47
III.2. TALABALARDA KASBIY-IQTISODIY BILIM VA
MALAKALARNI SHAKLLANTIRISH TIZIMI
O
’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotidagi tuzilmaviy va sifatiy o’zgarishlar
davrida mehnat va ta
’lim xizmatlari bozoriniig rivojlanishi, iqtisodiy ta’lim
samaradorligi ko
’p jihatdan ta’lim beruvchilarniig kasbiy-iqtisodny bilimi va malakasi
darajasiga, shuningdek har bir shaxsning bozor faoliyati turlariga moslasha olish
qobiliyatiga bog
’liq. Bundan kelib chiqadiki, bugungi kunda iqtisodiy ta’lim
tizimining eng asosiy vazifalaridan biri
— bo’lajak mutaxassislarda hozirgi zamon
iqtisodiy o
’zgarishlariga ijobiy munosabat uyg’otish. Zero, u bo’lajak mutaxassislarda
kasbiy-iqtisodiy bilim va malakalarni shakllantirishning muhim omili hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday mutaxassis o
’z kasbining ustasi bo’lishi
uchun kasbiy-iqtisodiy bilim va malakalarni mukammal egallashi lozim. Talabalarda
kasbiy -iqtisodiy bilim va malakalarni shakllantirish muammosi aniq nazariy-
metodologik yondashuvlarni talab etadi. Zero, bunday yondashuvlar bo
’lajak
mutaxassislar iqtisodiy tayyogarligini oshirishning o
’ziga xos tizimini yaratish va
uning tuzilmaviy va vazifaviy komponentlarini ishlab chiqish, shuningdek, uni amalga
oshirishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash va uni amalda joriy etish imkonini
beradi. Talabalarda kasbiy-iqtisodiy bilim va malakalarni shakllantirish tizimini
yaratish hamda uni ta
’lim jarayonida joriy etishdan asosiy maqsad ularda kasbiy va
shaxsiy ahamiyatga ega sifatlarni, ehtiyoj va qiziqishlarni, qadriyatlarni, amaliy
faoliyat motivlarini, eng muhimi, kasbiy - iqtisodiy bilim va malakalarni
rivojlantirishdir.
Kasbiy - iqtisodiy bilim va malakalarni shakllantirish tizimining asosiy vazifasi
talabalarda iqtisodiy fikrlash madaniyatini rivojlantirish, ya
’ni ularda iqtisodiy
hodisalar mohiyati va ularning o
’zaro bog’liqligi haqida adekvat tasavvurlar
shakllantirish, iqtisodiy ma- salalar bo
’yicha asosli mulohazalar yuritish, aniq
iqtisodiy vaziyatlarni tahlil etish malakasini rivojlantirish, amaliy kasbiy tajribasini
orttirish; jamiyatimiz rivojlanishining hozirgi bosqichida sodir bo
’layotgan
o
’zgarishlarga talabalarning ijtimoiy moslashuvi va unda yo’na- lish ola bilishini
ta
’minlash, shuningdek ularning kelgusidagi kasbiy faoliyati uchun zarur bo’ladigai
tayanch iqtisodiy bilimlarini oshirish; ularda masul iqtisodiy qarorlar qabul qilish
48
bo
’yicha amaliy ko’nikma- lar shakllantirish; o’z-o’zini kamol toptirish, mustaqil
ta
’lim olish qobiliyatini rivojlantirish, ularni tashabbuskor va faol bo’lshiga o’rgatish.
Talabalarda kasbiy-iqtisodiy bilim va malakalarni shakllantirish tizimini
yaratish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: