O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti


II BOBIXEVIORIZM SHAXS BORASIDA IJTIMOIY KOGNITIV NAZARIYA



Download 1,07 Mb.
bet100/113
Sana25.03.2022
Hajmi1,07 Mb.
#509354
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   113
Bog'liq
KOUCHING MARUZALAR

II BOBIXEVIORIZM SHAXS BORASIDA IJTIMOIY KOGNITIV NAZARIYA


Kognitiv nazariya vakillarida shaxs mumammosi
Julian Rotterning ijtimoiy-kognitiv nazariyasi

Rotterning ijtimoiy kognitiv nazariyasiga binoan tashqi voqea-hodisalar shaxs xulq-atvoriga o‘z ta’sirini o‘tkazadi va ushbu ta’sirning xarakteri ushbu hodisalarni idrok qilinish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Chunki, bir hodisaning o‘zi turli insonlar tomonidan turlicha idrok qilinadi va shu boisdan ularning xulq-atvoriga turlicha ta’sir etadi.


Tashqi voqelikni idrok etish insonlarning boshqalar bilan o‘zaro ta’sir jarayoni orqali shakllanadi. Bu o‘z navbatida, shaxsning o‘z e’tiqodi va qarashlari zamirida rivojlanadi. Insonlar orasidagi o‘zaro ta’sir natijasida ijtimoiy o‘rganish – ya’ni tajribani avloddan avlodga o‘tkazish sodir bo‘ladi.
Rotterning nazariyasi bir necha holatlarni o‘z ichiga oladi:
1. Muayyan vaziyatlardagi turli xulq-atvor stereotiplari turlicha potensialga ega bo‘ladi, ya’ni bir xil vaziyat turli insonlarga turlicha ta’sir etadi.
2. Muayyan xulq-atvor uslubi bilan bog‘liq ravishda bizning aniq xususiyatlarimiz rivojlanadi. Rotterning bu taklifi, kutuvlar deb nomlanadi va u insonning turmush tajribasi bilan bog‘liq degan ilmiy farazni ilgari suradi.
3. Ko‘rsatilgan turli yordam biz uchun turlicha qadrli hisoblanadi. Yordam olishda ham turli xulq-atvor stereotiplaridan foydalanamiz va bu o‘z navbatida biz uchun turlicha qiymatga ega bo‘ladi.
4. Yordam kutishdagi o‘zaro ta’sir va ko‘rsatilgan yordamning qiymati muayyan psixologik vaziyat tufayli amalga oshadi. Psixologik vaziyat deganda shaxsning vaziyatni individual idrok etish darajasi va komponentlari tushuniladi. Bu idrok qilish jarayoni har bir shaxs uchun individual harakterga ega bo‘lib, bir vaziyat kishilar tomonidan turlicha idrok etilishi nazarda tutiladi.
Rotter sanab o‘tilgan dastlabki uch vaziyatni xulq-atvorni prognozlash bilan bog‘lagan. Uning fikricha, xulq-atvor potensiali kutuvlar va qadriyatlar tizimiga bog‘liq. Ijtimoiy kutuvlar va qadriyatlar tizimi qanchalik muayyan vaziyatdagi shaxs xulq-atvori stereotiplari bilan bog‘liq bo‘lsa u tanlangan stereotip hisoblanadi.
Qoniqish va zavqlanish o‘z-o‘zidan ahamyaitli hamda normal sharoitda inson o‘zi zavq oladigan narsalarga intiladi. Ijtimoiy o‘rganishda deffektlar kuzatilsa eutim xatti harakatlardan inson zavqlanishni emas, balki barcha ko‘ngilsizliklar uchun jazoni kutadilar. Zavq olishni bunday insonlar uyat va xavfli jarayon deb hisoblaydilar hamda og‘riqli kechinmalar hisobiga zavqlanishdan voz kechadilar. Tarkidunyochilikni alohida ta’kidlash kerakki, ular jazo olishdan qo‘rqqani uchun ham zavq olishdan qochadilar.
Qadriyatlar va yordam kutish eng avvalo inson intilayotgan maqsadlarni anglashdan boshlanadi. Maqsadni anglash va tushunish uzoq muddatli istiqbol rejani tuzishga imkon beradi.
Rotterning fikricha, maqsad quyidagi oltita ehtiyojni moddiylashuvi va anglanishi tufayli yuzaga keladi: ijtimoiy mavqe va tan olinish, himoyalanish, ustunlik qilish, mustaqillik, sevga va muhabbat, jismoniy qulaylik ehtiyoji. Rotterning ta’kidlashicha, ehtiyojlar muayyan xulq-atvor stereotiplari va amaldagi xulq-atvor shakllari bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi.
Shunga ko‘ra har bir ehtiyoj uch xil tavsiyaga ega: faoliyat potensiali, qadriyatlar va erkinlik. Ehtiyojlarning bu uch tavsifi xulq-atvor bilan o‘xshash, biroq maxsus xususiyatlari bilangina farqlanadi.
Ehtiyojlarning potensiali shaxs xulq atvorining zavqlanishga qaratilgan bo‘ladi.
Ehtiyojlarning qadrlilik darajasi xulq-atvordagi qadriyatlar tizimi bilan bog‘liq. Yuqorida sanab o‘tilgan oltita ehtiyojlar har bir insonning xulqi va dunyoqarashi hamda turmush tarziga bog‘liq ravishda turli darajada ahamiyatlidir.
Hamisha inson muayyan faoliyatni rejalashtirganda u yoki bu ehtiyojini qondira olish imkoniyatidan kelib chiqadi. Uning fikricha, bu imkoniyatlar unchalik yuqori emas, lekin bunda ushbu ehtiyojlarga nisbatan faoliyat erkinligi yo‘qoladi. Bu yerda yana shuni alohida ta’kidlash kerakki, bu yerda gap sub’ektiv dunyoqarash va baholar haqida ketmoqda.
Rotter bo‘yicha, yuqori qadriyatli ehtiyojlar xatti-harakatlar erkinligining past darajasi bilan hamkorlikda moslashishni qiyinlashtiradi va nevrotik buzilishlarga olib keladi. Agar inson ehtiyojlari qadriyat darajasida o‘zlashtirilsa va ichki resurslar yetarli bo‘lmasa hayotdan qoniqish sust darajada bo‘ladi.
Demak, taklif etilayotgan trening maqsadi quyidagicha:
• Shaxsning hayot uslubini tadqiq qilish;
• Reorentatsiya;
• Zavqlanish, eutim xissini olib keluvchi tafakkur va xulq-atvor usullarini potensialini oshirish;
• Eutim xatti-harakatlar natijasida qullab-quvvatlanishga erishishni kutish darajasini oshirish;
• Pozitiv idrok etish va atributsiyasi optimistik uslubga ega bo‘lgan insonlarda diqqat markazi va muvaffaqiyat hamda muvaffaqiyatsizlikni tahlil qilish uslubini o‘zgarishiga erishish.



Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish