liberallashtirishning boshqa jihatlarini tahlil qildilar.
Forum ishida ta’kidlanganidek, mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizda axborot sohasini demokratik isloh qilish, so‘z va axborot erkinligini ta’minlash bo‘yicha bosqichma-bosqich va izchil kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqdа.
Shuni ham qayd etish kerakki bugungi kunda axborot tarqatishning eng tezkor usuli bo’lmiah zamonaviy raqamli va mul’timedia texnologiyasini joriy etish internet-jurnalistikani rivojlantirish bo’yicha ham keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Buning tasdig’I mamlakatimizda internet tizimidan foydalanuvchilar soni 7,7 million nafar kishini tashkil etayotgani , internet xizmatlarini ko’rsatayotgan operatorlar va provayderlar esa mingdan ortiq ekani , bu boradagi xizmat tariflari shu yilning o’zida 23foizga kamaygani, shuningdek oliy o’quv yurtlarida internet – jurnalistika bo’yicha maxsus fanlar o’qitilayotgani shu yo;nalishda ijod qilayotgan jurnalistlar soni tobora ko’payib borayotgani misolida yaqqol ko’rish mumkin.
Tabiiyki, Respublikamizda faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari o’zining ijtimoiy-siyosiy yo’nalishi, partiyaviy mansubligi, mulk shakliga ko’ra bir-biridan farq qiladi, lekin ulrni birlashtiradigan yagona mushtarak jihat borki, u ham bo’lsa , Vatanimiz mustqilligi, xalqimizning tinchligi, milliy manfaatlarimizni himoyalashdir desak , aynni haqiqatni aytgan bo’lamiz.
Jurnalistlarimizning demokratik matbuotning muhim sharti bo’lmish so’z erkinligi va fikrlar xilma-xilligini taminlash mamlakatimizni modernizatsiya qilish vayangilash jarayonini kuchaytirish borasidagi mehnatlarini ularning faoliyatiga xolis baho beradigan jamoatchiligimiz yaxshi biladi vayuksak qadrlaydi.
Shu o’rinda globallashuv davrida tobora avj olib borayotgan turli xavf-xatarlar xususan aaxborot xurujlariga munosib qarshi turishda ham matbuotimiz ahli o’zining haqqoniy sozi, amaliy faoliyati bilan salmoqli hissa qo’shib kelayotganini alohida takidlash lozim.
Ayni paytda hayotga chuqur va tanqidiy qarash, odamlarning dardu tashvishlari, ularni qiynayotgan muammolarga nisbatan jamoatchilik fikrini shakllantirish, islohotlar yo’lida to’siq bo’layotgan byurokratiya, poraxo’rlik, guruhbozlik, maxalliychilik kabi illatlarga murosasiz bo’lish, kimgadir yoqadimi- yo’qmi, bundan qatiy nazar ommaviy axborot vositalaridan ana shunday o’tkir ruhdagi, dolzarb va asosli mavzulardagi xolis va haqqoniy chiqishlarni kutishga keng jamoatchilik haqlidir.
Mazkur zaruratdan kelib chiqib, Prezidentimiz taklif etgan Konsepsiyada «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida», «Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida», «Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to‘g‘risida», «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida» qonunlar qabul qilish, «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida», «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi va boshqa tegishli qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi qonun me’yorlarini yanada takomillashtirish fikri ilgari surildi.
Jumladan, «Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida» qonun qabul qilish taklifi kiritilishi o‘ziga xos zaruratga ega. Boisi, teleradioeshittirishlar sohasida ilg‘or zamonaviy texnologiyalarning joriy qilinishi teleindustriyaning istiqbolli yangi tarmoqlarini tashkil etish uchun qulay shart-sharoit yaratadi. O‘z navbatida, teleradioeshittirishlar sifati takomillashib, aholining yanada keng qamrovli axborot oqimidan xabardor bo‘lishiga zamin yaratiladi. Bu esa tabiiyki, ommaning huquqiy savodxonligi, huquqiy ongi va madaniyati rivojlanishiga turtki beradi. Chunki axborot bozorini takomillashtirmay turib, jamiyatda huquqiy asosni rivojlantirish qiyin.
Huquqiy me’yorlarni to‘g‘ri targ‘ib qilishda ommaviy axborot vositalarining ahamiyati beqiyosdir. Shu bois, axborot vositalari erkinligi va mustaqilligini yanada mustahkamlash fuqarolarning qonunga ongli itoat qilishini ta’minlaydi, o‘zining kuchli intellektual salohiyati bilan bu vositalar yoshlar ongiga, ularning ijtimoiylashuviga katta ta’sir o‘tkazadi. Bu esa yuksak ma’naviy-axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash milliy tizimini yanada takomillashtiradi.
Prezidentimiz Konsepsiyada ommaviy axborot vositalari faoliyatining samarali huquqiy mexanizmini yaratish, bunda keng ko‘lamli chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligi haqida alohida to‘xtalib o‘tishi bejiz emas. Chunki fuqarolarni qonun-qoidalar asosida yashashga o‘rgatish ham ommaviy axborot vositalari, xususan, ularning ta’sirchan usullari yordamida amalga oshiriladi.
Konsepsiyada ommaviy axborot vositalari sohasidagi qator qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bilan birga, davlat va jamoat birlashmalari axborot xizmatlari, media tuzilmalar ishini faollashtirish uchun keng ko‘lamli chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligi ham ta’kidlandi. Bu esa axborot bozori ishtirokchilari faoliyati samaradorligini kuchaytirish va ularning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, milliy axborot makonini izchil rivojlantirishga qaratilgandir.1
Umuman olganda, Yurtboshimiz ilgari surgan Konsepsiya tobora takomillashib, murakkablashib borayotgan dunyoda bizning o‘rnimiz, yo‘limiz va istiqbolimizni yanada aniq ko‘rsatib berdi. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, mazkur Konsepsiya O‘zbekistonni isloh etish va modernizatsiya qilish borasida yigirma yil oldin boshlangan jarayonni davom ettirish bo‘yicha uzoq muddatli aniq harakat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Yurtdoshlarimizning ongi yuksalib, siyosiy va fuqarolik faolligi oshib borishida ommaviy axborot vositalarining o’rni beqiyos. O’z navbatida, OAVning jamiyat xayotidagi ishtirokini yanada kuchaytirishda axborot soxasida bozor mexanizmlarini keng joriy etish, uning barcha ishtirokchilari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish muxim axamiyatga ega. Prezidentimizning 2011 yil 30 dekabrdagi «Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qo’shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berish to’g’risida»gi Qarori ommaviy axborot vositalari faoliyatini qo’llab-quvvatlash borasidagi navbatdagi qadam bo’ldi.
«Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qo’shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berish to’g’risida»gi Qarorning qabul qilinishi milliy matbuotimizni rivojlantirishda muxim axamiyat kasb etdi. Qaror ommaviy axborot vositalari, nashriyot, matbaa korxonalari va matbuot tarqatuvchi tashkilotlar faoliyatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish, shu asosda ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta'minlash, moddiy-texnik bazasini kuchaytirish, modernizatsiya jarayonlarini tezlashtirishga xizmat qiladi.
Bugungi kunda katta ko’lamdagi ishlab chiqarish xajmiga ega «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasida 60 dan ortiq gazeta va 30 ga yaqin jurnal 70 million nusxadan ziyod adadda chop etilmoqda. Buning uchun yiliga o’rtacha 2 ming tonnadan ortiqqog’oz ishlatiladi. Shu bilan birga, yiliga o’rtacha 200 nomdagi 5-6 million kitobo’quvchilar, buyurtmachilar qo’liga yetib boradi.
Ayni paytda bosma maxsulotlarning o’z vaqtida, ko’proq nusxada chop etish, demakki, o’quvchilar ko’lamini yanada kengaytirish uchun iqtisodiy omillar katta ta'sir ko’rsatadi. Bu omillar esa, albatta, chetdan olib kelinayotgan qog’oz, poligrafiya materiallari, uskunalarini xam qamrab oladi. Qarorga ko’ra matbaa korxonalari chetdan olib kelinadigan ana shu maxsulot va uskunalar uchun belgilangan bojxona to’lovlaridan besh yil muddatga ozod qilindi.
Axborot sohasi erkin faoliyat yuritishi mazkur sohada fuqarolik institutlari rivojlanishini ta’minlovchi keng qamrovli institutsional islohotlar amalga oshirildi. Bunda Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo;llab quvvatlash Jamoat fondi va uning mablag’ini boshqarish Parlament komissiyasi, O’zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo’llab quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi kabi tashkilotlar tomonidan fuqarolik institutlari, shu jumladan ommaviy axborot vositalarini qo’llab –quvvatlash uchun 2008-2012 yillar davomida 27 mlrd so’mdan ziyod mablag’ ajratildi.1
Eng e'tiborlisi, xozirgi paytda mamlakatimizdagi ommaviy axborot vositalarining 54 foizdan ko’prog’i nodavlat OAVdir.Bu qaror ularga xam taalluqli.Bu esa nodavlat ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi mavqyeini yanada mustaxkamlashga xizmat qiladi.
- Soliqlar davlatning iqtisodiy siyosatini amalga oshirishda muxim omillardan biri bo’lib, xo’jalik yurituvchi sub'yektlarga qo’shimcha imtiyozlarni joriy etish orqali mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy soxani rivojlantirishga xizmat qiladi. Prezidentimizning yuqoridagi qaroriga asosan ommaviy axborot vositalari, nashriyot, poligrafiya korxonalari va matbuot tarqatuvchi tashkilotlarni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit va omillarni yaratish maqsadida soliq imtiyozlari va preferensiyalar belgilandi.
Jumladan, joriy yilning 1 yanvaridan boshlab:
OAV tahririyatlari va nashriyotlar ijtimoiy-siyosiy va bolalarga mo’ljallangan adabiyotlar, imkoniyati cheklangan shaxslarga mo’ljallangan adabiyotlarni sotishdan olingan foydadan foyda solig’ini va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ini to’lashdan;
Tahririyatlar, nashriyot va bosmaxonalar ommaviy axborot vositalarining maxsulotlari, kitob maxsulotlarini sotishdan va ularning nusxalarini ko’paytirish bo’yicha xizmatlardan olinadigan daromadlar qismida Moliya vazirligi xuzuridagi Respublika yo’l jamg’armasi xamda Ta'lim va sog’liqni saqlash muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash va jixozlash jamg’armasiga majburiy ajratmalarni to’lashdan 5 yil muddatga ozod etildi.
Shuningdek, qarorga muvofiq 2012 yil 1 yanvardan ommaviy axborot vositalari va kitob mahsulotlarini yetkazib berish xizmatlari qo’shilgan qiymat solig’i ob'yektlari hisoblanmasligi belgilandi. Kichik biznes sub'yektlari toifasiga kiruvchi OAV tahririyatlari, poligrafiya tashkilotlari, teleradiokompaniyalar, nashriyotlar uchun yagona soliq to’lovi stavkasi 6 foizdan 5 foizga kamaytirildi.
Ma'lumki, yagona soliq to’lovi 2005 yil 1 iyuldan joriy qilinib, stavkasi 13 foiz miqdorida belgilangan edi. O’tgan davr mobaynida soliq yukini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu stavka qariyb 2,6 baravarga kamaytirildi.
Qarorda gazeta, jurnal va kitob mahsulotlarini chakana sotishga ixtisoslashgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat'iy belgilangan soliq stavkasi 2012 yil 1 yanvardan o’rta hisobda 2 barobarga pasaytirilishi belgilandi. Bundan tashqari, 2012 yil 1 yanvardan boshlab ommaviy axborot vositalari tahririyatlari, nashriyot va bosmaxonalarni kichik korxonalar toifasiga kiritish chog’ida ular xodimlarining o’rtacha yillik cheklangan soni 50 nafardan 100 nafargacha oshirildi. Bu o’zgarish, birinchidan, soxada faoliyat ko’rsatib kelayotgan kichik korxonalarning ishchilar sonini ko’paytirish evaziga ishlab chiqarish hajmini yanada oshirishga imkon yaratsa, ikkinchidan, xodimlar soni bo’yicha shu vaqtgacha yirik korxonalar sifatida faoliyat ko’rsatib kelayotgan xo’jalik yurituvchi sub'yektlarga soliq solishning soddalashtirilgan tizimini tanlash huquqini beradi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini huquqiy tartibga solish maqsadida mamlakatda 11 ta qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3 ta farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining 40 ta qarori, 600 dan ziyod qonunosti hujjatlari qabul qilinib, bir qator milliy dasturlar ishlab chiqilgan. Xususan, “2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiyalari texnologiyalarini rivojlantirish dasturi” ,“O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya tarmog‘ini 2010 yilgacha bo‘lgan davrda rekonstruksiya qilish va rivojlantirish milliy dasturi” va boshqalar shular jumlasidandir.1
Fuqarolarning axborot olishga bo’lgan huquqlari ta'minlangani, qonun normalarini hurmat qilish va ularga qat'iy rioya etish huquqiy demokratik davlat qurishning hamda siyosiy va huquqiy institutlar samarali faoliyat ko’rsatishining asosiy omillaridan biri hisoblanadi. 2014 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra yurtimizda 1372 ta ommaviy axborot vositasi faoliyat ko’rsatmoqda.1991 yilda 149 ta matbaa korxonasi mavjud bo’lgan bo’lsa, 2014 yilga kelib ularning soni 1750 tani tashkil etdi. Bu fuqarolarning huquqiy bilimi va ongini yuksaltirish, siyosiy faolligini oshirish hamda zarur axborot bilan tanishishi uchun katta imkoniyatdir.1
Fuqarolarning axborot olishga bo’lgan huquqlarini ta'minlash va kafolatlashga oid normalar ham xalqaro miqyosda, ham muayyan davlatning milliy huquqiy tizimi doirasida tartibga solinadi.
Bugungi kunda axborot sohasidagi manfaatlarning muayyan doirasi yuzaga kelgan bo’lishiga qaramasdan, yuridik fanda axborot qonunchiligi tizimi bilan bog’liq masalalar yuzasidan yagona yondashuv shakllanmagan.Ushbu holat fuqarolarning axborot olishga bo’lgan konstitutsiyaviy huquqini ta'minlaydigan normativ-huquqiy bazani tadqiq etishda muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.
Ayrim rossiyalik huquqshunos olimlar (V.Kopilov, I.Bachilo va boshqalar) mazkur qonunchilik tizimiga quyidagilarni kiritish lozim deb hisoblaydilar:
- axborotga doir konstitutsiyaviy normalar;
- intellektual mulk to’g’risidagi qonunchilik;
- ommaviy axborot vositalari to’g’risidagi qonunchilik;
- aloqa to’g’risidagi qonunchilik;
- axborot resurslarini shakllantirish, axborot tayyorlash, axborot xizmatlarini ko’rsatishga oid qonunchilik;
- axborotni izlash, olish va yetkazish huquqini amalga oshirishga oid qonunchilik;
- axborot tizimlari, ularning tarmoqlari, axborot texnologiyalari va ularni himoya qilish vositalarini yaratish va qo’llashga oid qonunchilik;
- axborot xavfsizligini ta'minlash sohasiga oid qonunchilik1
Mamlakatimizda ham axborot sohasida yuzaga kelayotgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga yo’naltirilgan qonunchilik bazasini takomillashtirish zarur.
Fuqarolarning axborot olishga bo’lgan huquqlarini kafolatlashga oid tamoyillar Konstitutsiyamizning 29-moddasida belgilab qo’yilgan bo’lib, unga ko’ra «Har kim fikrlash, so’z va e'tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o’zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir».
Mustaqillik yillarida bu borada quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi:
- «Aloqa to’g’risida»gi Qonun (1992 yil 13 yanvar);
- «Davlat sirlarini saqlash to’g’risida»gi Qonun (1993 yil 7 may);
- «Noshirlik faoliyati to’g’risida»gi Qonun (1996 yil 30 avgust);
- «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to’g’risida»gi Qonun (1997 yil 24 aprel);
- «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to’g’risida»gi Qonun (1997 yil 24 aprel);
- «Reklama to’g’risida»gi Qonun (1998 yil 25 dekabr);
- «Radiochastota spektri to’g’risida»gi Qonun (1998 yil 25 dekabr);
- «Telekommunikatsiyalar to’g’risida»gi Qonun (1999 yil 20 avgust);
- «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida»gi Qonun (2002 yil 12 dekabr);
- «Axborotlashtirish to’g’risida»gi Qonun (2003 yil 11 dekabr);
- «Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to’g’risida»gi Qonun (2006 yil 4 aprel);
- «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risida»gi Qonun (2006 yil 20 iyul);
- «Ommaviy axborot vositalari to’g’risida»gi Qonun (yangi tahrirda, 2007 yil 15 yanvar);
- «Axborot-kutubxona faoliyati to’g’risida»gi Qonun (2011 yil 13 aprel);
- Prezidentimizning «Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qo’shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berish to’g’risida»gi Qarori (2011 yil 30 dekabr) va boshqalar.1
Shu bilan birga, xalqaro huquqda axborotni yetkazish va aloqa bilan bog’liq turli xil masalalarni tartibga solishga qaratilgan bir qator hujjatlar qabul qilingan.
Pornografik nashrlarni tarqatishga qarshi kurash to’g’risidagi 1923 yilgi konvensiya,
Radioeshittirishlardan tinchlik maqsadida foydalanish to’g’risidagi 1936 yilgi xalqaro konvensiya,
BMT tomonidan 1947 yilda qabul qilingan «Yolg’on va buzuq axborot to’g’risida»gi 127-rezolyutsiya,
Davlatlar o’rtasida rasmiy nashrlar va hukumat hujjatlarini ayirboshlash to’g’risidagi 1958 yilgi konvensiya,
1966 yilgi Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt, YUNESKOning Sun'iy yo’ldosh aloqalarining tamoyillari to’g’risidagi 1972 yilgi deklaratsiyasi va boshqalar shular jumlasidandir
Xususan, BMT Bosh Assambleyasining 1946 yil 14 dekabrda qabul qilingan 59-rezolyutsiyasida axborot erkinligi insonning asosiy huquqlaridan biri sifatida e'tirof etiladi.2
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, yuqoridagi normativ-huquqiy hujjatlar fuqarolarning axborotga bo’lgan huquqlarini ta'minlashda, axborot sohasida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda asos bo’lib xizmat qiladi.
Milliy ommaviy axborot vositalarini jahon matbuotining ilg’or va zamonaviy andozalari darajasiga chiqarish muxim vazifalardan biridir. Yurtimizda ayni shu yo’nalishda oxirgi 10 yilda keng qamrovli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi. E'tiborlisi, davlatimiz tomonidan sohada olib borilayotgan siyosat Konstitutsiyamizda belgilangan so’z erkinligi va fuqarolarning axborot olish huquqi tamoyillarini izchil bajarishga qaratilgan.
O’tgan davr mobaynida ommaviy axborot vositalarini erkin va jadal rivojlantirishga qaratilgan 10 dan ortiq muxim qonun xujjatlari qabul qilindi. Prezidentimizning «Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qo’shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berish to’g’risida»gi Qarori xam shular jumlasidandir.
Mazkur qarordan kelib chiqib, Adliya vazirligi tomonidan O’zbekiston Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi xamda Vazirlar Maxkamasining «O’zbekiston Respublikasi xukumatining ayrim qarorlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»giqarori loyixasi tayyorlandi.
Bundan tashqari, qaror ijrosi yuzasidan «O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga qo’shimcha kiritish to’g’risida»gi qonun loyixasi ishlab chiqildi.Xuquqiy tartibga solishning yaxlitligini ta'minlash maqsadida loyixada Soliq kodeksining 208-moddasiga ommaviy axborot vositalari va kitob maxsulotlarini yetkazib berish xizmatlari qo’shilgan qiymat solig’idan ozod etilishini nazarda tutadigan qo’shimcha kiritish taklif etilmoqda.
Xulosa o’rnida aytganda, ommaviy axborot vositalarining mustaqilligini kuchaytirish, xodimlarining moddiy farovonligini oshirishga qaratilgan bunday imtiyozlar soxa rivojida muxim axamiyat kasb etadi. Shuningdek, jurnalistika, noshirlik va matbaa soxasi mutaxassislarini tayyorlash, malakasini oshirish jarayonlariga xam ijobiy ta'sir ko’rsatadi. Bu o’zgarishlar natijasi o’laroq, matbuotimizning jamiyat xayotidagi ishtiroki yanada ortadi
Xulosa.
Hozirgi payt-da hayotimizni elektron axborot vositalari, xu-susan, televideniye va radiosiz umuman tasavvur etib bo’lmaydi. Bugungi kunda ular bir vaqtning o’zida ham axborot maydoni, ham ijtimoiy-siyo-siy, ma'naviy-ma'rifiy minbar, shu bilan birga, insonga madaniy, badiiy-estetik oziq beradigan va hordiq chiqaradigan makon vazifasini bajarmoqda, desak, xato bo’lmaydi.
Shu sababli o’tkir ta'sir kuchiga ega bo’lgan televideniye va radio sohasini izchil taraqqiy ettirish jamiyatning doimiy e'tibor markazi-da bo’lishi tabiiy. Hozirgi kunda mamlakatimiz-dagi asosiy milliy tele-radiokanallar aholi-ning xolis va haqqoniy axborotga ega bo’lish huquqini ta'minlash, yurtdoshlarimizning ma-daniy saviyasi, bilim va dunyoqarashini oshirish, qadimiy an'analarimiz, tarixiy merosimizni asrab-avaylash va rivojlantirish, shu bilan bir-ga, fuqarolarimiz ongida demokratik qadriyat-lar, grajdanlik pozitsiyasini shakllantirish, yosh avlodni vatanparvarlik va umuminsoniy qadri-yatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo’lida muno-sib xizmat qilayotganini ta'kidlash kerak.
Ayni vaqtda hali bu sohada oldimizda amalga oshirishimiz zarur bo’lgan ko’pgina maqsadlar turganini ham aytish lozim. Avvalo, televide-niyeni davlat va jamiyatimizni bamisoli bir ko’prikdek boғlab turadigan jonli muloqot vo-sitasiga aylantirish, efir orqali bugungi kun-ning dolzarb muammolarini ko’proq aks ettirish, jamoatchilik fikrini shakllantirish, fuqaro-larimizning ijtimoiy faolligini kuchayti-rish, har qaysi insonning o’z mustaqil fikri-ni ifoda etishiga imkon berish, turli ijti-moiy toifa va guruhlarning qiziqish va inti-lishlari, hayotiy manfaatlarini yoritib borish masalalariga alohida e'tibor qaratish zarur.
Hozirgi davrda matbuot, ommaviy axborot vo-sitalari shunday qudratli kuchga aylanmoqsaki, o’z kelajagini o’ylaydigan har qaysi xalq va mil-lat buni sezmasligi, his etmasligi mumkin emas.
Shu sababli ham ommaviy axborot vositala-rini zamon talablari asosida rivojlantirish, matbuot va so’z erkinligi prinsiplarini amalda ta'minlashga erishish, matbuotda tanqid ruhini kuchaytirish biz uchun eng muhim maqsadlardan biri bo’lib qolmoqsa.
Jahon miqyosida voqyealar shiddat bilan kecha-yotgan bir paytda zamonaviy axborot-kommuni-katsiya texnologiyalaridan, Internetning beqiyos imkoniyatlaridan keng foydalanishga tayyor bo’-lish matbuot, axborot va media tarmoqlari, jum-ladan, televideniye va radio sohasida xizmat qilishga o’zini baғishlagan, yetuk mutaxassis bo’lishga ahd qilgan va bu sohada o’z kelajagini ko’rmoqchi bo’lgan ommaviy axborot vositalari xodimlarining faoliyat mezoniga aylanishi zarurligini barchamiz yaxshi anglaymiz.
Bugungi kunda har qaysi matbuot xodimi kasb mahoratini egallash bilan birga, o’z hayotiy prinsiplariga ham ega bo’lishi, haqiqat uchun kurashishga intilishi, shu yo’lda qat'iyat va shi-joat ko’rsatishi, lo’nda qilib aytganda, vijdon amri bilan yashashini zamonning o’zi talab qil-moqda.
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab axborot sohasidagi islohotlar tadrijiy va tizimli ravishda olib borilmoqda. Natijada O’zbekistonda ommaviy axborot vositalarini qo’llab-quvvatlash hamda ularni demokratik va liberal islohotlarning harakatlantiruvchi kuchiga aylantirish bo’yicha o’ziga xos tajriba to’plandi.
O’zbekiston mustaqillikka erishgan davrdan boshlab davlat va jamiyat o’rtasida bamisoli ko’prik bo’lib xizmat qiladigan tom ma’noda milliy matbuotni shakllantirish, uning jahon axborot olamiga kirib borishi va o’z o’rnini egallashi mamlakatimiz uchun eng muhim va dolzarb masalalardan biriga aylandi.
Fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini ta’minlashni takomillashtirish deganda biz avvalo bizning asosiy qonunimiz hisoblangan Konstitutsiyaga murojat etamiz O’zbekiston Konstitutsiyasining 29-moddasida har kim fikrlash, so’z va e'tiqod erkinligi huquqi, shuningdek, o’zi istagan axborotni izlash, olish hamda tarqatish huquqiga ega ekanligi mustahkamlab qo’yilgan. 67-modda esa ommaviy axborot vositalarining erkinligi, qonunga muvofiq ishlashi hamda axborotning to’g’riligi uchun belgilangan tartibda javobgarligi va senzuraga yo’l qo’yilmasligining asosiy kafolati hisoblanadi. Ushbu konstitutsiyaviy prinsiplar asosida 10 dan ortiq qonun, ko’plab boshqa me'yoriy hujjatlar qabul qilindi.Ma'lumki, ommaviy axborot vositalari siyosiy-g‘oyaviy, ma'naviy-ruhiy kommunikatsiyaning asosiy tayanchi sifatida jamiyatning ijtimoiy-siyosiy faolligiga kuchli ta'sir etib, davlat institutlariga nisbatan jamoatchilik nazoratining kuchayishi uchun yangidan-yangi imkoniyatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Demak, ommaviy axborot institutlarining jamiyat hayotidagi ma'naviy-siyosiy salohiyati qanchalik kuchli bo‘lsa, jamiyatda shu darajada faollik va rag‘bat, bunyodkorlik hamda g‘oyaviy uyg‘oqlik tuyg‘ulari kuchli bo‘ladi. OAV institutlari orqali jamoatchilik nazoratini kuchaytirish fuqarolarga konstitutsiyaviy asosda o‘zaro birlashish, uyushish huquqini ro‘yobga chiqarishga imkon beradi.Ommaviy axborot vositalari orasida internet eng yangisi hisoblanadi. Garchand uning paydo bo‘lganiga ancha yillar bo‘lganiga qaramay, an’anaviy matbuotdan o‘zining tezkorligi, xomashyo va joy masalasida cheklov nimaligini bilmasligi bilan ajralib turadi. Mamlakatimizda ushbu soha jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda. Shunga qaramay, “ keyingi yillarda mamlakatimizda raqamli teleradioeshittirishlar infratuzilmasini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda . Buning natijasida, avvalambor, fuqarolarning tezkor,sifatli, keng ko’lamli va samarali axborot olishlari uchun katta imkoniyatlar yaratildi.Muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlis palatalarining 2010 yil 12 noyabrda bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisida taqdim etgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” barcha sohalarda bo‘lgani kabi, ommaviy axborot vositalarining yanada taraqqiy etishida yangi ufqlarni ochdi. Ta'bir joiz bo‘lsa, konsepsiyada axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta'minlash yo‘nalishida belgilab berilgan strategik vazifalar milliy axborot makonimizning jahon axborot maydoni bilan integratsiyalashuvida muhim ahamiyat kasb etadi.
E'tiborga molik jihati, mazkur konsepsiyada soha ravnaqiga xizmat qiluvchi bir qator qonunchilik tashabbuslari ilgari surildi. Prezidentimiz tomonidan taklif etilgan ushbu qonunlarni ishlab chiqish, qabul qilish va hayotga joriy etish, o‘z navbatida, bu borada olib borilayotgan davlat siyosatining huquqiy kafolatlari mustahkamlanishi, ommaviy axborot vositalarining emin-erkinligi va mustaqilligini amalda ta'minlash, ularning tom ma'noda «to‘rtinchi hokimiyat»ga aylanishlari yo‘lida barqaror qonuniy asos sifatida xizmat qilishi tabiiy. Ta’kidlanganidek, yurtimizda fuqarolarning axborot olishga bo’lgan konstitutsiyaviy huquqlarini samarali ro’yobga chiqarish, davlat organlari ochiqligini har tomonlama ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.Shular asosida zamon talablariga javob beradigan tashkiliy huquqiy baza yaratildi.Islohotlar taqdiri, demokratlashtirishning samarali natijalar berishi va istiqboli ko‘p jihatdan OAVning aholi ijtimoiy-siyosiy faolligi, aql-zakovati va fidoiylik tuyg‘ularini shakllantiruvchi muhim institut sifatidagi vazifalarini qay darajada bajarayotgani bilan ham bog‘liq. Inson ongida demokratik qadriyatlarning chuqur ildiz otishi, uning o‘z ijtimoiy burchini tushunish va haq-huquqlarini yanada kengaytirish istagi, yuksak ma'naviy-ma'rifiy saviyaga ega bo‘lish, o‘z manfaatlarini ongli idrok qilish singari qadriyatlar bilan bog‘liq masalalarni hal etishda OAVning roli katta. Ayni OAV tuzilmalarining xalqni qarorlar qabul qilish jarayonlaridan xabardor qilib borish, hukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, fuqarolarning davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok eta olishini belgilaydigan institut sifatidagi roli tobora ortmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |